Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
BOSHLANG'ICH SINFLARNING ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG'AT USTIDA ISHLASHNING LINGVODIDAKTIK
ASOSLARI
Zilola Baxtiyorovna Xamraeva
Jizzax davlat pedagogika instituti Ta'lim va tarbiya nazariyasi (boshlang'ich ta'lim)
mutaxassisligi magistranti
Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida o'quvchida to'g'ri, tez, ongli ifodali o'qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob o'quvchidan chuqur muloxaza yurituvchi ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish o'qish orqali tevarak atrof borliq xaqidagi bilimlarni kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish xar qanday uslubdagi matnni o'qish va uni anglash, tanqidiy kreativ fikrlash ko'nikmasini egallash nazarda tutiladi.
Boshlang'ich sinf ona tili va o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarni o'quv bilim faoliyatiga tayyorlash, boshqalar bilan muloqatga kirisha oladigan, o'z fikrini boshqalarga tushunarli tarzda etkaza oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat.
Kalit so'zlar: nutq, nutq madaniyati, boshlang'ich sinf, o'quvchilar, metodika, ona tili o'qish savodxonligi.
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgach, o'rta ta'lim muassasalari, xususan boshlang'ich ta'lim o'quvchilari ta'lim tuzilmasi va mazmunini tubdan yaxshilash ustuvor axamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasining - Ta'lim to'g'rsidagi qonunga muvofiq"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" tasdiqlanib, u milliy va umumbashariy ma'naviy qadriyatlar, ma'naviy axloqiy fazilatlarni shakllantirshga yo'naltirilgan.
Asosiy qism
Ona tili va o'qish savodxonligi fanini o'qitishda asosiy e'tibor o'quvchida tilga doir to'rt ko'nikma: o'qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so'zlar va yozish xamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.
Ta'lim berishda kommunikativ yondashuvga asoslaniladi, ya'ni tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek faoliyatga yo'nalgan yondashuv, ongli yondashuv, kashfiyotchilik yondashuvi farqli va tanqidiy yondashuv kabilar e'tiborda bo'lishi lozim.O'quvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil fikrlash darajasi va nutqini o'stirishning zaruriy omillaridan biri lug'atlar ustida ishlashdir. Lug'atlar
ANNOTATSIYA
Kirish.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
o'quvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil fikrlash darajasi ijodiy fikr mahsulini og'zaki va yozma shakllarda ravon bayon etishga olib keladigan bexad qimmatli va boy so'z zaxirasini vujudga keltiradi.
Lingvodidaktika - til o'qitish demakdir. Til uzoq davr o'tishi bilan kishining ehtiyojiga muvofiq ravishda o'zgarib boyib borgan.Kishi tilni raraqqiy ettirishi bilan birga uning mukammallashib borishi xam kishi bilim tajribasining takomillashuviga hamda ajdodlar avlodiga o'tishiga imkon bergan. Natijada fan, madaniyat, texnika vujudga kelgan va taraqqiy etgan, ya'ni kishilik jamiyati rivojlangan.
Tilning taraqqiy etishi deganda lug'at boyligining oshishi, ichki qonun qoidasining qulaylashib borishi tushuniladi.
2 sinf darsligida "Keksa kulol va shogird" ertagi. O'qituvchi ertakni darslikdan ifodali o'qib beradi. O'quvchi tinglaydi. Matnda uchragan notanish so'zlar yuzasidan lug'at ishi o'tkaziladi.
Masalan: Mo'ysafid - soch saqoli oqargan keksa chol
Kulol - loydan sopol buyumlar yasaydigan xunarmand. Miridan sirigacha - mayda chuydasigacha batafsil Dastmoya - ozgina pul mablag' Batafsil -butun tafsiloti bilan, xech qoldirmasdan.
Boshqa ertak, xikoyalarda xam lug'at ustida ishlash ishlari olib boriladi. Ona tili o'qitish metodikasi psixologiya va pedagogikama'lumotlariga xam tayanadi. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish savodxonligi darslarida didaktika bilan, ya'ni bilimning umumiy nazariyasi bilan xam bog'lanadi. Metodika didaktika belgilab bergan qouniyatlar, qoida va tamoyillarga asoslanadi.
Leksikologiyani bilish maktabda lug'at ishi ( ma'nodosh va zid ma'noli so'zlarga oid xilma-xil mashqlar o'tqazish, ko'p ma'noli so'zlar, ularning ma'no bo'yoqlari ustida ishlash )ni to'g'ri tashkil etish uchun juda muhimdir.
Masalan: 4 sinf o'qish kitobida "Xarita" matni ustida ishlagandaso'z va iboralar lug'ati quyidagicha bo'lishi mumkin. Og'zing ochilib qolsin - xayron bo'lib qolgin
Qolipdan chiqqan g'ishtdek - hamma tamoni birdek tekis Loqayd - befarq
Kashfiyot -izlanishlar natijasida yaratilgan narsa, ixtiro Ayilday botdi - qattiq tegdi, ranjitdi. Pisanda qilmoq - oldindan biror shart qo'ymoq; ta'kidlamoq. Xulosa: O'quvchilarning fikr darajasi, ongi, dunyoqarashlarini oshirish ularni mustaqil fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I. Biz kclajagimizni o'z qo'lirmz bilan quramiz 7-jild i 0'zbekiston, 1999-
2. Boshlang'ich sinflarning takomillashtirilgan davlal ta'lim Standarti. boshlang'ich ta'lim" jurnali. 2006. 5-son.
3. Boshlang'ich ta'lim lakomillashtirilgan O'quv dasturi. "Boshlang'ich ta'lim jurnali. 2006. 5-son
4. TG'afforova, Sh.Nundlayeva. O'qish kitobi. 2-sinf. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma. - T.. "Sharq". 2012. - 144 h
5. NSaidaxmedov. Yangi pcdagogik texnologiyaiar. T. "Moliya", 2003 172 b.
6. RJo'ruyev, A.Zunnunov. Ta'lim jarayomda o'quv ranlarini inlcgratsiyalash. T.. "Sharq". 2005. 80 b.
7. T.G'afforova va boshqalar "O'qish kilobi", l-sinf. I . "Sharq», 2013 128-b.
8. T. G'afforova "Boshlang'ich la'limda zamonaviy pedagogik lexnologiyt)- lar". T.. "Tafakkur", 201 l-yil.
9. O'zb.ek lilining izohli lug'ati, I V-jildlar. "O'zbekiston inilliy ensiklo- pediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2005 200X-yillar.
290-b.