Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadqiqotchilik / robototexnika / kasbiy ko‘nikma / tanqidiy fikrlash / mantiqiy fikrlash / axborotlarni yig‘ish / dispozisiya.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Pardaboyeva Dilnoza G‘aybulla Qizi

Ushbu maqolada o‘quvchilar tadqiqotchilik va kasbiy ko‘nikmalarini tanqidiy fikrlash orqali rivojlantirish mazmuni, ta’limninginovasion texnologiyalari robototexnika, modellashtirish, konstruksiyalashtirish, dasturlashtirishni o‘rgatishda tanqidiy fikirlash qobilyatining ahamiyati va uni shakllanish jarayoni to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Pardaboyeva Dilnoza G'aybulla qizi

"Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi. Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149,

O'zbekiston dilnozapardaboyevad@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13303491 Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchilar tadqiqotchilik va kasbiy ko'nikmalarini tanqidiy fikrlash orqali rivojlantirish mazmuni, ta'limning inovasion texnologiyalari robototexnika, modellashtirish, konstruksiyalashtirish, dasturlashtirishni o'rgatishda tanqidiy fikirlash qobilyatining ahamiyati va uni shakllanish jarayoni to'g'risida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: tadqiqotchilik, robototexnika, kasbiy ko'nikma, tanqidiy fikrlash, mantiqiy fikrlash, axborotlarni yig'ish, dispozisiya.

KIRISH

Jahon ta'lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil hamda barqaror rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo'lib bormoqda. AQSH, Rossiya, Angliya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlarda, yuqori texnologik tayyorgarlikka ega raqobatbardosh kadrlar tayyorlash rivojlanishning asosiy yo'nalishi sifatida qaralib, ta'limda innovatsiyalarni, shu jumladan, robototexnika, modellashtirish, konstruksiyalashtirish,

dasturlashtirish, 3D-loyihalashtirish va virtual muhandislikni o'rgatish yuzasidan nazariy tadqiqotlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta'lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta'lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida STEAM fanlar, tanqidiy fikrlash va axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg'u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash muammolari bugungi kun vazifalaridan biriga aylanmoqda.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Hozirgi kunda maktabdan tashqari ta'lim jarayonida barkamol shaxsni tarbiyalash, maktabdan tashqari ta'lim faoliyatiga qo'yilayotgan ijtimoiy buyurtma ilg'or xorijiy tajribalar bilan uyg'unlashtirilmaganligi hamda ta'lim mazmunini yangilab borish zarurati; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llash orqali bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy materiallar, o'quvchilar kasb - hunar tayyorgarligini rivojlantirish yetarli darajada ta'minlanmaganligi; o'quvchilar egallayotgan bilim va ko'nikmalarining kasbiy faoliyatda talab etiladigan ko'nikma va malakalar darajasiga muvofiq emasligi tadqiq etilayotgan muammoning dolzarbligini belgilaydi.

O'quvchilar kasb - hunar tayyorgarligini takomillashtirishda STEAM ta'limni amaliyotga tadbiq etish orqali o'quvchilar tadqiqotchilik va kasbiy ko'nikmalarini rivojlanitirishning inovasion texnologiyalari keng tadbiq etilmagan bo'lsada tanqidiy fikrlashga o'rgatish zarurligi, o'quvchilar tadqiqotchilik va kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish vostasi siftida qaralmoqda.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI.

Bugungi kunda bir necha g'arb olimlari Facione, Ennis, Baylin va boshqalar tamonidan tanqidiy tafakkurni aniqlash borasida ko'plab tadqiqotlar olib borgan bo'lsada, ko'pchilik tadqiqotchilar tamonidan tanqidiy fikrlash "ko'nikmalar va mulohazalar"ni o'z ichiga oladi degan fikrga qo'shilishmoqda. Tanqidiy mulohaza yuritish nuqtai nazarini uning meyorlarida ko'rib chiqish kerakmi degan xulosaga borishmoqda 1990 yilda Amerika faylasuflar uyushmasi (APA) bir murosaga kelish uchun tanqidiy fikrlaydigan tadqiqotchilar guruhini tuzib kelgusidagi tadqiqot harakatlariga yordam beradigan tanqidiy fikrlashni aniqlash topshirig'ini berishgan. Garchi ko'pchilik mutaxassislar dispozisiyalar muhim tarkibiy qism ekanligiga kelishib, ular muayyan harakatlarga qarshi chiqib, bu tanqidiy fikrlash ta'rifi doirasidagi dispozisiyalar deb hisoblashgan, ba'zilari shu fikrlarga asoslanib shunchaki maqtovga sazovor rol o'ynaydi va bu qarashlarni qo'llab-quvvatlovchi boshqalar ham normativ rolga egadir deb hisoblaydi.

4 TAHLIL VA NATIJALAR

O'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o'ragatish deganda nimalar nazarda tutiladi. Tanqidiy fikrlash nima? Tanqidiy fikrlash - bu ma'lumotni ob'yektiv tahlil qilish va asosli xulosa chiqarish qobiliyatini anglatadi. Bu ma'lumotlar, faktlar, kuzatiladigan hodisalar va tadqiqot natijalari kabi manbalarni baholashni o'z ichiga oladi.

Tanqidiy fikrlash - bu xulosa chiqarish uchun dalillarni tahlil qilish. Murakkab mavzular va ob'yektlardagi dalillarni rasional, skeptik, xolis tahlil qilish yoki baholashni o'z ichiga olgan bir nechta turli xil ta'riflardir. Tanqidiy fikrlash - bu o'quvchini o'zini o'zi boshqarish, o'zini o'zi tarbiyalash, o'zini o'zi

. . .E.jí.l PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^^ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

nazorat qilish va o'zini rivojlantiridigan fikrlashdir. Bu qat'iy mukammal shartlar va ulardan oqilona foydalanishni nazarda tutadi. Bu samarali muloqot va muammolarni hal qilish qobiliyatlari, shuningdek, mahalliy egosentrizmni va sosiosentrizmni yengish majburiyatini oladi.

Tanqidiy fikrlash izchiligi va o'quvchilar tafakkurining mantiqiy fikrlashida tanqidiy fikrlashning bog'liqligini quyidagi chizmada aks ettirish mumkin.

Dars va darsdan tashqari

faoliyat davomida o'quvchilar tamonidan

olib boriladigan mashg'ulotlar ko'pincha tadqiqotchilikga yo'naltirilgan bo'lib bunda o'quvchining mustaqil harakatlanishda, unga berilayotgan topshiriqlar va ularni yechimini topishda o'quvchining mantiqiy tafakkurini rivojlantirib borish va tanqidiy fikrlashiga yo'naltirish doimo muammo bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda zamonaviy dunyoda kasb - hunarga tayyorlash, o'rgatish bir tomonlama yondashuv asosida olib borilib bir nechta yangidan yangi kasblar hosil qilindi, bularga misol qilib AT mutaxassisi, robotexnika, mexatronika va muhandislik kasblaridir. Ushbu kasblarni o'rganishda hamda murakkab texnologik jarayonlar, operatsiyalarni bajarishda o'quvchilarning dasturlash, yig'ish, bajarish, ishga tushirish yoki texnologik ketma-ketlikni uddalay olish ko'nikmalarining o'zi yetarli bo'lmay balki, tadqiqotchilik ko'nikmalari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun o'quvchilar tanqidiy fikrlashni muntazam rivojlantirib borish ta'lab etilmoqda.

Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki ta'lim olish mobaynida o'quvchilarning ko'nikma va qobilyatlarni rivojlantirishda aksariyat tadqiqotchilar ko'nikma yoki qobiliyatdan tashqari tanqidiy fikrlashni ham tan olishmoqda. Bu esa dispozisiyalarni o'z ichiga oladi. Ushbu tushunchaning kelib chiqishi 1985 yilda olib borilgan tadqiqot ishlarida tanqidiy fikrlash qobiliyati "bajarish va uddalay olish" qobiliyatidan farq qilishini tan olingan bo'lib tanqidiy fikrlash qobiliyati degan tushunchani tasdiqlovchi empirik dalillar ham paydo bo'ladi va ajratmalar aslida alohida ob'yektlarga xosligi o'z isbotini topgan. Ushbu fikrlar har xil munosabat yoki odatlar sifatida tashlangan. Facione tanqidiy fikrlash holatlarini quyidagicha belgilaydi "Shaxslarga, voqealarga yoki sharoitlarga nisbatan bo'lgan

munosabat yoki ularga munosabat bildirish uchun doimiy paydo bo'ladigan ichki motivlardir. Tadqiqotchilar shunga o'xshash to'plamlarni aniqlashga harakat qilib tanqidiy fikrlashni vujudga keltiradigan bir necha sabablar va omillarni asoslagan. Masalan, eng tez-tez takrorlanadigan tanqidiy fikrlash holatlarini o'z ichiga oladigan qobiliyat turlari quydagilardir: ochiq fikrlash qobiliyati; adolatli fikrlash qobiliyati; sabab izlashga moyillik qobiliyati; qiziquvchanlik qobiliyati; xabardor bo'lishni xohlash qobiliyati; moslashuvchanlik qobiliyati; O'quvchilar tadqiqotchilik va kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishda tanqidiy fikrlashga o'rgatishning bir necha shakllari mavjud bo'lib shulardan muhandislik to'garaklarida quydagilarni o'rgatish mukin:

Axborotlarni yig'ish.

Ko'pgina o'quvchilarimiz mutlaqo noto'g'ri qarorlar qabul qilishadi, chunki ular o'z fikrini to'g'ri deb bilishadi. Bunday xatolarga yo'l qo'yishiga sabab ularning kam ma'lumotlarga ega ekanligi yoki aksincha bilimlarni yanada mustahkamlashga intilmasligidadir. Shuning uchun hozirgi zamonimiz qanchalik tez rivojlanayotganligini hisobga olgan holda mavjud barcha axborotlarni to'plab ularni tahlil qilish.

Kuzatish.

Bu yerda qanchalik o'quvchilarni qiziquvchan bo'lishligidadir. Har doim bizning ko'zimiz ostida bo'lgan narsalarga e'tibor bermasligimiz va biz ularni odatdagidek qabul qilganligimizdadir. Bundan tashqari, bu nafaqat ob'yektlar, balki bizning va boshqalarning xatti-harakati, turli xil istehzoli vaziyatlar va mexanizimlarning g'ayrioddiy tuzilishlari bo'lishi mumkin. Kuzatganimizda, bizning ichki hisyotimiz bir muncha vaqt sezmasligi va ko'zlarimiz ko'rgan narsalarga reaksiya bildirmasligi.

Adabiyotlar bilan ishlash.

To'g'ri xulosa chiqarish uchun biz mantiqni o'rganishingiz kerak. Uning o'z qonunlari, istisnolari va qarama-qarshiliklari bor, ammo shunga qaramay, har qanday munozarada fikrimizni isbotlashning ajoyib usuli hisoblanib, boshqa o'quvchilarning bayonotlaridagi nomuvofiqlikni payqashni o'rganish va vaziyat imkon bersa ularga munosabat bildirish.

Rasionalizatsiya

Bu ong qonunlarini qo'llashni anglatadi: induksiya, deduksiya va analogiya. Ushbu vositalardan foydalanib, biz argumentni baholab, uning kuchli va zaif tomonlarini topishimiz mumkin.

Eslash

Muntazam ravishda muammoning tafsilotlaridan bir qadam orqaga qaytib butun jarayonlarni eslash va nimani bilib olganimizga va qanday tajribaga ega ekanligimizga e'tibor berish.

Ijodkorlik

Bu bizga nafaqat ijodning mohiyatini tushunishga, balki mashqlar orqali yanada ijodiy bo'lishga yordam

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

beradi. TRIZ yoki STEAM kabi metodlardan foydalanish, ular bizga muammolarga tizimli yondoshishga yordam beradi.

Tasniflash va ketma-ketlik

Axborotni taxlildan o'tkazishni o'rganish uchun elementlar va g'oyalarni xususiyatlariga ko'ra guruhlab va tartiblab chiqish. Aqliy imkoniyatlardan foydalanish.

Taqqoslash va taxrirlash

Ikki yoki undan ortiq ob'yektlar, vaziyatlar, muammolar qanday o'xshash yoki turli xil ekanligini aniqlashni o'rganish. Afzalliklar va kamchiliklarning ro'yxatini tuzib, so'ng birini tanlash.

Sabab va oqibatni tahlil qilish

Qizig'i shundaki, ko'p o'quvchilar sabab va oqibatni ajrata olmaydilar. Shuning uchun, bizning birinchi qadamimiz sabab va natijani aniqlash qobiliyati bo'ladi. Ba'zida sabab va ta'sir bir-biriga bog'liq bo'lmasligi mumkin - demak, biz biror narsani hisobga olmagan bo'lishimiz mumkin.

Sintez

Oldindan kutilmagan natijaga erishish uchun turli xil ma'lumotlarni to'plash va ularni birlashtirish.

Baholash

Muammoning ikki yoki undan ko'p yechimini topishni o'rganish va qaysi biri yaxshiroq ekanligini baholash.

Bashoratlash

Bu o'quvchilarni bezovta qilmaydigan murakkab jarayon. Ular "tahlil qilish" ga bir necha soniya vaqt sarflaydilar va kelajakka asoslanib qaror qabul qiladilar. Bunday qilmaslik, ma'lumotlarni diqqat bilan yig'ish va tahlil qilish orqali ilmiy yechimlarni to'plash. Albatta, minglab omillar mavjud bo'lib barchasini hisobga olishimiz mumkin.

Ustuvorlik

Vaqtni boshqarishni o'rganish, nima uchun vaqtimizni sarflashimiz va nimaga sarflanishini tushunib olish. Unutmaslik kerakki, foydasiz narsaga sarflangan vaqt ishning samaradorligini yo'qotish mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ushbu ko'nikma odatda umumlashtiruvchi va yakuniy hisoblanadi. Biz aniq nimani tushunganimizni, qanday tajriba orttirganimizni, qanday xulosalar chiqarganimizni va bularning barchasini umumlashtirishni bilishimiz kerakligini o'rganish.

Katta ehtimol bilan o'quvchilar ushbu ko'nikmalarni bir vaqtning o'zida o'zlashtira olmaydi. Biroq, biz bularni yaxshiroq qaror qabul qilish va jasorat bilan harakat qilish uchun ularni umumlashtirishimiz mumkin. Har bir o'zlashtirilgan ko'nikma o'quvchilarning fikrlash tarzini sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin.

Fikrlashning turli xil usullari mavjud, ammo ularning hech biri muammolarni tanqidiy fikrlash kabi hal qilishda samarali emas. Uning yordami bilan biz hissiy ongni va hissiyot darajasini ko'tarishimiz, shuningdek, kognitiv buzilishlar va egosentrizmning oldini olishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 sentyabrdagi "Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4467-sonli qarori

2. Tolipov O'.Q. Oliy pedagogik ta'lim tizimida umummehnat va kasbiy ko'nikma va malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari: Ped. fan. dokt. ... diss. - Toshkent: 2004. - 314 b.

3. Facione, P. A. (2000). The disposition toward critical thinking: Its character, measurement, and relationship to critical thinking skill. Informal Logic, 20(1), 61-84.

4. Facione, Peter A., 1990 a, Critical Thinking: A Statement of Expert Consensus for Purposes of Educational Assessment and Instruction, Research Findings and Recommendations Prepared for the Committee on Pre-College Philosophy of the American Philosophical Association, ERIC Document ED315423.

5. Adams, C.A. (2013), Sustainability reporting and performance management in universities: Challenges and benefits. Sustainability Accounting, Management and Policy Journal Vol 4 Iss 3, pp. 384-392

6. Hauser, S.M. (2000), "Education, ability, and civic engagement in the contemporary, United States. Social Sciences Results, Vol. 29 No 4, pp.556-582

7. Pardabaev J.E. "STEAM" - Education as an innovative approach to the development of vocational training for students" // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 8 No. 3, 2020.ISSN 2056-5852

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.