Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY MULTIMEDIA ILOVALARIDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY MULTIMEDIA ILOVALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
multimedia / “Khan Academy” / “GeoGebra” / “Moose Math” / “Marmar matematik ko'paytirish ilovasi” / “Desmos grafik kalkulyatori” burchak / to‘rtburchak / kreativlik / geometriya / idrok etish / qiziqish / мультимедиа / Академия Хана / GeoGebra / Moose Math / приложение для умножения Marble Math / угол графического калькулятора Desmos / прямоугольник / творчество / геометрия / восприятие / интерес.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ahmedov Alisher Hasan O‘G‘Li

Maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida foydalanish uchun eng kerakli multimedia ilovalari, undan foydalanish yo‘llari va samarasi haqida ma’lumotlar keltrilgan. Ushbu maqolada interaktiv multimedia ilovalari dars jarayonida foydalanish misollar orqali keltrib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

В статье представлена информация о наиболее необходимых мультимедийных приложениях для использования на уроках математики в начальной школе, способах их использования и их эффективности. В данной статье представлены примеры использования интерактивных мультимедийных приложений в учебном процессе

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY MULTIMEDIA ILOVALARIDAN FOYDALANISH»

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY MULTIMEDIA ILOVALARIDAN FOYDALANISH

Ahmedov Alisher Hasan o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi ahmedovalisher194@gmail.com UDK: 37.01:007

Annotatsiya: Maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida foydalanish uchun eng kerakli multimedia ilovalari, undan foydalanish yo'llari va samarasi haqida ma'lumotlar keltrilgan. Ushbu maqolada interaktiv multimedia ilovalari dars jarayonida foydalanish misollar orqali keltrib o'tilgan.

Kalit so'zlar: multimedia, "Khan Academy", "GeoGebra", "Moose Math", "Marmar matematik ko'paytirish ilovasi", "Desmos grafik kalkulyatori" burchak, to'rtburchak, kreativlik, geometriya, idrok etish, qiziqish.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССАХ

Аннотация: В статье представлена информация о наиболее необходимых мультимедийных приложениях для использования на уроках математики в начальной школе, способах их использования и их эффективности. В данной статье представлены примеры использования интерактивных мультимедийных приложений в учебном процессе.

Ключевые слова: мультимедиа, Академия Хана, GeoGebra, Moose Math, приложение для умножения Marble Math, угол графического калькулятора Desmos, прямоугольник, творчество, геометрия, восприятие, интерес.

USE OF MODERN MULTIMEDIA APPLICATIONS IN PRIMARY CLASS

MATHEMATICS LESSONS

Keywords: multimedia, Khan Academy, GeoGebra, Moose Math, Marble Math Multiplication App, Desmos Graphing Calculator Angle, Rectangle, Creativity, Geometry, Perception, Interest.

Abstract: The article provides information about the most necessary multimedia applications for use in elementary school mathematics classes, ways of

April 24, 2024

142

using them, and their effectiveness. In this article, examples of the use of interactive multimedia applications in the teaching process are presented.

KIRISH

Bugungi kunda boshlang'ich sinflarda matematika fanini o'qitish haqida gap ketganda, o'qituvchilar o'z o'quvchilarini o'quv jarayoniga jalb qilish uchun doimo innovatsion vositalar va resurslarni izlaydilar. Ayniqsa, boshlang'ich sinf matematika darslarida bolaning fanga bo'lgan qiziqishini oshirish, dars samaradorligini yaxshilash uchun albatta ilg'or va innovatsion multimedia ilovalaridan foydalanish zarur hisoblanadi. Texnologiyaning jadal rivojlanishi bilan interaktiv ilovalar matematika darslarini yaxshilash va mavzuni o'quvchilar uchun qulayroq va qiziqarli qilish uchun mashhur tanlovga aylandi. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tushunchalarni shakllantrish, dars samaradorligini oshirish uchun juda muhum bo'lgan interaktiv ilovlarni ko'rib chiqamiz. Ushbu ilovalarni o'z darslariga qo'shish orqali o'qituvchilar o'z o'quvchilarining turli ehtiyojlari va o'rganish uslublariga javob beradigan yanada interaktiv va dinamik o'quv muh itini yaratishi mumkin. Xususan, kichik maktab yoshidagi bolalarda hisoblash tushunchalari bilan birgalikda geometrik tushunchalarni shakllantirshda ushbu interaktiv ilovlarning o'rni beqiyos hisoblanadi.

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda zamonaviy muhitda ta'lim olayotgan o'quvchini an'anaviy dars jihozlari va ko'rgazmalari bilan diqqatini tortish va darsga qiziqtrish bir muncha mushkul vazifadir. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchilarining kichik maktab yosh davri o'yinga asoslangan, diqqati beqarordir. Shuni hisobga olsak, o'qituvchi dars o'tish metod va vositalarini tubdan o'zgartirish kerak bo'ladi. Buning uchun o'qituvchi dunyodagi rivojlangan malakatlar ta'lim tizimi, ular foydalanayotgan metod va zamonaviy vositalarini bilishi shart. Hozirgi kund a ta'lim jarayonida interfaol metodlar va ilg'or multimedia ilovalaridan foydalanish yangilik bo'lmay qoldi. Lekin shuni ham inobatga olish kerakki, ba'zi pedagoglar hali ham dars o'tishda an'anaviy usullardan foydalanib kelmoqda. Ayniqsa, matematika darslarida hali ham o'sha doska, hali ham qo'lda bajarilgan ko'rgazmali qurollar va h.k. Bunday dars o'qitish samarasini tushurish bilan birgalikda o'quvchining darsga bo'lgan qiziqishini susaytirib yuboradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son , 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha

April 24, 2024

143

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmonlarida umumta'lim tashkilotlar faoliyatini yanada rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish, ta'lim oluvchilarning bilimga bo'lgan qiziqishlarini rag'batlantirish, o'quvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichlarini yanada oshirishga qaratilgan vazifalarning ijrosini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirish ko'rsatib o'tilgan.

Asosiy qism

Dars jarayonlarida multimedia ilovalaridan foydalanish darsni yanada samaraliroq natijalarga olib kelishi barchaga ma'lum. Ayniqsa, matematika darslarini qiziqarli tashkil etish o'qituvchidan yuksak mahorat, kreativlik va kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilishini talab etadi. Bolalarda geometrik tushunchalarni shakllantrishda ilg'or multimedia ilovalaridan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Kichik maktab yoshidagi bolada asosiy faoliyat o'yin faoliyati bo'lganligi sababli o'qitishda o'yin faoliyati bilan birgalikda olib borishimiz kerak. Bu bilan bir vaqtning o'zida bolaning ham o'yin faoliyati ham dars faoliyati amalga oshiriladi. Matematika darslarida foydalanish uchun eng zarur deb hisoblangan bir nechta ilovalarni ko'rib chiqamiz:

"Khan Academy" ilovasi

Ushbu iloova barcha yoshdagi matematikani o'rganuvchilar uchun eng yaxshi ilovalardan biridir. Bu ilovada eng sodda metemtik tushunchalardan tortib, murakkab bo'lgan geometrik tushunchalarni o'rgatish uchun kerak bo'lgan barcha imkoniyatlarga ega. Ushbu ilova o'zining sodda dizayni, masala va misollarni sodda tilda tushunarli qilib ifodalanganligi bilan boshq ilovalardan farq qiladi. Bu ilovada matematika dasturiga javob beradigan 40000 dan ortiq qiziqarli misol masalalarni o'z ichiga olgan sanaladi. Yana ahamiyat beriladigan jihati bu - ilovadagi turli misol va masalalar tushunchalar turli tillarda berilganligan. Bu o'quvchiga bir muncha yengillik yaratadi. Masalalar sodda tushunarli, obrozli qilib berilgan. Bu ilovada o'quvchi xuddi matematika olamiga tushib qolganday his qiladi, o'quvchi o'zini juda erkin his qiladi. Yana bir qulaylik tarafi o'quvchi bu ilovadan o'z uyida ham bemalol foydaana oladi.

Ilovaning bosh sahifasida talabgor uchun qulaylik tug'dirish maqsadida barcha yo'nalishlar ko'rsatib o'tilgan. O'quvchi istalgan fanni tanlab ushbu fan yuzasidan yangi bilimlar va o'zlashtirgan bilimlarini mustaahkamlab oladi.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar geometrik tushunchalarni shakllantirishda ushbu ilova juda foydalidir. Bu ilovada sodda geometrik tushunchalardan tortib fazoviy shakllargacha tushunchalar keltirilgan. Bu ilovaning

April 24, 2024

144

ushbu qismidan boshlang'ich sinf matematika darslarida bemalol qo'llasa bo'ladi. Mashg'ulotlar shunday berilganki, bolaning yoshiga mos holda mavzular tushuntirilgan. Mashg'ulot so'ngida test yechib qay darajada mavzuni o'zlashtrilganini aniqlashtirib oladi. Ilova o'quvchining o'zlashtrishini avtomatik ravishda hisoblab boradi. Bu o'quvchida fanga bo'lgan qiziqishini, ishtiyoqini va kurashuvchanlik hislarini rivojlantradi.

"Moose Math" ilovasi

Ushbu ilovada bolalar matematik sarguzashtga chiqadi, ya'ni matematikani o'yin orqali o'zlashtirishga ko'maklashadi. Bu ilovada o'quvchilar hisoblash, qo'shish, ayirish, saralash, geometriya va boshqalarni o'rgatadi. Ilovaning bosh qahramoni o'rdak hisoblanadi. O'quvchilar o'rdakka yordam berish orqali o'zi bilmagan holda matematik topshiriqlarni bajaradi. O'yin davomida bolalar o'z shaharlarini bezash va o'yinning g'alati qahramonlari bilan aloqalarini kengaytirish uchun mukofotlarga ega bo'lishadi. Bu ularni oldinga intilishga undaydi. O'quvchilarda kurashuvchanlik xislatini shakllantiradi. Ushbu ilovaning yana bir muhum jihati berilgan topshiriqlar ta'lim standartlariga mos kelishidir.

Ushbu ilova 5 ta qiziqarli matematik faoliyatni o'z ichiga oladi:

1. Sanoq, qo'shish va ayirish mashqlarini bajarib, smeta tayyorlash;

2. Nuqtalar sonini sanash orqali uy hayvonlarini moslash;

3."BINGO"ni olish uchun qo'shish, ayirish va hisoblash masalalarini yechish;

4. Shakllar va ranglar bo'yicha o'rganish va tartiblash;

5. Dust Funnyga raqamlar naqshlarini yechish va nuqtalarni birlashtirish orqali uyiga yo'l topishiga yordam berish.

Ko'rinib turubdiki, bu ilova o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi, shu bilan birga fanga bo'lgan qiziqishini yanada oshiradi. Bundan tashqari o'quvchi ta'til vaqtida bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, bilimlarini mustahkamlash uchun ham kerakliligi bilan ham ahamiyatlanadi.

"GeoGebra" ilovasi

GeoGebra - bu boshlang'ich sinf asboblar paneli arsenaliga qo'shish uchun mukammal dastur. Ushbu noyob ilova grafik, elektron jadvallar, geometriya, algebra va ehtimollarni bir joyda birlashtiradi. Hatto fan darslarida ham foydalanish mumkin.

Sinfdagi o'quvchilarga matematikani o'rgatish uchun aniq, batafsil tasvirlar bilan interaktiv xususiyatlarni sinab ko'rishingiz mumkin. 3D tasvirlarni aks ettirish uchun yomon chizilgan parabolalar yoki 2D shakllarga tayanishingiz shart emas. O'quvchilar interfaol asboblar paneli yordamida o'quvchilar masalalarni yechish yo'llarini to'g'riroq tushunishlari mumkin bo'ladi.

"GeoGebra" ilovasi xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

April 24, 2024

145

• Grafiklarni chizish va tenglamalarni yechish qobiliyati;

• Interfaol geometrik dizaynlar va 3D grafikalar bilan o'zaro ishlash qobiliyati;

• 3D grafik xususiyatlari (geometriya);

• Elektron j adval rej imida statistik tahlil ;

• Ilovaga o'rnatilgan bepul istiqbolli vazifalar;

• Natijalaringizni saqlash va almashish imkoniyati;

Bundan tashqari bu ilova o'quvchilar auditoriyasi bilan onlayn vazifa bajarish uchun ham mo'ljallangan. O'qituvchi shunchaki kompyuterda ushbu ilovaga kiradi va bepul ko'rgazmadan foydalanadi. Undagi 3D geometrik shakllar o'quvchilarni geometriya olamiga sayoxat qildiradi. Ushbu ilovada 300 dan ortiq boshlang'ich sinflar uchun mo'ljallangan innovatsion o'yin shaklidagi topshiriqlar mavjud.

Xulosa va tavsiyalar

Xulosa qilib aytganda, bugungi rivojlanib borayotgan zamonda darslarni zamonaviy kompyuter texnologiyalari, zamonaviy multimedia texnologiyalari va ilovalari orqali amalga oshirish juda ham zarur hisoblanadi. Hozirgi zamon darsliklaridagi topshiriqlarni tushuntrish uchun an'naviy ko'rgazmali qurollardan ko'ra zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay va samarali ekanligi hech kimga sir emas. Shularni inobatga olgan holda, maqolada ko'rsatib o'tilganidek zamonaviy usullaran foydalanib darslarni tashkil qiladigan bo'lsak, albatta buning natijasi juda yaxshi bo'ladi.

Shularni inobatga olgan holda, biz quyidagilarni tavsiya beramiz:

1. Dars mashg'ulotlari davomida multimedia ilovalaridan foydalanilsa, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlari va darslarga qatnashishi to'liq ta'minlanadi.

2. Matematika darslarida geometrik tushunchaklarni shakllantrishda "Khan Academy" ilovasidan foydalanilsa o'quvchining fanni o'zlashtrishiga yaxshi samara beradi.

4. "Khan Academy" ilovasi nafaqat geometrik tushunchalar matematika fanining barcha bosqichlarida samarali foydalansa bo'ladi.

5. O'quvchilarga uyga berilgan vazifalarga qo'shimcha ravishda ushbu ilovalardagi misol va masalalarni mustaqil ravishda bajarish uchun qo'shimcha topshiriq sifatida bersa ham bo'ladi.

7. Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kompyuter va multimedia texnologiyalaridan foydalanish ko'rsatkichlarini shakllantirish, uni baholash va rag'batlantirib borish ularni bu sohadagi rivojlanishini ta'minlaydi.

146

April 24, 2024

8. O'quvchilaming intemetdan to'g'ri foyydalanish, internetning samarali jixatlarini o'quvchiga yetkazishda ham ushbu ilovalarning o'rni beqiyosdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmonihttps://lex.uz/ru/docs/-3893445.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabr, PF-5538-son "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni. -T.:2018. manba: https://lex.uz/ru/docs/-3893445

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 aprel, PF-5712-son "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsyepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi" Farmoni. -T.:2019. manba: https://lex.uz/docs/-4312785

4. I.V.Repyova "Matematika" 2-sinf Matematika kitobi, 2-qism-Toshkent:"Novda Edutainment" nashriyoti, 2023

5. Suyarov Akram Musayevich, dotsent, PhD "Ta'lim tizimida interfaol multimedia vositalaridan foydalanishning imkonoyatlari «Нoвoсти oбрaзoвaния: исследoвaние в XXI веке», № 7 (100), 4acTb 1 «Hobocth oбрaзoвaния: исследoвaние в XXI веке» феврадь, 2023 г

6. https://uz.khanacademy.org/

7. https: //www.lex.uz/uz/

8. https://www.geogebra.org/

147

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.