Научная статья на тему 'BOLALARDA UCHRAYDIGAN GELMINTLAR VA ULARNING BIO-EKOLOGIK HUSUSIYATLARI'

BOLALARDA UCHRAYDIGAN GELMINTLAR VA ULARNING BIO-EKOLOGIK HUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
161
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Gelmintoz / strobila / proglottit / skoleks / kutikula / dimorfizm / germofrodizm / gelmint.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Samandarova O.D

Ushbu maqola bolalarda uchraydigan gelmintlar va ularning biologik va ekologik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tasmasimon chuvalchanglar va To’garak chuvalchanglarning morfologik va biologik xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA UCHRAYDIGAN GELMINTLAR VA ULARNING BIO-EKOLOGIK HUSUSIYATLARI»

BOLALARDA UCHRAYDIGAN GELMINTLAR VA ULARNING BIO-EKOLOGIK

HUSUSIYATLARI Samandarova O.D

Magistr

https://doi.org/10.5281/zenodo.8366850

Annotatsiya. Ushbu maqola bolalarda uchraydigan gelmintlar va ularning biologik va ekologik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tasmasimon chuvalchanglar va To'garak chuvalchanglarning morfologik va biologik xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Gelmintoz, strobila, proglottit, skoleks, kutikula, dimorfizm, germofrodizm, gelmint.

Abstract. This article is devoted to the study of helminths found in children and their biological and ecological characteristics. Plathelminthes and Nemathelminthes provides information on morphological and biological characteristics.

Keywords: Helminthosis, strobila, proglottid, scolex, cuticle, dimorphism, hermaphrodism, helminth.

Hozirgi kunda jahonda aholi orasida gelmintozlar ko'rsatgichi juda yuqori. Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ma'lumotiga ko'ra, aholi orasida gelmintozlar ko'rsatgichi 4 mlrd.ga yaqinlashmoqda. Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ma'lumoti bo'yicha birgina hazm a'zolarining gelmintlar bilan zararlanishi yer yuzi aholisining 1/4 qismini tashkil etganligi qayd etilgan. Gelmintozlar bilan ko'pincha bolalar jiddiy zarar ko'radi, gelmintlar bilan zararlanish ayniqsa bolalar orasida ko'p kuzatilgan [6]. Bu o'rinda, bolalarda uchraydigan gelmintlar va ular keltiradigan kasalliklar o'rganish va ularga qarshi profilaktik - davolashga doir tadqiqotlar muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Odamlarda uchraydigan gelmintlar 2 ta tipga mansub: Yassi chuvalchanglar -Plathelminthes tipi va To'garak chuvalchanglar - Nemathelminthes tipi.

Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes) tipiga mansub gelmint turlari So'rg'ichlilar -Trematoda sinfi va tasmasimon chuvalchanglar - Cestoda sinfi vakillari hisoblanadi. So'rg'ichlilar sinfi vakilidan mushuk ikki surgichlisi - Opisthorchis felineus, jigar kurti -Fasciola hepatica uchraydi. Tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakilidan qoramol tasmasimon chuvalchangi yoki qoramol solityori - Taeniarhynchus saginatus, kalta zanjirsimon chuvalchang - Hymenolepis papa, exinokokk - Echnococcus granulosus, serbar tasmasimon -Diphyllobothrium latum uchraydi.

To'garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipi mansub gelmint turlari Haqiqiy to'garak chuvalchanglar - Nematoda sinfi vakillari hisoblanadi. To'garak chuvalchanglar tipi haqiqiy to'garak chuvalchanglar sinfi vakillaridan bolalar gijjasi - Enterobius vennicularis, askarida -Ascaris lumbricoides, qilbosh chuvalchang -Trichocephalus trichiurus, trixinella - Trichinella spiralis uchraydi.

Tasmasimon chuvalchanglar - Systoda sinfiga 3 mingdan ortiq tur chuvalchanglar kiradi, bular asosan ichak parazitlari hisoblanadi. Systoda (systod - grekcha so'z bo'lib, belbog' yoki tasma so'zini bildiradi) sinfi vakillari tuzilishi tasmaga o'xshash bo'lib, parazitlikka ixtisoslashgan guruhni tashkil etadi. Ularda parazitlikka ixtisoslashganligi munosabati bilan hazm a'zolari: og'iz teshigi, halqum, ichaklari reduksiyaga uchragan. Bu a'zolarning vazifasini teri qoplami bajaradi. Tasmasimon chuvalchanglar serpushtligi bilan aloxida xarakterga ega. Bu

chuvalchanglarda jinsiy sistemasi kuchli rivojlangan bo'lib, germafrodizm. Hayot sikli murakkab, xo'jayin almashtirish orqali rivojlanadi.

Tuzilishi. Tasmasimon chuvalchangi tanasi 3 qismdan iborat: bosh yoki skoleks, bo'yin, tana-strobiladan iborat. Tanasi proglottidlarga (bo'g'imlarga) bo'lingan. Tananing skoleksdan keyingi bo'g'imlarga bo'linmagan qismi bo'yin deyiladi, undan keyinda esa proglottidlar joylashgan. Tasmasimon chuvalchanglar boshchasida yopishuv organlari bo'ladi. Yopishuv organi so'rg'ichlar tipida yoki ikkita tirqishsimon chuqurchadan iborat bo'lishi mumkin. Ba'zan ilmoqchalar xartumda joylashgan bo'ladi. Proglotidlar 3 tadan bir necha mingtagacha bo'ladi. Proglottidlar tanasining keyingi qismiga siljigan sayin o'sib, yiriklasha boradi. Tasmasimon chuvalchanglar tanasining uzunligi 1mm dan 10 mm gacha bo'ladi. Ular teri-muskul xaltaga ega hayvonlar. Tanasida mayda o'simtalar (mikrotrixiyalar) bor, ular oziqlanish vazifasini bajaradi. Bazal membrana ostida tashqi halqa muskullar va ichki bo'ylama muskullar joylashgan [4]. Tasmasimon chuvalchanglar hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Parazitlar ichak bo'shlig'ida hazm bo'ladigan oziq moddalarni butun tana yuzasi bilan so'rib oladi.

Ko'payishi va rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglar har xil urug'lanadi. Ho'jayin ichagida bir necha chuvalchang bo'lganida ular bir birini urug'lantiradi. Ho'jayin ichagida faqat bitta chuvalchang bo'lganida esa har xil proglottidlar bir birini urug'lantirishi, hatto bitta proglottid o'zini o'zi urug'lantirishi mumkin. Lichinkalarning rivojlanishi ham bir xilda kechmaydi [1,2,3].

Haqiqiy to'garak chuvalchanglar - Nematoda sinfi juda ko'p turni o'z ichiga oladi, sinf vakillari orasida yirik turlari bilan birga, juda mayda turlari ham mavjud. Tanasi duksimon, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og'iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan. Nematodalar tanasi sirtdan ko'p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula ostida gipoderma joylashgan. Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni bo'ylab 4 ta bo'ylama chiziq o'tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos xolda to'rtta valiklar (yo'g'onlashuvlar) hamda ular ostida bo'ylama muskullar joylashgan.

Nematodalar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy sistemasi tana bo'shlig'ida joylashgan. Urg'ochisining jinsiy organlari juft, erkaginiki tok, (bitta) bo'ladi. Urg'ochisi jinsiy sistemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon undan keyingi qismi tuxum yo'li deyiladi. Tuxumdonda hosil bo'lgan tuxumlar tuxum yo'lida urug'lanadi va xaltaga o'xshash kengaygan bachadonga o'tadi. Bachadonlar qo'shilib jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkak nematoda jinsiy sistemasining ingichka uchki qismi urug'don deyiladi. Urug'don birmuncha yo'g'onlashib urug' yo'lini hosil qiladi. Urug' yo'li kalta va keng nayga urug' pufagiga ochiladi. Urug' pufagida ypyg' to'planadi. Upyg' pufagi bir muncha tor va muskulli g' to'kuvchi nayga ochiladi. Urug' to'kuvchi nay orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Kloakaga ichida kutikulyar spikutlar bo'lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nematodalarning urug'lanishida jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi. Ko'pchilik nematodalar erkagining anal teshigi atrofida yupqa parda bursa hosil bo'ladi. Bursa erkak nematodalarni urg'ochisi ustida ushlab turish vazifasini bajaradi. Tuxum hujayra ona organizmida urug'lanadi.

Rivojlanishi. Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq ho'jayinda rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga yetgan nematodaga o'xshash bo'ladi, uning bundan keyingi rivojlanishi o'zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi.

Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo'lishi bilan boshqa chuvalchanglardan

farq qiladi. Nemotodolar yangi hujayralar hosil bo'lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining

dastlabki davrlarida to'xtaydi va shundan so'ng hujayralar soni umr bo'yi doimiy bo'lib qoladi

[5,3].

REFERENCES

1. Жизн животных. М.," Просвещение". 1987. Том ИИ, - С. 285-324.

2. Шакарбоев Е.Б. Влияние экологических факторов на выживаемост свободноживущих форм трематоды Ориентобилгарзиа туркестаника Екологические основы изучения проблем Приараля. Нукус, 1999. -С. 112-114.

3. Шарова И.Х. "Зоология беспозвоночных". Учебник для студентов выщ. учеб. заведений. М. ВЛАДОС, 2002. - С. 156-160.

4. Холодковский Н.А. Объяснителный каталог коллекции паразитных червей зоологического кабинета. Военно-медитсинской академии. Вып. И и ИИ, 1916. 180 с.

5. Догел В.А. Курс общей паразитологии. Л.: Учпедгиз, 1947. - 363 с.

6. Давыдова И.В. и др. Гелминтозы, регистрируемые на территории Российской Федератсии: эпидемиологическая ситуатсия, особенности биологии паразитов, патогенез, клиника, диагностика, этиотропная терапия. Сонсилиум Медисум. Россия, 2017; 19 (8): - С. 32-40

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.