Raximova M.R.
Andijon qishloq xo jaligi va agrotexnologiyalr instituti assistenti
Turg'unov O.M.
Andijon qishloq xo 'jaligi va agrotexnologiyalar institute sirtqi bo 'limi uslubchisi
BOSHQARUV JARAYONIDA RAHBAR SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Annotatsiya. Ushbu maqola Boshqaruv psixologiyasida boshqaruv faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muammolar guruhlarning o'zaro faoliyatini samarali uslubda tashkil etish va birgalikdagi faoliyatning psixologik mexanizmlari yoritilgan.
Kalit so 'zlar: Boshqaruv psixologiyasi, faoliyat, psixologik mexanizmlar, "Rahbar", "Lider", "Boshliq", tashkilot, ta'lim muassasalari, korxonalar.
Rakhimova M.R. assistant
Andijan agriculture and agrotechnologies
Turgunov O.M. designer
the extramural department Andijan agriculture and Agrotechnologies
PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF INCREASING THE POLITICAL ACTIVITY OF THE LEADER IN THE MANAGEMENT PROCESS
Annotation. This article covers the problems associated with management activities in management psychology the organization of the interaction ofgroups in an effective style and the psychological mechanisms of joint activities.
Keywords: management psychology, activity, psychological mechanisms, "Leader", "Leader", "Chief", organization, educational institutions, enterprises.
Mamlakatimiz tarixida juda ko'p buyuk ilm ma'rifatli shaxslar yashab o'tkanlar [5]. Hozirgi yillarda yoshlar jamiyatimizning muhim strategik resursi hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlar uchun juda ko'p imkoniyatlar
eshigi ochilmoqda. Iqtidorli yoshlar, yosh olimlar va tadbirkorlar faoliyatini rag'batlantirish, hamda ularni qo'llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Siyosiy faoliyatda yosh kadrlarni tayyorlash va ularga boshqaruv faoliyatini o'rgatish muhim omillardan biri bo'lib sanalmoqda. Shu
'^KOHOMHKa h ^HyMM №5(120)-2 2024
www.iupr.ru
555
asosda psixologiyaning maxsus bo'limi bo'lgan boshqarish psixologiyasi vujudga kelgan.
Boshqaruv psixologiyasida boshqaruv faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muammolar guruhlarning o'zaro faoliyatini samarali uslubda tashkil etish va birgalikdagi faoliyatning psixologik mexanizmlari o'rganiladi. Boshqaruv jarayoni juda murakkab hisoblanadi. Chunki har bir tashkilot, ta'lim muassasalari, korxonalar, xullas qanday joy bo'lishidan qat'iy nazar boshqaruvchi ya'ni rahbar ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik bilimlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Bugungi kunda boshqaruv jarayonida rahbar siyosiy faoligini oshirish va u rahbarlik qilayotgan obektda psixologik muhitni yaxshilash muhim masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda har bir rahbar o'z bilimi, tafakkuri, izlanuvchanligi, faolligi, tashkilotchiligi, keskin qaror qabul qila olish qobiliyatiga ega bo'lishi hamda jamoasining psixologik muhitini yaxshi yo'lga qo'ya olgan bo'lishi lozim.
Afsuski, boshqaruvda rahbarlarning o'z vakolatlaridan noo'rin ravishda foydalanib, tazyiq, qo'pollik, zo'ravonlik, hodimlar va murojaat asosida kelgan fuqarolarni haqorat qilish kabi illatlarni o'ziga kasb qilib olganlarni ham uchratishimiz mumkin. Aynan shuning uchun ham jamoadagi psixologik muhitni yaxshilash muhim hisoblanadi. Psixologik adabiyotlarda "Rahbar", "Lider", "Boshliq" kabi tushunchalar deyarli sinonim sifatida ishlatiladi. Ammo bu tushunchalar muhim bir o'xshashlik va muayyan farqlarga ega. Ya'ni ularning har biri kimningdir ma'lum bir jamoa ustidan hukmronlikni ifodalasa, vaziyati va yetakchilik vaqtiga asoslanib ular farq qiladi. Liderga xos bo'lgan asosiy jihatlardan biri-shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilishidir. Biror-bir muammoli vaziyatda paydo bo'lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik, mohirlik liderga xos fazilatdir. Bir so'z bilan aytganda "Vaziyat" sodir bo'lganda "Lider" lar paydo bo'ladi. "Rahbar»tushunchasi esa kengroq bo'lib, u rasmiy mavqeni bildiradi. Aynan shu tufayli bu ichki tushuncha bir-biridan farqlanadi. "Lider" va "Rahbar»tushunchalaridagi farq haqida B.D.Parign o'z fikrlarini aytib o'tgan.
U shunday yozadi-lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi.
- Liderlik kichik guruhlargagina xos bo'lgan hodisa bo'lsa rahbarlikning haq huquqlari kata guruhlar doirasida ham sodir bo'lishi mumkin.
-Agar liderlik stixiali betartib jarayon bo'lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan,
jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartib asosida saylovlar oqibatida
sodir
bo'ladigan hodisadir.
-Liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo'lsa, guruh a'zolarining
kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo'nalishiga qarab uzoqroq muddatda
мЭкономнка h соцнумм №5(120)-2 2024
www.iupr.ru
556
yoki qisqa muddatda ro'y beradi.
-Rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo'q bo'lgan jazolash
va
rag'batlantirish tizimiga ega bo'lib shu asosda o'z hodimlariga ta'sirini o'tkazishi
mumkin.
-Lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko'rsatmalar, tashabbuslarni o'z ixtiyoricha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu hodisa bu yo'nalishda ko'plab rasmiy ko'rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketish qiyin.
- Liderlik faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shuguruhdagi kengroq sotsial doiradagi, jamiyatdagi vakili bo'lganligi uchun, uningvakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.
Jaxonda globallashuv jarayoni jadal sur'atlar bilan kechayotgan ayni bir paytda jamoa bilan samarali muloqot o'rnata bilish, jamoalarda yuz beradigan nizoli vaziyatlarni to'g'ri taxlil qilish xamda kelib chiqish sabablarini chuqur o'rganish bugungi kun psixolog va sotsiologlari oldida turgan muxim vazifalardan biridir[6]
Shaxs mexnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi.Bu esa o'z navbatida inson faoliyatini namoyon etadi.Shaxs ma'lum ijtimoiy tuzum maxsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarining ro'yobga chiqarish yoki yo'q qilishi mumkin. Shunday qilib, odam shaxsining jamityadagi rivojlanishi tabiat, muxit, inson o'rtasidagi murakkab aloqa ta'siri ostida ro'y beradi, inson ularga faol ta'sir etadi va shu yo'l bilan xayoti va tabiatini o'zgartiradi. Shaxsga ijtimoiy muxitning ta'siri ham muxim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi [7].
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Ahrorov V. "Menejment va marketing psixologiyasi»- Samarqand. 2018
2. Karimova V. M "Ijtimoiy psixologiya»- Toshkent. 2012
3. Nishonova Z. T, "Psixologik Xizmat" - Toshkent 2007.
4. Hayitov О. E. 'Boshqaruv psixologiyasi»- Toshkent. Istiqlol nashriyoti. 2021.
5. Otaboyeva, Z., & Mo'minova, F. (2023). Biz havas qilsa arziydigan ulug' sarkarda. Interpretation and Researches, 1(1).
6. Отабоева, З. F., & Абдумухтарова, Б. (2020). Бошкдрув тизимида низоли вазиятлар психологияси. Экономика и социум, (12 (79)), 877-881.
7. Отабоева, З. F. (2021). Шахс ривожланиши хакида тушунча. Экономика и социум, (4-2 (83)), 297-300.
"Экономика и социум" №5(120)-2 2024
www.iupr.ru
557