Научная статья на тему 'BOLALAR RUHIYATIDAGI SALBIY O‘ZGARISHLAR OMILLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH'

BOLALAR RUHIYATIDAGI SALBIY O‘ZGARISHLAR OMILLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
barkamol inson / nosog‘lom muhit / ijtimoiy meʼyorlar / xulq / atvor / axloq / agressivlik / xarakter / tajovvuzkorlik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdullayev Oybek Qurbonovich

Ushbu maqolada bolalar ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi omillar,ularning sabablari, bolalar ruhiyatiga ta’siri va bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR RUHIYATIDAGI SALBIY O‘ZGARISHLAR OMILLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH»

BOLALAR RUHIYATIDAGI SALBIY O'ZGARISHLAR OMILLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH

Abdullayev Oybek Qurbonovich

Qo'qon davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11209086

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar ruhiyatidagi salbiy o'zgarishlarga sabab bo'luvchi omillar,ularning sabablari, bolalar ruhiyatiga ta'siri va bartaraf etish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: barkamol inson , nosog'lom muhit, ijtimoiy me'yorlar,xulq, atvor, axloq , agressivlik, xarakter, tajovvuzkorlik.

Аннотация. В данной статье содержится информация о факторах, вызывающих негативные изменения в детской психике, их причинах, влиянии на детскую психику и способах их устранения.

Ключевые слова: совершенный человек, нездоровая окружающая среда, социальные нормы, поведение, характер, мораль, агрессивность, характер, агрессия.

Abstract. This article contains information on the factors causing negative changes in children's psyche, their causes, effects on children's psyche and how to eliminate them.

Keywords: perfect person, unhealthy environment, social norms, behavior, character, morality, aggressiveness, character, aggression.

Bugungi kunda ta'lim sifatini oshirish va samaradorlikka erishishda moddiy omillar bilan bir qatorda maktabgacha ta'limda bolalar jismoniy tarbiyasini rivojlantirish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy imkoniyatlarini oshirish va irodasini mustahkamlash ham muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari jismoniy qobiliyatlarini shakllantirish, ularning ruhiy barqarorligiga erishish, qo'rquv, irodasizlik va o'ziga ishonchsizlikdan olib chiqish, shuningdek, yetuk inson bo'lishlari, davr talablariga muvofiq faoliyat yurita olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish dolzarb vazifalardan biri bo'lib turibdi. Bu jarayonda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ruhiyatini to'g'ri yo'naltirish, xulq-atvorini to'g'rilash, jismoniy ta'lim orqali ularning jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini rivojlantirishning asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo'gan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o'zida ma'naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. Shunday ekan, "ta'lim-tarbiya kabi muhim va strategik masalaga eskicha qarash, eskicha bilim va tizim bilan yondashish mutlaqo mumkin emas. Bu borada eng zamonaviy va ilg'or tizimni yaratmasak, oldimizda ko'ndalang bo'lib turgan bironta muammoni yecholmaymiz". Bu ishlarni "jamiyatning tarbiyaga bo'lgan munosabatini butunlay o'zgartirmasdan turib"1, amalga oshirib bo'lmaydi.

Bizga ma'lumki, bola shaxsiyati uni o'rab turgan voqelik ta'sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo'lgan vazifalarni anglay boshlaydi va jamiyatning boshqa a'zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa bola shaxsining ijtimoiylashuvi tugallanadi. Shu bilan birga bola shaxsi ijtimoiy tajriba elementlarini o'zlashtirish, ta'lim olish,vaqtlar o'tishi bilan ma'lum bir mutaxassislikni egallash natijasida shakllanib boradi.

Bolalar ruhiyatidagi salbiy o'zgarishlarga ta'sir etuvchi ob'ektiv omil to'g'risida pedagog olim B.Umarov ushbu fikrni ilgari suradi: "Ob'ektiv sabablar sifatida jamiyatdagi nosog'lom muhit, shart-sharoit, iqtisodiy va siyosiy beqarorlik, kichik ijtimoiy guruhlardagi ijtimoiy-psixologik sharoit, kishilar bilan munosabatlar..." ni e'tirof etadi . Demak, bolalar ruhiyatidagi

o'zgarishlar ham avvalo uni o'rab turgan nosog'lom muhit ta'sirida sodir bo'ladi. Ma'lumki, oila bola uchun ilk ijtimoiylashuv markazidir. Aynan shu markazda bola ijtimoiy muhit bilan munosabatga kirishadi, jamiyatdagi ijtimoiy me'yorlar va qadriyatlarni o'zlashtiradi. Shular asosida bolaning xulq-atvori shakllanib boradi. Ota-onalar o'rtasidagi munosabatlarning u yoki bu ko'rinishi ya'ni oiladagi xotirjamlik yoki kelishmovchilik, aka-uka va opa-singillar o'rtasidagi munosabatlar xususiyati bolaning xulq-atvorini belgilab beruvchi omillar sirasiga kiradi.

Ayniqsa, bunda oiladagi nizolar, ota-onalardan birining nomaqbul xulq-atvori va ularning farzand tarbiyasiga nisbatan befarqligi, qattiqqo'lligi natijasida sodir bo'ladi.Bu borada mashhur psixolog olim Getting tadqiqotlariga nazar tashlash kifoya. Uning fikricha oilalardagi muammo va nizolar bolalardagi agressivlikni keltirib chiqarishi, ayniqsa, ularning qahrli, jahldor, qo'pol bo'lib voyaga yetishiga sabab bo'ladi. Gettingning xulosalariga ko'ra, mojaroli oilalalarda asosiy e'tibor o'zaro ziddiyatlarga qaratiladi, bola tarbiyasi esa tahdid va jazolashdan iborat bo'lib qolaveradi.

Kelajak avlod haqida qayg'urish, jismoniy va ma'naviy sog'lom avlodni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy hususiyatimizdan biridir. Xuddi shunday bugungi kun har bir oilasi va jamiyat oldida turgan muhim vazifa ham shu hisoblanadi. Ota-ona farzand ko'rish va uni tarbiyalash orzusi bilan yashar ekan, uning kelajakda yetuk inson, komil shaxs bo'lishini istaydi. Bu masala har bir pedagog, ta'lim muassasining ham jamiyat oldidagi burchi bo'lib, ota-ona kabi ustozlar ham shogirdlarini yetuklik sari da'vat etadi. Demak, oqil farzand nafaqat ota-ona, balki ustoz, qolaversa jamiyatning, yurtning baxtu-iqbolidir.

Psixolog olim B. Umarov mazkur muammoning sub'ektiv sabablariga quyidagilarni kiritadi: "Xulq og'ishining sub'ektiv sabablariga o'smir shaxsining qiziqish va ehtiyojlari, dunyoqarash va ma'naviy olami, maqsad va yo'nalishlari, qadriyatlari, huquqiy ongi, hayotiy rejalari, turmush tarzi va motivlari kiradi. Sub'ektiv shart-sharoitlarga esa aholining demografik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, xususan, etnopsixologik jihatlari, xarakteri, temperamenti, yoshi va jinsi mansub. Ob'ektiv sabablar sifatida jamiyatdagi nosog'lom muhit, shart-sharoit, iqtisodiy va siyosiy beqarorlik, kichik ijtimoiy guruhlardagi ijtimoiy-psixologik sharoit, kishilar bilan munosabatlar namoyon bo'ladi"2.

Umuman olganda bolalar ruhiyatidagi o'zgarishlar biror-bir shaxsga xos sub'ektiv xulq-atvor natijasi emas, balki sub'ektiv va ob'ektiv omillar, shart-sharoitlar, munosabatlar natijasi sifatida yuzaga keladi. Bolalar ruhiyatidagi salbiy o'zgarishlarning kelib chiqish sabablari bir necha omillar ta'sirida sodir bo'ladi.Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Oilaviy muhitning nosog'lomligi.

2. Ota-onalarda tarbiya psixologiyasi va fiziologiyasi, pedagogikasiga doir bilimlarning yetishmasligi.

3. Kun tartibini to'g'ri tashkil etilmaganligi.

4. Bolalarda har qanday jamoaga nisbatan adaptiv jarayonning qiyin kechishi.

5. Ommaviy axborot vositalarining salbiy ta'siri.

Bola ruhiyatidagi o'zgarishlardan yana biri bu ta'limda pedagogning unga haddan tashqari qattiqqo'lligi hisoblanadi. Ayniqsa, tarbiyalanuvchilarning yosh va psixologik jihatlarini inobatga olmasdan tarbiyaning bunday yo'lini tanlash o'ta noto'g'ri yondashuvdir. Hatto bunday holatlarda tarbiyalanuvchilar ruhiyatida jiddiy muammolar kuzatiladi. Ya'ni norozilik, qo'rquv yoki agressiya natijasida emotsional holatning buzilishi: hayajonlanish, dipressiya, xotiraning pasayishi va shunga o'xshash qator salbiy holatlarga olib keladi. Albatta, ruhiy holatning buzilishi o'z navbatida tarbiyalanuvchilarning jismoniy rivojlanishiga ham ta'sir ko'rsatadi. Qo'rquv va agressiya natijasida uyquning buzilishi, tez charchash, immun tizimining pasayishi kabilar

kuzatiladi. Bolalarda kuzatiladigan qo'rquv ularning o'ziga bo'lgan ishonchning pasayishi, mustaqil fikrlashdan cheklanish, har qanday jamoaga nisbatan moslashuvchanlikning qiyin kechishiga olib kelsa, agressiya esa ularda tajovvuzkorlik, janjalkashlik, urishqoqlik kabi illatlarning namoyon bo'lishiga olib keladi.

Tajribalardan ma'lumki,oilaviy muhitning nosog'lomligi bolaning kuchli stressga tushishiga,qo'rquv hissining yuqori bo'lishiga, ertangi kunga ishonchning so'nishiga va bola hulq atvorining stabil holatda emas, aksincha o'zgaruvchan bo'lib rivojlanishiga olib keladi.Oilaviy muhit nosog'lomligi natijasida bola o'ziga bo'lgan ishonchning yo'qolishi,o'z fikrini to'g'riligiga shubha bilan qarash,boshqalar tomonidan har qanday fikr hoh u to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lsin boricha qabul qilish ko'nikmalari rivojlanishiga olib keladi.Natijada bunday bolalar kelajagiga ishonchsiz,o'z fikrini to'g'riligida sobitqadam turolmaydigan,har qanday fikrni qabul qiluvchi shaxs bo'lib yetishadilar4.

Ota-onalarda tarbiya psixologiyasi va fiziologiyasi, pedagogikasiga doir bilimlarning yetishmasligi esa oiladagi farzandlarning tarbiyasi,hulq atvoriga yetarli darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi.Farzandini hammadan ustun qo'yish,aytganlarini o'z vaqtida to'la to'kis muhayyo qilish,hashamatli sharoit yaratib berish ko'p hollarda bolaning erka va tantiq bo'lib o'sishiga, boshqalar tomonidan har qanday yumush bajarilishini kutib o'zi uchun harakat qilmasligiga olib kelishi natijasida ularda birmuncha egoistlik paydo bo'ladi va bola psixikasi, jumladan, sezgi, idrok, xotira, diqqat, tafakkuriga salbiy o'tkazadi5.

Bugungi kunda bolalarning kun tartibini to'g'ri tashkil etilmaganligi ularning xulq-atvorida salbiy o'zgarishlarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bolalarning soatlab, kunlab televizor yoki telefon o'ynab o'tirishi fikrimizga yaqqol dalil bo'ladi. Bunday yoshlar hayoti pala-partish bo'lib, o'z vaqtida dam olmaydilar va o'z vaqtida ovqatlanmaydilar. Keyinchalik esa ularda turli kasalliklar avj olishi tufayli ularda tajanglik, o'z-o'zidan qoniqmaslik hissi tez-tez uchraydi. Shuning uchun biz pedagoglar bolalarning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsata olishni uddalay olsak, ularni xulq-atvorini samarali favoliyat uchun yo'naltira olsak maqsadga muvofiq ish bo'ladi.

Afsuski, bu kabi salbiy holat bolalarning nafaqat ma'naviy-ruhiy holati, jismoniy rivojlanishiga ham ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Bunday bolalar hayotda irodasiz, sabr-bardoshsiz, maqsad sari intilmaydigan, tavakkalchi, dangasalik kabi illatlar qurshovida qoladi. Jismoniy va ruhiy tarbiya integratsiyasi asosida tarbyailangan yosh esa kelajakda har bir ishini reja asosida bajaradigan, yetti o'lchab bir kesadigan, qiyinchiliklar oldida esankirab qolmaydigan, sabr-bardoshli, irodali, eng muhimi vaqtini bekorchi ishlarga sarflamaydigan kishilar bo'lib yetishadi.

Ommaviy axborot vositalari bugungi kunda yoshlar ruhiyati va tarbiyasiga ta'sir etuvchi eng kuchli vositadir. Bu borada televidenie va uyali aloqa vositalari yetakchi o'rinda turadi. Ayniqsa, televideniyada namoyish etilayotgan turli kontentdagi materiallar bolalarning ruhiyatiga, xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada bolalardagi ruhiy holatning normal kechish jarayoni ya'ni diqqat, idrok, tasavvur, xotira kabilarning buzilishi sodir bo'ladi. Oqibatda bolada atrof-muhit, hattoki insonlarga nisbatan hissizlik, mehrsizlik kuzatiladi. Eng achinarlisi bolalar reallikdan ancha yiroqda o'sadilar, hayotda hamma narsaga tez va oson erishish mumkin deb hisoblaydilar. Shu sababdan ularda doimiy norozilik kayfiyati hukmron bo'ladi. Ayniqsa, bunday bolalarda agressivlik va jangarilik kuzatiladi.

G'arb psixo-pedagogik adabiyotlarida bolalar ruhiyatidagi o'zgarishlar ularning shaxslararo munosabatlarini to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi sababli yuzaga kelishi kabi masalalarga ham alohida e'tibor qaratilgan . Shuningdek, bu borada tadqiqotchilar bolalarning shaxslararo munosabatlari bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishiga qanchalik ijobiy ta'sir

qilishi hamda shaxslararo munosabatlar o'z yaqinlaridan, o'z oilasidan tashqarida ta'lim olayotgan sinfdoshlari ruhiyatida albatta salbiy o'zgarishlarni yuzaga keltirishi bilan bog'liq holatlari bilan taqqoslab, bu kabi tafovvutlarning sabablarini tahlil qilib o'tganlar. Natijada, pedagog va bola o'rtasidagi shaxslararo munosabatlarni to'g'ri, samimiy va adolatli tashkil etish muhim ahamiyatga ega ekanligi ma'lum bo'ladi. Demak, yuqoridagi sabab va omillar tufayli bolalarning ruhiyatida juda ko'plab muammolar yuzaga kelmoqda. Bu o'z navbatida jamiyat a'zolari, xususan: pedagog va psixolog, ota-onalar oldiga qator vazifalarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, bu borada oila bilan olib boriladigan profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish, maktabgacha ta'limda bolalar psixikasi, fiziologiyasi va pedagogikasiga doir bilimlar berishni kuchaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. 4-jild. - Toshkent:O'zbekiston, 2020. -B.148

2. Umarov B. Bolalar tarbiyasi buzilishi va uning oldini olish yuzasidan ota-onalarga maslahatlar /Uslubiy qo'llanma/. - Toshkent, 2012.-B.6

3. Vintse M. Kormleniye kak odno iz form obucheniya vzroslogo i rebyonka. Osobennosti razvitiya lichnosti rebyonka psixologicheskogoroditelskogo popichitelstva. Deti s otklonyayuimsya povedeniyem. /Pod red. V.S.Muxinoy.-Moskva.:1989. - S.38-43.

4. Qurbonovich, Abdullaev Oybek. "Ways of training students by physical and spiritual development using folk games." World Bulletin of Social Sciences 5 (2021): 138-141.

5. Qurbonovich, Abdullaev Oybek. "Development of Mentally Stable Qualities in Adolescent Students Through Physical Educational Means." European Journal of Humanities and Educational Advancements 2.12 (2021): 141-145.

6. Kurbanovich, Abdullayev Oybek. "Innovative technologies in physical education classes." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.6 (2021): 92-95.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.