Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ATROF-MUHITGA EKOLOGIK MUNOSABATNI TAKOMILLASHTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINALARNING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ATROF-MUHITGA EKOLOGIK MUNOSABATNI TAKOMILLASHTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologik o‘yin / ekologik bilim / ekologik savodxonlik / diktaktik o’yin / o’quvchilar / muhit / tarbiya / munosabat / atrof-muhit / faoliyat / maktab.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bovanova Umida Abduvahobovna

Mazkur maqolda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariniatrof-muhitga bo‘lgan ekologik munosabatini takomillashtirishda, didaktik o‘yinlarning o‘ziga xosligi va bu o‘yinlar orqali bolalarda ekologik savodxonligi oshishi berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ATROF-MUHITGA EKOLOGIK MUNOSABATNI TAKOMILLASHTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINALARNING AHAMIYATI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING ATROF- MUHITGA EKOLOGIK MUNOSABATNI TAKOMILLASHTIRISHDA DIDAKTIK

O'YINALARNING AHAMIYATI

Bovanova Umida Abduvahobovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti katta o'qituvchisi, Toshkent shahar, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko'chasi 58-uy, Tashkent 100149, Uzbekistan [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13269486 Annotatsiya: Mazkur maqolda boshlang'ich sinf o'quvchilarini atrof-muhitga bo'lgan ekologik munosabatini takomillashtirishda, didaktik o'yinlarning o'ziga xosligi va bu o'yinlar orqali bolalarda ekologik savodxonligi oshishi berilgan.

Kalit so'zlar: Ekologik o'yin, ekologik bilim, ekologik savodxonlik, diktaktik o'yin, o'quvchilar, muhit, tarbiya, munosabat, atrof-muhit, faoliyat, maktab.

1. KIRISH

Yangi O'zbekiston va uni barpo etish yo'lida, boshlang'ich sinf o'quvchilarining atrof-muhitga elkologik munosabatini tarbiyalash tizimini rivojlantirish sifat jihatidan jadal borishi va bu borada ekologik kompetentlikni oshirish, atrof-muhitga ekologik munosabatini tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda insonning yanada barqaror xulq-atvori va fikrlash tarziga bo'lgan ehtiyoj ekologik, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy tendentsiyalar bilan tavsiflanadi. Bunday o'zgarishlar insoniyatning ma'lum bir asosiy ilmiy savodxonlik darajasiga asoslanadigan ekologik savodxonlikning sifat jihatidan yuqori darajasida ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida ekologik va ilmiy mavzularning ba'zi bir ajralishini kuzatishimiz mumkin, bu esa ekologik ta'lim, ekologik savodxonlik va bolalar ommaviy axborot vositalarida barqaror rivojlanish sohasidagi ta'limning integratsiyasiga, shuningdek, bolalarning rivojlanishiga sezilarli to'siqlarni keltirib chiqaradi. Maktabgacha va boshlang'ich maktab yoshida bolalarda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat tarixini o'rganishi ijobiy ta'sir etadi.

Atrof-muhitning yomonlashuvi, aholining o'sishi, energiya inflyatsiyasi va iqtisodiy turg'unlik tendentsiyalari, shubhasiz, kelajak dunyosi insoniyatning barcha sa'y-harakatlari uchun chinakam barqaror tizimlarni loyihalash va amalga oshirishga qodir bo'lgan ekologik savodxon bolalarni talab qilishini ko'rsatadi. Bunday tarbiyalashda, jarayonida ekologik savodxonligi, ilm-fan va barqaror rivojlanishni tushunish darajasini oshirishda ekologik o'yinlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Bugungi kunga kelib, to'laqonli ekologik ta'lim va tarbiyani tashkil etish loyihasi jamiyat ehtiyojlari va manfaatlariga javob berishi hamda shu bilan birga tez o'zgarib borayotgan ijtimoiy va texnologik landshaftga doimo moslashishi kerakligi to'g'risida yakdil fikrga erishildi. Ekologik ta'limning bunday qarashi jarayoni davomida bolalar bilan sof ilmiy jihatlardan tashqari bir qator jihatlar - ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy, psixologik va axloqiy jihatlarni ham hisobga olishni talab qiladi. Bu bolalarning jamiyatimizdagi ekologik

muammolarning kelib chiqishi va oqibatlarini to'liq anglashini ta'minlash uchun zarur. Bu, o'z navbatida, suhbat formatida hamkorlikda ishlashga yordam beradigan fanlararo faoliyatga bilimlarni qayta ko'rib chiqish va markazsizlashtirishni ham o'z ichiga oladi.

Hozirgi kunda ijtimoiy muammolarni hal etishning ekologik yo'nalishi tabiatni muhofaza etish tadbirlarni amalga oshirish, hamda mamlakatimiz aholisi sog'ligini saqlash va yaxshilash borasida zamonaviy turdagi texnika va tibbiy jihozlardan foydalanishi bu sohaning yuksak darajaga chiqarish, mamlakatishizning dolzarb muammo darajasiga chiqarildi va bu borada ko'p ishlar qilinmoqda. O'quvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish tabiatshunoslik va biologiya fanlaridan emas, balkim sinfdan tashqari mashg'ulotlarda bolalarda amaliy bilim hosil qilish darkor. Ayniqsa, ko'p qavatli uylarda turadigan bolalarni imkon boricha ko'prok tabiat qo'yniga sayohatga olib borgan ma'qul. Bunda asosan, atrof-muhit muhofazasi bilan bog'liq tadbirlarni o'tkazish davomida ko'pgina muammolarga oydinlik kiritiladi. O'quvchi-yoshlarni mehnatga o'rgatish va atmosferaga zararli gazlarning qancha miqdori chiqib ketayotganligini ko'rsatish uchun, ishlab chiqarish korxonalariga amaliyotga olib borish zarur.

2. TADQIQOT METODOLOGIYASI

O'zbekistonda ekologik ta'lim rivojlanishi davlat tomonidan katta e'tibor berilayotgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mamlakatning 2017 yilgi "O'zbekiston Respublikasi Davlat dasturi asosida ekologik ta'limning rivojlanishini ta'minlashning harakatlar strategiyasi"ni qabul qilganligi ma'lum. Bu strategiya asosida ekologik ta'limning o'quv jarayonida va o'quvchilarning g'oyalarida o'zgarishlar yaratishga yo'naltirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Davlat dasturi asosida ekologik ta'limning rivojlanishi strategiyasi, o'quvchilarga ekologik fikrlash va muhitni saqlashga qaratilgan insoniy qadriyatlarini rivojlantirishning muhimligini belgilab o'tadi. Bu strategiya asosida o'quvchilarga ekologik muammolarni o'rganish, tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni saqlash va ekologik fikrlashni o'rgatishga katta e'tibor beriladi.

O'zbekistonda ekologik ta'limning rivojlanishi uchun hozirgi kunda harakatlar olib borilmoqda.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

Mamlakatning oliy ta'lim muassasalarida va o'rtacha ta'lim muassasalarida ekologik ta'limning o'rni va ahamiyati kengaytirilmoqda. Ekologik ta'limning qo'llanilishi uchun yangi darsliklar, o'quv qo'llanmalari va o'quv vositalari ishlab chiqilmoqda.

Bundan tashqari, ekologik ta'limning rivojlanishi uchun ekologik ta'limning metodikasi va texnologiyasi rivojlanmoqda. O'quvchilarga ekologik muammolarni hal qilish, tabiatni muhofaza qilish va ekologik fikrlashni o'rganish uchun yangi usullar va texnologiyalar kengaytirilmoqda.

Bular bilan birga, o'zbekiston hukumati ekologik ta'limning rivojlanishi uchun ekologik muammolarni hal qilish, atrof-muhitni saqlash va tabiatni muhofaza qilishning muhimligini o'quvchilarga tushuntirish va ularni bu sohada faol ishtirok etishga ilhomlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda ham katta e'tibor beradi.

3. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

L.V. Kondrashovaning fikricha, ekologik madaniyat - atrof-muhitga ijobiy munosabat va uni muhofaza qilish choralarini o'z ichiga olgan ekologik bilimlar majmuidir Li Dachjao. Izbr. Proizvedeniya. M., 1999. -306 b

L.V. Avdusenkoning fikriga ko'ra, "ekologik madaniyat" tushunchasi ko'pincha insonning atrof-muhitga munosabati darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. Ekologik madaniyatni o'zlashtirgan inson tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini tushunadi, tabiat insonning shakllanishi va vujudga kelishi uchun asos ekanligini biladi. U tabiatga ona kabi munosabatda bo'ladi: uni himoya qilish va unga g'amxo'rlik qilishni biladi; u o'zining barcha faoliyatini tabiatni oqilona boshqarish talablariga bo'ysundiradi, atrof-muhitni yaxshilashga g'amxo'rlik qiladi.

Inson ekologik madaniyatining asosiy ko'rsatkichlaridan biri - tabiatga salbiy ta'sirlarni bartaraf etishga hissa qo'shadi Azizxo'jayev A., Umarova N., Qo'chqorov R. Globallashuv va axborotlashgan jamiyat muammolari. - Toshkent: Akademiya, 2011. - 94 b.

S. Mamashokirov "Ekologik faoliyatning maqsadga muvofiqligi, maqbulligi va mas'uliyatiga erishish uchun ekologik amaliyot ob'yektini aniqlash muhim ahamiyatga yega. Zero, ekologik amaliyotning ob'yekti nafaqat biosferaning ekologik muvozanatini saqlashga qaratilgan texnik va texnologik asosiy munosabatlar, balki uning o'ziga xos ustki tuzilishi hamdir. Shuningdek, ekologik amaliyot jamiyatning asosi va tuzilishini tubdan o'zgartirmasligi kerak (ayniqsa, siyosiy inqiloblar paytida), aksincha, faol ekologik amaliyotga xalaqit beradigan ustqurma elementlarini yo'q qilishi kerak" deb ta'kidlaydi Mahmudov T. Mustaqillik va ma'naviyat. - Toshkent: Sharq, 2001. - 214 b.

Ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishda pedagogik vazifaning qo'yilishi va uni hal etishga alohida e'ti bor berilishi

zarur. Qachonki maqsad va vazifalar aniq belgilab olinsa, ularni amalga oshirish yo'llari to'g'ri tanlansa, Davlat ta'lim standarti talablarini o'zlashtirish kafolatlanadi Pulatova D. Boshlang'ich ta'limga innovasion texnologiyalarni joriy etish usullari (Uslubiy qo'llanma) -T.: "Yangi asr avlodi", 2011-y. - 88 B.

4. TAHLIL VA NATIJALAR

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ekologik munosabatini shakllantirishda bolalar bilan ishlashda qo'llanilishi mumkin bo'lgan ba'zi usul va metodlarni korib chiqishimiz e'tiborga molik. Atrof-muhitga ekologik munosabat nuqtai nazaridan metod -bu tarbiyachi va bolalarning birgalikdagi faoliyati usuli bo'lib, uning davomida ekologik bilim, ko'nikmalarni shakllantirish qobiliyatlari va atrof-muhitga munosabatni tarbiyalash jarayoni samarali amalga oshiriladigan usuldir. Atrof-muhitga ekologik munosabatini shakllantirishdagi texnika esa bu muayyan usulning o'ziga xos elementidir. Atrof-muhitga ekologik munosabatni shakllantirish usulini tashkil etadigan texnikalar qanchalik boy va xilma-xil bolsa, o'quv va bilim vazifasi shunchalik muvaffaqiyatli hal qilinadi.

Atrof-muhit haqida fikrlashning asosiy shakllari va bolalar faoliyati uslublariga muvofiq 4 ta usul mavjud:

1. Atrof-muhit haqidagi vizual usullar (kuzatish, namoyish qilish, namoyish qilish, tekshirish). Vizual usullar - o'simliklar, hayvonlar, jonsiz va tirik tabiatning tabiiy hodisalari to'g'risida aniq ma'lumot to'plashning eng maqbul usullaridir. Uning yordami bilan bola nafaqat ob'ektlarning tashqi parametrlarini (rangi, tuzilishi, hidi, shakli va boshqalar), balki ularning atrof-muhit bilan aloqalarini ham o'rganadi.

2. Atrof-muhit haqidagi etarli darajada tasavvur hosil bo'lishi uchun og'zaki usullar (suhbat, hikoya, badiiy adabiyotni o'qish usullari: tushuntirish, ko'rsatma, pedagogik baho, savol, tushuntirish, masalan, uy gullari yoki uy hayvonlari haqida hikoya tuzish) ham muhim ahamiyat kasb etadi.

3. Atrof-muhit haqidagi muhim tasavvurlarni shakllanishida amaliy usullar ham qol keladi. Amaliy usullar bu turli mashqlar, elementar tajribalar, modellashtirish, bolalar tajribasiga, amaliy vaziyatlarga, qidiruv harakatlariga, so'rovnomalarga asoslanib, modelga muvofiq ish tutishdir.

4. O'yin usullari esa bu atrof-muhit haqidagi didaktik o'yinlar, o'yin holati, o'yinchoqlar bilan harakatlar, harakatlarga taqlid qilish, yashirish va qidirish, ochiq maydonda o'ynash, epizodik o'yin texnikasi, topishmoqlardan iboratdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishda ekologik loyihalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Musobaqa shaklida ekologik o'yinlar:

1. Tanlov auksiondan tashqari shaklda tashkil etiladi. O'quvchilarga oldindan mavzuga oid savollar va topshiriqlar beriladi. Tanlov ishtirokchilari ular bilan tanishadilar. Tanlov ishtirokchilari har qanday masala ("Odam va tabiat", "Men va dunyo" va boshqalar) bo'yicha o'z fikrlarini bildiradilar.

2. Loyihalar - loyiha tanlovi.

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Tabiatni muhofaza qilish loyihalari tanlovi. Muammoli savollar oldindan beriladi. Boshlang'ich sinflar uchun "Biz tabiatni sevamiz" aksiyasi dasturlari. Kelishuvga ko'ra 2-3 kishi yoki 1 kishi ishtirok etadi. Tayyorgarlik davri ko'rsatilgan. Loyihalarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ma'ruza uchun 7 daqiqa, nutq uchun 5 daqiqa, o'quvchilarga fikr bildirish uchun 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Hakamlar hay'ati eng yaxshi loyihalarni aniqlaydi, g'olibni aniqlaydi va taqdirlaydi.

3. Krossvord - ro'yxatlar musobaqasi.

Atrof muhit mavzusidagi krossvordlar tanlovi ishtirokchilari bolalar uchun mo'ljallangan ensiklopedik adabiyotlarni o'qishlari mumkin bo'ladi. Ushbu tanlov "Ekologik ekspertlar", "Nima? Qayerda? Qachon?" sarlavhasi ostida amalga oshirilishi mumkin

4. Marafon musobaqasi.

Ishtirokchilar belgilangan joylar- ("O'rmon", "Ko'l", "Hayvonot bog'i", "Daryo" va boshqalar)ning bosqichlaridan o'tadilar. Har bir bosqichda o'quvchilar topshiriqlarni bajaradilar va savollarga javob berishadi. Bunga qarab, ballar yig'iladi. Eng ko'p ball to'plagan ishtirokchilar g'alaba qozonadilar.

5. Ekologik viktorina.

Ekologik musobaqalar va bayramlarni viktorinalarsiz o'tkazib bo'lmaydi. Viktorinani loyihalashda quyidagi savollarga e'tibor berish muhim: "Nima uchun?", "Qanday tasvir?", "Nima bilan izohlash mumkin?" - ya'ni savollar o'quvchilarning nafaqat bilimdonligiga, balki mantiqiy fikrlashga ham e'tibor qaratadigan dolzarb savollar bo'lishi kerak, shunda sabab-oqibat va samarali aloqalarni izlash, ekologik o'zaro ta'sirlarni ochib beradi.

O'ta mohirona tashkil etilgan sinfdan tashqari ekologik tadbirlar o'quv jarayoni bilan uyg'unlashganda samarali bo'ladi. Maktab o'quvchilarga tabiat va ekologiya bo'yicha puxta bilim berib, tabiatni asrash tajribasini o'rgatish orqali maqsadga erishiladi. O'quvchilar butun umr ongli ravishda tabiatni muhofaza qilish bilan shug'ullanadilar. Demak, bu boshlang'ich sinf o'quvchilariga ekologik ta'lim va tarbiya berish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar samarasi ekanligini ko'rsatadi. Shu bois boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy fazilatlarni, tabiatga oqilona munosabatni shakllantirish uchun ta'lim va tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish kerak. Bu maqsadda ekologik o'yinlar, mashqlar, maqollar, ertaklar va boshqalar orqali erishiladi.

Ko'pincha boshlang'ich sinf o'quvchilar uchun ekologik o'yinlar o'quv xarakteriga ega va bolalar bir vaqtning o'zida hayvonlar, o'simliklar va boshqa tabiiy elementlarning nomlarini o'rganadilar. O'yin - bu bolaning xulq-atvori, fikrlashi va o'rganishiga ta'sir qilishning qulay va eng samarali usuli. Shuning uchun u faqat ijobiy va ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak.

Boshlang'ich sinflarda quyidagi ekologik o'yinlarni taklif etish mumkin:

Toping-chi, qaysi qush qo'shiq aytyapti?

Maqsad: Qushlarning ovozini ovozli yozuvdan aniqlash qobiliyati.

Qaysi qush va qanday kuylashini aniqlang (nozik, jarangdor, ohangdor, shovqinli, sokin, chizilgan va hokazo).

Qushlarga qiziqish va g'amxo'rlikni oshirish.

O'yin harakatlari:

O'qituvchi qushlarning ovozini yozishni tinglashni taklif qiladi. Qaysi qush qo'shiq aytishini aniqlash kerak. Qaysi qush ovozi va qanday qilib qo'shiq aytishini qanday aniqlash mumkin. Bolalarga qushlarning qo'shiqlarini talaffuz qilishni mashq qilishni taklif qiling. O'yinda qushlarning ovozi yozilgan diskdan foydalaniladi.

Boyqush va sichqon

Barcha ishtirokchilar doira ichida turishadi va ulardan ikkitasi o'z xohishiga ko'ra ajralib turadi — "boyqush" va "sichqoncha" (yoki "yirtqich — o'lja" kabi). "Boyqush" ko'zlarini bog'lab qo'yadi va u "sichqoncha"ni iloji boricha tezroq ushlashi kerak. "Sichqoncha" signal tovushlarini chiqaradi va "boyqush" uni ushlashga harakat qiladi. "Boyqush" va "sichqoncha" doira chegaralaridan tashqariga chiqa olmaydi. Uch-to'rt juft ketma-ket o'ynaydi. Bu o'yinda raqib sheriklarining xatti-harakatlarini tahlil qilish uchun kerak. Buning uchun o'yindan so'ng quyidagi masalalar bo'yicha suhbat o'tkaziladi:

1. Sichqoncha va boyqush o'yin boshida qanday harakat qilishdi?

2. Nega ular sekin harakat qilishdi?

3. Nima uchun vaqt o'tishi bilan harakat sur'ati oshdi?

4. Sichqoncha va boyo'g'li hayoti nimaga bog'liq?

5. Sichqoncha va boyqushga har bir o'yin juftligida "omon qolish" uchun qanday "maslahatlar" berilishi mumkin?

Ijodiy tanlov

Tanlovdan oldin o'quvchilar o'zlari bilan ilovalar uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan turli xil materiallarni: plyonka, plastmassa, rangli qog'oz, folga, matolar, turli xil dori-darmoni qadoqlari, shuningdek, 1-2 ta albom varaqlarini olib kelishlari taklif etiladi. Darsga iplar, yelim, qaychi, rangli qalamlar, markerlar tayyorlanishi kerak.

O'quvchilarga topshiriq beriladi: ekologik plakat syujetini o'ylab topish va uni badiiy qo'llash usuli bilan bajarish. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ushbu o'yinning varianti sevimli hayvonlar, qushlar, o'simliklar, o'simliklar va hayvonlar haqidagi sevimli ertak qahramonlari va boshqalar tasviri bo'lishi mumkin.

Ushbu transport turlaridan "ortiqcha" so'zni chiqarib tashlang va tanlovingizni tushuntiring:

avtomobil, motorli kema, velosiped, motosikl, avtobus, samolyot.

Javob: velosiped, chunki u ekologik toza transport turi, chunki u yoqilg'ida ishlamaydi.

Yana qanday ekologik toza transport turlarini bilasiz? (Elektrovoz, tramvay, trolleybus, metro.)

XULOSA VA TAKLIFLAR

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Xulosa o'mida shuni aytish mumkinki, birinchidan, atrof muhitni asrab-avaylash, ekologik bilimning yuksalishi maktab o'quvchilarining ekologik ta'lim va madaniyat darajasiga bog'liq. O'zbekiston davlat mustaqilligi tiklanganidan so'ng tabiatni himoya qilish va ekologik ta'lim sohasida ekologik qonunchilik va qabul qilingan qarorlar ushbu muammoni hal etishda muhim qadam bo'lmoqda. Milliy ta'lim konsyepsiyasida yosh avlodga ekologik ta'lim va tarbiya berishga ham alohida e'tibor qaratilganligi ham e'tiborga molik.

Ikkinchidan, hozirgi globallashuv davridagi eng dolzarb muammolardan biri bu ekologik muammolardir. Aholining atrof muhitga salbiy munosabati mavjud muammoga olib keldi. Ekologik ta'limga katta ehtiyoj bor. Buning uchun har bir kishi ma'lum ekologik bilimlarni egallashi, aholi o'rtasida ekologik dunyoqarashni shakllantirishi, ta'limning turli darajalarida ekologik ta'limni amalga oshirishni ta'minlashi, maktablarda bolalar va o'quvchilarning ekologik tarbiyasiga alohida e'tibor berishi kerak. Jumladan, umumiy ekologik bilim olish uchun teng sharoit yaratish, o'rta ta'limda ekologik bilimlarni majburiy o'rgatishni ta'minlash, ekologik ta'lim va ma'rifat jarayonining uzluksizligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

Uchinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilarini atrof muhitga to'g'ri munosabatini shakllantirish ekologik bilimlarni yuksaltirish asosida amalga oshiriladi. Insonning ekologik munosabati uning ekologik javobgarlik hissini rivojlantiradi. Dunyo miqyosida ekologik ta'lim va ta'lim Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi orqali nazorat qilinadi.

To'rtinchidan, ekologiyaning eng katta zamonaviy muammosi ekologik dunyoqarashga ega insonlarni tarbiyalashdir. Buning uchun yoshlarda ekologik bilim, ekologik madaniyat va ekologik axloqni takomillashtirish zarur. Ekologik ta'lim yoshlar o'rtasida zamonaviy talablarga javob beradigan xulq-atvor odatlarini shakllantirish uchun ham juda foydalidir. Shu nuqtai nazardan biz ekologik jihati bo'lmagan pedagogik mavzuni tasavvur qilaolmaymiz.

Beshinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida ekologik bilimlar tarbiyasini tashkil etishda ekologik talablarni hisobga olish, ekologik tarbiyani birinchi o'ringa qo'yish, shu jumladan ekologik etikani axloqiy shakllarda qo'llash, murakkab muammolarni hal etishda ekologiyadan foydalanish muhim.

Oltinchidan, ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni shakllantirishda o'quvchilar tomonidan atrof olamni har tomonlama anglashda bilish faoliyatini, mustaqil ishlash qobiliyatini shakllantirish zarur. Yosh avlod, shuningdek, jamiyatning ekologik madaniyatini uzluksiz yuksaltirish, tabiatni milliy va umuminsoniy boylik sifatida muhofaza qilish muhim. Ekologik tarbiya tabiatga faol, ongli munosabatni shakllantirishni taqozo etuvchi axloqiy baho va ekologik maqsadga muvofiq xulq-atvordir. Bu pozisiya insonning tabiatga

muhabbatini, uning qonuniyatlarini tushunishini va uning go'zalligini qadrlashini aks ettiradi.

Yettinchidan, jamiyat va atrof muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlar tizimida uyg'unlikning zarur omili bo'lgan ekologik ta'lim nafaqat inson hayotini tushunishga yordam beradi, balki barkamol shaxsni shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Bu ongli pozisiya insonning tabiatga muhabbatini, uning qonuniyatlarini tushunishini va uning go'zalligini qadrlashiga olib keladi.

Sakkizinchidan, atrof muhitga munosabatimizni zamon talablari darajasiga ko'tarmoqchi bo'lsak, uzluksiz (maktabgacha ta'limdan doktoranturagacha) ekologik ta'limni tizimli yo'lga qo'yishimiz kerak. Mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o'qituvchilarning davlat talablari darajasida mustaqilligi, ta'lim jarayoniga ijodiy yondashish, yangi texnologiyalarni qo'llash ta'limni jahon andozalari darajasida qayta qurishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu islohotlar doirasida ekologik ta'limni rivojlantirish va ekologik dunyoqarashni shakllantirishda keng istiqbollar mavjud

Xulosa qilib shuni aytish mumkinkiy, bunday ekologik o'yinlar boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalash jarayonida katta imkoniyatlarga ega. Ekologik o'yinlar ekologik savodli va madaniyatli bo'lish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish, salomatlikni mustahkamlash, aql-idrok, odob-axloq, mehnatga muhabbat, go'zallik tuyg'usini oshirishga xizmat qiladi.

Biz tabiat bilan uyg'unlikda yashashimiz kerak. Shu bois umumta'lim maktablarining o'quvchilarini ekologik savodli va madaniyatli tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir.

ADABIYOTLAR:

[1] Mirziyoyev. Sh.M: " Erkin va farovon,demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" .-T.:0'zbekiston-2017,

[2] Mirziyoyev SH.M: "Erkin va farovon,demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz"-T:0'zbekiston-2017,

[3] Mirziyoyev Sh.M: "Ta'lim sohasidagi muammolar,ularni hal etish va ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan videoselektor mavzusida"30.10.2020.

[4] Kamilova T.K. Dissertasiya. Mustaqillik sharoitida jamiyat ma'naviyati rivojlanishining asosiy xususiyatlari. 2001. - 248 b.

[5] Kistaubayev S.U. Shaxs ekologik dunyoqarashini shakllantirishda milliy qadriyatlarning roli. Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. -Samarqand, 2019. -B.18.

[6] Musayev F. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. dis. avtoref. - Toshkent, 2008. - 48 b.

[7] Musurmonova O. Yuqori sinf o'quvchilari ma'naviy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari: Dis. ... ped. fan. d-ri. - Toshkent, 1993. - 364 b.

[8] Nazarov Q. Qadriyatlar tizimi: barqarorlik va o'zgaruvchanlik dialektikasi: (aksiologiyaning ijtimoiy

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz

falsafiy muammolari). Falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. -Toshkent, 1996. - 311 b.

[9] Normatova D.E. Axloqiy merosning shaxs ma'naviy yuksalishidagi o'rni. Falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya avtoreferati. - Farg'ona, 2011. - 44 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[10] Shirinov M.K. O'quvchilarga ekologik tarbiya berishda bahs-munorazali darsdan foydalanish texnologiyasi. //ZAMONAVIY TA'LIM / SOVREMENNOYe OBRAZOVANIYe 2016, 9. -B.48.

[11] Shmeleva, I.A. Psixologiya ekologicheskogo soznaniya / I. A. Shmeleva. - SPb. : Izd--voS.-Peterb. un-ta, 2006. - 204 s.

[12] O'zbek tilining izohli lug'ati. J.4. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. - 380 b.

[13] O'rinboyeva M.S. Tabiatga ekologik munosabatlarning ma'naviy-axloqiy tamoyillari va mezonlari. "Sciyencye and Education" Sciyentific Journal. May 2020. -B.594. www. opensciyencye.uz.

[14] Quronov M. Milliy tarbiya. - T.: «Ma'naviyat». 2007. -14-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.