Научная статья на тему 'BOLALARDA YO’TAL BILAN KECHUVCHI NAFAS A’ZOLARI KASALLIKLARINI DAVOLASHDA DORIVOR O’SIMLIKLARNI QO’LLASH SAMARADORLIGINI O’RGANISH'

BOLALARDA YO’TAL BILAN KECHUVCHI NAFAS A’ZOLARI KASALLIKLARINI DAVOLASHDA DORIVOR O’SIMLIKLARNI QO’LLASH SAMARADORLIGINI O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
164
128
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nafas a’zolari kasalliklari / yo’tal / bolalar / dorivor o’simliklar preparatlari

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Shayxova M.I., Ganiyeva D.K., Karimova D.I.

. Mamlakatimiz turli xil kasalliklarni dorivor o’simliklar asosida davolash bo’yicha o’zining ko’p asrlik an’analariga egadir. Ma’lumki dorivor o’simliklar asosida tayyorlanadigan dori vositalari, shu jumladan dorivor damlamalar qator afzalliklarga ega bo’lib, ular quyidagilarda ifodalanadi: dori vositasining tegishli samaradorligiga ega bo’lgan holda, bezararligi (kam zaharliligi); ularning “mayin” ta’siri; tez va oson tayyorlash imkoniyatlari mavjudligi; alohida murakkab texnologik uskunalar talab etilmasligi; arzonligi va boshqalar. Ushbu maqolada bolalarda yo’tal bilan kechuvchi nafas a’zolari kasalliklarini davolashda dorivor o’simliklarni qo’llash samaradorligini o’rganish, fitoterapiya usullari haqida zamonaviy adabiyotlardagi ma’lumotlarning sharxi keltirilgan. Bolalarda nafas a’zolarining o’tkir va surunkali kasalliklarida dorivor o’simliklarni ratsional qo’llash bo’yicha tavsiyalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA YO’TAL BILAN KECHUVCHI NAFAS A’ZOLARI KASALLIKLARINI DAVOLASHDA DORIVOR O’SIMLIKLARNI QO’LLASH SAMARADORLIGINI O’RGANISH»

BOLALARDA YO'TAL BILAN KECHUVCHI NAFAS A'ZOLARI KASALLIKLARINI DAVOLASHDA DORIVOR O'SIMLIKLARNI QO'LLASH SAMARADORLIGINI

O'RGANISH 1Shayxova M.I., 2Ganiyeva D.K., 3Karimova D.I.

1,2'3Toshkent pediatriya tibbiyot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo. 8360174

Annotatsiyasi. Mamlakatimiz turli xil kasalliklarni dorivor o'simliklar asosida davolash bo'yicha o'zining ko'p asrlik an'analariga egadir. Ma'lumki dorivor o'simliklar asosida tayyorlanadigan dori vositalari, shu jumladan dorivor damlamalar qator afzalliklarga ega bo'lib, ular quyidagilarda ifodalanadi: dori vositasining tegishli samaradorligiga ega bo'lgan holda, bezararligi (kam zaharliligi); ularning "mayin" ta'siri; tez va oson tayyorlash imkoniyatlari mavjudligi; alohida murakkab texnologik uskunalar talab etilmasligi; arzonligi va boshqalar.

Ushbumaqoladabolalardayo'talbilan kechuvchinafasa'zolari kasalliklarini davolashda dorivor o'simliklarni qo'llash samaradorligini o'rganish, fitoterapiya usullari haqida zamonaviy adabiyotlardagi ma'lumotlarning sharxi keltirilgan. Bolalarda nafas a'zolarining o'tkir va surunkali kasalliklarida dorivor o'simliklarni ratsional qo'llash bo'yicha tavsiyalar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: nafas a'zolari kasalliklari, yo'tal, bolalar, dorivor o'simliklar preparatlari.

Аннотация. В нашей стране есть свои многовековые традиции лечения различных заболеваний на основе лекарственных растений. Известно, что лекарственные средства, приготовленные на основе лекарственных растений, в том числе лекарственные настойки, обладают рядом преимуществ, которые выражаются в следующем: безвредность (низкая токсичность) лекарственного средства при соответствующей эффективности; их "мягкое" действие; наличие быстрых и простых вариантов приготовления; отсутствие необходимости в отдельном сложном технологическом оборудовании; низкая стоимость и др.

В данной статье представлен обзор информации из современной литературы об эффективности применения лекарственных растений, о методах фитотерапии при лечении респираторных заболеваний, сопровождающихся кашлем у детей.

Даны рекомендации по рациональному применению лекарственных препаратов при лечении острых и хронических заболеваний дыхательных путей у детей.

Ключевые слова: заболевания органов дыхания, кашель, дети, лекарственные растения.

Yo'tal ko'pgina o'tkir va surunkali bronx-o'pka kasalliklarining ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. Yo'tal organizmning murakkab refektor himoya-moslashuv reaksiyasi bo'lib, nafas yo'llaridan yot jism va/yoki patologik traxeobronxial sekretlarni chiqarib tashlashga yo'naltirilgan va shu tarzda, nafas trakti bo'ylab havo oqimining samarali o'tishini saqlab qoladi. Yo'tal burun bo'shlig'i, tomoq, traxeya, bronxlar yo'tal retseptorlarining ta'sirlanishi natijasida yuzaga keladi. Tomoqning orqa devori, ovoz tirqishi, traxeya, plevraning "yo'tal zona" lari ta'sirlanganida yo'tal oson yuzaga keladi. Yallig'lanish (shilliq qavatining shishi, sekret ajralishi), mexanik (yot jism, limfa tugunlarining kattalashishi, o'sma) va kimyoviy omillar asosiy irritativ omillar bo'lib hisoblanadi. Uzunchoq miyaning yo'tal markaziga nerv impul'slari o'tkazilganidan so'ng javob reaksiyasi shakllanadi.

Yo'tal xarakteri (quruq va nam), intensivligi (kuchsiz va kuchli), davomiyligi (epizodik,qisqa vaqtli yoki xurujsimon va doimiy), kechishi (o'tkir - 3 haftagacha, cho'ziluvchan - 3 haftadan ortiq va surunkali - 3 oy va undan ortiq) bo'yicha tasniflanadi.

Yo'tal bolalar shifokoriga murojaat etishning eng ko'p sabablaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Tadqiqot maqsadi. Bolalarda yo'tal bilan kechuvchi nafas a'zolari kasalliklarini davolashda dorivor o'simliklarni qo'llash samaradorligini o'rganish.

Tadqiqot materiallari va usuli. Biz tomondan bolalarda yo'tal bilan kechuvchi nafas a'zolari kasalliklarini davolashda dorivor o'simliklarni qo'llash samaradorligini o'rganish bo'yicha zamonaviy adabiyotlar taxlili olib borildi.

Dorivor o'simliklar ko'p asrlar davomida turli kasalliklar, shu jumladan nafas a'zolari kasaliklarini davolash uchun foydalaniladi.

Yo'talni davolashda ko'p sonli dori vositalaridan foydalaniladi, ularni tanlashda yo'talni keltirib chiqargan sababi va yo'tal xarakteri e'tiborga olinadi. Bronx-o'pka patologiyasini dorivor preparatlar bilan davolashda quyidagilar asosiy tamoyillari bo'lib hisoblanadi:

• Balg'am ko'chiruvchi vositalarni qo'llashda ko'p suyuqlik, ya'ni achchiq bo'lmagan choy, kompot, mors, mevalar damlamalari va b. ichish, nafas yo'llarini namlash tavsiya etiladi. Adekvat gidratatsiya balg'amni samarali suyultirish va ko'chirish uchun zarur.

• Bronx-o'pka patologiyasi bo'lgan bolalarni davolash kompleksida balg'amni samarali evakuatsiya qilish uchun ingalatsiya va kinezioterapiya (massaj, postural drenaj, nafas gimnastikasi) dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

• Bronxial obstruksiyaning mavjudligi har doim balg'am evakuatsiyasini yomonlashtiradi. SHuning uchun bronxial o'tkazuvchanlik buzilishining klinik va funksional belgilari bo'lganida bronxolitiklarni birgalikda tayinlash zarur.

• Ko'pgina balg'am ko'chiruvchilardan foydalanganda terapevtik ta'sir odatda darhol emas, balki davolanishning 2-4 kunida sodir bo'ladi.

• Shuningdek bolalarda balg'am ko'chiruvchi vositalarning sedativ va yo'talga qarshi preparatlar bilan kombinatsiyasi noratsional hisoblanadi.

• Ba'zida balg'am ko'chiruvchi dorilarni buyurishda balg'am yopishqoqligining keskin pasayishi va ajratilgan miqdorining sezilarli darajada oshishi sodir bo'ladi, bu bronxial o'tkazuvchanlikning yomonlashishiga olib keladi. Klinik jihatdan bu yo'talning kuchayishi, na fas qisilishi, bolaning umumiy holatining yomonlashishi bilan namoyon bo'ladi. Bunday hollarda balg'am ko'chiruvchi dorilarning dozasini bekor qilish yoki kamaytirish kerak.

• Erta yoshdagi bolalarda, shuningdek, qusuq refleksi kuchli va aspiratsiya xavfi yuqori bo'lsa, sekretsiya hajmini oshiradigan, shuningdek, qusish va yo'tal reflekslarini kuchaytiradigan balg'am ko'chiruvchi dorilarni qo'llash mumkin emas.

Quyuq, yopishqoq, qiyin ajraluvchi balg'am bilan kechuvchi yo'talda mukolitiklar tavsiya etiladi. Mukolitik preparatlar, murakkab mutsinlarni parchalash bilan uni suyultirib, balg'amning fzik va kimyoviy xossalariga ta'sir ko'rsatadi. Bu guruxdagi preparatlar quyuq, yopishqoq, qiyin ajraluvchi balg'am bilan yo'tal kuzatilgan holatlar, masalan, bronx-o'pkaning surunkali yallig'lanishli jarayonlarida qo'llaniladi. Balg'amning oqimi buzilganida uni suyultirish bronxlarning sekret bilan to'lishiga olib keladi, shuning uchun mukolitiklar qabul qilishda bronxlarning adekvat drenaji (postural drenaj, ko'krak qafasining vibromassaji) ta'minlanishi zarur. Agar yo'tal kam kuzatilsa, balg'am yopishqoq bo'lmasa balg'am ko'chiruvchi preparatlardan foydalanish mumkin.

Hozirgacha pediatrlar amaliyotida an'anaviy balg'am ko'chiruvchi vositalar keng qo'llaniladi. Ular orasida reflektor ta'sirga ega dorivor o'simlik preparatlari eng ko'p tarqalgan. Hozirgi vaqtda dori-darmonlarni tayyorlash uchun boshlang'ich material sifatida o'simlik xom ashyosi bir qator ijobiy fazilatlari tufayli o'z ahamiyatini yo'qotmagan: o'simlik preparatlari yengil ta'sirga ega, nojo'ya ta'sirlarni kamroq keltirib chiqaradi, yaxshi qabul qilinadi va uzoq vaqt davomida ishlatilishi mumkin, bu esa pediatriyada ayniqsa muhimdir.

Reflektor ta'sir qiluvchi o'simlik preparatlari og'iz orqali qabul qilinganda oshqozon retseptorlarini o'rtacha ta'sirlaydi, so'lak bezlari va bronxlar shilliq bezlari sekretsiyasini reflektor ravishda kuchaytiradi. Bu guruhga termopsis, tog'rayxon, bog' gulrayxoni, oq qaldirmoq (mat' -i-machexa), bagul'nik, bargizub, uch rangli binafsha-kapalakgul, ipekakuana ildizlari, qizilmiya, istoda, gulxayri, qarag'ay kurtaklari, qizilmiya mevalari, terpingidrat, efir moylari va boshqalar kiradi.

Alkaloidlar va saponinlar balg'am ko'chiruvchi dorivor o'simliklarlarining faol prinsipi bo'lib, ular plazma transudatsiyasini oshirish, bronxlarning motor funksiyasini kuchaytirish va gastropul'monal refleksni faollashtirish orqali balg'am regidratatsiyasiga hissa qo'shadi, bronxlarning peristaltik qisqarishini kuchaytiradi va lipillovchi epiteliyning faolligini oshiradi. Qator o'simlik preparatlari (tog'jambil-tim'yan, rosyanka, termopsis, ipekakuana va b.) sekretor hujayralarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi, natijada shilliq sekretsiyasi oshadi. Reflektor ta'sirga ega qator dori vositalari shuningdek rezorbtiv samaraga ega: tarkibidagi efir moylari nafas yo'llari orqali chiqariladi va sekretsiyani kuchaytiradi va balg'amni suyultiradi. Ushbu preparatlarni, ko'p suyuqlik ichish bilan, kichik dozalarda tez-tez (har 2-4 soatda) qabul qilish tavsiya etiladi. Shu bilan birga dorivor o'simlik vositalari bronxial sekret xajmini oshirishi mumkin, erta yoshdagi bolalar balg'amni chiqarib tashlashga qodir bo'lmaydi, bu esa o'pka drenaj funksiyasining buzilishiga olib keladi. Ushbu yoshda dorivor o'simlik vositalari bilan davolashda qusish va yo'tal markazlarini ortiqcha stimullash aspiratsiyaga (ayniqsa MAT perinatal shikastlanishida) olib kelishi mumkin. O'simlik preparatlarini pollinoz, allergik anamnezi notinch bo'lgan bemorlarga tavsiya etish mumkin emas, chunki allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi yoki kuchaytirishi mumkin. Tibbiyot amaliyotida ko'pincha tabiiy balg'am ko'chiruvchi dori vositalaridan foydalaniladi. Shunday zamonaviy balg'am ko'chiruvchi vositalardan biri, o'z tarkibida tog'jambil va bargizub saqlagan Evkabal siropidir. Yallig'lanishga qarshi, balg'am ko'chiruvchi va spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. Tog'jambil yarimbuta o'simlik bo'lib, yer ustki qismi tarkibida efir moyi (timol, karvokrol), saponinlar va b. moddalar mavjud. Damlamasi, suyuq ekstrakti balg'am ko'chiruvchi va og'riq qoldiruvchi dori sifatida qo'llaniladi. Bargizub bir va ko'p yillik o'simliklar turkumiga kiradi. yer ustki qismi, urug'i va bargi tarkibida shilliq moddalar, aukubin glikozidi, vitaminlar S va K, karotin va b.lar bor. Shuningdek bargizub ekstrakti balg'am ko'chiruvchi, antimikrob, yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va spazmolitik xossalarga ega, nafas yo'llari lipillovchi epiteliy kiprikchalarining faolligini kuchaytiradi. Tog'jambil bronxlar shilliq qavati sekretining miqdorini oshiradi, balg'amni suyultiradi, evakuatsiyasini tezlashtiradi. Timol antibakterial, zamburug'ga qarshi va antioksidant xossalarga ega. Tog'jambil barglari ekstrakti spazmolitik, antibakterial vosita bo'lib hisoblanadi, ftonsidlarni saqlagan. Ushbu preparatni qo'llash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan tayinlanadi. Nafas yo'llari yallig'lanishining yengil shakllarida odatda 2 hafta davomida, kasallik belgilari yo'qolganidan so'ng yana 2-3 kun qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatni qabul qilishdan avval flakon chayqatiladi. 6 oylikdan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga bir choy qoshiqdan kuniga 1 mahal

beriladi. Kichik yoshdagi bolalarga bir choy qoshiqdan kuniga 2 mahal, maktab yoshidagi bolalarga 1 osh qoshiqdan 2 mahal ovqatdan keyin suyultirmasdan ichish tavsiya etiladi.

Evkabal siropining ijobiy samarasi qator eksperimental va klinik tadqiqotlarda namoyish etilgan. Xususan, ushbu siropni qo'llagan o'tkir bronxit bilan og'rigan bolalarda davo samarasi 3-kunidayoq namoyon bo'lgan, 85% bemorlarda balg'am ko'chishi yaxshilangan, yo'tal kamaygan, 80% bemorlarda og'riq kamaygan. Davoning boshlanishi bilan taqqoslaganda balg'amning adgezivligi deyarli 2-3 baravarga kamaygan. Barcha bemor bolalar dorini yaxshi qabul qilganlar. Bularning barchasi o'z tarkibida tog'jambil va bargizub saqlagan o'simlik preparatining klinik jihatdan samarali ekanligini isbotlaydi.

Bugungi kunga qadar dorivor o'simlik preparatlari, o'zining nisbatan xavfsizligi, yengil ta'sir ko'rsatishi va samaraliligi tufayli, bolalarda mukolitik terapiyada ahamiyatli o'rinni egallagan.

Xulosa. Yo'tal bilan og'rigan bemorlarni muvaffaqiyatli davolash uchun bir nechta shartlar zarur. Yo'talga shikoyati bo'lgan bemorni kuzatuvchi shifokor o'z vaqtida to'g'ri tashxis qo'yishi va klinik vaziyatni hisobga olgan holda adekvat davoni tavsiya etishi lozim. Dori tanlashda ratsional farmakoterapiya qoidalariga rioya qilish kerak, ya'ni yuqori klinik ta'sirga ega va bemor uchun xavfsiz bo'lgan dori vositalaridan ko'rsatma bo'yicha foydalanish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, tarkibida tog'jambil va bargizub ekstraktini saqlagan dorivor preparatlar, pediatriya amaliyotida yuqori darajadagi xavfsizlik va terapevtik samaraga ega bo'lib, yo'tal va bronx obstruksiyasi bilan kechuvchi nafas a'zolari kasalliklarini davolashda tavsiya qilish uchun ko'rsatma bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. Зайцев А.А. Кашель. Подходы к диагностике и лечению// Consilium medicum. 2013. Т. 15. № 3. С. 50-54.

2. Мизерницкий Ю.Л. Отхаркивающие и муколитические средства в терапии бронхолегочных заболеваний у детей: Руководство по фармакотерапии в педиатрии и детской хирургии / под общ. ред. А.Д. Царегородцева, В.А. Таболина Т. 1. Фармакотерапия в педиатрической пульмонологии / под ред. С. Ю. Каганова. М.: Медпрак-тика-М, 2002. С. 123-140

3. Мизерницкий Ю.Л., Мельникова И.М. Принципы терапии кашля при респираторных инфекциях у детей // Центрально-Азиатский медицинский журнал. 2016. № 22(2). С. 245-249.

4. Привалова Т.Е., Шадрин С.А., Шадрина Э.М. Новые фитопрепараты при лечении кашля у детей младших возрастных групп с острыми респираторными заболевания-ми // Вопросы современной педиатрии. 2007. Т. 6. №4. С. 128-131.

5. Синева Т., Кузнецова А. Сиропы для лечения кашля у детей // Новая аптека. 2016. № 11. С. 36-41.

6. Сорока Ю.А. Муколитическая терапия в педиатрической практике // Здоровье ребенка (Донецк). 2010. № 1(22). С. 73-78.

7. Таточенко В.К. (ред.). Практическая пульмонология детского возраста (справочник). М., 2000. 268 с.

8. Ярощук Л.Б. Растительные препараты при кашле у детей: целесообразность при -менения и клиническая эффективность: Сб. трудов Национального института

фтизиатрии и пульмонологии им. Ф. Г. Яновского AMH Украины. Киев, 2007. С. 1922.

9. Ganiyeva D.K., Shayxova M.I., Karimova D.I. Erta yoshdagi bolalarda yo'tal bilan kechuvchi nafas a'zolari kasalliklarini davolashda ftopreparatlarni qo'llash samaradorligini o'rganish. Biomeditsina va amaliyot jurnali 2-maxsus son 4-qism. Toshkent,may, 2020y. 458-462-b.

10. Ganiyeva D.K., Shayxova M.I., Maxkamova G.T. Bolalarda pnevmoniyani davolashning zamonaviy tamoyillari va immunologik korreksiyasining o'ziga xosligi. Pediatriya jurnali 1 -son. Toshkent, 2023. 322-327-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.