Научная статья на тему 'BOSHQARUV JARAYONINI TARTIBGA SOLISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINI JORIY ETISH'

BOSHQARUV JARAYONINI TARTIBGA SOLISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINI JORIY ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘qituvchilar jamoasi / shaxs kamoloti / ta’lim-tarbiya / ta’lim psixologiyasi / tarbiya psixologiyasi / pedagogik faoliyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rasulxo‘Jayeva Madina Axmadjonovna, Azizova Maftuna Anvarovna

Ushbu maqolada pedagogik jamoani muvaffaqiyatli boshqarish uchun jamoa tarkibini o’rganish, kamchiliklarini korreksiyalash va haqiqiy pedagogik jamoa sifatida shakllantirishga oid qarashlar o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, Jamoada ishlash ko’nikmalarining rivojlangan darajasi ham muvaffaqiyatli jamoa uchun asosiy omillardan biridir. Jamoada ishlash muloqot vositasida amalga oshadi. Pedagogik jamoaning rivojlanishida shaxslararo muloqot muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHQARUV JARAYONINI TARTIBGA SOLISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINI JORIY ETISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

BOSHQARUV JARAYONINI TARTIBGA SOLISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINI JORIY ETISH

1Rasulxo'jayeva Madina Axmadjonovna, 2Azizova Maftuna Anvarovna

1Qo'qon unversiteti Ta'lim kafedrasi PhD, dotsent, 2Qo'qon unversiteti Ta'lim muassasalari

boshqaruvi I bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11518635

Annotatsiya. Ushbu maqoladapedagogikjamoani muvaffaqiyatli boshqarish uchun jamoa tarkibini o'rganish, kamchiliklarini korreksiyalash va haqiqiy pedagogik jamoa sifatida shakllantirishga oid qarashlar o'z ifodasini topgan. Shuningdek, Jamoada ishlash ko'nikmalarining rivojlangan darajasi ham muvaffaqiyatli jamoa uchun asosiy omillardan biridir. Jamoada ishlash muloqot vositasida amalga oshadi. Pedagogik jamoaning rivojlanishida shaxslararo muloqot muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: o'qituvchilar jamoasi, shaxs kamoloti, ta'lim-tarbiya, ta'limpsixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat.

Abstract. In this article, the successful management of the pedagogical team, the correction of shortcomings and as a real pedagogical team views on the formation were discussed. The level of teamwork skills is also one of the key factors for a successful team. Teamwork is done through communication. Interpersonal communication is important in the development of the pedagogical team.

Keywords: teaching staff, personal development, education, educational psychology, educational psychology, pedagogical activity

Аннотация. В целях успешного управления педагогическим коллективом высказываются взгляды на изучение состава коллектива, исправление его недостатков и формирование его как настоящего педагогического коллектива. Кроме того, высокий уровень навыков командной работы является одним из основных факторов успешной команды. Коллективная работа осуществляется посредством общения. Межличностное общение имеет важное значение в развитии педагогического коллектива.

Ключевые слова: педагогический коллектив, развитие личности, образование, психология образования, психология образования, педагогическая деятельность.

O'qituvchilar jamoasini boshqarish mavzusini yoritishda boshqaruv psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, shaxs psixologiyasi hamda muloqot psixologiyasini uzviy o'rganish va ularning kesimida yangi ilmiy muammoni yaratish bugungi yuksak taraqqiyot davrida ta'lim tizimi va jamiyatimiz taraqqiyoti uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. O'qituvchilar jamoasining psixologik xususiyatlarini o'rganish, pedagogik faoliyat va o'qituvchi muloqotining o' zaro munosabati masalasi psixologiya fanida bir qadar tadqiq qilingan muammolardan biridir. Biroq mamlakatimizda, hozirgi zamon bolalariga pedagogik ta'sir o'tkazishda o'qituvchi ishlayotgan mikromuhitning ta'siri, bu sohada o'qituvchilarda shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirish, pedagogik jamoani boshqarish orqali u yerda ijodiy muhit va hamkorlikni, kasbga fidoyilik va qiziqishni shakllantirish va bu muammoning psixologik imkoniyatlarini aniqlash o'z yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Chunonchi, o'qituvchining o'z jamoasidagi muloqot ko'nikmalarini shakllantirishda guruhning ruhiyati, pedagogik jamoa intellektual taraqqiyoti, irodasi, dunyoqarashi va e'tiqodi, kasbiy rivojlanish darajasini aniqlash,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

boshqaruv tarkibining psixologik taraqqiyoti kabi psixologik yondoshuvlarga tayanish maqsadga muvofiqdir

Biz o'rganayotgan muammo ustida jahon psixolog olimlari XIX-XX asrlarda faol shug'ullanishgan. Ushbu sohaning rivojlanishida V. Kann-Kalik, A.Yu. Panasyuk va boshqalar katta hissa qo'shganlar. Respublikamizda ijtimoiy psixologiya sohasi bo'yicha V.M. Karimova, F. Akramova, E.R. G'oziyev, M. Maxsudova kabi olimlar ilmiy izlanishlarni olib borganlar. Ammo, ushbu katta mavzu hamon o'z dolzarbligini yo'qotmagan, ijtimoiy hayot o'zgarishlari bilan yangi-yangi qirralari va o'rganilishi lozim bo'lgan muammolariga ega bo'lib bormoqda. Z.T.Nishonova tomonidan nashr etilgan «Psixodiagnostika» (T., 2009), «Oliy ta'lim psixologiyasi» (T., 2011) kabi darsliklar ham bu sohani o'rganish davom etayotganligini ko'rsatadi.

Pedagogik jamoada boshqaruv etikasi va rahbar fazilatlari o'qituvchi va o'quvchilarda sog'lom ruhiyat, o'qishga qiziqish, kasbga muhabbat va kelajakka ishonch hosil qilishda yetakchi ahamiyatga ega. Fazilat - bu ijobiy xislat yaxshi sifat yoki xususiyatdir.Kishilarda fazilatlarining turlicha bo'lishi hamda xulq - atvorlar insonning badanini aylanib yuradigan suyuq moddalariga ko'p jihatdan bog'liq ekanligi tajribada ko'zatilgan.Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o'rinni ishg'ol etsa bunday odam harakatchan yengil bo'ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko'nikib keta qoladi, o'z atrofida sodir bo'ladigan voqyealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi degan fikri bejiz emas. Mana shu kishilarni Gippokrot sangviniklar deb atagan. Bu lotincha "sangvinik" ya'ni "qon" degan so'zdan kelib chiqqan. Sangviniklar tuyg'u xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:

- Yangi kishilar bilan tez til topishadigan;

- Bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko'nikadigan;

- Bir turda bajaradigan ishlarni yoqtirmaydigan;

- Yangi sharoitga osonlik bilan o'rganadigan;

- Xushchaqchaq;

- Harakatlari shiddatli;

- Nutqi tez;

- Kelajakka ishonch bilan qaraydigan;

- So'zini aniq va ma'noli qilib imoishoralar bilan gapiradigan kishilardir.

Obyekt: Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi, xalqparvarligi, ya'ni; Kishilarga

e'tibor va hurmat; - Kishilarga xayrixoh va iltifotli bo'lish;

- Oliyjanoblik va beg'arazlik, xolislik;

- Kishilarning qadr - qimmatiga yetish kabilar;

- Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish;

- Odamlarga ishonch kishilarning o'z kuchiga qobiliyatiga bo'lgan ishonchini qo'llab -quvvatlay olish uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga yo'naltira bilish;

- Yuqori nutq madaniyatiga ega bo'lish va tashqi ko'rinishdagi ozodaligi;

- O'zaro munosabatdagi quyidagi oddiy e'tiqod qoidalariga rioya qilish;

- Xushmuomalalik;

- Mehnat va do'stlikdagi sherikchilikda o'zaro yordam va qo'llab - quvvatlash;

- Hozirjavoblik va majburiylik so'zsiz bajarishlik;

- Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi. Yuqorida sanab o'tilgan sifatlar va xislatlar rahbar va xodimning jamoada o'z o'rnini topishga juda ahamiyatga ega.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Boshqaruv tizimi deyilganda boshqaruv apparati va ular o'rtasidagi bog'lanish tushuniladi. Boshqaruv tizimining tarkibini bir-biri bilan bog'langan teng huquqli birliklar va bo'g'inlar tashqil qiladi. Har bir bo'linma o'z vazifasiga ega bo'lib, bo'linma boshqaradigan vazifalar doirasini, uning faoliyat chegaralarini, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi. Boshqaruv tizimi a'zolari rasmiy va norasmiy aloqalarda bo'ladi. Rasmiy aloqalar bu eng avvolo rahbarlar bilan bo'ysunuvchilar o'rtasidagi aloqalardir (vertikal aloqalar). Ular rahbarlikning va bo'ysunuvchilrning turiga qarab farq qiladi. Agar rahbarlik to'laqonli bo'lib kuyi bo'linmalar faoliyatiga doir barcha masalalarga daxldor ba, bu xildagi aloqa muntazam aloqa deb aytiladi. Rahbarlik cheklangay bo'lsa, u holda aloqa funksional bo'ladi. Bo'linmalar o'rtasida, vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo'lib, ular muvofiqlashtirishni va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir. Boshqaruv tizimida asosiy o'rinni rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim, ahamiyatga egaligini unutmaslik kerak.Bugungi kunda boshqaruvning ilmiy asoslangan va tajribada sinab ko'rilgan qoidalariga tayanmay turib, xalq xo'jaligini hamda korxonalarni samarali rivojlantirib va boshqarib bo'lmaydi. Ushbu qoidalar jamoalarni boshqarish va unga rahbarlik qilishni belgilab beradi. Hozirgi sharoitda jamoani boshqarish shakllari va usullarini belgilovchi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:

1. Boshqarishning ilmiylik qoidasi. Bu qoidani amalga oshirish ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini tobora to'laroq bilib borishini va ulardan kundalik yuritish amaliyotida borgan sari to'laroq foydalanishni taqazo etadi.

2. Siyosiy va xo'jalik rahbarlarining birligi qoidasi. Bu qoida Boshqaruvga siyosat bilan chambarchas bog'liq holda qarashga asoslanadi va o'z ichiga quyidagilarni oladi:

a) umumiy xo'jalik vazifalari bilan iqtisodiy vazifalarni hal etishga siyosiy yondashuv;

b) Boshqaruv faoliyatini yaxshilash uchun jamoaning barcha a'zolarini jalb qilish;

v) Boshqarishni umumdavlat maqsadlariga yo'naltirish.

3. Tarmoq va hududlar bo'yicha boshqarishni bog'lab olib borish koidasi. Bunda tarmoq va bo'linmalar o'rtasida o'zviy bog'liqlik yaratilishi nazarda tutiladi.

4. Boshqarishni demokratlashtirish qoidasi. Bu qoida ishlab chiqarishni boshqarish eng muhim qoidalari jumlasiga kiradi. Boshqarishni demokratlashtirish mexnatkashlar oilasini ishlab chiqarishni boshqarishga keng ko'lamda jalb qilish uchun yetarli imkoniyat yaratib beradi. Boshqaruv faoliyatida mexnatkashlarning bevosita qatnashishi aholi o'rtasida ishonchni uyg'otadi.

5. Reja asosida xalq xo'jaligini rivojlantirish qoidasi. Bu rejalashtirish vazifasining muhimligini va o'sha boshqarishning markaziy bo'g'iniga aylanishini belgilaydi.

6. Boshqarishning yakka hokimlik qoidasi. Bunda boshqaruv bir shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Yakka hokimlik asosida boshqarish ba'zan yaxshi, ba'zan salbiy natijalar berishi mumkin. Bu boshqaruvchining layoqatiga, dunyoqarashi, tashqilotchiligiga, ma'naviy va axloqiy yetukligiga bog'liq bo'ladi. Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo'yilgan vazifalarning o'z vaqtida yuqori sifatli qilib, bajarilishini ta'minlash uchun ularga nisbatan ko'riladigan zarur chora tadbirlarni va ta'sirchan usullarning qo'llanilishini bildiradi. Pedagogik jamoani boshqa yosh va individual o'zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta siri ostida har xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari tasir etib, uning individual o'zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim boshqaruvi alohida e'tibor talab qiladigan obyektdir. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, odatda o'qituvchilar psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo'ladilar. Hamma gap psixolog o'zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

o'qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozisiyasi juda muhim rol o'ynaydi. Psixolog pozisiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat: a)pedagog bilan bo'lgan munosabatga ustanovka; b)pedagoglarni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka v)subyekt -subyekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi munosabatlarga ustanovka. Mana shunday pozitsiya pedagoglar bilan bo'lgan konstruktiv hamkorlikni ta'minlay oladi.

REFERENCES

1. G'oziyev, E. (2010). Umumiy psixologiya. Yangi asr avlodi.

2. Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.

3. Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the results of research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ. 103, 41-46.

4. Расулходжаева, М. А. (2022). КОММУНИКАТИВНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГА ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ. Национальная ассоциация ученых, (80), 30-32.

5. Rasulxo'jaeva Madina Axmadjonovna TARBIYACHI PEDAGOGNING MTTDA MASHG'ULOTLARNI TASHKIL ETISHDA KOMPETENTLIGI MEZONLARI. Лучшие интеллектуалные исследование. 2023 год.Часть 1. № 8.

6. Rasulxo'jaeva Madina Axmadjonovna MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI BO'LAJAK TARBIYACHILARINI FAOLIYATINI TASHKIL QILISHDA KREATIVLIKNING TEXNOLOGIYALARI. Лучшие интеллектуалные исследование. 2023 год.Часть 1. № 8

7. Rasulxo'jaeva Madina Axmadjonovna TARBIYACHI IMIDJIDA -PEDAGOGIK KOMMUNIKATSIYA. Лучшие интеллектуалные исследование. 2023 год.Часть 1. № 8

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.