Научная статья на тему 'O’QITUVCHIGA XOS BO`LGAN MULOQOT PSIXOLOGIYASI'

O’QITUVCHIGA XOS BO`LGAN MULOQOT PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
696
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
optimistik ruh / shuhratparastlik / manmanlik / befarqlik / hasadgo’ylik / g’iybatchilik / diniy aqidaparast / turqi tarovatigina / ruhida tarbiyalashlari / insonparvarlashtirish / оптимистический настрой / честолюбие / высокомерие / равнодушие / ревность / сплетни / религиозный фанатизм / духовное освежение / нравственное воспитание / гуманизация.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxmudjonov Ibroximjon, Tojiddinova Layloxon

Ushbu maqolada O’qituvchi va talaba, domla va talaba o’rtasidagi munosabat va muomala madaniyati ularning fe’l-atvori, xulqi va olgan tarbiyasining amaliy hayotda namoyon bo’lishini bildiradi.O’qituvchi va talaba o’rtasidagi muomala madaniyati, o’zaro hurmat izzat va qadriyatlarga asoslanib ustoz otangdek ulug’ degan maqollarga asoslanib bugungi ustoz shogird a’nanali ham shunday olib boradimi yoki globallashuv davrida ushbu an’analardan uzoqlashib borayotganligini e’tirof etilmoqdami? Quyidagi maqolamizda shu haqida ma`lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье отношения и культура поведения между учителем и учеником, учителем и учеником, означает, что их характер, поведение и воспитание проявляются в практической жизни.Культура поведения между учителем и учеником, о Исходя из пословиц «учитель так же велик, как твой отец, основанный на взаимном уважении, чести и ценностях», следует ли сегодняшний учитель-ученик той же традиции, или признано, что он отходит от этих традиций в эпоху глобализация? В следующей статье содержится информация об этом.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHIGA XOS BO`LGAN MULOQOT PSIXOLOGIYASI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr j scientists.uz

O'QITUVCHIGA XOS BOLGAN MULOQOT PSIXOLOGIYASI Maxmudjonov Ibroximjon Tojiddinova Layloxon Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 3-bosqich talabalari https://doi. org/10.5281/zenodo.7357928

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'qituvchi va talaba, domla va talaba o'rtasidagi munosabat va muomala madaniyati ularning fe'l-atvori, xulqi va olgan tarbiyasining amaliy hayotda namoyon bo'lishini bildiradi.O'qituvchi va talaba o'rtasidagi muomala madaniyati, o'zaro hurmat izzat va qadriyatlarga asoslanib ustoz otangdek ulug' degan maqollarga asoslanib bugungi ustoz shogirda'nanali ham shunday olib boradimiyoki globallashuv davrida ushbu an'analardan uzoqlashib borayotganligini e 'tirof etilmoqdami? Quyidagi maqolamizda shu haqida ma lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: optimistik ruh, shuhratparastlik, manmanlik, befarqlik, hasadgo'ylik, g'iybatchilik,diniy aqidaparast, turqi tarovatigina,ruhida tarbiyalashlari, insonparvarlashtirish.

Аннотация. В данной статье отношения и культура поведения между учителем и учеником, учителем и учеником, означает, что их характер, поведение и воспитание проявляются в практической жизни.Культура поведения между учителем и учеником, о Исходя из пословиц «учитель так же велик, как твой отец, основанный на взаимном уважении, чести и ценностях», следует ли сегодняшний учитель-ученик той же традиции, или признано, что он отходит от этих традиций в эпоху глобализация? В следующей статье содержится информация об этом.

Ключевые слова: оптимистический настрой, честолюбие, высокомерие, равнодушие, ревность, сплетни, религиозный фанатизм, духовное освежение, нравственное воспитание, гуманизация.

Kirish. Kishining madaniyati, avvalo uning muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatida ko'zga tashlanadi. O'qituvchi muloqotining negizida so'z, fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir o'qituvchining saviyasi, ma'naviy dunyosi, madaniyatiga asoslanadi. O'qituvchining muloqot madaniyati nafaqat shaxslararo munosabatlarga, balki shu bilan birga ishlab chiqarish, mehnat jamoasi, jamiyat hayotiga ham kerakligini hisobga oladigan bo'lsak, bugungi kunda talaba, talabalar fe'l-atvorini o'rganish, ularning bir-birlariga mehrmuruvvatli bo'lishga o'rgatish, diniy aqidaparastlik tomir otayotgan hozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish naqadar dolzarbligini anglash mumkin. Umuman olganda, muloqot madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy ehtiyoj sifatida o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Kishilar xulqi, fe'l-atvori bilan bir-birlaridan farq qiladilar, ammo ular orasidagi o'xshashlik ma'lum darajada saqlanib qoladi. Demak, odamzotning tashqi turqi tarovatigina, balki ichki olami, maslagi, insoniy qiyofasi, hozirgi ko'rinishi uzoq tarixiy kamolot natijasidir. Bu kamolot zamirida esa kishilar o'rtasidagi muloqot hamda muomala madaniyati turganligi sir emas. Shu sababli o'qituvchining muloqot madaniyatida ham oqilona ehtiyojni anglab olish muhim vazifadir. O'qimishli, madaniyatli, o'qituvchi hamkasbidan, talabasidan nimani, qanday so'rashni, u yoki bu masala yuzasidan murojaat qilish mumkinmi yoki yo'qligini, oilaviy munosabatlarga daxldor masalalarga munosabat bildirish zaruriyati bormi yo'qligini yaxshi

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

anglaydi. Muomala jarayonida suhbatdoshining kayfiyatini ko'tarish, unga optimistik ruh bag'ishlash, uning o'z kuchiga ishonchini hosil qilish ham o'qituvchining eng muhim sifatlaridan biridir. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tom ma'nodagi muomala madaniyatiga ega bo'lgan o'qituvchi shuhratparastlik, manmanlik, befarqlik, hasadgo'ylik, g'iybatchilik kabi illatlarga toqat qila olmaydi va unga qarshi kurashadi.

Milliy dastur, ta'lim to'g'risidagi Qonundan kelib chiqadigan vazifalarni talabalar, o'quv yurtlarining pedagog xodimlari, professor o'qituvchilari amalga oshiradilar. Shu bois pedagog xodimlar o'zlarining kasbkor sha'ni va qadr-qimmatlarini himoya qilishlari: odobaxloq qoidalariga rioya etishlari, talaba, talaba va talaba, o'qituvchi talaba shaxsining qadr-qimmatini asrashlari; talabalarni mehnatga, qonunlarga, ota-onalarga, ma'naviy tarixiy, madaniy milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalashlari, ibratli faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq qoidalariga, haqiqat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik va boshqa xayrli xislatlarga nisbatan e'tiborni qaror toptirishlari lozim.

Asosiy qism O'qituvchining muomala madaniyatining tarkibiy qismi nutq madaniyati bilan bog'liq. Chunki nutq va unda ifodalangan so'z kishiga ta'sir etuvchi qudratli psixologik kuchga ega. Uni faqat o'zining mazmuni bilan emas, balki so'zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham ta'sir darajasi va qudratini yanada orttirish mumkin O'qituvchining ish faoliyati davomida talabalar bilan muomala munosabatlari katta o'rin egallaydi. Bu jarayonda talaba insoniyat to'plagan bilimlarni, muomala qilish tajribalarini o'zlashtiradi. O'qituvchi esa pedagogik jarayonda asosiy shaxs bo'lib xizmat qiladi, chunki unga yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O'qituvchi talabalarni o'qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf odat mezonlaridan saboq beradi. Talabalar muomala odobini, muloqot olib borish yo'llarini asosan o'qituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim talaba uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo'lib qoladi. O'qituvchi bilan talaba o'rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi talablardan biri talabaning xulqini, muomalasini, talaba bajargan ishni odilona, to'g'ri baholashdir.

Muloqotlar jarayonida o'qituvchi ayrim talablarga rioya qilishi shart: o'z ishi jarayonida o'qituvchi har bir talabaning qadr-qimmatini inson sifatida hurmat qilishi, talabaga nisbatan ishonchi; talabaga mehribon, g'amxo'r bo'lishi, shodligiga ham, tashvishlariga ham sherik bo'lish; talabalar bilan har qanday muloqot jaratyonida alohida yondashish, pedagogik taktni saqlash. O'qituvchi faoliyatida sharqona umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida taniqli psixolog B.F.Parigin shunday yozadi: a) individlarning o'zaro ta'sir jarayoni; b) individlar o'rtasidagi axborot almashinuv jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabat jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni; d) bir-biriga hamkorlik bildirish imkoniyatlari; e) shaxslarning bir-birini tushunish jarayoni. Muloqot o'z xususiyatlariga ko'ra turli shakl va ko'rinishlarga ega. Muloqot inson amaliy faoliyatining moddiy ma'naviy shakllarini hamda uning ehtiyojlarini o'zida aks ettiradi.

Muloqot inson faoliyatining ruhiy hamda ma'naviy asosi natijasida yuzaga kelaètgan ijtimoiy ehtiyojlar bilan birgalikda namoyon bo'ladi, «Shaxslar faoliyati motivatsiyasining asosi sifatida yuzaga chiqayotgan ehtiyoj, manfaat, manfaatdorlik kabi ijtimoiy iqtisodiy omillar ma'lum ma'noda ularni maqsadli o'y fikrlari, istaklari yuzaga chiqishiga ham sabab bo'ladi. Shaxslararo munosabatlarni, muloqot madaniyatini qay darajada shakllanishiga ham sezilarli ta'sir o'tkazadi. Binobarin, muloqot odamlar orasida amalga oshiriladigan faoliyatlar ichida

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

yetakchi o'rin egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojlarni jamiyatda yashash va o'zini shaxs deb hisoblash bilan bog'liq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati mislsiz».

Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari, ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-biri bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyati o'zaro munosabat va ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi. Chunki har qanday ish, avvalo odamlarning birbirlari bilan til topishish, bir-birlariga turli xil ma'lumotlarni uzatish, fikr almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab etadi. Shunday ekan, har bir shaxsning jamiyatda tutgan o'rni, ishlarining muvaffaqqiyati, obro'si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog'liqdir. Bir qarashda osonga o'xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo'lib, unga odam hayoti davomida o'rganib boradi. Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi.

Xulosa. Ko'pchilik jamiyat a'zolarining hayot - mamotlari, sog'ligi, ma'naviy sog'lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo'lishi kabi omillar o'shanday imtiyozli kasb egalarining o'z kasbiy burch mas'uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko'rishlariga bog'liqligi hammaga ma'lum. Bulardan tashqari, muallimlik odobi, huquq-tartibot xodimlari odobi, muhandis odobi singari bir qancha kasbiy odob turlari borki, ular hamjamiyatda axloqiy munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. Shuni ham aytish kerakki, barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining ta'sir doirasi, miqyosi bir xil emas. Ba'zi bir kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsizlik doirasidan chiqib, axloqsizlikka aylanib ketadi. Masalan, rahbarlik odobidagi ba'zi nuqtalarga to'xtalaylik. Rahbar quyi lavozimdagilarga mensimay, qo'pol munosabatda bo'lishi, o'ziga ishonib topshirilgan hudud yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz-dodiga, orzu - istaklariga to'ralarcha sovuqqon qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik orttirishi yo'lida korrupsiya vositasida mamlakat, viloyat yoki tashkilot manfaatlarini qurbon qilishi ahloqsizlik, nafaqat rahbarlik kasbiga balki Vatanga ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin. Ba'zan kasbiy odobni kasbiy ahloq deb atalishi ham shundan. Yuqorida keltirilganlardan ko'rinib turibdiki, kasbiy odob muammosi, ba'zilar o'ylaganidek, axloqshunoslikning mayda masalalaridan emas. Uni har tomonlama o'rganish kasbiy erkinlik va kasbiy burch munosabatini tadqiq etish XXI asr axloqshunosligida muhim o'rin egallashi mumkin. Zero kasbiy odob shaxs va jamiyat axloqiy hayotida o'zini amaliy axloq tarzida namoyon etuvchi ma'naviy hodisa sifatida baholanishi lozim.

REFERENCES

1.N.Muslimov va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi: Toshkent-2013.

2.Urazova M.B. Bo'lajak kasbiy ta'lim pedagogini loyihalash faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish: Ped. fan. dokt. ... diss. - T.: 2015. - 260 b.

3.Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - T.: Fan, 2005. - 205 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.