Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEZ AYTISHLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEZ AYTISHLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
66
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kichik maktab yoshidagi bolalar / boshlang‘ich sinf o‘quvchilari / xalq og‘zaki ijodi / janrlar / tez aytish / nutq / usul / tovush / talaffuz / mashq / kompitetnlik / nutqiy kompitentlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilmurod Teshaboyev, Mahdiyabonu Madraximova

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishda tez aytish mashqlaridan foydalanish, kichik yoshdagi bolalarning nutqida kuzatiladigan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaslik, tovushlarni tushirib aytish yoki tovushlar o‘rnini almashtirib talaffuz qilish kabi kamchiliklar va bularni bartaraf etishning ko‘plab mashq va usullari kabi masalalar xususida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEZ AYTISHLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA TEZ AYTISHLAR ORQALI O'QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH 1Dilmurod Teshaboyev, 2Mahdiyabonu Madraximova

1FarDU dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc), 2Farg'ona davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11059176

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o 'quvchilarning nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishda tez aytish mashqlaridan foydalanish, kichik yoshdagi bolalarning nutqida kuzatiladigan so'zlarni to'g'ri talaffuz qila olmaslik, tovushlarni tushirib aytish yoki tovushlar o'rnini almashtirib talaffuz qilish kabi kamchiliklar va bularni bartaraf etishning ko'plab mashq va usullari kabi masalalar xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: kichikmaktabyoshidagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari, xalq og'zaki ijodi, janrlar, tez aytish, nutq, usul, tovush, talaffuz, mashq, kompitetnlik, nutqiy kompitentlik.

Abstract. In this article, the use of rapid speaking exercises to eliminate the deficiencies in the speech of elementary school students, the inability to correctly pronounce words observed in the speech of young children, such deficiencies as dropping sounds or pronouncing the sounds by replacing them, etc. Many exercises and methods of elimination are discussed.

Keywords: children of junior school age, primary school students, folk art, genres, fast speaking, speech, method, sound, pronunciation, exercise, competence, speech competence.

Аннотация. В данной статье использование упражнений на быстроту говорения для устранения недостатков речи учащихся младших классов, неумения правильно произносить слова, наблюдаемых в речи детей раннего возраста, таких недостатков, как выпадение звуков или произнесение звуков путем их замены и т.д. Обсуждаются многие упражнения и методы устранения.

Ключевые слова: дети младшего школьного возраста, учащиеся младших классов, народное творчество, жанры, скороговорка, речь, метод, звук, произношение, упражнение, компетентность, речевая компетентность.

Tez aytish bilan shug'ullanish davri asosan, bog'cha yoshidan kichik maktab yoshigacha deb belgilangan. Chunki bu o'sish davrida kichik yoshdagi bolalarning nutqi rivojlanadi. Eshitganlarini eslab qoladilar va shunday talaffuz qiladilar. Bolalarning nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqishining yana bir sabablaridan biri bu ota-onaning, ya'ni oila a'zolarining o'rnidir. Chunki farzandlarining endi tili chiqish jarayonida ko'p hollarda ularga tilini chuchuk qilib gapirish holatlarini ko'rishimiz mumkin. Masalan, "Chuchu obeyemi?" emas "Suv olib beraymi?" "Kaka yisimi?" emas "Qand yeysizmi?" tarzida murojaat qilmaslik oqibatida bolalarning nutqi to'liq bo'lmagan so'zlar bilan shakllanib boradi. Bu holatni kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ham uchratishimiz mumkin. So'zlarni to'liq ayta olmaslik va tovushlarni to'g'ri talaffuzida qiyinchiliklarini bartaraf etishda biz tez aytish janri bilan ko'proq shug'ullantirishimiz kerak. Har bir tovushlarni o'rganish mobaynida tez aytishlardan foydalanib, so'zlarni to'g'ri va ravon aytishlari uchun ko'maklashishimiz lozim. Tez aytish orqali o'quvchilarning nutqini o'shtirishga xizmat qiluvchi juda ko'p mashq va metodlarni boshlang'ich sinf darsliklarida uchratishimiz mumkin.

Misol uchun, 1-sinf o'quvchilarining eng sevimli kitobi "Alifbe" kitobida [T] - tovushiga oid mashq berilgan. Chunki bu kitob o'quvchilarga sehrli tovush va harflar olamini so'zlar dunyosini to'g'ri va ravon talaffuz qilishni o'rgatadi.

Turna tipratikanni turtdimi?

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Tipratikan turnani turtdimi?

Berilgan tez aytishni o'quvchilar yod olishi va tez, to'g'ri aytishlari talab qilinadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ko'pincha [T] tovushini [K] yoki [D] tarzida talaffuz qilishlari mumkin. [T] - tovushi qisqa aytiladi va tishlar bir-biriga yaqinlashishi orqali yuzaga keladi. Bu tovushga oid tez aytishning berilishi esa o'quvchilar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradi. Har bir so'zning boshidagi [T] tovushining takrorlanishi, bu tovushni to'liq talaffuz qilishlariga yordam beradi.

2-sinf uchun mo'jallangan "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida tez aytishga oid musobaqa berilgan. "Kim tez aytadi?" musobaqasi. Shartlari quyidagilar:

1. Tez aytishlarni yaxshilab o'qib chiqing.

2. Ovoz chiqarmay aytib ko'ring.

3. To'g'ri nafas oling.

4. Tez aytishlarni bir nafasda ayting.

5. Partadoshingiz bir nafasda aytgan tez aytishlaringizni hisoblab tursin.

Qo'zichog'im qo'ng 'ir, oq,

Qo'ng'iroqli qo'zichoq.

Qurilishga terak kerak,

Demak, ekmoq kerak terak!

To'lqin topishmoqni to'g'ri topdi.

Bu kabi musobaqalarning dars davomida o'tkazilishi o'quvchilarning qiziqishlarini yanada oshiradi va tez aytish mashqlari bilan ko'proq shug'ullanishga undaydi.

Darslikda yana berilgan topshiriqlardan biri "Alifbodagi harflar ketma-ketligida tez aytish yozishni mashq qiling" topshirig'i. Bu topshiriqda o'quvchilar alifboning har bir harfiga oid tez aytishlarni bilishlari kerakligini bildiradi. Masalan,

Asalari asalini ayiqdan ayamadi.

Belbog'ini belga bog'lab,

Bog'bon bobo bog'ga bordi.

4-sinf "O'qish savodxonligi" darligida tez aytishlar har bir mavzuning tugallanish qismida matnga mos ravishda berilgan. Darslikning 35-betida berilgan Nasiba Erxonovaning "Qarg'a va paxta" ertagining mustahkamlash qismida mavzuga mos ravishda berilgan tez aytishga e'tibor qaratamiz.

Paxta qattiqmi, taxta qattiqmi?

Sodiq momiq paxta terdi.

Bu tez aytishlarning berilish sababi ertakning mazmuni ham paxtaga oidligidadir. Shuning uchun o'quvchi faqatgina tez aytish orqali faqatgina to'g'ri talaffuzga e'tibor qaratibgina qolmasdan, uning mazmunini ham tushunishi kerakligini anglashimiz mumkin.

Tez aytish bilan bog'liq turli xil metodik o'yinlarimiz ham mavjud. Bulardan "Kim ko'p tez aytishni ayta oladi?", "Bir nafasda tez ayting", "Tez aytishdagi tushirib qoldirilgan so'zni toping va tez aytishni ayting?", "Rasmga mos tez aytish ayting", "So'zlardan tez aytishni hosil qiling?", "Ertakni o'qing va unga mos tez aytish ayting" va h.k.

"Kim ko'p tez aytishni ayta oladi?" o'yini. Bu o'yinda o'quvchilar jamoaga bo'ladilar va birma-bir tez aytish aytadilar, to'xtab qolgan jamoa yutqazgan hisoblanadi.

1-jamoa:

Boqi qoqini Soqiga sotdimi,

Soqi qoqini Boqiga sotdimi?

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

2-jamoa:

Asalari asalini ayiqdan ayamadi.

3-jamoa:

Ergash Erkinga ergashdimi,

Erkin Ergashga ergashdimi? ...

Shu tarzda o'yinni davom ettiradilar.

"Bir nafasda tez ayting" o'yini. Bu o'yinda o'quvchilar birma-bir doskaga chiqib, bir nafasda tez aytishlar aytadilar. Doskaga chiqgan o'quvchi tez aytish aytishi mobaynida qolgan o'quvchilar tez aytishlar sonini sanab turadilar. Kim to'g'ri va ko'p tez aytishni aytsa, shu o'quvchi g'olib hisoblanadi.

O'quvchi:

Tolib to'pni tepib toldi,

So'ngra to'pni sumkaga soldi.

"Tez aytishdagi tushirib qoldirilgan so'zni toping va tez aytishni ayting?" o'yini. Bu o'yinda doskaga ixtiyoriy bitta tez aytish yoziladi va tarkibidagi bitta so'z tushirib qoldiriladi. O'quvchilar shu so'zni topishi va tez aytishni aytishlari talab qilinadi. Misol uchun,

Bulut bulutga, burgut_ga ergashadi.

Bu tez aytishda tushirib qoldirilgan so'z "burgut" so'zi bo'lib, tez aytishning to'liq ko'rinishi - Bulut bulutga, burgut burgutga ergashadi.

Bir juft chop ko'pmi, qo 'shjuft_ko'pmi?

Tez aytishdagi tushirib qoldirilgan so'z "chop" so'zi bo'lib, uning to'liq variant Bir juft chop ko'pmi, qo'shjuft chop ko'pmi?

Shu tarzda so'zni topadilar va tez aytishni to'liq holda aytadilar.

"So'zlardan tez aytishni hosil qiling?" o'yinida o'quvchilarga har xil so'zlar beriladi va bu so'zlarni to'g'ri joylashtirib tez aytishlarni hosil qilishlari talab etiladi. Masalan, "bog'da, Sava, salqin, yayraydi, sayraydi, sahar" so'zlari berilgan. So'zlar yordamida tez aytish hosil qilamiz.

Sava sahar sayraydi,

Salqin bog'da yayraydi.

"Qoqi, Boqi, qoq, qoqi, quritgan, quruq" berilgan so'zlardan tez aytish hosil qiling, tez aytishni tez ayting.

Boqi quritgan qoqi qoq quruq qoqi.

Shu tariqa metodik o'yinlar o'tkazishimiz mumkin. Bu orqali o'quvchilarning tez aytishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va ko'proq tez aytishlar bilan mashq qilishga erishish mumkin. Tez aytishlar bilan muntazam mashqlar o'tkazib borish, o'quvchilarning nutqiy kompitentlarini rivojlanishiga va nutqiy kamchiliklarini bartarf etishga yordam beradi. Ko'zlangan maqsadga oson erishish imkonini hosil qiladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki, o'quvchilar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish kichik yoshdan boshlanadi. Biz qanchalik erta bu kamchiliklarni yo'qotsak, shunchalik muvofaqqiyatga erishgan bo'lamiz. Bolalar nutqidagi kamchiliklargina emas, balki ularning dunyoqarashi, fikrlashini ham rivojlantirish darkor. O'quvchilarni har jihatdan yetuk, barkamol bo'lishida, avvalo, o'qituvchilarning o'rni katta hisoblanadi. o'qituvchilar qanchalik o'z ishiga fidoiy bo'lib, sitqidildan o'quvchilarga bilim bersa, yurtimiz ravnaqi ham yuksalib boraveradi.

REFERENCES

1. 1-sinf "Alifbe" kitobi. Toshkent. 2023-yil.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

2. 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" 2-qism. Toshkent. 2021-yil.

3. 4-sinf "O'qish savodxonligi" 1-qism. Novda nashriyoti. 2023-yil.

4. Teshboyev D.R. (2021). On the semantical analysis of the parypredicative units of complex following. Theoretical & applied science, (4), 390-392.

5. Тешабоев Д.Р. (2020). Эргаш гапли кушма гапларни шакллантиришда антитезанинг урни. Международный журнал искусство слова, 3(5).

6. Тешабоев Д.Р. (2022). Эргаш гапли кушпредикатив бирликлар фалсафий мазмун категорияси сифатида. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2(11), 5155.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.