ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№2 | 2022
JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ
Ибрагимова Марина Фёдоровна
Ассистент кафедры педиатрии №1 и неонатологии Самаркандский Государственный Медицинский Университет.
Узбекистан, Самарканд Атаева Мухиба Сайфиевна Старший преподаватель кафедры педиатрии №1 и неонатологии Самаркандский Государственный Медицинский Университет Узбекистан, Самарканд
ОПТИМИЗАЦИЯ ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ АТИПИЧНОЙ ПНЕВМОНИИ У ДЕТЕЙ
For citation: Ibragimova M.F., Atayeva M.S. OPTIMIZATION DIAGNOSIS AND TREATMENT OF COMMUNITY-ACQUE PNEUMONIA WITH ATYPICAL ETIOLOGY. Journal of cardiorespiratory research. 2022, vol 3, issue 2, pp.
http: //dx. doi.org/10.5281/zenodo.6735318
АННОТАЦИЯ
Своевременная диагностика и лечебная тактика при пневмонии является одной из наиболее актуальных проблем современной педиатрии. В зависимости от назначенной терапии 62 пациентов в возрасте от 3 до 12 лет были разделены на 2 группы, которые находились на стационарном лечение в Самаркандском Филиале республиканского научного центра экстренной медицинской помощи, в отделениях педиатрии №1,2. В основную группу включены 31 детей, у которых терапия пневмонии сопровождалась назначением Кларитромицина в возрастной дозировке. В контрольную группу вошли 31 больных, получавшие антибактериальный препарат Амоксициллин. Для уточнения атипичной флоры внебольничной пневмонии применяли методы ПЦР, который позволяет выявлять и идентифицировать бактерий без выделения чистых культур. В конечном итоге применение препаратов приводило к достоверному снижению длительности стационарного лечения, так пациенты I группы находились в клинике в среднем 1,1 койко-дня меньше в сравнении с пациентами II группы.
Ключевые слова: лечение, атипичная пневмония, антибиотикотерапия, кларитромицин, дети.
Ibragimova Marina Fedorovna
Assistant of the Department of Pediatrics № 1 and Neonatology Samarkand State Medical University Uzbekistan, Samarkand Atayeva Mukhiba Sayfievna Senior Lecturer of the Department of Pediatrics № 1 and Neonatology Samarkand State Medical University Uzbekistan, Samarkand
OPTIMIZATION DIAGNOSIS AND TREATMENT OF COMMUNITY-ACQUE PNEUMONIA WITH ATYPICAL ETIOLOGY
ANNOTATION
Timely diagnosis and treatment tactics for pneumonia is one of the most urgent problems of modern pediatrics. Depending on the prescribed therapy, 62 patients aged 3 to 12 years were divided into 2 groups, who were hospitalized at the Samarkand Branch of the Republican Scientific Center for Emergency Medical Care, in pediatric departments No. 1,2. The main group included 31 children in whom pneumonia therapy was accompanied by the appointment of Clarithromycin at an age dosage. The control group included 31 patients who received the antibacterial drug Amoxicillin. To clarify the atypical flora of community-acquired pneumonia, PCR methods were used, which makes it possible to detect and identify bacteria without isolating pure cultures. Ultimately, the use of drugs led to a significant reduction in the duration of inpatient treatment, so patients of group I were in the clinic on average 1. 1 bed-days less compared to patients of group II. Keywords: treatment, atypical pneumonia, antibiotic therapy, clarithromycin, children.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№2 I 2022
Ibragimova Marina Fedorovna
1-son pediatriya va neonatologiya kafedrasi assistenti Samarqand davlat tibbiyot universiteti O'zbekiston, Samarqand Atayeva Muxiba Sayfievna 1-son pediatriya va neonatologiya kafedrasi katta o'qituvchisi Samarqand davlat tibbiyot universiteti O'zbekiston, Samarqand
BOLALARDA ATIPIK PNEVMONIYANI DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
ANNOTATSIYA
Pnevmoniyani o'z vaqtida tashxislash va davolash taktikasi zamonaviy pediatriyaning eng dolzarb muammolaridan biridir. Pnevmoniya bolalarda kasalxonaga yotqizilganlardan eng keng tarqalgan kasallikdir. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga, 1,2-sonli pediatriya bo'limlariga yotqizilgan 3 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan 62 nafar bemor 2 guruhga bo'lingan bo'lib, ular belgilangan terapiyaga qarab davollangan. Asosiy guruhga 31 bolani o'z ichiga oladi va terapiyasida Klaritromitsin preparati qo'llanilgan. Nazorat guruhini 31 bemor tashkil qildi va davollashda Amoksitsillin preparati qabul qiligan. Pnevmoniyaning atipik florasini aniqlash uchun PCR usullari qo'llanildi. Ushbu usul atipik bakteriyalarni aniqlash uchun yuqori diagnostika aniqligi bilan tavsiflanadi. Klaritromitsin preparatini qo'llaganda bemorlarning statsionarda davolanish muddatini sezilarli darajada qisqartirishga olib keldi, shuning uchun I guruh bemorlari II guruh bemorlariga nisbatan o'rtacha 1,1 yotoq-kunga kam statsionarda bo'lishdi.
Kalit so'zlar: davolash, atipik pnevmoniya, antibiotik terapiyasi, klaritromitsin, bolalar.
Dolzabligi: Pnevmoniyani o'z vaqtida tashxislash va davolash taktikasi zamonaviy pediatriyaning eng dolzarb muammolaridan biridir. Pnevmoniya bolalarda kasalxonaga yotqizilganlardan eng keng tarqalgan kasallikdir [2,5]. O'pka to'qimalarining yallig'lanishi muammosining dolzarbligi, yosh bolalar o'rtasida pnevmoniyadan o'limning yuqori darajasi, shuningdek, davolanishning yuqori narxi bilan izohlanadi [4]. Bolalardagi pnevmoniyaning yomon oqibatining asosiy sabablari orasida bu kech tashxis qo'yilishi va optimal terapiya belgilanmaganligi. Davolashni optimallashtirish haqida gapirganda, shuni esda tutish kerakki, pnevmoniyani davolash uchun antibiotiklarni tanlash uning etiologiyasiga qarab lozim [3,6]. Pnevmoniyaning atipik kechishi keltirib chiqaradigan asosiy patogenlar mikoplazma, xlamidiya, legionella hisoblanadi. Mikoplazmali pnevmoniyaning eng keng tarqalgan qo'zg'atuvchisi M. pneumoniae hisoblanadi. Mikoplazmali pnevmoniya bilan kasallanish bolalar va o'smirlarda ko'proq uchraydi. Maktablar va bolalar bog'chalarida mikoplazmali pnevmoniya epidemiologik o'choqlari paydo bo'lishi mumkin. Atipik patogenlar keltirib chiqaradigan pnevmoniya klinikasi o'tkir boshlanish bilan namoyon bo'ladi. Kasallik asosiy belgilari haroratning febril va subfebril ko'tarilishi, yo'tal, balg'am ishlab chiqishi, umumiy intoksikatsiya sindromi, umumiy darmonsizlik, bosh og'rig'i, mialgiyalar, ishtahani yo'qotish, ko'ngil aynishi, ko'p terlash bilan namoyon bo'ladi. Ba'zi bemorlarda talvasa, artralgiya, hushidan ketish, diareya, ko'ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi. Perkussiyada o'pka tovushining tumtoqlashishi, bronxial nafas paydo bo'lishi, ovoz qaltirashining kuchayishi. Auskultatsiya ko'pincha mayda pufakchali xirilashlar aniqlanadi. Shuningdek, zardobda sitokinlar - IL-1, IL-4, IL-6 kontsentratsiyasining ortishi kuzatiladi. Yallig'lanishning og'irligi ularning darajasiga bog'liq. Ular o'tkir fazali oqsillarni ishlab chiqarishni aniqlaydi - C-reaktiv oqsil, fibrinogen, leykotsitoz va EChT darajasi. Ushbu immunologic ko'rsatkichlarning barchasi pnevmoniyada patogenetik ahamiyatga ega bo'lib, kasallikning og'ir kechishini va o'limning yuqori darajasini ko'rsatadi. Atipik pnevmoniya patogenezining o'ziga xos xususiyati patogenning hujayra ichidagi joylashuvi bo'lib, u hujayra ichiga osongina kirib boradigan va u yerda yuqori bakteritsid kontsentratsiyasini yaratadigan antibiotiklardan foydalanishni o'z ichiga oladi [3,8]. Avvalo, bu makrolidlar, ftorxinolonlar, tetratsiklinlar. Terapiyaning asosi beta-laktamlar va makrolidlardir. Ambulator sharoitida asoratlanmagan shifoxonadan tashqari pnevmoniya uchun bolalarda antibiotik terapiyasi enteral preparatlari bilan amalga oshirilishi kerak [1,9,10]. Bunday dorilardan biri Klaritromitsindir. Klaritromitsinni pnevmoniyada mikroblarga qarshi faollik spektri barcha patogenlarini, shu jumladan atipiklarni ham o'z ichiga oladi; o'pka to'qimalarida yuqori konsentratsiyalarni yaratadi; yaxshi bardoshlilik; foydalanish qulayligi. Klaritromitsin tez so'riladi, qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 2-4 soatdan keyin
erishiladi. To'qimalarga va biologik suyuqliklarga osongina kirib boradi. Yuqori konsentratsiyalarda klaritromitsin o'pkada, bronxial sekretsiyada va alveolyar suyuqlikda aniqlanadi. Klaritromitsinni qabul qilgandan keyin 24-96 soat o'tgach, uning bronxial shilliq qavatdagi konsentratsiyasi qon zardobidagidan 200 baravar, bronxial sekretsiyada esa 80 baravar yuqori. O'pka to'qimalarida klaritromitsin kontsentratsiyasi qon plazmasidagi konsentratsiyasidan sezilarli darajada oshib ketadi [6,11]. Uzoq vaqt davomida epiteliy va alveolyar makrofaglarni qoplaydigan suyuqlikda preparatning yuqori konsentratsiyasini saqlanib turishi, nafas yo'llarining infektsiyalarini davolashda foydalanish imkoniyatini beradi. Makrolid mikroblarga qarshi preparatlar klinik amaliyotda 50 yildan ortiq vaqt davomida qo'llanilgan va shu vaqt ichida yuqori samarali va eng xavfsiz antibiotiklar ekanligi isbotlangan.
Tadqiqot maqsadi: Bolalarda atipik etiologiyali pnevmoniyalar diagnostikasining asosiy usullarini va Klaritromitsin preparatini qo'llash samaradorligini aniqlash.
Materiallar va tadqiqot usullari. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga, 1,2-sonli pediatriya bo'limlariga yotqizilgan 3 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan 62 nafar bemor 2 guruhga bo'lingan bo'lib, ular belgilangan terapiyaga qarab davollangan. Asosiy guruhga 31 bolani o'z ichiga oladi va terapiyasida Klaritromitsin preparati qo'llanilgan. Nazorat guruhini 31 bemor tashkil qildi va davollashda Amoksitsillin preparati qabul qiligan.
Pnevmoniyaning atipik florasini aniqlash uchun PCR usullari qo'llanildi. Ushbu usul atipik bakteriyalarni aniqlash uchun yuqori diagnostika aniqligi bilan tavsiflanadi. Tahlil qilish uchun shilliq pardalardan, balg'am va qondan surtmalar olingan. Balg'amni tekshirish samaralidir - PCR natijasi atipik patogenlarni etiologiyasini aniqlashga imkon beradi. Bir vaqtda mikoplazma va xlamidiya infektsiyalarini IgM antitanachalarini orqali aniqlash (IFA usuli) va ijobiy PCR natijasiga asoslangan atipik infektsion agentlarni tashxislashda ishonchliligini oshiradi va seropozitiv variantlarda bir vaqtning o'zida M.pneumoniae va C.pneumoniae patogenlarni aniqroq aniqlash imkonini beradi. Klaritromitsin bolalarga kuniga 2 marta 7,5 mg/kg dan berildi, davolash davomiyligi 7-10 kun. Terapiya samaradorligini baholash bolaning umumiy ahvoli dinamikasini, yo'tal, nafas qisilishi, o'pkada o'zgarishlar, rentgenologik ma'lumotlar kabi klinik belgilarni o'rganish asosida amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari: Kasalxonaga yotqizilgan solishtirilgan guruhlardagi bemorlarning asosiy ko'rsatkichlari tahlil qilindi va solishtirildi. Tahlil shuni ko'rsatdiki, asosiy va nazorat guruhlarida tanlangan bemorlar jinsi va yoshi bo'yicha taqqoslangan.
Bemorlar orasida har ikkala guruhda ham o'g'il bola jinsi ustunlik qildi; 3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda pnevmoniya ko'proq bo'lgan. Bemorlarning 65% pnevmoniya O'RI belgilari boshlanganidan
ЖУРНАЛ KAPfll/IOPECDI/IPATOPHblX ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CABDIOBESPIBATOBY BESEABCH
№2 | 2022
4,1-1,1 kun o'tgach rivojlandi. Davolashdan oldin o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatdiki, 1-guruhdagi 26 (83,8%) va ikkinchi guruhdagi 24 (77,4%) bemorlarda gipertermiya, intoksikatsiya belgilari kuzatilgan. Yo'tal 1-guruhda 29 (93,5%) va 2- guruhda 30 (96,7%) bemorlarda kuzatilgan. Nafas qisilishi 6 (19,3%) va 8 (25,8%), mushak og'rig'i 5 % va 3 % bemorda kuzatilgan.
Kasallikni davolash boshlanganidan boshlab 3-4-kunida 1-guruhdagi 24 (77,4%) va 2-guruhdagi 20 (64,5%) bolalarda kasallikning ijobiy klinik dinamikasini ko'rsatdi: intoksikatsiya belgilari kamaydi, tana harorati pasaygan. 1-guruhdagi 20 (64,5%) va 2-guruhdagi 18 (58,1%) bolalarda yo'tal kamaygan, ishtahasi tiklangan. Davolanishning 5-6-kuniga kelib 1-guruhdagi 28 (90,3%) va 2-guruhdagi 24 (77,4%) bolalarda nafas qisilishi, o'pkada xirillashlar yo'qolgan. 10-kunida gematologik ko'rsatkichlarning ijobiy dinamikasi kuzatildi.
Terapiyaning 10-12 kunida ko'krak qafasining rentgenologik tekshiruvida 1-guruhdagi 29 (93,5%) va 2-guruh 26 (83,9%) kasal bolalarda o'pkaning infiltrativ o'chog'i to'liq yo'qolganligini ko'rsatadi. O'pkadagi fizikal o'zgarishlar qiyosiy tahlilda, bunday sezilarli farqlarni ko'rsatmadi, faqat I guruh bemorlarda standart terapiya bilan solishtirganda o'rtacha 0,3 kun tezroq normallashdi. Klaritromitsin
References / Список литературы /Iqtiboslar
1. 2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10. 11. 12.
13.
preparatini qo'llaganda bemorlarning statsionarda davolanish muddatini sezilarli darajada qisqartirishga olib keldi, shuning uchun I guruh bemorlari II guruh bemorlariga nisbatan o'rtacha 1,1 yotoq-kunga kam statsionarda bo'lishdi. Bolalarda atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniyani tekshirish va davolash natijalaridan ko'rinib turibdiki, Klaritromitsinni qo'llash tez ijobiy dinamika; intoksikatsiya belgilari 3-kuni to'xtadi, yo'tal va nafas qisilishi o'rtacha 5,5±0,3 kunda to'xtadi, o'pkada fizikal o'zgarishlar 5,6±0,3 kunda normal holatga keldi, 10-12 kunlarda rentgenografik dinamika kuzatildi. Bolalar kombinatsiyalangan davolanishni yaxshi qabul qilishdi, nojo'ya ta'sirlar qayd etilmadi.
Xulosa. Shunday qilib, atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniyani davolashda Klaritromitsin preparatini qo'llash bolalarda samarali bo'ladi. Foydalanish qulayligi, preparatning ichimlik shaklining mavjudligi, yuqori samaradorlik va nojo'ya ta'sirlarning yo'qligi ushbu preparat bilan davolashni pediatriyada keng qo'llash uchun tavsiya qilish imkonini beradi. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, Klaritromitsinni atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan og'rigan bemorlarni davolash uchun foydalanish tavsiya etilishi mumkin.
Avdeev S.N. Pulmonologiyada intensiv terapiya. M., 2015. T. 1. 304 b.
Pnevmoniyaga tibbiy yordam ko'rsatishning diagnostik algoritmlari va protokollari: shifokorlar uchun ko'rsatmalar / Demko I.V., Chubarova S.V., Gordeeva N.V., Zeleniy S.V. va boshq.; Krasnoyarsk o'lkasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Krasnoyarsk davlat tibbiyot universiteti. prof. V.F. Voyno-Yasenetskiy Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligi. M., 2015. 75 b. Gorbich, O. A. (2016). SARS bolalik davrida jiddiy muammo hisoblanadi. Tibbiyot jurnali, 3, 57-61.
Kulichenko T.V. Bolalarda respirator sinsitial virus infektsiyasi: yangi tadqiqot Pediatriya farmakologiyasi. № 6. 2009. p. 70-76. Maydannik V.G., Mitin Yu.V. Bolalarda nafas olish tizimining yallig'lanish kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish. K.: ITs Medprominfo, 2006. 288 b.
Sinopalnikov A.I., Andreeva I.V., Stetsyuk O.U. Makrolid antibiotiklarining xavfsizligi: tanqidiy tahlil. Klinik tibbiyot. 2012.3:23-30. Tatochenko VK Bolalardagi nafas olish kasalliklari. Amaliy qo'llanma. Ed. V.K. Tatochenko. M .: Pediatr. 2012. 480 b. Trubnikov, G. V., Polyakova, I. G., Butakova, L. Yu. (2010). Kasalxonadan oldingi bosqichdagi pnevmoniya: retrospektiv diagnostika bo'yicha etiologiyada atipik (mikoplazma va xlamidiya) infektsiyalarni hisobga olgan holda klinik xususiyatlar. Yangi Sankt-Peterburg tibbiyot gazetasi, 1 (51), 59-63.
Shavazi N.M., Ibragimova M.F., Lim M.V., Qodirova Sh., Kardjavova G.A. Bolalarda jamiyat tomonidan olingan pnevmoniyada Makropendan foydalanish. Fan va ta'lim masalalari. 36 (120)-son, 2020 yil. 19-22 gacha.
N.M.Shavazi, M.F.Ibragimova, M.S. Ataeva, B.I.Zokirova, M.V.Lim. Bolalarda atipik etiologiyali pnevmoniyani davolashni takomillashtirish. Vrach byulleteni. №2 (99) -2021.-108-111
Shavazi N.M., Lim M.V., Tambriazov M.F., Xusainova Sh.K., Bolalarda obstruktiv bronxitning qaytalanishining tarqalishi. G. Biologiya va tibbiyot muammolari. Samarqand. - 2018. - No 4 (104).- B.131-133
Шавази Н. и др. BOLALARDAGI BRONXO-OBSTRUKTIV SINDROMNI KOMPLEKS DAVOLASHDA NATRIY GIALURONAT PREPARATI BILAN INGALATSIYADAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI //Журнал кардиореспираторных исследований. -2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 55-58.
Шавази Н. и др. BOLALARDA RETSIDIVLANUVCHI BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM VA BRONXIAL ASTMANING EPIDEMIOLOGIK JIHATLARI //Журнал кардиореспираторных исследований. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 22-25.