Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILAR BILAN MULOQAT OLIB BORISH MAHORATI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILAR BILAN MULOQAT OLIB BORISH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
191
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Imom al-Buhoriy / Imom at-Termiziy / Bahouddin Naqshband / az-Zamaxshariy / Najmiddin Kubro / Ahmad Yassaviy / So‘fi Olloyor / Sulaymon Boqirg‘oni.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Palvanova Sevara, Qalandarova Poshshajon

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi muloqat jarayonlari ilmiy yondashuv bilan ta’riflangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILAR BILAN MULOQAT OLIB BORISH MAHORATI»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 1

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILAR BILAN MULOQAT OLIB BORISH MAHORATI COMMUNICATION SKILLS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS WITH

PRIMARY SCHOOL TEACHERS

Palvanova Sevara

8-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Xorazm viloyati Urganch shahar Qalandarova Poshshajon 8-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Xorazm viloyati Urganch Shahar https://doi.org/10.5281/zenodo.7497836

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilari va boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasidagi muloqat jarayonlari ilmiy yondashuv bilan ta'riflangan.

Annotatsion: This article describes the communication processes between primary school teachers and primary school students with a scientific approach.

Kalit so'zlar: Imom al-Buhoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, So'fi Olloyor, Sulaymon Boqirg'oni.

Key words: Imam al-Bukhari, Imam al- Tirmizi, Bahauddin Naqshband, az-Zamakhshari, Najmuddin Kubro, Ahmed Yassavi, Sufi Ollayor, Suleiman Bakirgani.

Muloqot insoniyat faoliyatining ruhiy hamda ma'naviy asosi natijasida yuzaga kelayotganijtimoiy ehtiyojlar bilan birgalikda namoyyon bo'ladi.

"Shaxslar faoliyati mativatsiyasining asosi sifatida yuzaga chiqayotgan ehtiyoj,manfaat, manfaatdorlik kabi ijtimoiy-iqtisodiy omillar ma'lum ma'noda ularni maqsadli o'y-fikrlari, istaklari yuzaga chiqishiga ham sabab bo'ladi. Shaxslararo munosabatlarni, muloqat madaniyati qay darajada shakillanishiga ham sezilarli ta'sir o'tkazadi. Binobarin, muloqot odamlar orasida amalga oshiriladigan faoliyatlar ichida yetakchi o'rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojlarni jamiyatda yashash va o'zini shaxs deb hisoblash bilan bog'liq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati misilsiz". Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari, ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklar mabaynida bir-biri bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.

Har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyati o'zaro munosabati va ta'sir shakillarini o'z ichiga oladi. Chunki har qanday ish, avvalo odamlarning bir-birlari bilan til topishish, bir-birlariga turli xil ma'lumotlarni uzatish, fikr almashinuvi kabi

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 1

murakkab hamkorlikni talab etadi. Shunday ekan, har bir shaxsning jamiyatda tutgan o'rni, ishlarining muvaffaqqiyati, obro'si uning muloqotga kirisha olish qobilyati bilan bevosita bog'liqdir. Bir qarashda osonga o'xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo'lib, unga odam hayoti davomida o'rganib boradi.

Muloqot inson amaliy faoliyatining moddiy-ma'naviy shakillarini hamda uning ehtiyojlarini o'zida aks ettiradi. O'qituvchining o'quvchilar bilan muomala odobi. O'qituvchi va o'quvchi, domla va talaba o'rtasidagi munosabat va muomala madaniyat ularning fe'l-atvor, xulqi va olgan tarbiyasining amaliy hayotda namoyon bo'lishini bildiradi. Kishining madaniyati, avvalo uning muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatida ko'zga tashlanadi. O'qimishli, madaniyatli o'qituvchi hamkasbidan o'quvchisidan nimani, qanday so'rashni, u yoki bu masala yuzasidan murojaat qilish mumkinmi yoki yo'qligini, oilaviy munosabatlarga daxldor masalalarga munosabat bildirish zaruriyati bormi yo'qligini yaxshi anglaydi. Muomala jarayonida suhbatdoshning kayfiyatini ko'tarish, unga optimistic ruh bag'ishlash, uning o'z kuchiga ishonchini hosil qilish ham o'qituvchining eng muhim sifatlaridan biridir. Shuni alohida takidlash kerakki, tom ma'nodagi muomala madaniyatiga ega bo'lgan o'qituvchi shuhratparastlik, manmanlik, befarqlik, hasadgo'ylik, g'iybatchilik kabi illatlarga toqat qila olmaydi va unga qarshi kurashadi.

O'qituvchi muomala madaniyatining tarkibiy qismi nutq madaniyati bilan bog'liq. Chunki nutq va unda ifodalangan so'z kishiga ta'sir etuvchi qudratli psixolagik kuchga ega. Uni faqat o"zining mazmuni bilan emas, balki so'zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham tasir qilish darajasi va qudratini yanada orttirish mumkin.

Ingliz dramaturgi B.Shou aytganidek, "Ha" so'zini aytishning 50 dan ortiq uslubi bor, "Yo'q" so'zini ham shuncha uslubi bor, ammo bu so'zni yozishni faqat bir uslubi bor. Bu fikr zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik qochirim, ma'no yashiringan. O'qituvchi muloqotining negizida so'z, fikr turar ekan,fikrni bay on etish ifodasi har bir o'qituvchining saviyasi, ma'naviy dunyosi, madaniyatiga asoslanadi.

O'qituvchining muloqot madaniyati nafaqat shaxslararo munosabatlarga, balki shu bilan birga ishlab chiqarish, mehnat jamoasi, jamiyat hayotiga ham keragligini ham hisobga oladigan bo'lsak, bugungi kunda o'quvchi, talabalar fe'l-atvorini o'rganish ularning bir-biriga mehr-mruvvatli bo'lishga o'rgatish, diniy aqidaparastlik tomir otayotgan hozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish naqadar dolzarbligini anglash mumkin. Umuman olganda muloqot madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy ehtiyoj sifatida o'zini yo'qotmagan. Atoqli adib B.Shou so'zlari bilan aytganda "Biz hozir havoda qush kabi uchishni, baliq kabi suvda suzishni o'rganib olgan bo'lasakda,bizga bir narsa-insonlardek yashashni o'rganib olish yetishmaydi" Artur Kanon Doyl asarining qahramoni, mashhur izquvar Sherlok Xoms ta'kidlaganidek: "Har bir inson o'z xususiyatiga ko'ra hal

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume l issue l

etilmaydigan jumboq"dir. Kishilar xulqi, fe'l-atvori bilan bir-birlaridan farq qiladilar, ammo ular orasidagi o'xshashlik ma'lum darajada saqlanib qoladi.

Demak, odamzodning tashqi turq-tarovatigina, baliki ichki olami, maslagi, insoniy qiyofasi,hozirgi ko'rinishi uzoq tarixiy kamolot natijasidir. Bu kamolat zamirida esa kishilar o'rtasidagi muloqot hamda muomala madaniyati turganligi sir emas. Shu sababli o'qituvchining muloqat madaniyatida ham oqilona ehtiyojni anglab olish muhum vazifadir.

O'qituvchining ish faoliyati davomida o'quvchilar bilan muomala-munosabatlari katta o'rin egallaydi.Bu jarayonda bola insoniyat to'plagan bilmlarni,muomala qilish tajribalarini o'zlashtiradi. O'qituvchi esa pedagogic jarayonda asosiy shaxs bo'lib xizmat qiladi, chunki unga yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan.

O'qituvchi boshlang'ich sinf o'qivchilarnio'qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy vamilliy urf-odat meonlaridan saboq beradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilar muomala odobini, muloqot olib boorish yo'llarini asosan o'qituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo'lib qoladi.

O'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi talablardani bilri bolaning xulqini muomalasini, bola bajargan ishni oqilona, to'g'ri baholashdir. Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi muloqatni muhum sohalaridan biri hisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning turi nihoyata ko'p bilib, o'qituvchi tamonidan muloqat jarayonida bu ishlarning hususiyat, bajarish jarayoni, natijasi haqidi to'liq tushuntirishiga bog'liqdir.

O'qituvchi faoliyatida sharqona umuminsoniy qadryatlardan foydalanish. Milliy dastur, ta'lim to'g'risidagi qonunnan kelib chiqadigan vazifalarni maktab o'quvchilari, o'quv yurtlarining pedagogik hodimlari, professor-o'qituvchilari amalga oshiradilar. Shu bois pedagog hodimlar o'zlarining kasb sha'ni va qadr-qimmatlarini himoya qilishlari : Odob ahloq qoidalariga rioya etishlari, bola, o'quvch, o'quvchi-o'qituvchi,shaxsining qadr-qimmatini asrashlari : Bolalarning mehnatga, qonunlarga, ota-onalarga, ma'naviy-tarixiy, madaniy-milliy va umuminsoniy qadryatlarga hurmat, atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhuda tarbiyalashlari, Ibratli faolityatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy ahloq qoidalariga, haqiqat, adolat, vatanparvarlik, yahshilik va boshqa xayrlarga nisbatan etiborni qaror topdirishlari lozim.

O'zbekiston Respublikasining birinchi Prizidenti I.A.Karimovning deyarli barcha asarlarida, so'zlagan nutqlarida o'zbek xalqining ko'p asrlik ma'naviy, milliy qadryatlari ma'naviyatini belgilab beruvchi Qur'oni Karim, Hadisiy Sharif, Imom al-Buhoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, So'fi Olloyor, Sulaymon Boqirg'oni kabi

sc

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 1

mutafakkirlarining bebaho merosini, Al-Xorazimiy, Abu Nasr Farobiy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Mirzo Ulug'bek, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Kamoladdin Behzod kabi allomalrning jahon fani va madaniyatiga qo'shgan bebaho hissalarini o'rganish, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash zarurligi ta'kidlanadi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. V.M.Karimova. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent-1994

2. "Xalq ta'limi" jurnali. 2003-yil. 3 son

3. O'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent-2014

4. Elektron manba :WWW.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.