Научная статья на тему 'TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT ELEMENTLARI VA XUSUSIYATLARI'

TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT ELEMENTLARI VA XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
63
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sun’iy intellekt / element / mashinani o’qitish / texnologiya / kompyuter ko’rishi. / искусственный интеллект / элемент / машинное обучение / технология / компьютерное зрение.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.A. Normatov

ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida sun’iy intellekt texnologiyasini o’qitishga doir elementlar va xususiyatlari bilan bog’liq asosiy tushunchalarni aniqlashga qaratilgan ilmiy tahliliy ishlar amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ELEMENTS AND FEATURES OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN EDUCATION

в данной статье проведены научно-аналитические исследования, направленные на определение основных понятий, связанных с элементами и особенностями обучения технологиям искусственного интеллекта в школах общего среднего образования.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKT ELEMENTLARI VA XUSUSIYATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.A. Normatov1^_

1 A. Avloniy pedagogik mahorat milliy instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida sun'iy intellekt texnologiyasini o'qitishga doir elementlar va xususiyatlari bilan bog'liq asosiy tushunchalarni aniqlashga qaratilgan ilmiy tahliliy ishlar amalga oshirilgan.

MAQSAD: umumiy o'rta ta'lim maktablarida sun'iy intellekt ta'limini tashkil etishda uning rivojlanishidagi mavhum kelajagini hisobga olgan holda o'quvchilarga mavjud aqlliy texnologiyalar va ularning xususiyatini o'rgatishga doir asosiy tushunchalarni (elementlar va xususiyatlar) aniqlashdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: sun'iy intellekning asosiy elementlarini aniqlashda xalqaro ilmiy axborotlar bazalaridagi ilmiy manbalar o'rganildi va tahlil qilindi. Ushbu elementlarni aniqlashda tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda bir-nechta asosiy savollar aniqlandi. Bular: sun'iy intellektning qanday asosiy elementlari mavjud?, sun'iy intellekt elementlari muhimlilik darajasiga ko'ra qanday tariblanadi?, umumiy o'rta ta'lim maktablarida sun'iy intellektning qaysi elementlarini o'qitish samarali natija beradi? kabi savollardan iborat.

Ushbu savolarga javob topish va tadqiqot ishi natijalari izchiligi va ishonchliligini ta'minlash maqsadida Metaanaliz va PICO metodologiyalari tanlab olindi. Tadqiqot ishining joriy qismida PICO metodologiyasi, keying qismida esa Metaanaliz metodologiyasi qo'llanilgan holda ikki bosqichda amalga oshirilishi belgilab olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: sun'iy intellekt texnologiyalarini ta'limda qo'llash va o'qitishda uning tarixi, imkoniyatlari, xususiyatlari, kategoriyalari va elementlarini aniqlash lozim. Shu asosda sun'iy intellektni o'qitishda, u bilan bog'liq ma'lumotlarni tizimli tushunishga yordam beruvchi xususiyatlar va asosiy elementlari aniqlandi. Ular tizimning bir qismi sifatida tahlil etildi. Bu orqali ta'limda sun'iy intellektning ahamiyati yaxshiroq ochib beriladi va uning ta'limdagi istiqboliga ma'lum doirada baho berishga imkon beruvchi nazariy ma'lumotlar va u bilan samarali ishlashga yordam beruvchi amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari O'zbekiston umumiy o'rta ta'lim maktablarida sun'iy intellektni o'qtishga doir o'quv dasturlarini yaratishda yordam berishi mumkin.

XULOSA: umumiy o'rta ta'lim maktablarida sun'iy intellekt asoslarini o'qitishda mashinani o'qitish, chuqur o'rganish, tabiiy tilni qayta ishlash, kompyuter ko'rishi, noaniq

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

mantiq, ekspert tizimlari, robototexnika kabi elementlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu elementlar sun'iy intellekt tizimini tashkil etuvchilar hisoblanib texnologiyaning bugungi tendensiyasida umumiy sun'iy intellektga doir dastur va vositalarini yaratishda foydalanilmoqda. Kelajakda esa super sun'iy intellektni yaratishda muhim o'rin tutadi. Ushbu elementlarga asoslangan dasturlarni o'rganish va yaratish bugungi turli sohalardagi tendensiyalar va ehtiyojlarga to'la mos keladi.

Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, element, mashinani o'qitish, texnologiya, kompyuter ko'rishi.

Iqtibos uchun: Normatov S.A. Ta'limda sun'iy intellekt elementlari va xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №8. B.35-48.

ЭЛЕМЕНТЫ И ОСОБЕННОСТИ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБРАЗОВАНИИ_

© С. А. Норматов1^

1 Национальный институт педагогического мастерства имени А. Авлония, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье проведены научно-аналитические исследования, направленные на определение основных понятий, связанных с элементами и особенностями обучения технологиям искусственного интеллекта в школах общего среднего образования.

ЦЕЛЬ: цель исследования заключается в определении ключевых понятий (элементы и особенности) обучения искусственному интеллекту в школах общего среднего образования с учетом неопределенного будущего развития искусственного интеллекта и в обучении учащихся существующим интеллектуальным технологиям и их особенностям.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: для определения основных элементов искусственного интеллекта были изучены и проанализированы научные источники из международных научных баз данных. На основе цели исследования были сформулированы несколько ключевых вопросов. Среди них: какие основные элементы искусственного интеллекта существуют? Как элементы искусственного интеллекта ранжируются по степени важности? Какие элементы искусственного интеллекта наиболее эффективно преподавать в школах общего среднего образования?

Для получения ответов на эти вопросы и обеспечения согласованности и достоверности результатов исследования были выбраны методологии метаанализа и PICO. Исследование было проведено в два этапа: на первом этапе применялась методология PICO, а на втором — методология метаанализа.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: при применении и преподавании технологий искусственного интеллекта необходимо определить его историю, возможности,

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

особенности, категории и элементы. На этой основе выявлены особенности и основные элементы обучения искусственному интеллекту, которые помогают систематически понимать связанную с ним информацию. Они были проанализированы как часть системы.

Благодаря этому лучше раскрывается значение искусственного интеллекта в образовании и дает возможность оценить его перспективы в образовании в определенном масштабе предоставляется теоретическая информация и возможности для развития практических навыков, которые помогают эффективно работать с ней. Результаты исследования могут помочь в создании учебных программ по преподаванию искусственного интеллекта в общеобразовательных школах Узбекистана.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: при обучении основам искусственного интеллекта в школах общего среднего образования важное значение имеют такие элементы, как машинное обучение, глубокое обучение, обработка естественного языка, компьютерное зрение, нечеткая логика, экспертные системы и робототехника. Эти элементы являются основными компонентами систем искусственного интеллекта и используются в разработке программ и инструментов, связанных с искусственным интеллектом в соответствии с современными тенденциями технологий.

В будущем они сыграют ключевую роль в создании сверхинтеллектуальных систем. Изучение и разработка программ, основанных на этих элементах, полностью соответствует современным тенденциям и потребностям различных областей.

Ключевые слова: искусственный интеллект, элемент, машинное обучение, технология, компьютерное зрение.

ELEMENTS AND FEATURES OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN EDUCATION

© Sulton A. Normatov 1H

1A. Avloni National Institute of Pedagogical Skills, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article presents a scientific and analytical study aimed at identifying the main concepts related to the elements and features of teaching artificial intelligence technology in general secondary education schools.

AIM: the purpose of this study is to determine the key concepts (elements and features) of teaching artificial intelligence in general secondary schools, with a focus on introducing students to the existing smart technologies and their features, considering the uncertain future of AI development.

MATERIALS AND METHODS: to identify the main elements of artificial intelligence, scientific sources from international scientific information databases were

Для цитирования: Норматов С. А. Элементы и особенности искусственного интеллекта в образовании. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 35-48.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

reviewed and analyzed. In determining these elements, several key research questions were formulated based on the study's objectives. These include: What are the main elements of artificial intelligence? How are the elements of artificial intelligence ranked by their importance? Which elements of artificial intelligence should be taught in general secondary education schools to yield effective results? To answer these questions and ensure consistency and reliability in the research findings, the Meta-Analysis and PICO methodologies were selected. The research was carried out in two phases: the PICO methodology was applied in the first phase, followed by the Meta-Analysis methodology in the second phase.

DISCUSSION AND RESULTS: when applying and teaching artificial intelligence technologies in education, it is necessary to determine its history, capabilities, characteristics, categories, and elements. Based on this, the characteristics and key elements of artificial intelligence training have been identified that contribute to a systematic understanding of the information related to it. They were analyzed as part of the system.

This will better reveal the significance of artificial intelligence in education and allow for a certain assessment of its prospects in education provide opportunities to develop theoretical knowledge and practical skills that help you work effectively with it. The research findings can help create curricula for teaching artificial intelligence in general education schools in Uzbekistan.

CONCLUSION: in teaching the basics of artificial intelligence in general secondary education schools, elements such as machine learning, deep learning, natural language processing, computer vision, fuzzy logic, expert systems, and robotics play a significant role.

These elements are considered the building blocks of artificial intelligence systems and are currently used in the development of AI-related programs and tools. In the future, they will play a key role in the creation of super-intelligent systems. Learning and developing programs based on these elements are fully aligned with the current trends and needs in various fields.

Key words: artificial intelligence, element, machine learning, technology, computer

vision.

Bugungi kunda sun'iy intellekt va unga asoslangan texnologiyalar turli sohalarga faol integratsiya bo'lmoqda. Buning natijasida sohalardagi samaradorlik ko'rsatkichlarining yaxshilanishi, ko'plab global darajadagi muammolarga yangi yechim va takliflar paydo bo'lishi kuzatilmoqda. Ushbu texnologik sohadaga keskin burilish yangi aqliy tizim va vositalarga asos bo'lgan sun'iy intellekt va uning asosiy elementlarini ta'limda qo'llash, uni ta'lim tizmining turli bosqichlarida o'qitishni taqozo etmoqda. Sun'iy intellekt va uning rivojlanishi bugungi zamonaviy dunyoda insonlarning komunikativ va kasbiy faoliyatini

For citation: Sulton A. Normatov. (2024) 'Elements and features of artificial intelligence in education', Inter education & global study, (8), pp. 35-48. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yangi bosqichga ko'tardi. Insonlar o'rtasida komunikativ aloqalarning sifatini oshirishda Facebook, Twiter, Instagram, elektron pochta (Gmail, Mail) sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanmoqda, kasbiy faoliyatda esa moliya, sog'liqni saqlash, marketing, qishloq xo'jaligi, davlat boshqaruvi va boshqa sohalarda ishlovchi insonlarga katta hajmdagi ma'lumotlarni avtomatik tahlil qilish, to'g'ri tashxis qo'yish, aniq qaror qabul qilish, tizimni avtomatika boshqarish, savollarga inson aralashuvisiz javob berish, qishloq xo'jaligida hosildorlikni minimal resurslar orqali oshirish va boshqa shu kabi jarayonlarda intellektual raqamli yordamchi vazifasini bajarmoqda. Shuningdek, Siri, aqlli maishiy texnikalar, smartfonlar, Alexa va sun'iy intellektga asoslangan kompyuter va mobil o'yinlar kabi vosita va dasturlar insonlarning kundalik hayotining bir qismiga aylandi [1]. Shu bilan birga haydovchisiz mashinalar va maishiy yordamchi robotlar ham bizning hayotimizga kirib keldi. Rivojlanayotgan texnologiyani yaxshiroq tushunish va undan ijtimoiy hayotda foydalanish uchun sun'iy intellekt va u bilan bog'liq jarayonlarni o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Texnologiyalar sohasida biror rivojlanuvchi atamani ta'riflashda uning kelajakdagi imkoniyatlari qanchalik darajada o'zgarishini bilish unga nisbatan vaqt nisbiyligi doirasidan tashqarida bo'lgan aniqroq tasnifni yaratishga imkon berishi mumkin. Shuningdek, sun'iy intellektning rivojlanishi unga bo'lgan ko'plab ta'riflarning paydo bo'lishiga olib kelmoqda. Ammo ular orasidagi umumiy bog'liqlikni S.Russellning "sun'iy intellekt bu aqlni insonning o'ziga xos xususiyati sifatida emas, balki tizimlarning umumiy xususiyati sifatida yaratish va tushunishdir" [2] kabi ta'rifida ko'rish mumkin.

Bu ta'rif texnologiyaning bugungi imkoniyati bilan birga kelgusidagi taraqqiyotini ham izohlamoqda.

Ushbu tadqiqot ishida umumiy o'rta ta'lim maktabarida sun'iy intellektni o'qitishga doir asosiy tushunchalarni, jumladan sun'iy intellekt elementlarini aniqlashga va ularni muhimlik darajasiga ko'ra saralashga yordam beruvchi, tadqiqot siftini va ishonchliligini ta'minlashda muhim bo'lgan Metaanaliz va PICO metodologiyalari qo'llanildi.

Metaanliz metodi orqali sun'iy intellektning asosiy elementlari aniqlansa, PICO modeli orqali muhimlik darajasiga ko'ra ularni saralash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, qo'lga kiritilgan natijalar asosida sun'iy intellekt elementlarining bog'liqlik sxemasi shakllantirildi.

Tadqiqot ishini izchilligini ta'minlash maqsadida quyidagi savollar belgilandi:

a) Sun'iy intellektning qanday asosiy elementlari mavjud?

b) Sun'iy intellekt elementlari muhimlilik darajasiga ko'ra qanday tariblanadi?

c) Umumiy o'rta ta'lim maktablarida sun'iy intellektning qaysi elementlarini o'qitish samarali natija beradi?

Sun'iy intellektni to'liqroq tushinish uning imkoniyatlari va istiqboliga to'g'ri baho berish uchun uning asosiy xususiyatlarini o'rganish talab etiladi. Shuningdek, sun'iy intellekt xususiyatlarini uning rivojlanishi asosida o'zgarib borishiga e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy sun'iy intellekt ya'ni inson darajasidagi intellektual texnologiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

• Mulohaza yuritish

• O'rganish

• Muammoni hal qilish

• Idrok

• Lingvistik intellekt [17]

• Axloq

Mulohaza yuritish - bu bizga hukm qilish, qaror qabul qilish va bashorat qilish uchun asos yaratishga imkon beradigan jarayonlar to'plami.

O'rganish - bu o'rganish, mashq qilish, o'rgatish yoki biror narsani boshdan kechirish orqali bilim yoki ko'nikmalarga ega bo'lish faoliyati. O'rganish o'rganilayotgan mavzular haqida xabardorlikni oshiradi.

Muammoni hal qilish - bu ma'lum yoki noma'lum to'siqlar bilan to'sib qo'yilgan biron bir yo'lni bosib, mavjud vaziyatdan kerakli yechimni idrok etish va unga erishishga harakat qilish jarayoni.

Idrok - bu hissiy ma'lumotlarni olish, sharhlash, tanlash va tartibga solish jarayoni. Idrok sezishni nazarda tutadi. Odamlarda idrok jarayoniga sezgi organlari yordam beradi. Sun'iy intellekt sohasida idrok mexanizmi sensorlar tomonidan olingan ma'lumotlarni mazmunli tarzda birlashtiradi.

Lingvistik intellekt - bu og'zaki va yozma tildan foydalanish, tushunish, gapirish va yozish qobiliyati bo'lib inson-sun'iy intellekt va sun'iy intellekt-sun'iy intellekt muloqotida muhim ahamiyatga ega.

Axloq - bu sun'iy intellektning insonlar, boshqa sun'iy intellekt vositalari bilan o'zaro munosabatida xulq-atvorni hisobga olish, odob qoidalar va qonunlarga rioya etishni nazarda tutadi. Russell va Norvigning "barcha SI tadqiqotchilari o'z ishlarining axloqiy oqibatlari bilan shug'ullanishlari kerak" [3] kabi chaqiriqlari ayni texnologiyada axloqning muhimligini ko'rsatadi.

Sun'iy intellektning yuqoridagi xususiyatlari umumiy sun'iy intellektni yaratish va u bilan faoliyat yuritishda ma'lum imkoniyat va chaklovlarni taqdim etadi. Bu imkoniyat va cheklovlar texnologiyaning keyingi rivojlanish bosqichida insoniy qadriyatlarni ardoqlovchi, axloqiy normalarga javob beruvchi aqlliy tizimlarning yaratilishi va ular bilan ishlash jarayonida samarali natijalarni taqdim etishi mumkin.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida sun'iy intellekt ta'limini amalga oshirishda axloqiy tamoyillarni sun'iy intellektning asosiy xususiyatlari bilan bog'lash o'quvchilarda texnologiyadan foydalanish va uni yaratishda ma'suliyatli bo'lishga, shaxs huquq va erkinliklarini hurmat qilishga, shaxsiy ma'lumotlarning daxlsizligini taminlashga o'rgatishi mumkin.

Sun'iy intellekt elementlari. Sun'iy intellektni o'qitishda o'quvchilarning informatik va dasturlashga doir bilim va ko'nikmalarining yetarli bo'lishi muhim bo'lib bu o'quvchilarga raqamlashgan dunyoda yashash va ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirishni osonlashtiradi [4]. Informatika va AT fani doirasida sun'iy intellektning ma'lum elementi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

asosida ishlovchi pastur yoki qurilmani yaratishda o'quvchilarning dasturlash bo'yicha boshlang'ich bilimga ega bo'lishi talab etadi. Shuningdek, ma'lumotlar bilan to'g'ri va samarali ishlash uchun ma'lumotlar bazasi va kompyuter grafikasi kabi yo'nalishlarda ham muayyan ko'nikmaga ega bo'lishi lozim. Bu o'quvchilarda sun'iy intellekt va uning ishlash faoliyatini yanada yaxshiroq tushunish, undan to'g'ri foydalanish va yaratishda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga o'quvchilar zaruriy bilimlarni amaliy faoliyat bilan shug'illangan holda o'rganishlari mumkin bo'ladi. Sun'iy intellekt elementlariga doir qarashlar Keresztesining tadqiqotida sun'iy intellektni rivojlantirishda muhim omil sifatida qaraladi [5].

Sun'iy intellekt elementlarini aniqlashda joriy texnologiyani umumiy yaxlit tizim deb qarash kerakligini hisobga olish talab etiladi. Ushbu tizimni tashkil etuvchi asosiy elementlar esa bugungi kungacha yaratilgan sun'iy intellekt dasturlari va vositalarining texnologik tashkil etuvchilarini o'rganish orqali aniqlanadi. Tadqiqot ishida ChatGPT, Google Bard, Microsoft Copilot, GEMINI, IBM Watson, Sofia, yuzni aniqlash, aqlliy kuzatuv, mashinani avtonom boshqarish kabi dasturiy vositalar tahlil qilindi. Ushbu dasturiy vositalar ishlashida Mashinani o'qitish, Chuqur o'rganish, Tabiiy tilni qayta ishlash, Kompyuter ko'rishi, Noaniq mantiq kabi asosiy elementlardan tashkil topganligini ilmiy manbalarga asoslanib aniqlandi [6], [7], [8], [9], [10], [11].

Shuningdek, sun'iy intellekt tushunchasiga berilgan ta'riflarida insonga xos xususiyatlar ushbu texnologiyada borligi haqida qarashlarni uchratish mumkin. Masalan, "sun'iy intellekt inson xatti-harakati sifatida mustaqil ravishda fikr yuritish, o'rganish va harakat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan modeli" sifatida tavsiflanadi [12]. Yoki "sun'iy intellekt madaniy va demografik vaziyatlarni hisobga olgan holda o'ziga yuklangan vazifaning talablariga javob berish yoki undan oshib ketish qobiliyatiga ega bo'lgan g'ayritabiiy ob'ekt hisoblanadi"[13] kabi ta'riflarni ko'rish mumkin.

Ushbu ta'riflardan kelib chiqqan holda sun'iy intellekt bu insonning fikrlashi, uning his-tuyg'ulari va harakatlariga taqlid qiluvchi uning kasbiy imkoniyatlarini o'zida mujassam etgan vosita sifatida ko'rish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda sun'iy intellektning fizik harakatini ta'minlovchi robototexnika va uning biror sohadaga yo'naltirilgan kasbiy faoliyatini izohlovchi ekspert tizimlari kabi elementlarini ham asosiy elementlar qatoriga qo'shish mumkin. Keyingi tadqiqot ishlarimizda uning ilmiy, nazariy ahamiyatini adabiyotlar tahlili orqali aniqlashga alohida to'xtalib o'tamiz.

Sun'iy intellekt elementlarining muhimlilik darajasiga ko'ra tartiblashda Google Scholar va Scopus kabi ilmiy axborotlar bazalarida mavjud ilmiy manbalarning nomida "sun'iy intellekt" va "element nomi" birgalikda kelgan manbalar sonini o'zaro taqqoslashdan foydalanildi. Mavjud manbalarning ko'pligi va ularning ma'lum shaklini tanlash bog'liqlik ahamiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishini hisobga olgan holda faqat 2023-yilda chop etilgan ilmiy manbalarni tanlash belgilab olindi.

Sciencedirect va Google Scholar tizimlaridan maxsus qidiruv kalit so'zlari orqali qidiruv iarayonini bir-biriga o'xshash natijalarni taqdim etdi. Unga ko'ra sun'iy intellektning mashinani o'qitish elementiga doir ilmiy manbalar soni eng ko'p ekanligi keyingi o'rinda

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

chuqur o'rganish elementi turishi aniqlandi. Ohirgi o'rinlarda mos ravishda noaniq mantiq va ekspert tizimlari elementlari egalladi. Qidiruv natijalariga ko'ra scincedirect ilmiy bazasidan topilgan ilmiy manbalar teskari tartibda (yuqoridan pastga) saralangan holda jadvalga joylashtirildi. Qidiruv natijalarini quyidagi 1-jadvalda ko'rish mumkin.

1-jadval. Maxsus qidiruv kalit so'zlari orqali olingan natijalar.

Qidiruv kalit so'zlari Element nomi Ilmiy axborot bazasi

Sciencedirect Google Schoolar

"Artificial Intelligence" and "Machine Learning" Mashinani o'qitish 22176 181000

"Artificial Intelligence" and "Deep Learning" Chuqur o'rganish 15749 142000

"Artificial Intelligence" and "Robotics" Robototexnika 7073 71700

"Artificial Intelligence" and "Computer Vision" Kompyuter ko'rishi 5207 133000

"Artificial Intelligence" and "Natural Language Processing" Tabiiy tilni qayta ishlash 4186 81500

"Artificial Intelligence" and "Fuzzy Logic" Noaniq mantiq 2160 21300

"Artificial intelligence" and "Expert system" Ekspert tizimlari 1769 21300

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Sciencedirect ilmiy axborotlar bazasidan maxsus qidiruv kalit so'zlari orqali olingan ilmiy manbalar soni 58320 tani (8.2%) tashkil etgan bo'lsa, Google Schoolarda bu ko'rsatkicha 651800 (91.8%) tani tashkil etdi. Topilmalardagi farqning kattaligiga asosiy sabab Scopus ilmiy bazasida ilmiy manbalar yoki nashriyotlarni indekslash murakkabligidir. Ushbu murakkab indekslash tizimi ilmiy manbaning sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi bilan birga ilmiy natijalarning ishonchliligini oshirishga hizmat qiladi.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2-rasm. Google Scholar va Sciencedirect ilmiy axborot bazalarida maxsus kalit so'zlar orqali amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijalari.

Ushbu natijalar sun'iy intellektning asosiy elmentlarini muhimlik darajasiga ko'ra saralash imkoniyatini taqdim etdi. Biroq, uni keng mashtabda har bir ilmiy adabiyotning o'rganilayotgan elementga mazmunan yo'naltirilganligi hamda elementning qo'llanilish sonini tahlil qilish orqali yanada aniqroq tahlil qilish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

Maktabda, sun'iy intellekt texnologiyalarini o'qitish quyidagi sun'iy intellekt elementlari (3-rasm) orqali samarali amalga oshirilishi mumkin:

3-rasm. Sun'iy intellekt elementlari

Mashinani o'qitish—bu raqamli qurulmalarning muammolarni hal qilishda ma'lumotlarni saralash, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyatini taqdim etuvchi sun'iy intellekt elementi hisoblanadi. Mashina o'qitish texnologiyasining asosiy maqsadi mavjud ma'lumotlar asosida o'rganish va prognozlashga yordam beruvchi algoritimik modellarni yaratishdir [14]. Bu kabi modellar sun'iy intellekt texnologiyasiga muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish va jarayonni oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, mashinani o'qitish sun'iy neyron tarmoqlari va chuqur o'rganish texnologiyalarini o'z ichiga oladi. Neyron tarmoqlari bog'langan tugunlar yordamida biologik miyani modellashtirishda

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qo'llaniladi. Bu modellar mashinani o'qitish elementining muammolarni aniqlash va yechish ko'rsatkichlariga ijobiy ta'sir qiladi.

Mashinani o'qitish texnologiyasi quyidagi 3 ta yo'nalish asosida rivojlanmoqda:

1. Nazorat ostida o'rganish

2. Nazoratsiz o'rganish

3. Kuchaytirilgan o'rganish

Mashinani o'qitish elementi katta ma'lumotlar va statistik algoritmlarga tayanadi. Ushbu elementni ma'lumotlardan bilim olish san'ati sifatida ham e'tirof etish mumkin. Ayniqsa, ikki asr avval yaratilgan chiziqli regressiya va Bayes statistikasi kabi usullar bugungi kunda ham mashinani o'qitishning asosiy usullari qatoriga kiradi. Bugungi kunda CHatGPT va boshqa ko'plab katta til modellari sun'iy intellektning mashinani o'qitish elementi asosida yanada rivojlanib bormoqda.

Chuqur o'rganish - bu jarayonlarni sun'iy neyron tarmoqlari asosida o'rganish va tahlil qilishga qaratilgan mashinani o'qitishning rivojlangan sohasidir. Mashinani o'qitishning bir qismi sifatida rivojlanayotgan chuqur o'rganish texnologiyasi Big Data, tabiiy tilni qayta ishlash, nutqni aniqlash, biometrik xaritalash, tarmoq xavfsizlik, o'zini o'zi boshqaradigan mashinalar va virtual yordamchilarni yaratishda qo'llanilmoqda. Chuqur o'rganish murakkab tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalangan holda jarayonni aniqlash yoki muammoga yechim taqdim etish imkoniyatiga ega. Sun'iy neyron tarmoqlari asosida ishlovchi chuqur o'rganish elementi yashirin Markov modeli va Boltzman mashinalari modeli kabi ma'lumotlarni sifatli tahlil qilish imkoniyatini beruvchi usullardan foydalanadi. Sun'iy neyron tarmoqlari inson miyasiga o'xshash qatlamli tuzilishga ega bo'lgan o'zaro bog'langan tugunlar yoki neyronlardan foydalanadi [15]. Sun'iy intellektning ushbu elementi aqlliy tizimlarga ma'lumotlarni inson miya faoliyatiga taqlid qiluvchi model yordamida qayta ishlashga o'rgatadi. Chuqur o'rganish elementi Google qidiruv tizimi, Google tarjimon dasturi, virtual asistentlar va boshqa ko'plab amaliy dasturlarni rivojlantirishda qo'llanilmoqda.

Tabiiy tilni qayta ishlash - yaratilayotgan mashinalarga inson tilini tushunish va javob berish qobiliyatini taqdim etuvchi sun'iy intellekt elementlaridan biridir. Tabiiy tilni qayta ishlash yozuv matni, audio yoki inson ovozini to'gridan-to'g'ri qabul qilgan holda uni anglashi va unga mos ma'lum munosabatni bildirishi mumkin. Tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalaridan ijtimoiy tarmoqlarda ovozli ma'lumtolarni filtrlash (Twitter va Facebook), aqlliy tarjimon dasturlari (Google translate, Yandex translate va boshqalar), virtual yordamchilar (Siri, Alexa, Google Assistant va boshqalar) va boshqa ko'plab dastur va hizmatlar ko'rinishida kundalik hayotda qo'llanilmoqda.

Robototexnika - bu sun'iy intellektning insonlar kabi ko'rinishga ega bo'lgan robotlarni yaratish tarmog'i hisoblanadi. Robotlarning konstruksiyasi yani uning qisimlarini harakatga keltirish va ularga ma'lum bir vazifalarni yuklash sun'iy intellekt orqali amalga oshiriladi. Biroq robot qismlarini harakat va faoliyat uchun mos holda ishlab chiqish zarur. Bu maxsus fizik jismlarni talab etadi. Sun'iy intellektning robototexnika elementi kelajakda nafaqat inson kabi fikrlaydigan balki u kabi haraklanuvchi mukammal sun'iy insonlarni

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yaratishga hizmat qilishi mumkin. Bugun robotlar ofitsant, oshpaz, uchuvchi yoki yaqin do'st vazifalarini bajarishmoqda.

Noaniq mantiq - bu aniq bilim yoki ko'rsatma bo'lmagan vaqtda inson kabi mulohaza yuritib ma'lum bir masalalarni hal etishga qaratilgan sun'iy intellekt elementi hisoblanadi. Noaniq mantiqning ishlash prinsipi cheklangan bilimga asoslangan holda ma'lum bir vazifalarni bajarishga yo'naltirilgan. Noaniq mantiq turli sohalarda qarorlarni qabul qilishni o'z ichiga olgan murakkab muammolarni hal qilishda qo'llaniladi.

Shuningdek, avtomat uzatmalar qutisi, avtotransport muhitini boshqarish va boshqalarda qo'llaniladi. Bu element bevosita mashinani o'qitish texnologiyasida cheklangan ma'lumotlarga asoslanib qaror qabul qilishda yordam beradi. Noaniq mantiq ba'zi adabiyotlarda "loyqa mantiq" yoki "bulaniq mantiq" deb yurutilganini ko'rish mumkin. Noaniq mantiq umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-sinf informatika darsligida berilgan mantiq asoslariga oid kontentdan faqrli ravishda "rost" yoki "yolg'on" natija bilan cheklanmaydi. Bu yaratilayotgan sun'iy intellekt texnologiyalarining muammolarni hal etishda aniqroq yechimlarni taqdim etishiga olib keladi. Noaniq mantiq elementi chuqur o'rganish va tabiiy tilni qayta ishlash kabi elementlar bilan birga gibrid ko'rinishda Twitter platformasida insonlarning hissiyot tahlilini aniqlashda qo'llaniladi [16]. Bu sun'iy intellektning bir yoki bir nechta elementining o'zaro kombinatsiyasi natijasida ishlovchi ko'plab misollardan biridir.

Ekspert tizimi - sun'iy intellektga asoslangan holda ma'lum bir soha mutaxassisining qobiliyatlarini o'zida mujassamlashtirgan kompyuter tizimi hisoblanadi. Ekspert tizimlar murakkab masalalarni hal qilishda if-then (agar-u holda) mantiqiy belgilaridan foydalanadi va katta ma'lumotlar bazasida o'z bilimlarini boyitib boradi. Ekspert tizimlari asosan katta hajmdagi axborotlarni boshqarish, tibbiyot muassasalarida davolash jarayonlarini tahlillash, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, virusni aniqlash va boshqalarda qo'llanilib kelinmoqda. Samarador ekspert tizimlariga quyidagilarni misol qilish mumkin:

- CaDet saratonni dastlabki bosqichlarida aniqlashda qo'llaniluvchi ekspert tizim.

- DENDRAL texnologiyasi kimyoviy moddaning spektrografik ma'lumotlaridan foydalangan holda tuzilishini aniqlash uchun mo'ljallangan ekspert tizimi.

- MYCIN texnologiyasi o'tkir infektsiyalarni keltirib chiqaruvchi turli bakteriyalarni aniqlovchi tizim.

Kompyuter ko'rishi - raqamli tasvirlar va videolardagi ma'lum bir turdagi ob'ektlarni (odamlar, buyumlar yoki qushlar) semantik aniqlash va tahlil qilish jarayonidir. Kompyuter ko'rishi bo'yicha ikki xil yondashuv ko'proq qo'llaniladi. Birinchisi

1) biologik nuqtai nazaridan, kompyuter ko'rishi inson ko'rish tizimining modelini yaratishga qaratilgan yondashuv bo'lsa keyingisi

2) muhandislik nuqtai nazaridan, kompyuter ko'rishi atrofni kuzatishdagi (ko'rish, turli ob'ekt, voqea yoki hodisalarni tushunish) vizual tizim yoki texnologiya bajarishi mumkin bo'lgan vazifalarni bajaruvchi avtonom tizimlarni yaratishga doir yondashuvdir. Bu yondashuvlar bir-biri bilan o'zaro aloqador.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Inson ko'rish tizimining xususiyatlari ko'pincha kompyuter ko'rish tizimlarini loyihalashtirishda muhandislarga real na'muna bo'lib hizmat qiladi. Shuningdek, kompyuter ko'rishi algoritmlari maktab o'quvchilariga insonning ko'rish tizimining qanday ishlashi va uning kompyuterdagi na'munasi haqida yaxshiroq tushuncha berishi mumkin.

Sun'iy intellektning kompyuter ko'rishi elementi ob'ektni aniqlash, yuzni tanib olish, harakat va holatni baholash kabi vazifalarni bajarishga yo'naltirilgan.

Sun'iy intellektning yuqoridagi elementlari aniq vazifanlarni avtomatlashgan holatda bajaradi va inson aqliy faoliyatining ma'lum unsurlarini o'zida namoyon etadi.

Yuqoridagi 2-rasmda sun'iy intellekt elementlarining o'zaro bog'liqligi berilgan bo'lib ushbu munosabatlar optimal holatda bo'lishi umumiy sun'iy intellekt texnologiyasini taqdim etishi mumkin. Ushbu bog'liqlik orqali o'quvchilar sun'iy intellekt elementlarining o'zaro aloqasini vizual tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

4-rasm. Sun'iy intellekt elementlarining o'zaro bog'liqligi

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. D. Touretzky, C. Gardner-Mccune, F. Martin, D. Seehorn. Envisioning AI for K-12: What should every child Know about AI? The thirty-third AAAI conference on artificial intelligence (AAAI-19). (2019). Honolulu, HI, USA, p-9795.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2. Stuart J. Russell, Rationality and intelligence. Artificial Intelligence, Volume 94, Issues 1-2, 1997, Pages 57-77, ISSN 0004-3702.

3. RUSSELL & NORVIG Artificial Intelligence: A Modern Approach, 3rd ed. pages 1020. Pearson Education, Inc., Upper Saddle River, New Jersey 07458. 2010.

4. European Parliament. Artificial intelligence: How does it work, why does it matter, and what can we do about it?. Brussels © European Union, 2020. p-50.

5. Keresztesi, A. A. (2022). Elements of Artificial Intelligence in Integrated Information Systems. Studia Universitatis Petru Maior. Series Oeconomica, 81-90

6. Brown, T. B. (2020). Language models are few-shot learners. arXiv preprint arXiv:2005.14165.

7. Reid, M., Savinov, N., Teplyashin, D., Lepikhin, D., Lillicrap, T., Alayrac, J. B., ... & Mustafa, B. (2024). Gemini 1.5: Unlocking multimodal understanding across millions of tokens of context. arXiv preprint arXiv:2403.05530.

8. Strickland, E. (2019). IBM Watson, heal thyself: How IBM overpromised and underdelivered on AI health care. IEEE Spectrum, 56(4), 24-31.

9. Mahdi, Q. S., Saleh, I. H., Hashim, G., & Loganathan, G. B. (2021). Evaluation of robot professor technology in teaching and business. Information Technology in Industry, 9(1), 1182-1194.

10. Parkhi, O., Vedaldi, A., & Zisserman, A. (2015). Deep face recognition. In BMVC 2015-Proceedings of the British Machine Vision Conference 2015. British Machine Vision Association.

11. Ofosu-Ampong, K., Acheampong, B., & Kevor, M. O. (2023). Acceptance of artificial intelligence (ChatGPT) in education: Trust, innovativeness and psychological need of students. Ofosu-Ampong, K., Acheampong, B., Kevor, MO, & Amankwah-Sarfo, F.(2023). Acceptance of Artificial Intelligence (ChatGPT) in Education: Trust, Innovativeness and Psychological Need of Students. Information and Knowledge Management, 13(4), 37-47.

12. Kelly, S., Kaye, S. A., & Oviedo-Trespalacios, O. (2023). What factors contribute to the acceptance of artificial intelligence? A systematic review. Telematics and Informatics, 77, 101925.

13. Ron Kohavi; Foster Provost (1998). "Glossary of terms". Machine Learning. 30: 271274. doi :10.1023/A: 1007411609915.

14. Rani, A., Kumar, N., Kumar, J., & Sinha, N. K. (2022). Machine learning for soil moisture assessment. In Deep learning for sustainable agriculture (pp. 143-168). Academic Press.

15. Phan HT, Tran VC, Nguyen NT, Hwang D. Improving the performance of sentiment analysis of tweets containing fuzzy sentiment using the feature ensemble model. IEEE Access. 2020;8:14630-14641. doi: 10.1109/ACCESS.2019.2963702.

16. https://www.analytixlabs.co.in/blog/components-of-artificial-intelligence/

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HNormatov Sulton Abdug'ani o'g'li, A.Avloniy pedagogik mahorat milliy instituti, [Норматов Султон Абдуганиевич, Национальный институт педагогического мастерства имени А. Авлония], [Sulton A. Normatov, A. Avloni National Institute of Pedagogical Skills]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi, 6-uy [адрес: Узбекистан, г. Ташкент, Алмазарский район, ул. Зиё, 6], [address: Uzbekistan, Tashkent city, Almazar district, Ziyo street,6] Email:[email protected], Orcid: 0000-0002-6777-029

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.