UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA PEDAGOGIK HAMKORLIKKA ASOSLANGAN JAMOANING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI VA UNI
MAQSADLI BOSHQARISH Kurbanov Muzaffar Ummatovich
Qo'qon davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10114213 Annotatsiya. Zamonaviy jamiyat nafaqat pedagogik jarayonni tashkil etishning yaxlitligiga, ilg'or innovatsion texnologiyalardan foydalanish va joriy etishga, balki pedagogik jamoa a'zolarining shaxsiga ham yuqori talablar qo'yadi, bu esa uni o'rganish va shakllantirishning samarali usullarini aniqlash zaruratini keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada pedagogikjamoaningfaoliyat sub'ekti sifatida xususiyatlarining pedagogikjamoalar a'zolarining qiymat-semantik sohasidagi sifat o'zgarishlari jarayonini belgilaydigan muayyan tamoyillarni amalga oshirish bilan bog'liqligi keltirilgan.
Kalit so'zlar: jamoa, pedagogik jamoa, ta'lim-tarbiya, maktab, rahbar uslubi, prinsip Abstract. Modern society makes high demands not only on the integrity of the organization of the pedagogical process, the use and introduction of advanced innovation technologies, but also on the personality of the members of the pedagogical community, which leads to the need to identify effective methods of its study and formation. This article presents the connection of the characteristics of the pedagogical community as a subject of activity with the implementation of certain principles that determine the process of qualitative changes in the value-semantic field of members of pedagogical communities.
Keywords: team, pedagogical team, education, school, leadership style, principle
Kirish. "Jamoa" so'zi arab tilidan tarjima qilinganda birlashma, uyushma, guruh degan ma'noni anglatib, o'zbek tilining izohli lug'atida bir qancha izohlari keltirilgan. Biz tadqiqotimiz bilan bog'liq ta'rifini keltiramiz. Unda "Jamoa" - muayyan, bir xil ish bajaruvchi kishilar guruhidir [1]. "Kollektiv" so'zi lotincha colligo so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'zbek tilida "birlashish", "jamoa" degan ma'noni anglatadi va lotincha collectivus - to'planmoq degan ma'noni anglatadi. Shunday qilib, jamoa tushunchasi odamlarning birlashishini, ular o'rtasida o'zaro bog'liq munosabatlar mavjudligini ko'rsatadi. Shu ma'noda har bir kishilik jamiyatida mehnat munosabatlari va shaxsiy munosabatlarni farqlash mumkin. Mehnat munosabatlari ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilish bo'yicha birgalikdagi faoliyatga, muayyan birlashmada o'rnatilgan tashkiliy bog'liqliklarga, qoidalar va tartiblarga rioya qilishga asoslanadi. Shaxsiy munosabatlar o'zaro bog'liqlik, simpatiya hamda apatiyaga asoslanadi va asosan tor shaxsiy faoliyat sohasini qamrab oladi [2]. Demak, jamoa bir qancha a'zolardan iborat bo'lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil etilgan guruh demakdir. Hozirgi zamon talqinida "jamoa" tushunchasini ikki xil ma'noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo'lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruh tushunilsa (masalan ishlab chiqarish jamoasi, umumta'lim maktabi jamoasi, korxona jamosi va hokazo), ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushgan guruh tushuniladi. Chunonchi, tom ma'noda pedagoglar jamoasi yuqori darajada tashkil etilgan (uyushgan) birlashma hisoblanadi.
Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. Tadqiqotda tizimli tahlil, fanlararo qiyosiy tahlil, pedagogik tavsiflash, tasniflash, qiyoslash, funksional-tashkiliy tahlil usullaridan
foydalanildi. Umumiy o'rta ta'lim maktablari pedagogik jamoasini shakllantirish va maqsadli boshqarish samaradorligiga yo'naltirilgan jarayon tadqiqotimizning ob'ekti hisoblanadi.
Pedagogik jamoa tarkibiga o'quvchilarga bevosita ta'lim berish bilan shug'ullanuvchi professional pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari, fan o'qituvchilari, maxsus ta'lim o'qituvchilari va kichik guruhlarda yoki yakka holda o'qitadigan boshqa pedagoglar kiradi [3]. Ta'lim-tarbiya samaradorligi pedagogik jamoaning sa'y-harakatlari bilangina amalga oshadi. Shu sababli ko'plab MDH davlatlari tadqiqotchilari o'qituvchining individual, izolyatsiya holida rivojlanishini salbiy jihat sifatida tanqid qilganlar. Biroq, A.Xargrevis ba'zi hollarda u ham ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin degan g'oyani ilgari suradi. Unga ko'ra ba'zi o'qituvchilar jamoa va guruhlarga qaraganda yakka o'zi yaxshiroq ijod qiladilar va rejalashtiradilar [4]. Shuning uchun u individualizmning uch turini ajratib ko'rsatadi: 1) cheklangan individualizm - o'qituvchilar ba'zi tarkibiy sharoitlar tufayli individual ishlaganda sodir bo'ladi; 2) strategik individualizm o'qituvchilar qasddan yolg'iz ishlash pozitsiyasini egallaydigan vaziyatlarni anglatadi; 3) tanlovli individualizm vaziyatga qarab jamoada birgalikda yoki yolg'iz ishlashni tanlashni anglatadi.
Adabiyotlar tahlili. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi olimlaridan I.F.Isaev, V.A.Slastenin, L.V.Simonova, Ye.N.Shiyano tadqiqotlarida pedagogik jamoaning o'ziga xos xususiyatlari; A.V.Kovalyov, S.I.Zmeev, Ye.S.Kuzmin, M.M.Potashnik, M.N.Pevsner, K.M.Ushakov asarlarida pedagogik jamoani rivojlantirish masalalari; Ye.V.Bondarevskaya, T.F.Belousova tadqiqotlarida jamoada pedagogik madaniyat; N.S.Dejnikova, Ye.I.Kazakova, T.V.Orlova, A.V.Petrovskiy, A.L.Sveniskiy asarlarida pedagogik jamoani rivojlantirishga turli omillarning ta'siri; V.G.Voronsova, L.N.Gorbunova, A.K.Makarova, L.G.Taritalarning ilmiy tadqiqotlari va asarlarida o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi kabi muammolar o'z aksini topgan.
Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Jamoa - o'zaro bog'langan odamlar guruhlari va ayrim shaxslar to'plamidan iborat bo'lgan murakkab tizim. Shaxs - o'z ijtimoiy munosabatlari, ruhiy va fiziologik xossalari bilan tavsiflanadigan, individualligi ichki ma'naviy dunyosida aks etadigan muayyan inson [5]. Umumiy o'rta ta'lim maktablari pedagogik jamoasi jamiyat bo'g'ini sifatida bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan ikki funksiyani amalga oshiradi. Bular iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalardir. Iqtisodiy funksiya shu bilan belgilanadiki, pedagogik jamoa mamlakat ta'lim standartlari doirasida kelajak uchun yetuk kadrlar bo'lishi mumkin bo'lgan potensial inson kapitalini yaratishga qaratilgan jamoaviy mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Iqtisodiy funksiya jamoa faoliyatida asosiy o'rin egallaydi. Ijtimoiy funksiya pedagogik jamoa a'zolarining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutadi. Bu ijtimoiy ehtiyojlar mehnat qilish, moddiy haq olish, pedagogik jamoaning boshqa a'zolari bilan muloqotga kirishish, maktab boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlarida namoyon bo'ladi. Pedagogik jamoaning shakllanish va rivojlanish jarayoni boshqa jamoalar singari bir necha bosqichlardan iborat bo'ladi. Pedagogik jamoani maqsadli boshqarish uchun rahbarning pedagogik jamoa hozirgi sharoitda rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini bilishi va tahlil qilishi lozim. Ilk bosqich umumiy o'rta ta'lim maktablarida pedagogik jamoaning shakllanish jarayonidan iborat. Ushbu bosqichda rahbar vazifalar bilan jamoani tanishtiradi, majburiyatlarni taqsimlaydi, ish rejimini belgilaydi, vazifalarni bajarishni tashkillashtiradi. Mazkur bosqichda rahbar o'z buyruqlarining bajarilishi ustidan nazoratga alohida e'tiborni qaratishi lozim. Bu kelgusida ishlarni bajarshpda aniqlikni ta'minlaydi. Shunday qilib, pedagogik jamoa rivojlanishining mazkur bosqichida qat'iy, shu jumladan axloqiy talablar faqat rahbar tomonidan qo'yiladi. Ikkinchi bosqichda pedagogik jamoada shaxsiy xususiyatlar va qiziqishlarga muvofiq kichik guruhlar shakllanadi. Ular jamoa vazifalari va rahbarga har xil
munosabatda bo'lishlari mumkin. Eng ongli, tashabbuskor kishilar aniqlanadi va ulardan jamoaning asosiy maqsaddariga erishishda rahbarga yordam berishi lozim bo'lgan aktiv tarkib toptiriladi. Rahbar pedagogik jamoa ichidagi faol, kreativ hamda faol pedagoglarga tayanib vijdonan ishlaydigan xodimlarni rag'batlantirishi va ayni vaqtda intizomni buzuvchilarga murosasiz yondashishi lozim. Bu bosqichning xususiyati shundaki, rahbar jamoani faollar orqali boshqara boshlaydi. Uchinchi bosqich shu bilan izohlanadiki, pedagogik jamoaning barcha a'zolari bir-biriga va o'z-o'ziga talablar qo'yadi. Bu jamoa rivojlanishining har qanday rahbar intilishi lozim bo'lgan yuqori bosqichidir. Birinchi bosqichda rahbar asosan avtoritar uslubdan foydalansa, uchinchi bosqichda u jamoa manfaatlarining ifodachisi sifatida demokratik uslubni qo'llaydi. Endi u faqat jamoaning ahloqiy va ijtimoiy hayotini tartibga soladi, uning rivojlanish yo'llarini belgilaydi. Jamoaning rivojlanishi uchinchi bosqich bilan tugamaydi. Bu jarayon tinimsiz davom etishi va jamoa ijodiy kuchlarining rivojlanishi, o'zini o'zi boshqarish, ma'naviy-ruhiy muhitning yaxshilanishida namoyon bo'lishi lozim. Jamoani shakllantirishda uning yosh, jins, malaka va ma'lumot darajasiga ko'ra tarkibi ulkan ahamiyat kasb etadi, shuningdek pedagog xodimlarning ruhiy holati, tabiati, xarakteri, tajribasi va bilimlarini hisobga olish talab etiladi. Bu jamoada sog'lom ma'naviy-ruhiy muhitni yaratishga ko'maklashadi.
Ta'lim jarayonining yangi didaktik sifatining sub'ekti sifatida pedagogik jamoa - bu bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish va shakllantirish qonuniyatlari bo'yicha faoliyat va bilim manbai bo'lgan kishilar guruhi bo'lib, ta'lim va tarbiyaning maqsadli yaxlit jarayoni mazmuni hajmi va tuzilishini belgilaydi.
Pedagogik jamoa shaxsiy rivojlanish va ta'lim muammolarini hal qilish uchun pedagogik rejalashtirish hamda maqsadlar, qadriyatlar va texnologiyalar birligini amalga oshirish davrida o'quv jarayoniga nisbatan sub'ekt sifatida namoyon bo'ladi.
Pedagogik jamoaning ijtimoiy-tarixiy maqsadi, bizning fikrimizcha, kelajak avlodning ma'naviy-axloqiy salohiyatini yaratishdir. Shuning uchun ham pedagogik jamoaning o'zi shunday fazilatlarga ega bo'lishi kerakki, u o'quvchilar jamoasini rivojlantirish va kamol toptirishi uchun birdamlikda ishlay olishi kerak. Bunday pedagogik jamoa innovatsion fikrlash uslubiga ega bo'lishi, moslashuvchan, ijodiy va kasbiy faoliyat, o'z taqdirini o'zi belgilash va o'zini o'zi rivojlantirishga qodir bo'lishi kerak. Bundan tashqari, o'qituvchilar jamoasida qulay ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish kommunikativ madaniyat darajasiga, psixologik savodxonlikka, o'qituvchilarning ijobiy hissiy tizimi, ularning yuqori samarali o'zaro ishonchga asoslangan prfessional boshqaruvga bog'liq.
Pedagogik jamoaning sotsial-psixologik muhitini yaxshilash jamiyat va shaxsning ijtimoiy va psixologik salohiyatini ishga solish, odamlarning to'laqonli hayoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Pedagogik jamoadagi qulay ijtimoiy-psixologik muhit innovatsion o'qitish tizimlarini muvaffaqiyatli joriy etish, o'qituvchilarning pedagogik amaliyotda innovatsiyalarni amalga oshirishga tayyorligini shakllantirishning muhim shartlaridan biridir [6].
Faoliyat sub'ekti sifatida pedagogik jamoa va uning o'zini o'zi rivojlantirish haqidagi zamonaviy g'oyalar pedagogik nazariyaning ta'lim va tarbiya o'rtasidagi munosabatlar, o'qituvchilar va o'quvchilarning o'zaro munosabatlari, o'qituvchilarning o'zini o'zi takomillashtirishga intilishi haqidagi g'oyalarini tizimli takomillashtirish asosida shakllandi. O'qituvchining maktabning o'quv faoliyatini rivojlantirish ehtiyojlariga va o'zining pedagogik faoliyatiga munosabati ushbu faoliyatning bo'lishi kerak bo'lgan narsaga muvofiqligini sub'ektiv baholash shaklida namoyon bo'ladi. Subektiv baholashning to'liq muvofiqlik va o'zgarishlarga
ehtiyoj yo'qligini tan olishdan tortib, radikal o'zgarishlar zarurligini tushunishgacha turli xil variantlari mavjud.
Pedagogik jamoa faoliyatining yana bir muhim xususiyati o'quv jarayonining sub'ekti sifatida o'z faoliyatining barcha natijalari uchun jamoaviy javobgarlikdir [7]. Alohida o'qituvchilarning individual harakatlari, agar ular boshqa o'qituvchilarning harakatlari bilan muvofiqlashtirilmagan bo'lsa, harakatlarning birligi bo'lmasa, yetarlicha samarali bo'lishi mumkin emas [8, 9]. Bu birlik, birinchi navbatda, qadriyat yo'nalishlarida, qarashlarda, e'tiqodlarda namoyon bo'ladi.
Pedagogik jamoa shakllanishiningprinsiplariga quyidagilar kiradi:
- Interiorizatsiya prinsipi - kasbiy rivojlanishni uning gumanistik qiymati sifatida o'zlashtirish va qabul qilishdir;
- sub'ektivlikprinsipi - bu o'qituvchilar tarkibini ijtimoiy ahamiyatga ega qo'shma faoliyat, aloqa va shaxslararo munosabatlar sub'ekti sifatida, madaniy tajribaning yetkazuvchisi sifatida va shu bilan birga avtonom, o'zini o'zi anglaydigan hodisa sifatida, zamonaviy dunyoning bir qismi sifatida belgilashga imkon beradi;
- jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy vaziyatning pedagogik jamoani kasbiy shakllantirish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni va natijalariga ta'sirini belgilaydigan ijtimoiy-madaniy shartlilik prinsipi.
Ushbu tamoyillarning amalga oshirilishi pedagogik jamoaning kollektiv faoliyat sub'ekti sifatida xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi, bu ko'p jihatdan yuqoridagilarni aks ettiradi:
- jamoaning asosiy qiymatini qabul qilish, xususan, o'quvchi shaxsini rivojlantirishga yo'naltirish;
- jamoa a'zolarining umumiy maqsadga erishishda o'z vazifalarini bajarishda kasbiy faoliyati;
- o'qituvchilar o'zlarining kasbiy funksiyalariga nisbatan ijodiy innovatsion pozitsiyaga ega;
- jamoa a'zolarining kasbiy o'zini o'zi tashkil etish va o'zini rivojlantirish qobiliyati;
- jamoa va individual pedagogik aks ettirishni shakllantirish.
Xulosa. Bizning fikrimizcha, aynan mana shu ko'p qirrali baholashda pedagogik jamoani faoliyat sub'ekti sifatida faol ravishda takomillashtirishga turtki bo'ladi. Faoliyat sub'ekti sifatida pedagogik jamoa o'ziga xos xususiyati o'zini o'zi boshqarishning yuqori darajasidir. Vakolatni o'qituvchilarning o'zlariga vertikal ravishda berish jamoada ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, mustaqillik va tashabbusni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar, amaliy pedagogik tajriba ma'lumotlarini tahlil qilish va umumlashtirishdan so'ng, pedagogik jamoani kasbiy faoliyat sub'ekti sifatida shakllantirish jarayoni pedagogik qobiliyatlarni, kasbiy muhim shaxsiy fazilatlarni va har bir o'qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyati tajribasini o'z ichiga oladi, deb aytishimiz mumkin.
REFERENCES
1. Узбек тилининг изох,ли лугати, Узбекистан миллий энциклопедияси. Давлат илмий нашриёти. Тошкент
2. Словарь практического психолога. - Минск: Харвест, 2000. - 800 с. (502 б.)
3. Teaching staff. https://data.oecd.org/eduresource/teaching-staff.htm
4. Hargreaves, A. (1994) Changing Teachers, Changing Times: Teachers' Work and Culture in the Postmodern Age. London: Cassell. (p. 172)
5. Файзуллаева Н.С. Таълим ик;тисодиёти ва менежменти. Укув кулланма. Тошкент. Lesson press, 2020. 79-бет
6. Парыгин Б. Д. Социально-психологический климат коллектива: пути и методы изучения / под ред. В. А. Ядова. Л.: Наука, 1999.
7. Фоменко С.Л., Белова С.А. Становление педагогического коллектива как субъекта деятельности в современной школе // Современные проблемы науки и образования. -2015. - № 3; URL: https://science-education.ru/ru/article/view?id=19548
8. М.У.Курбанов. Таълим-Тарбия Жараёни Самарадорлигини Оширишда Педагогик Жамоани Бошкаришнинг Узига Хос Хусусиятлари. Academic research in educational sciences, 2023
9. M.U. Kurbanov. Creation Of Modern School Management In Countries Of Economic Transition And Analysis Of Professional Competencies Of School Leaders. International Journal of Early Childhood Special Education