Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA PIRLS DASTURI ASOSIDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANINI O’QITISH'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA PIRLS DASTURI ASOSIDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANINI O’QITISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
803
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS xalqaro dasturi / ona tili va o’qish savodxonligi / mashq daftari / yangi darslik / o’qish texnikasi. / PIRLS international program / native language and reading literacy / notebook / new textbook / reading technique.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — O. Ikromova

Shu paytgacha ona tili va o’qish fanlari alohida o’qtilar edi. Endi esa bu ikki fanni birlashtirgan ‘’Ona tili va o’qish savodxonligi’’ deb nomlangan fan tashkil qilindi. Bunda asosan o’quvchilarning eng og’riqli muammosi bo’lgan og’zaki javob beriladigan , og’zaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan she’rni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING NATIVE LANGUAGE AND READING LITERACY UNDER THE PIRLS PROGRAM IN PRIMARY GRADES

Prior to this, mother tongue and reading subjects were taught separately. A subject called "Mother tongue and reading literacy" has now been created, combining these two subjects. At the same time, the most painful problem of students, which is the most painful problem of students, are special tasks that are given orally. They are given a special time to read a poem given for memorization.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA PIRLS DASTURI ASOSIDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANINI O’QITISH»

 2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

BOSHLANG'ICH SINFLARDA PIRLS DASTURIASOSIDA ONA TILI VA O'QISH

SAVODXONLIGI FANINI O'QITISH Ikromova Ominaxon Elmurod qizi

Andijon davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.6967654

Annotatsiya. Shu paytgacha ona tili va o 'qish fanlari alohida o'qtilar edi. Endi esa bu ikki fanni birlashtirgan ''Ona tili va o'qish savodxonligi'' deb nomlangan fan tashkil qilindi. Bunda asosan o'quvchilarning eng og'riqli muammosi bo'lgan og'zaki javob beriladigan , og'zaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan she 'rni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.

Kalit so'zlar: PIRLS xalqaro dasturi, ona tili va o'qish savodxonligi, mashq daftari, yangi darslik, o'qish texnikasi.

ОБУЧЕНИЕ РОДНОМУ ЯЗЫКУ И ГРАМОТЕ ЧТЕНИЯ ПО ПРОГРАММЕ PIRLS

В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация. До этого родной язык и предметы чтения преподавались отдельно. Сейчас создан предмет под названием «Родной язык и грамотность чтения», объединяющий эти два предмета. При этом самой болезненной проблемой учащихся, которая является самой болезненной проблемой учащихся, являются специальные задания, которые даются устно. Им отводится специальное время для чтения стихотворения, данного на заучивание.

Ключевые слова: международная программа PIRLS, родной язык и грамотность чтения, тетрадь, новый учебник, техника чтения.

TEACHING NATIVE LANGUAGE AND READING LITERACY UNDER THE PIRLS

PROGRAM IN PRIMARY GRADES

Abstract. Prior to this, mother tongue and reading subjects were taught separately. A subject called "Mother tongue and reading literacy" has now been created, combining these two subjects. At the same time, the most painful problem of students, which is the most p ainful problem of students, are special tasks that are given orally. They are given a special time to read a poem given for memorization.

Keywords: PIRLS international program, native language and reading literacy, notebook, new textbook, reading technique.

KIRISH

Pirls - turli mamlakatlarda boshlang'ich sinfda tahsil oluvchi o'quvchi yoshlarning matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.

Har 5 yilda o'tkaziladigan PIRLSdasturi 4-sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmasini xalqaro darajada baholaydi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mazkur dastur 4-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholaydigan TIMSS dasturini yo'naltirilgan bo'lib, Bo'ston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro markazi, IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi boshqariladi.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Pirls xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.

PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida o'qishini ikki turi baholanadi:

- O'quvchining adabiiy tajribasini baholash maqsadida o'qish;

- Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish;

Pirls boshlang'ich sinf va sinfdan tashqari o'qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya'ni "badiiy tajriba orttirish", "axborotni olish va undan foydalanish" ga qaratiladi. O'z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to'rtta keng tushuninsh jarayonini birlashtiradi. Bular:

-diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish; -to'gridan-to'gri xulosa chiqarish; -kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish; -g'oyalar va axborotni talqin qilish va uyg'unlashtirush.

TADQIQOT NATIJALARI

Shu paytgacha ona tili va o'qish fanlari alohida o'qitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan "Ona tili va o'qish savodxonligi" deb nomlangan yagona fan tashkil etildi.

O'qish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she'rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida ko'maklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy - ommabop uslubdagi matnlardan iborat.

Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan bo'lsa, yangisida bu kompetensiyani rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan. O'qib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan ma'lumotlarga yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda o'qib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar bo'ladi.

MUHOKAMA

Shu paytgacha ona tilini o'qitishdan maqsad tilning grammatikasini o'rgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang - barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga ko'proq urg'u berilgan.

Ahamiyatli tomoni endi o'qituvchilar uchun "O'qituvchi kitobi", o'quvchilar uchun esa "Mashq daftari" ham bo'ladi .

Eski darsliklar til strukturasini o'rgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan ko'ra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urg'u berilgan. Ya'ni asosiy e'tibor so'z, uning ma'nolarini, o'rindoshlari, qo'llanish o'rinlari, lug'at boyligi kabi tomonlariga qaratilgan.

Amaldagi darslikdan o'rin olgan matnlarda bola yoshiga mos bo'lishidan ko'ra, didaktik ahamiyatiga urg'u berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda she'rlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Darslikdagi tushunarsiz bo'lishi mumkin bo'lgan so'zlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darslklarda bolaning tushunishi uchun qiyin bo'lgan so'zlar darslikning orqa qismida maxsus lug'atga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan. XULOSA

Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha bo'lgan jarayon ti zimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi bo'sh o'rinlarni to'ldirishni boshlagan bola ma'lum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi. Shuningdek, darslikda o'quvchilarning eng og'riqli muammosi bo'lgan og'zaki tarzda bajariladigan, og'zaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan she'rni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.

Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillik bir-birini to'ldiradigan, o'zi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.

1-sinf ona tili va o'qish savodxonligi kitobida ketirilgan "Hoshimjonning oilasi"da ko'pincha ot so'z turkumi keltirilgan bo'lib, bunda o'quvchilar oila a'zolarini tanish orqali ot so'z turkumi haqida tushunchaga ega bo'lishadi. Rasmlar orqali ham o'quvchilarning fikrlashi kengayib boradi.

REFERENCES

1. 1-sinf ona tili va o'qish savodxonligi. 1-qism. Toshkent 2021-yil.

2. Ashrapova.T, Odilova.M. ''Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi'' Qo'qon 2008-yil

3. https://uzreport.news/socienty/mamlakatimiz-o'quvchilari-pirls-2021-xalqaro-baholash-dasturida-ishtirok-etadi

4. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/PIRLS

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.