Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MEDIA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MEDIA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari / sun’iy intellekt / media madaniyat / axborot bilan ishlash / ta’lim jarayoni / raqamli ta’lim.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Madiyeva Charos Dovutovna

Mazkur maqola zamonaviy ta’lim muhiti sharoitida tobora ehtiyoj ko‘p sezilib, uga murojaatlar soni ortayotgan sun’iy intellekt asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida media madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini, turlarini rivoj toptirishdagi ahamiyatli tomonlari xususida fikr-mulohazalar olib borildi. Shu asosida mazkur muammoni — sin’iy intellektning ta’limdagi rolini o‘rgangan ekspertlarning fikrlari asosida sun’iy intellekt da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan ayrim vazifalar soni ham sanab o‘tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MEDIA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MEDIA MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKT

Madiyeva Charos Dovutovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13985159

Annotatsiya. Mazkur maqola zamonaviy ta'lim muhiti sharoitida tobora ehtiyoj ko'p sezilib, uga murojaatlar soni ortayotgan sun'iy intellekt asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida media madaniyatning o'ziga xos jihatlarini, turlarini rivoj toptirishdagi ahamiyatli tomonlari xususida fikr-mulohazalar olib borildi. Shu asosida mazkur muammoni — sin'iy intellektning ta'limdagi rolini o'rgangan ekspertlarning fikrlari asosida sun'iy intellekt da'vogarlik qilishi mumkin bo'lgan ayrim vazifalar soni ham sanab o'tildi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf o'quvchilari, sun 'iy intellekt, media madaniyat, axborot bilan ishlash, ta'limjarayoni, raqamli ta'lim.

Аннотация. Данная статья основана на искусственном интеллекте, который становится все более востребованным в современной образовательной среде, и количество ссылок на него увеличивается. Исходя из этого, исходя из мнений экспертов, изучавших эту проблему - роль искусственного интеллекта в образовании, был также перечислен ряд некоторых задач, на которые может претендовать искусственный интеллект.

Ключевые слова: учащиеся начальных классов, искусственный интеллект, медиакультура, работа с информацией, образовательный процесс, цифровое образование.

Abstract. This article is based on artificial intelligence, which is more and more needed in the modern educational environment, and the number of references to it is increasing. was carried out. Based on this, based on the opinions of experts who studied this problem - the role of artificial intelligence in education, the number of some tasks that artificial intelligence can claim was also listed.

Keywords: elementary school students, artificial intelligence, media culture, working with information, educational process, digital education.

Hozirgi vaqtda respublikada ommaviy axborot vositalarining butun jamiyat hayotidagi o'rni, roli kun sayin yuqori darajaga chiqmoqda. Inson hayotining, turmush tarzining aytarli barcha jabhalarida mediaga ehtiyojning va foydalanish sanog'ining ortgani bunga yaqqol dalildir. Axborot bilan ishlash, uni tarqatish yoki tasarruf etish hamda uzatish ko'nikmalari ayni damdagi «raqamli olam» da yashayotgan zamonaviy shaxsning kompetentlik va mediasavodxonlik, jumladan, media madaniyatining darajasini aniqlashda ham xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalariga to'rtinchi hokimiyat maqomining berilishi, siyosiy jarayonlarning ham bevosita media tomonidan yoritilib borilishi shaxs va davlat, jamiyatning uyg'unligini ta'minlashda o'rni beqiyosligini tasdiqlaydi. Ta'lim jarayonida ham multimedia vositalaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslari va uning samarali usullari, bugungi kunga qadar ko'plab pedagogik ilmiy tadqiqotlar, amaliy tajriba sinov ishlari orqali isbotlangan.

Ta'lim jarayonlaridagi sun'iy intellekt haqida so'z yuritilganda, kelajakning xayoliy ssenariylari hozir mavjud bo'lgan real imkoniyatlardan biroz chalg'ishga sabab bo'ladi. Shunday bo'lsa-da bugun zamonaviy ta'lim maydoni sun'iy intellektsiz tasavvur qilib bo'lmaydigan darajaga kelmoqda. Chunki bugungi kunda raqamli ta'lim maydoni o'quv-pedagogik texnika va

metodlarning, o'quv va uslubiy adabiyotlardan tortib, maxsus jihozlangan binolargacha uzoq davom etgan evolyutsiyasi natijasi ekanligi ayon bo'lmoqda.

Ta'lim sohasida sun'iy intellektning mavjudligi klassik oflayn ta'lim resurslari va ommaviy axborot vositalarini o'rganish formatlarining yaqinlashuvidan boshlab bir oz tarixga ega. Zamonaviy raqamli ta'lim mazmuni doimiy ravishda rivojlanib boradi va mos keladigan vaziyatga qarab murakkablashadi. Shu jumladan, sun'iy intellekt o'z o'rnida qator vazifalarni bajaradi. Ya'ni asosiy vazifalaridan biri sifatida aqliy, kognitiv va ta'lim jarayonlarini modellashtirish bo'lgan aqlli tizimlarni tadbiq qilishni ta'kidlash joiz. Bundan kelib chiqqan holda esa, aynan boshlang'ich sinf o'quvchilarida media madaniyatni rivojlantirishda sun'iy intellektning ahamiyatli tomonlari mavjudligiga da'vat qilish mumkin. Ya'niki ta'lim kontekstida boshlang'ich ta'lim yoshidagi o'quvchilarga «kengaytirilgan intellekt» yoki «qo'shimcha intellekt» va undan foydalanish barcha boshlang'ich ta'lim sub'ektlariga ko'proq «ma'lumotli» qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlarni olish va qayta ishlash imkonini beradi. Shu qatorda yana darsni tashkil etishda o'qituvchilarga o'qitish usullari va texnikalarini takomillashtirish, o'quv, ishlab chiqarish va aloqa jarayonlarini tezlashtirish hamda soddalashtirish vositasi sifatida ko'mak ko'rsatadi. Bu esa boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mediaviy savodxonlik borasidagi bilimlarining yanada o'sishidagina ximat qilib qolmay, ularda o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan usullarni kuzatish namunasi asosida media madaniyatning rivojlanishida turtki beradi.

Soha yuzasidan izlanish va o'rganish ishlarini olib borgan bir qator ekspertlarning fikrlariga ko'ra, ta'lim sohasidagi quyidagi funksiyalarni bajarishga sun'iy intellekt ham davo qiladi, bular:

a) ob'yektlarning vizual va akustik idrok etilgan tasvirlarini farqlash va aniqlash qobiliyati;

b) kasbiy muammolarni shakllantirish va hal qilish qobiliyati;

c) barcha turdagi ma'lumotlar va bilimlarni izlash, qayta ishlash va ulardan to'g'ri foydalanish qobiliyati;

d) insonning ijtimoiy-madaniy faoliyati va nutqining individual harakatlarining ma'nosini tushunish qobiliyati.

Demak, bulardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, sun'iy intellekt da'vogarlik qilayotgan ushbu funksiyalar boshlang'ich sinf o'quvchilarida media madaniyatning rivojlantirilishida juda ahamiyati katta. Shu o'rinda Nega?; Qanday qilib? — degan savollarning tug'ilishi tabiiy. Mazkur savollarga quyidagicha javob berish o'rinli bo'ladi:

Sun'iy intellekt o'z amaliy natijakorligiga asoslangan holda vizual va akustik idrok etilgan tasvirlarni farqlash va aniqlash qobiliyatini bajara olar ekan, bu bilan o'quvchilarda ham vizual va akustik idrok etilgan tasvirlarni farqlash, aniqlash asosida o'rganayotgan muammo, mavzulari yuzasidan yechimni shakllantirish, shu yechimni joriy etishga undash mumkin. Hamda har qaysi fan doirasida har qanday turga mansub bo'lgan ma'lumotlarni izlab topgan o'quvchida xuddi shu ma'lumotlarni qayta ishlash natijasida ulardan to'g'ri foydalana bilish jihatlarini shakllantirishga erishish mumkin. Shining barobarida sun'iy intellektga tayanib, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy-madaniy faoliyatlarining hamda nuqtlarining har birinin o'ziga xos harakatlarini o'zlari tushunishlariga ham poydevor yaratish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi ,,Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi qonun. (2018 yangi tahrir)

2. Лавренов А.Н. Искусственный интеллект в современной информационной образовательной среде // Актуальные проблемы методики обучения информатике и математике в современной школе : материалы международной науч- но-практической интернет-конференции / под ред. Л.Л. Босовой, Д.И. Павлова. - Москва : Московский педагоги- ческий университет, 2019. - С.660-665. - URL: https://elibrary.ru/item.asp?id=41517683 (дата обращения 01.03.2021).

3. Образование / Центр компетенций НТИ «Искусственный интеллект». - URL: https://ai.mipt.ru/education/ (дата об- ращения 10.03.2021).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.