Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISH'

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2934
191
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya / integratsiya / konsentrizm prinsipi / taftalogiya / o‘quv reja / o‘quv predmeti. / education / integration / principle of concentrism / taftology / curriculum / educational subject.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — D. Shodmonqulova, S. Xamidjonova

Mazkur maqola bugungi kunda dars jarayonlarini mazmunli tashkil etish maqsadida asosan vaqtning tejalishiga e’tibor bergan holda, imkon qadar ko‘p va zaruriy bilimlar berish imkoniyatlarini izlab topish hamda bunday bilimlar jamlanmasining ilmiy jihatdan ishlab chiqilishi lozimligi borasida fikr-mulohaza yuritadi. Shu jumladan, maqoladan o‘quvchi dunyo davlatlarida bir qator olimlar tomonidan qo‘llanilayotgan integrativ shakldagi o‘qitish haqidagi ma’umotlarga ega bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING INTEGRATED LESSONS IN PRIMARY EDUCATION

This article discusses the need to find opportunities to provide as much and necessary knowledge as possible and scientifically develop such a collection of knowledge, paying attention to saving time, in order to meaningfully organize lesson processes today. Among other things, from the article, the reader will have information about the integrative form of education used by a number of scientists in the countries of the world.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL

ETISH

Shodmonqulova Dilorom Xaliqovna

Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi professori Xamidjonova Sarvinoz Murodilla qizi

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7193154

Annotatsiya. Mazkur maqola bugungi kunda dars jarayonlarini mazmunli tashkil etish maqsadida asosan vaqtning tejalishiga e 'tibor bergan holda, imkon qadar ko'p va zaruriy bilimlar berish imkoniyatlarini izlab topish hamda bunday bilimlar jamlanmasining ilmiy jihatdan ishlab chiqilishi lozimligi borasida fikr-mulohaza yuritadi. Shu jumladan, maqoladan o'quvchi dunyo davlatlarida bir qator olimlar tomonidan qo'llanilayotgan integrativ shakldagi o'qitish haqidagi ma'umotlarga ega bo'ladi.

Kalit so'z va iboralar: ta'lim-tarbiya, integratsiya, konsentrizm prinsipi, taftalogiya, o'quv reja, o'quvpredmeti.

ОРГАНИЗАЦИЯ ИНТЕГРИРОВАННЫХ ЗАНЯТИЙ В НАЧАЛЬНОМ

ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация. Для того, чтобы осмысленно организовать учебный процесс сегодня, в данной статье размышляется о необходимости найти возможности предоставить как можно больше и необходимых знаний, и научно разработать такой сборник знаний, уделяя внимание экономии времени. Помимо прочего, из статьи читатель получит информацию об интегративной форме обучения, используемой рядом ученых в странах мира.

Ключевые слова и фразы: образование, интеграция, принцип концентризма, тафтология, учебная программа, учебный предмет.

ORGANIZING INTEGRATED LESSONS IN PRIMARY EDUCATION

Abstract. This article discusses the need to find opportunities to provide as much and necessary knowledge as possible and scientifically develop such a collection of knowledge, paying attention to saving time, in order to meaningfully organize lesson processes today. Among other things, from the article, the reader will have information about the integrative form of education used by a number of scientists in the countries of the world.

Key words and phrases: education, integration, principle of concentrism, taftology, curriculum, educational subject.

KIRISH

Jahonda globallashuv jarayonining jadal sur'atlarda rivojlanib borish sharoitida ta'lim-tarbiya oldiga qo'yiladigan vazifalar sifat jihatidan yangilanishni, kam vaqt sarflab, ko'p va kerakli bilimlar berish imkoniyatlarini izlab topishni va ularni ilmiy jihatdan ishlab chiqishni nazarda tutadi. Qo'yilgan bu savollarga darslarni, bilimlarni integratsiyalash orqali erishish mumkin.

Hozirgi vaqtda dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan Buyuk Britaniya, Koreya va Shveysariya, Avstraliya Yaponiya, Shimoliy Irlandiya, Uels, Gong-Kong va Germaniya, Vengriyada turli fanlarni integrativ shaklda o'qitish yo'lga qo'yilgan. Ta'lim sohasida integratsiya masalalari bilan bir qator chet el va o'zbek olimlari T. Kun va V.S. Stopin, N.N.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Skatkin, I.Y. Lemer, Y.K. AJeksyut, Y.K. Babanskiy, R Mavlayanova, M, Shomaxmudova tadqiqot ishlari olib borganlar.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Davlat ta'lim standartlari qabul qilingach, ta'lim mazmuni qisman yangilandi. Davlat ta'lim standarti talablari asosida yangi o'quv dasturlari va darsliklar ish lab chiqildi. Lekin kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, o'quv rejasida o'quv predmetlarning soni ortib ketgan. Chunonchi, 1992-yilga qadar o'quv rejasida fanlarning soni 21 tani tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda esa o'quv rejasida 27 ta o'quv fani mavjud. O'quv fanlari miqdorini ko'paytirishi o'quvchining bilim darajasini oshirishga asos bo'la olmaydi. Chunki:

*o'quv fanlari ko'paygan sari o'quvchilarga taqdim etiladigan bilimlar maydalashib bormoqda;

o'quv darsliklarda takror materi-allarning miqdori ortmoqda;

o'quvchining ijtimoiy tajribasiga kirmay qolayotgan bilim va tushunchalar ko'paymoqda;

DTSlari bilan o'quv dasturlari orasida nomuvofiqlik vujudga kelmoqda.

Hukumat tomonidan qabul qilingan boshlang'ich ta'lim Davlat ta'lim standartida 4 ta ta'lim sohasi, ya'ni "Ona tili" , "Matematika", "Tabiat" , «Inson va jamiyat ta'tim sohalari berilgan holda bugungi kunda o'quv rejasida 10 ta o'quv predmeti mavjud. Bu sohada jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Singapur ta'lim tizimida boshlang'ich sinflar uchun bor-yog'i 4 ta o'quv predmeti mavjud ekan. Ular "Ona tili", "Matematika" , "Estetika hamda dismoniy tarbiya. Ma'lumki, ta'limjarayonida muayyan o'quv fani "Ona tili", "Tarix", "Adabiyot" kabilarga oid bilimlar bilan bir qatorda xalqning ijtimoiy tajribasi, til boyligi, ma'naviy, madaniy qadriyatlari, axloqiy me'yorlari bilim va tushunchalar shaklida o'rgatilishi lozim.

Amaldagi ta'lim jarayonini tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, u yoki bu o'quv fani mazmunida o'quvchining ijtimoiy tajribasiga kirmay qolgan bilim va tushunchalar mavjud. Buning asosiy sababi o'quv fanining mazmunini o'ta murakkab yoki haddan tashqari sodda ekanligidadir. Agar o'quv materiali o'ta murakkab bo'lsa, o'quvchi uni to'iq o'zlashtirishga qiynaladi. Agar sodda va takror holda ifodalangan bo'lsa, bunday o'quv materialini o'zlashtirishga ehtiyoj sezmaydi, undan bezadi.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Bugungi kunga kelib, jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta 'lim tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturlari va darsliklardan foydalanib kelmoqda. Har bir mamlakat ayni shu davlatning ta'lim tizimiga qo'yilgan buyurt-maning tabiatidan kelib chiqqan holda integratsiyaning turli darajalarini ishlab chiqqan va joriy qilib kelmoqda. Masalan, Buyuk Britaniya ta'lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo'lsa, Koreya va Shveysariyada integratsiyalashgan fanlar yoki alohida o'quv predmetlari, Avstraliyada integratsiyalashtirilgan fanlar, Yaponiya, Shimoliy Irlandiya, Uels, Gong-Kong va Germaniyada ham alohida fanlar, Vengriyada madaniyat yo'nalishidagi o'quv predmetlari, inson va tabiat, integrativ fanlar, Niderlandiyada alohida o'quv predmetlari, lrlandiyada fan va texnika kabi bloklarda barcha o'quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o'qitiladi.

O'zbekistonda bu sohada dastlabki qadamlar qo'yilmoqda. Jumladan, boshlang'ich ta'lim Davlat ta'hm standartlarida "Ona tili", "O'qish", "Matematika", "Tabiat" hamda "Inson vajamiyat" ta'lim sohalari belgilab berilgan. "Inson va jamiyat "ta'lim sohasi o'zida bir qator

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'quv predmetlariga oid tushunchalarini mujassamlashtirgan. Axloq, nafosat tarbiyasi, iqtisodiy bilimlarga oid tushunchalar, jismoniy tarbiya, badiiy ta'lim, huquqiy bilimlar va h.k.

Ta'lim jarayonini integrativ dasturlar va darsliklar asosida tashkil etish orqali o'quv-bilish jarayoni natijasida sama-radorlikka erishish nazarda tutilar ekan, bunda integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan:

Mavzularni ketma-ket taqdim etish asosidagi integratsiya, bunda o'quv materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga amal qilinadi, ya'ni oldingi o'quv materiali keyingisini to'ldiradi. Lekin hech qachon bir-birini takrorlamaydi. Bunday integrativ natijasida o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalari hamda ijodiy faoliyatlari muntazam ravishda rivojlanib, boyib boradi.

O'quv dasturlarida o'zaro uyg'unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga asoslangan integratsiya, bunda ham takror tarzda beriladigan taftalogiya asosidagi o'quv materiallarining oldini olish uchun dasturlarda mavzulararo uyg'unlikni ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Masalan, 1-sinfda oqish fasli haqida ("Atrofimizdagi olam" , "O'qish" , Ona tli darsliklarida turli xildagi, ammo mohiyati va ma'lumot berish darajasi bir xiI bo'lgan matnlar o'niga faqat "O'qish kitobi"ning o'zida qishning barcha xususiyatlarini ochib bera oladigan badiiy matn va rasmlami berish maqsadga muvofiqdir. Buning afzalligi shundaki, o'quvchining vaqti va kuchi tejaladi, darsliklaming hajmi ixchamlashadi va tannarxi arzonlashadi.

Modullashgan integratsiya, bunday integratsiya doirasida turdosh o'quv fanlariga oid bilim va tushunchalar bir tizimga solingan holda, uzviy tarzda o'quvchilarga taqdim etiladi. Chunonchi, aniq fanlar blokida "Matematika", "Algebra", "Geometriya" va "Chizmachilik"ka oid bilim va tushunchalar muayyan bir tizimga solinadi va ayni bir mavzu mazkur tizim doirasida o'quvchiga bir marta, ammo uzviy tarzda taqdim etiladi.

Integrativ dasturlar, ushbu turdagi dasturlar bir necha o'quv predmeti yoki o'quv fanlariga oid mavzulami uyg'unlashgan holda taqdim etishni nazarda tutadi. Bugungi kunga kelib, o'quv rejasida o'quv predmetlarining soni maksimum ko'payib ketganligini hisobga oladigan bo'lsak, bunday turdagi dasturlar yaratishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Dastur va darsliklami o'rganish, tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinflardagi yo'l harakati qoidalari, odobnoma, konstitut-siya saboqlari, salomatlik darsliklariga oid tushunchalami yagona holda "Ona tili", "O'qish" dasturlariga uyg'unlashtirish lozim. Bunday tadbirni amalga oshirish ayni bir vaqtning o'zida ham pedagogik, ham iqtisodiy nuqtayi nazaridan samaralidir.

Mavzulararo integratsiya, bunda ayni bir kurs doirasida beriladigan o'quv materiallari boshqa bir kurs doirasidagi mohiyatan yaqin bo'lgan o'quv materiallari bilan uyg'unlashtiriladi. Masalan, matematik muloqot madaniyatini shakllantirishga oid mashqlarni "Ona tili" darsliklarida iqtisodiy bilim va ko'nikmalarini rivojlan-tirishga yo'naltirilgan masalalar, mashqlar va matnlami "Matematika" va "Ona tili", "O'qish" darsliklarida berish mumkin.

XULOSA

Xulosa sifatida aytish mumkinki, ta'limda integratsiyani amalga oshirish ham iqtisodiy jihatdan, ham pedagogik, gigiyenik va fiziologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Masalan, "Atrofimizdagi olam" hamda "Odobnoma" kabi o'quv pred-metlarini "O'qish" va "Ona tili" mazmuni bilan uyg'unlashtirish natijasida faqatgina 1-sinfda 63 soat iqtisod qilinadi. Shuningdek, o'quvchini vaqti va kuchi tejaladi, ortiqcha zo'riqishning oldi olinadi. O'quv-bilish jarayonining samaradorlik darajasi ortadi. Dasturda o'quv fani mazmunining maksimum darajasi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hamda sinfma-sinf belgilab berilgan DTS asosida o'quvchining bilim hamda tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimum talablar o'z ifodasini topmog'i lozim.

REFERENCES

1. Boshlang'ich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standarti. Boshlang'ich ta'lim. 2005-yil, 5- son.

2. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G'ulomova, SH. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. Ona tili o'qitish metodikasi. -T.: Noshir ,2009.

3. T. G'afforova, E. Shodmonov , X. G'ulomova, Ona tili, 1-sinf uchun.-T.: 2019-yil

4. K. Qosimova, S.Fuzailov, A.Ne'matova, Ona tili, 2-sinf uchun. -T,:2018

5. S. Fuzailov, M. Xudoyberganova, Sh. Yo'ldosheva, Ona tili,3-sinf.- T.:2019

6. R. Ikromova, X. Gulomova, Sh. Yo'ldosheva, D. Shodmonqulova, Ona tili, 4-sinf uchun, T.,2020

7. J. G '. Yo'ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. — T.:2010 13. Gulomova X. va boshqalar, 4-sinfda ona tili darslari.- T.: O'qituvchi, 2003

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.