Научная статья на тему 'BOLALAR VA O‘SMIRLARNING O’SISHI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

BOLALAR VA O‘SMIRLARNING O’SISHI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ontogenez / akseleratsiya / rivojlanish / geterexroniya / organizm.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jo‘Raqulova Gulizar Alisher Qizi

Ushbu maqolada bolalar organizmining o’sishi va rivojlanish qonuniyatlari,tashqi muhit ta’siri,akseleratsiya,yosh davrlari haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR VA O‘SMIRLARNING O’SISHI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

"INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

BOLALAR VA O'SMIRLARNING O'SISHI VA RIVOJLANISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Jo'raqulova Gulizar Alisher qizi

Buxoro innovatsiyalar universiteti,defektologiya yo'nalishi 1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11181228

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar organizmining o'sishi va rivojlanish qonuniyatlari,tashqi muhit ta'siri,akseleratsiya,yosh davrlari haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ontogenez,akseleratsiya,rivojlanish,geterexroniya,organizm.

Аннотация. В данной статье описаны закономерности роста и развития детского организма, влияние внешней среды, акселерации, возрастные периоды.

Ключевые слова: онтогенез, акселерации, развитие, гетерохрония, организм.

Bolalarni to'g'ri tarbiyalash uchun ular organizmining o'sishi va rivojlanishi shu kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur.O'sish va rivojlanish har bir tirik organizm uchun xos bo'lgan xususiyatdir.O'sish deganda tana hujayralarining ko'payishi natijasida tirik organizm o'lchamlarining ortishi va bo'yning cho'zilishi,og'irlikning ortishi tushuniladi.O'sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortish jarayoni kuzatiladi.Bu albatta rivojlanish jarayonidir.O'zi biz rivojlanish deganda o'sayotgan organizm to'qima,hujayra va organlarning shakllanishi va bola orgazim hujayralarining takomillashib,o'smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo'lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo'lishiga aytiladi.Odam rivojlanishining uzluksiz jarayonida bunday geteroxron yetilishi va funksional tizimlarning almashishi uzoq muddatli filogenez hamda ontogenez va evolutsion qayta o'zgarishlarda moslanishining progressiv shakllarini nasliy mustahkamlanishi sababli shuning oqibatidir.P.K.Anoxinning fikri bo'yicha,tug'ilish vaqtida kelib,to'laqonli funksional tizim quyidagi bo'g'inlarga ega bo'lishi lozimdir.Masalan:bola organizmida bo'ladigan o'ziga xos ta'sirlarni qabul qila bilish xususiyatiga ega bo'lgan retsertor apparatlari;asab tizimining o'ytazuvchi qismlari;markaziy neyronlararo munosabatlari;periferik ishchi apparatlar va qaytar afferent axborotni ta'minlovchi apparatlar borligidir.

Rivojlanishning uzluksizligi:o'sish va rivojlanishning jarayonlari uzluksiz sodir bo'lishi aniqlangan va u organizmning o'zgarishlarida va uning yangilanishida hamda hujayralarning paydo bo'lishidafunksiyalarning va faoliyat turlarining murakkablanishida va takomillashishida ya'ni bir vaqtda sodir bo'ladi.Bu jarayon qarilik chog'ida ham organizmda sodir bo'ladigan o'zgarishlar juda murakkab bo'lib,ushbu muammo buyuk allomalarni juda qadimdan o'ziga jalb qilganligiga qaramastdn hali yetarlicha o'rganilgani yo'q.

Akseleratsiya: XIX-XX asr boshlarida ko'p mamlakatlarda bolalarning bo'yiga o'sishining tezlashganligi aniqlangan.Bu haqda 1875-yilda matbuotda e'lon qilingan.1935-yilda nemis olimi Koh o'sish va rivojlanishdagi tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya-lotincha rezlashuv degan ma'noni bildiradi.So'nggi yillarda odam organizmi jismoniy va fiziologik rivojlanishining tezlashuvi kuzatilmoqda.Masalan,bo'yning o'rtacha uznligi so'nggi 100 yil davomida chaqaloqlarda 5sm,o'smirlarda 10-15sm,o'rta yoshli erkaklarda 6-8sm ga ortgan,bolalarning psixik rivojlanishi va balog'at yoshiga yetishi ham tezlashgan.Akseleratsiya deb ataladigan bu jarayon odamlar oilaviy sharoitining yaxshilanishi,yaxshi ovqatlanish,yorug'

"INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: STRATEGIYALAR, TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 17-MAY

kunlarning uzayishi bilan bog'liq.Akseleratsiya faqatgina bolaning bo'yi va og'irligiga tegishli bo'lib qolmasdan uning aqliy faoliyatiga ham tegishlidir.Radio,televidenia va teatrlarning ko'payishi tufayli yoshlar ko'plab infotmatsiya olmoqda,aqliy jihatdan tezroq rivojlanmoqda.Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya etilgan bo'lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari va ikkinchi tomondan,bolalik va o'smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilsh masalalari hisobga olingan.Shuning uchun quyidagi:bog'cha,boshlang'ich,o'rta va yuqori maktab yosh davrlarini,pedagogik davrlar deb yuritsa bo'ladi.

Bergerning vitaminlar erasi nazariyasiga ko'ra o'sish jarayonlarini tezlashishiga B1,B2 hamda D vitaminlarning ta'siriga katta ahamiyat beriladi.Lekin vitaminlar erasi boshlanishidan avval o'sish jarayonlaridagi o'zgarishlar mavjud ekanligi ko'rsatilgan.

Geliogen tezlanish nazariyasi-muallifi doktor Kox (1935),uning nazariyasiga ko'ra,o'sishning tezlanishini chaqiruvchi birlamchi qo'zg'atgich quyosh hisoblanadi.

Ontogenez(yunoncha: ontos-borliq va...genesis-rivojlanish)-organizmning individual rivojlanishi,uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir bo'ladigan ketma-ket o'zgarishlar majmui."ontogenez"terminini nemis olimi E.Gekkel (1866) fanga kiritgan.

O'sish va rivojlanish 22-25 yoshgacha davom etadi.Lekin kishi hayotining bu yillari davomida o'sishi va rivojlanishi bir tezkis bo'lmaydi.Bola qancha yosh bo'lsa,organizmning o'sishi va rivojlanishi shuncha tez va kuchli bo'ladi.Shunga ko'ra bolalar gavda tuzilishining tashqi ko'rinishi kattalarnikidan farq qiladi.O'sish tezligi yosh ortishi bilan o'ziga xos belgilarga ega bo'ladi.Bola o'sa borishi bilan asta-sekin uning sezgi organlari,nerv sistemasi,tayanch-harakatlanish sistemasi rivojlana boradi.Bir oylik bolada ko'rish organining faoliyatini yaqqol kuzatish mumkin,ya'ni u o'yinchoq qimirlagan tomonga ko'z soqqasini harakatlantiradi.Uch oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi,kuladi,qo'llari bilan o'yinchoqqa talpinadi,boshini tik tuta boshlaydi,tikka qilganda oyoqlarini yerga tiraydi.O'sish va rivojlanish davrida barcha a'zolar va sistemalarning morfologik hamda funksional faoliyati davom etadi.Skelet suyaklari takomillashadi,doimiy tishlar chiqadi,organizm to'qimalari tarkibidagi suv miqdori o'zgaradi.Balog'atga yetish davridan keyin o'sish va rivojlanish ham to'xtaydi.Bola organizmining o'sishi va rivojlanishi bevosita tashqi muhit ta'sirida kechadi,bu jarayon markaziy nerv sistemasi va birinchi navbatda,bosh miya ishtirokida amalga oshiriladi.Bola rivojida bir davrdan ikkinchi davrga o'tish muddati,ya'ni morfologik,fiziologik va psixologik nuqtai nazaridan taraqqiyot davrini aniqlash muhim ilmiy nazariya hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda,biz bu nazariyalardan shuni anglashimiz mumkin.Har bir yosh avlod o'sish va rivojlanish xususiyatiga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Pedagogika.(Ma'ruzalar matni.Prof. N.Gaybullayev taxriri ostida). T."Universitet'.1999.

2. Sodiqov K.S."O'quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi"T.O'qituvchi 1992 yili

3. Qodirov U.Z."Odam fiziologiyasi"Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti T.1996 yili

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.