Научная статья на тему 'YOSH MUTAXASSISLARNING KASBIY ADAPTATSIYASI JARAYONIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI'

YOSH MUTAXASSISLARNING KASBIY ADAPTATSIYASI JARAYONIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
893
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim tizimi / adaptatsiya / tanqidiy fikrlash / pedagogik vaziyat / «Olti shlyapa» / «Blum moychechagi» / «Bashorat daraxti / Preschool education system / adaptation / critical thinking / pedagogical situation / "Six hats" / "Blossom chamomile" / "Prophetic tree".

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xaydarova, Ra’no Anvarovna

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining kasbiy adaptatsiyasi jarayonidagi o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalarni ushbu jarayonga ta’siri ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF USING TECHNOLOGIES TO DEVELOP CRITICAL THINKING IN THE PROCESS OF PROFESSIONAL ADAPTATION OF YOUNG PROFESSIONALS

The article discusses the specifics of the process of professional adaptation of preschoolers. The influence of critical thinking technologies on this process is discussed.

Текст научной работы на тему «YOSH MUTAXASSISLARNING KASBIY ADAPTATSIYASI JARAYONIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI»

YOSH MUTAXASSISLARNING KASBIY ADAPTATSIYASI JARAYONIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Xaydarova Ra'no Anvarovna

ToshDSHU «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining kasbiy adaptatsiyasi jarayonidagi o 'ziga xos jihatlari yoritilgan. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalarni ushbu jarayonga ta 'siri ko 'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar. Maktabgacha ta'lim tizimi, adaptatsiya, tanqidiy fikrlash, pedagogik vaziyat, «Olti shlyapa», «Blum moychechagi», «Bashorat daraxti».

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается специфика процесса профессиональной адаптации дошкольников. Обсуждается влияние технологий критического мышления на этот процесс.

Ключевые слова. Система дошкольного образования, адаптация, критическое мышление, педагогическая ситуация, «Шесть шляп», «Ромашка цветения», «Вещее дерево».

ABSTRACT

The article discusses the specifics of the process of professional adaptation of preschoolers. The influence of critical thinking technologies on this process is discussed.

Keywords. Preschool education system, adaptation, critical thinking, pedagogical situation, "Six hats", "Blossom chamomile", "Prophetic tree".

KIRISH

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning innovatsion tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishga, ayniqsa, shu kunga qadar deyarli e'tibor qaratilmagan maktabgacha

ta'lim soxasiga juda katta e'tibor berilmoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida qator islohotlar o'tkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo'lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. Hozirgi kunda ta'lim-tarbiya olayotgan yoshlar vatanimiz kelajagidir. Bu sharafli vazifani bajarish pedagoglar zimmasiga tushadi. Shu sababli uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'ini uchun yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayon samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2019 yil 16 dekabrda «Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Shuni hisobga olgan holda, o'tgan davrda O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'limni rivojlantirish va samarali faoliyat ko'rsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini to'liq amalga oshirishga ayrim tizimli kamchiliklar to'sqinlik qilmoqda. Bulardan biri, maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining qo'nimsizligi bilan bog'liq.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi vaqtda maktabgacha ta'lim tizimi islohoti munosabati bilan yosh

mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj ancha oshdi Ammo mutaxassislik bo'yicha

tajribaning kamligi, ba'zida esa umuman yo'qligi, ham kasbiy, ham kommunikativ

bilim, ko'nikma va malakalarning etishmasligi odatda moslashish jarayonini

murakkablashtiradi. Bu esa o'z navbatida aynan ushbu soxada ko'plab nomutaxassis

kadrlarning faoliyat olib borishiga sabab bo'ladi. Bolaning maktabgacha bo'lgan

davrida juda muhim psixologik rivojlanish bosqichlari mavjud bo'lib, bu

mutaxassisdan pedagogik-psixologik kompetentlikni talab etadi. O'rganishlar shuni

ko'rsatmoqdaki, maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarida adaptatsiya

jarayonidagi bir qancha o'ziga xos muammolar shaxs tomonidan ijobiy xal qilina

olmagach, soxani tark etish xolatlari mavjudir. Buning natijasida bo'sh ish joylariga

nomutaxassis kadrlar olinadi.. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari yosh mutaxassislarni

kasbiy moslashuv jarayoni deyarli o'rganilmagan. Buning sababi - pedagogik-

151

Scientific Journal Impact Factor

psixologik yondashuvni ta'minlovchi mavjud tizimning mukammal emasligidir. Ana shu nomutanosiblikning yechimini topish mazkur maqolaning muammosini tashkil etadi va uning dolzarbligini belgilaydi.

Yosh mutaxassislar mehnat bozorining eng zaif qatlamlaridan biri bo'lib, moslashuv muammosi ularni eng jiddiy muammolaridan biridir. Moslashuv jarayoni barcha mutaxassislar uchun birdek tez va og'riqsiz bo'lmaydi, ya'ni yosh mutaxassislar ta'lim muassasasini tugatgandan so'ng, birinchi marta mehnat jamoasiga kirganda, birdaniga uning faoliyatiga kirishib keta olmaydi. Hozirgacha ko'pgina davlat korxonalari va tijorat tashkilotlarida hatto oddiy moslashuv dasturlari ham mavjud emas.1

Mutaxassislikka ega bo'lgan yoshlarning mehnat bozoriga "kirishi" muammosi, asosan, ijtimoiy-psixologik omillar bilan bog'liq, bunda bitiruvchilarning ish bilan ta'minlanish va mehnat jarayoni haqidagi fikrlari ish joyidagi real vaziyat va talab bilan mos emasligini ko'rsatadi.

Yosh mutaxassislarning mehnat bozoriga kirishga psixologik tayyor emasligi ish beruvchilar tomonidan universitet bitiruvchilarini tushunishda salbiy stereotiplarning shakllanishiga olib keladi. Albatta bitta maqola doirasida ushbu muammo yechimining faqat bitta jixatini ko'rib chiqish mumkin. «Ustoz-shogird» tizimi doirasida taklif etilayotgan treninglar tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalar asosida tashkil etilishi, yosh mutaxassislarni adaptatsiya jarayonini muvaffaqiyatli xal etishi mumkin.

Tanqidiy fikrlash- bu yosh mutaxassisga adaptatsiya jarayonida taklif qilingan nuqtai nazar yoki xulq-atvor modeli to'g'risida qat'iy qaror chiqarishga imkon beradigan maxsus faoliyat turi.

"Tanqidiy fikrlash" - bu ma'lum bir pedagogik yondashuvning belgisi bo'lib, matnga, tanqidiy munosabat asosidagi pedagogik texnika sifatida o'rganila boshlangan. "Tanqidiy fikrlash" - yangicha qarash, bu texnologiya bilishning yangi usulini rivojlantirishni ta'minlaydi. "Tanqidiy fikrlash" texnologiyasi asosida tashkil etilgan treninglar yosh mutaxassislarni o'zlarini savol berishga undaydi va javob izlashni faollashtiradi.

Shunday qilib, "Tanqidiy fikrlash" bu shaxsga taklif qilingan nuqtai nazar yoki xulq-atvor modeli to'g'risida qat'iy qaror chiqarishga imkon beradigan maxsus faoliyat turi. "Tanqidiy fikrlash"ning maqsadi mutaxassislarga adaptatsiya davridan keyingi mehnat faoliyatida zarur bo'ladigan tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini

1 Khaydarova Rano Anvarovna. (2021). THE PROCESS OF ADAPTATION OF YOUNG PROFESSIONALS IN PRESCHOOL EDUCATION. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR), 5(6), 10-11.

152

rivojlantirishdan iborat (asosli qarorlar qabul qilish, ma'lumot bilan ishlash, asosiy va ikkinchi darajali narsalarni ajratib ko'rsatish, hodisalarning turli tomonlarini tahlil qilish qobiliyati).

"Tanqidiy fikrlash" texnologiyasi mutaxassisning intellektual va hissiy faoliyatini faollashtirib, shaxsiyatini mehnat jarayoniga jalb qilish imkonini beradi.2

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasining asosiy maqsadlaridan biri -shaxsni mustaqil fikrlash, tushunish, ma'lumotni tuzish va yetkazishga o'rgatish, ya'ni u o'zi uchun qanday yangiliklarni olganligini boshqalar ham bilib oladi.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi XX asrning 90-yillari o'rtalarida amerikalik mohir pedagoglar: J. Stil, K. Meredit, C. Templar tomonidan fikrlashni qanday o'rgatish kerak degan savolga javob beradigan maxsus o'qitish usuli sifatida taklif qilingan. Ularning fikricha, tanqidiy fikrlash ta'lim berishda insonning tadqiqot usullaridan foydalanishini: o'z oldiga savol qo'yishni va ularga tizimli ravishda javob izlashini bildiradi. Yosh mutaxassislar pedagogik masalalarni bajarish orqali, bir-biri bilan faol muloqotda bo'ladilar, muammoni hal qilish uchun zarur ma'lumotlarni olishda ham bilimlar faollashadi. Natijada yosh mutaxassislar tanqidiy fikrlash qobiliyatini tavsiflovchi yangi sifatga ega bo'ladilar.

Pedagogik olimlar tanqidiy fikrlashning quyidagi belgilarini ajratib ko'rsatishadi: -inson bilan sodir bo'ladigan barcha narsadan ijobiy tajriba shakllanishi natijasida fikrlash samaradorligi oshadi; -muammoli va baholovchi fikrlash; -umumlashgan fikrlash; -mustaqil va mas'uliyatli fikrlash;

-asosli fikrlash, chunki ishonchli dalillar puxta o'ylangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi;

-ko'p qirrali fikrlash, chunki u hodisani turli tomonlardan ko'rib chiqish qobiliyatida namoyon bo'ladi;

-individual fikrlash, chunki u axborot bilan ishlashning shaxsiy madaniyatini shakllantiradi;

-ijtimoiy fikrlash, chunki ish juftliklar, guruhlarda amalga oshiriladi; o'zaro ta'sirning asosiy usuli - munozara.

Insonga tanqidiy fikrlash kerak, bu unga odamlar orasida yashashga, ijtimoiylashishga yordam berib, yosh mutaxassisni adaptatsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

2 Шаюсупова А. А., Хайдарова Р. А. Формирование педагогической компетентности преподавателя языкового вуза в системе непрерывного образования //Бюллетень науки и практики. - 2019. - Т. 5. - №. 6.

153

Scientific Journal Impact Factor

Zamonaviy mutaxassisga qo'yiladigan talablar orasida «Tanqidiy fikrlash» asosida shakllanadiganlari quyidagilar: -o'z fikrini shakllantirish; -turli xil fikrlar orasidan asoslisiga tanlov qilish; -muammolarni hal qilish; -bahsda asos keltirish;

-umumiy yechim paydo bo'ladigan jamoaviy ishni qadrlash; -birovning nuqtai nazarini baholay olish va har qanday masalada insonning idrok va munosabati ko'pgina omillar ta'sirida shakllanganishini tan olish. "Tanqidiy fikrlash" asosidagi «Ustoz-shogird» treningini tuzilishi: 1-bosqich - "Challenge" (CHaqiriq. Bo'shliqni to'ldirish). Berilgan vaziyat bo'yicha yosh mutaxassis o'ziga "Men nimani bilaman?" degan savolni so'raydi.

Muammo bo'yicha savollar bilan ishlashni taklif qilinadi. Savollar bilan ishlash ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin: "Men o'zim", "biz birgamiz" (juftlik yoki guruhli ish). Ushbu bosqichda qo'llanilishi mumkin bo'lgan yaxshi texnika - bu aqliy hujum. Bu bosqichida mutaxassis o'zi bilmagan narsa haqida fikrni shakllantirishi kerak, "Men nimani bilishni xohlayman?"

Ushbu bosqich quyidagilarga imkon beradi:

- berilgan muammo yuzasidan bilimini yangilash va umumlashtirish;

- o'rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg'otish, ushbu sohada faoliyat olib borish bo'yicha motivatsiya berish;

- yosh mutaxassisni faol ishlashga undash.

"Challenge" bosqichida foydalanish mumkin bo'lgan texnikalar - «Aqliy xujum», «Klasster», Edvard de Bononing «ISQ» (ijobiy, salbiy, qiziq), «Blum moychechagi» v.h.

Misol tariqasida «Blum moychechagi» texnikasini ko'rib chiqamiz. Bu texnika quyidagi taxliliy savollarni o'z ichiga oladi:

Oddiy savollar (daliliy savollar) - faktik materialni bilishni talab qiladi, xotiraga yo'naltirilgan.

Aniqlastiruvchi savollar - tushunganlikni anglatadi "men tushunganimcha ....", "men sizni to'g'ri tushunganmanmi ..."

Sharxlovchi savollar - talqin qilishga undash, sababini aniqlash (nima uchun... ?) Baholovchi savollar (taqqoslash) - baholash mezonlarini aniqlash uchun (Nima yaxshi-yu, nima yomon?).

Ijodiy savollar (bashorat) - "Keyingi nima bo'ladi deb o'ylaysiz ...?"

Scientific Journal Impact Factor

o

Amaliy savollar - "Qanday qilib biz ...?" "Siz nima qilgan bo'lardingiz ...?"

2-bosqich - "Tushunish" (tushunishni amalga oshirish)

Bu bosqichda yosh mutaxassis ustoz rahbarligida birinchi bosqichda o'zi o'zi bergan savollarga javob beradi (men nimani bilmoqchiman).

Bu erda matn bilan ishlash «INSERT» - o'qing, takrorlang, qo'shniga (guruhga) tushuntiring, matritsa jadvalini to'ldiring, matnni eslatmalar bilan o'qing ("V" - men allaqachon bilaman; "+" - yangi; "-" - qarashlarga zid; "?" - "Men ko'proq bilishni xohlayman"); «Konseptual jadval» - hal qilinayotgan pedagogik masala, kazus, hodisa, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslashni ta'minlaydi; «Qalin va nozik savol» - savollarni shakllantirish qobiliyati, tushunchalarni bog'lash qobiliyatini rivojlantiradi, nozik savol aniq qisqa javobni taklif qiladi, qalin savol batafsil javobni taklif qiladi; «Bashorat daraxti» kabi texnikalar taklif qilinishi mumkin.

Masalan, «Bashorat daraxti» texnikasi amerikalik olim J. Bellance tomonidan badiiy matn bilan ishlash uchun ishlab chiqilgan. Moslashtirilgan versiyada ushbu uslub birinchi bo'lib o'qish va yozish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish darslarida qo'llanilgan. Usul strategiyasi xayoliy tafakkurni rivojlantirishga, dalillar va faktlarni o'zaro bog'lashga, xayolotni va oldindan o'ylash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Ishlash usuli ketma-ketligi quyidagicha:

Daraxt tanasiga ko'p echimga ega bo'lgan muammo, muammodagi asosiy masala, kabinet yoki dala keysi.

Daraxtning shoxlari - "Ehtimol ...", "Balki ..." so'zlari bilan boshlangan taxminlarning variantlari. SHoxlarning soni cheklanmagan.

Daraxt barglari - asoslash, novdada ko'rsatilgan taxminning to'g'riligini isbotlovchi dalillar.

Ushbu bosqich yangi ma'lumotlarni olish, uni tushunish, mavjud bilimlar bilan bog'lash imkonini beradi.

3-bosqich - "Refleksiya" (umumlashtirish, xulosa chiqarish).

Yosh mutaxassisni ushbu masala bo'yicha treningda "o'rganganini" aks ettirish va umumlashtirish.

Bu erda asosiysi:

- olingan axborotni yaxlit tushunish, umumlashtirish;

- yosh mutaxassis tomonidan yangi ma'lumotlarni o'zlashtirish;

- o'rganilayotgan materialga shaxsiy munosabatini shakllantirish.

Bu bosqichda «Sinveyn», «Erkin xat», «Toifalash jadvali», «T - jadval», «Venn diagramma», «Piramida», «Olti shlyapa» kabi texnologiyalardan samarali foydalanish mumkin.

Masalan Edvard de Bononing fikrlashning «Olti shlyapa»si texnikasini ko'rib chiqamiz. Usul turli hodisalarni har tomonlama tahlil qilish, tajribani sarhisob qilish uchun foydalaniladi.

OQ SHLYAPA - faqat faktlar, raqamlar bilan o'ylaymiz. Hech qanday his-tuyg'u yo'q, sub'ektiv baho yo'q. Faqat faktlar !!! Siz birovning sub'ektiv nuqtai nazarini keltirishingiz mumkin, ammo iqtibos kabi. Misol: "Ushbu kitobda qanday voqealar bo'lgan?", "Roman qahramonlarini sanab bering" va boshqalar.

SARIQ SHLYAPA - Ijobiy fikrlash. Ko'rib chiqilayotgan hodisaning ijobiy tomonlarini ajratib ko'rsatish va nima uchun ular ijobiy ekanligi haqida bahslashish kerak. Aynan nima yaxshi, foydali, samarali, konstruktiv bo'lganligini aytibgina qolmay, balki buning sababini ham tushuntirish kerak. Masalan, "Maktabgacha ta'lim tizimi sifat darajasini oshirish uchun xususiy sektorlarga bo'lib berish maqsadga muvofiq , chunki ...".

QORA SHLYAPA - Sariq shlyapaning aksi. Nimani qiyin, tushunarsiz, muammoli, salbiy, bekor turganini aniqlash kerak va nima uchun bunday bo'lganini tushuntirish kerak. Gap nafaqat qarama-qarshiliklarni, kamchiliklarni ta'kidlash, balki ularning sabablarini tahlil qilishda ham. "Ushbu pedagogik vaziyat biz uchun tushunarsiz bo'lib qoldi, chunki biz u bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun kam harakat qildik

QIZIL SHLYAPA - Bu hissiy shlyapa. O'zingizning hissiy holatingizdagi o'zgarishlarni ko'rib chiqilayotgan hodisaning muayyan daqiqalari bilan bog'lash kerak. U yoki bu tuyg'u vaziyatning qaysi qismi bilan bog'liq? Nima uchun u yoki bu hissiy holatni boshdan kechirganingizni tushuntirishga hojat yo'q (qayg'u, quvonch, qiziqish, g'azab, tajovuz, ajablanib va boshqalar), faqat buni anglash uchun. Ba'zida his-tuyg'ular izlash va tahlil yo'nalishini aniqroq aniqlashga yordam beradi. Bugungi ota-onalar majlisi i meni sarosimaga soldi.

YASHIL SHLYAPA - Bu ijodiy fikrlash. Savollar bering: «Qanday qilib u yoki bu fakt, usul va boshqalarni yangi vaziyatda qo'llash mumkin edi?", " Nima uchun va qanday qilib boshqacha qilish mumkin edi,? ", "Qanday qilib u yoki bu jihatni yaxshilash mumkin edi? " "Agar bolalarni kichik yoshidan ... "

MOVIY SHLYAPA - Bu falsafiy, umumlashtiruvchi shlyapa. "Moviy" chiziqda o'ylaydiganlar, boshqa "shlyapalar" ning bayonotlarini umumlashtirishga, umumiy xulosalar chiqarishga, to'plangan materialni sarhisob qilinadi.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim muassasalari yosh mutaxassislarining adaptatsiya jarayoni «Ustoz shogird» tizimi tarkibidagi seminar-treninglarda «Tanqidiy fikrlash» texnologiyasidan foydalanish orqali quyidagilar ijobiy natijalarga erishish mukin:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- yosh mutaxassis boshqa pedagogning tajribasini yaxshi qabul qiladi;

- jamoaviy ish birlikni vujudga keltiradi;

-yosh mutaxassislar bir-birini tinglashni o'rganadilar;

-umumiy ish uchun mas'uliyat kuchayadi;

-kichik yoshdagi bolalar bilan ishlash ko'nikmalarini va malakalarini rivojlantiradi;

- mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoit yaratadi;

- ota-onalardan qo'rqish yo'qoladi;

- bilimlarning turli sohalarida tobora ortib borayotgan va doimiy yangilanib turadigan axborot oqimi bilan ishlash qobiliyati shakllanadi;

- o'z nuqtai nazarini muhokama qilish va boshqalarning nuqtai nazarini hisobga olishni o'rgatadi;

-mustaqil o'z ustida ishlash qobiliyati (akademik harakatchanlik) shakllanadi;

- o'z-o'zini, faoliyatini hurmat qilishni oshiradi.3

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz-T: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

2. Khaydarova Rano Anvarovna. (2021). THE PROCESS OF ADAPTATION OF YOUNG PROFESSIONALS IN PRESCHOOL EDUCATION. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR), 5(6), 10-11.

3. Трубинова, Е. А. Технология развития критического мышления в учебно-воспитательном процессе / Е. А. Трубинова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2015. — № 23 (103). — С. 946-948. — URL: https://moluch.ru/archive/103/23 578/ .

4. Шаюсупова А. А., Хайдарова Р. А. Формирование педагогической компетентности преподавателя языкового вуза в системе непрерывного образования //Бюллетень науки и практики. - 2019. - Т. 5. - №. 6.

3 Трубинова, Е. А. Технология развития критического мышления в учебно-воспитательном процессе / Е. А. Трубинова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2015. — № 23 (103). — С. 946-948. — URL: https://moluch.ru/archive/103/23578/ (дата обращения: 18.12.2021).

157

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.