Научная статья на тему 'SALOMATLIGI CHEKLANGAN BOLALAR OILASIDAGI MUNOSABATLAR'

SALOMATLIGI CHEKLANGAN BOLALAR OILASIDAGI MUNOSABATLAR Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

190
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Salomatlik / Salomatligi cheklangan bolalar / ota-onaning bolaga munosabati / muammo / idrok / sezgi / qo‟rquvlar / o‟ziga bo‟lgan ishonch / qobiliyat / emotsional holat. / Health / Children with disabilities / attitude of parents to the child / problem / perception / intuition / fears / self-confidence / abilities / emotional state

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Umidabonu Farxod Qizi Avazbekova

Maqolada salomatligi cheklangan bolalar oilasidagi munosabatlar va bu monosabatlarni bolaning emotsional holatiga ta‟siri, hozirgi paytda yurtimizda salomatligi cheklangan bolalar boshqa bolalar kabi jamiyatga qo‟shilib, kasb hunar egallashi, ilm olishi uchun qilinayotgan say harakatlar kabi dolzarb muammolar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the problems in the family of children with disabilities and the impact of these relationships on the emotional state of the child

Текст научной работы на тему «SALOMATLIGI CHEKLANGAN BOLALAR OILASIDAGI MUNOSABATLAR»

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-608-612

SALOMATLIGI CHEKLANGAN BOLALAR OILASIDAGI

MUNOSABATLAR

Umidabonu Farxod qizi Avazbekova

O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada salomatligi cheklangan bolalar oilasidagi munosabatlar va bu monosabatlarni bolaning emotsional holatiga ta'siri, hozirgi paytda yurtimizda salomatligi cheklangan bolalar boshqa bolalar kabi jamiyatga qo'shilib, kasb hunar egallashi, ilm olishi uchun qilinayotgan say harakatlar kabi dolzarb muammolar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Salomatlik, Salomatligi cheklangan bolalar, ota-onaning bolaga munosabati, muammo, idrok, sezgi, qo'rquvlar, o'ziga bo'lgan ishonch, qobiliyat, emotsional holat.

ABSTRACT

The article discusses the problems in the family of children with disabilities and the impact of these relationships on the emotional state of the child.

Keywords: Health, Children with disabilities, attitude of parents to the child, problem, perception, intuition, fears, self-confidence, abilities, emotional state.

Farzandlik bo'lish har bir oila qurgan ayol va erkakning orzusi hisoblanadi. Ayniqsa bizning xalqimiz bolajon bo'lgani uchun ham serfarzandlikni yaxshi ko'radi. Albatta ko'p farzandlik bo'lish yaxshi ammo ayol organizmi, uning yoshi, turmush tarzi, odatlari, ovqatlanishi, iqlimdagi o'zgarishlar va yana ko'plab sabablar bolaning sog'ligiga ta'sir ko'rsatadi. Bekorga "Sog'lom ona-Sog'lom bola" iborasi qo'llanilmaydi. Darhaqiqat Ona sog'lom bo'lsa bola ham sog'lom bo'ladi. Chunki sog'lom onadan sog'lom zurriyod dunyoga keladi. Sog'liq esa bizning eng katta boyligimizdir. Inson hoh yosh bo'lsin hoh katta yoshli bo'lsin salomatligi o'z o'rnida bo'lmasa u hotirjam yasholmaydi. Inson hayot kechirishi uchun suv va havo zarur bo'lganidek Salomatligi ham huddi shunday. Hozirgi ilm fan taraqqiy etgan davrda inson aql zakovati juda ko'p narsalarni qila oldi va ba'zi bir kasallik, irsiy kasalliklarga davo ham topa oldi, Ammo hamma hammasiga emas. Yaqin 10 yillik ichida Turli sabablarga ko'ra salomatligi cheklangan bolalar tugilishi ko'paymoqda. Bundan tashqari BMT

April, 2022

608

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-608-612

ma'lumotlariga ko'ra taxminan 450 mln. insonda psixik va jismoniy rivojlanishda buzilishlar mavjudligi aniqlangan. Bu yer yuzidagi aholining 1/10 qismini tashkil qiladi. Bunga: eshitish sezgisida buzilishlari mavjud insonlar (kar, zaif eshituvchi, orttirilgan kar insonlar); nutqida og'ir buzilishlar mavjud insonlar ; intellektual rivojlanishida og'ir buzilishlar mavjud insonlar (aqli zaif insonlar); psixik rivojlanishida kompleksli buzilishlar kuzatiluvchilar (ko'zi ojiz hamda kar-soqov insonlar, ko'zi ojiz hamda aqli zaif insonlar va boshqalar); tayanch apparat tizimida kasalliklari mavjud kabi insonlar kiradi.[1] Salomatligi cheklangan - bu shaxsiy ehtiyojlarini va ijtimoiy hayot yetishmovchiliklarini qisman yoki to'liq o'zi mustaqil ta'minlay olmaydigan shaxs. Nogironlik qabul qilingan tasnifnomaga ko'ra organizmdagi domiy buzilishlarga olib keluvchi, hayot faoliyatining cheklanishiga sabab bo'luvchi, alohida ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga ehtiyoj tug'diruvchi ijtimoiy zaiflik sifatida talqin etiladi.

Salomatligi cheklangan bolalarning asosiy muammosi quyidagilar: Idrok tafakkur bilan bogliq muammolar;

Kattalar va tengdoshlari bilan solishtirilish natijasida bolaning emotsional zaifligi;

O'z emotsiyalarini ichga yutish yoki haddan ortiq chiqarib yuborish;

Elementar ta'limni ololmaslik. Bu muammo faqatgina sub'yektiv bo'lmay, balki ijtimoiy-siyosiy hamdir;[2]

Qobilyat va iste'dodni namoyon qilishni chegaralanganligi. Salomatligi cheklangan bola tengdoshi kabi qobiliyatli iste'dodli bo'lishi mumkin, biroq o'z qobiliyatlarini rivojlantirish, aniqlash va ular orqali jamiyatga foyda keltirishi uchun unga imkoniyatlarning teng emasligi to'sqinlik qiladi. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, imkoniyati cheklangan bolalarning psixologik holatida quyidagi emotsional hodisalar kuzatiladi:

1. Tengdoshlari va yaqinlari bilan muloqotning o'tkir yetishmasligi hissi;

2. Kasallikning rivojlanishi natijasida, yoki tanani mayib qiluvchi davolash usuli ta'sirida o'zining "Jismoniy meni"ni qabul qilishdagi qiyinchilikni (bola davolash ta'sirida semiradi, sochi to'kilib ketadi, tez o'sadi, buning ta'sirida bola dorilarni iste'mol qilishdan bosh tortishi mumkin) paydo bo'lishi;

3. Ijtimoiy qarovsizlik, zaiflik, jamiyat tomonidan voz kechish hissining paydo bo'lishi;

4. Qo'rquvlar (ko'pincha, parodaksal xarakterga ega

bo'ladi: ular bolaning hozirgi paytdagi aktual holati bilan

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-608-612

bog'liq va qisman kelajakda namoyon bo'lishi mumkin bo'lgan holatlar bilan bog'liq bo'ladi)

5. Kasallikning residivi oldida qo'rquv;

6. Yolg'izlik hissi, ammo ayni paytda bola u uchun ahamiyatli bo'lgan insonlar bilan uchrashishdan ham qo'rqishi mumkin;

7. 4-5 yoshdan boshlab his etiladigan o'limdan qo'rqish hissi (yetti yoshli bola: atrofimda bolalar o'lmoqda, men ham tez orada o'lishim mumkin, buni bilaman, men o'limdan qo'rqaman);[3]

Salomatligi cheklangan tug'ilgan bola oilalalarining aksariyatida nosog'lom qarashlar mavjud bo'lib, bu albatta bolaning psixikasiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Ota -ona yaqinlarining qo'llab quvvatlashi o'rniga bolani imkon qadar uyda saqlashga intilisЫaгi, uni qiziqishlariga e'tiboгsizlik, bola bilan alohida shug'ullanish uchun vaqt va imkoniyatni yo'qligi, faqatgina fiziologik ehtiyojlarinigina taminlash kabilar o'z navbatida salomatligi cheklangan bolalar psixologiyasiga salbiy ta'siï ko'reatadi. Nafaqat salbiy ta'siï ko'rsatadi balki, mwg'ak ko'ngilda o'zini mukammal sog'lom emasligidan uyalish, o'ziga achinish, o'ziga bo'lgan ishonchning pasayishi, kelajakga nisbatan qo'rquv, insonlardan o'zini olib qochish, muloqotdan qochish, kam gaplik va yana boshqa boshqa holatlarni keltirib chiqaradi. Yuqorida aytib o'tganimdek statistik ma'lumotla^a ko'ra bunday salomatligi cheklangan bolalar ko'p. Bunday farzandi bor ota-onalar yana ham fareandiga e'tiborii bo'lishlarini, uning kelajakda o'z qobiliyatini topib shakllantirishda bolaga ko'mak berishlarini va har bir nihol albatta qarovga, mehr-muhabbatga muhtoj ekanini yana Ыг bor ta'kidlab o'tishni joiz toptim.

Oila jamiyatning ajralmas bo'g'ini hisoblanadi. Salomatligi cheklangan

bolalarga ota-ona munosabat turlari:

-avtoritar uslubdagi munosabatlar

-nevrotik holatdagi munosabatlar

-psixosomatik holatdagi munosabatlar

-me'yoráagi oddiy munosabatlar

Avtoritar uslubdagi munosabatlarda ota-onalar o'zlarining shaxsiy his tuyg'ulari bilan yashashga intiladilar. Bunda xalqimizning etnopsixologik xususiyatlariga ko'ra salomatligi cheklangan farzandi mavjud ota onalar farzandidagi nuqsonlarni atrofdagilardan, qo'ni-qo'shnilaгdan, qaгindosh uгug'lardan siг saqlab hatto ko'chaga chiqarmay, uyda saqlashga harakat qiladilar. Mehmonga ham odatda olib borilmaydi, albatta bu yosh bolaga

ayniqsa salomatligi cheklangan bolaga uni psixikasiga katta ta'siï

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-608-612

o'tkazadi. Yana doimiy tanbex, bosim, tarbiyaviy ishlarda me'yoriy chegaralarni yo'qligi, boladagi mavjud kamchilikni katta fojea sifatida qabul qilish kabilar salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Nevrotik holatdagi munosabatlar bolani tashqi muhit muammolaridan himoya qilish, doimo havotirli kayfiyat, bolaga haddan tashqari ortiqcha g'amxo'rlik qilish bilan harakterlanadi. Bolani salomatligidagi nuqsonni bartaraf etishga umidsizlik bilan qarash, Salomatligi cheklangan bolalarning o'ziga-o'zi xizmat qilish malakalarining shakllanmasligi yoki kech shakllanishiga, ijtimoiy hayotga moslashuvining qiyinlashuviga, boqimandalik kayfiyatida voyaga yetishiga olib keladi. Albatta bu ham salomatligi cheklangan bolalarga salbiy ta'sirini ko'rsatadi.

Psixosomatik holatdagi munosabatlarda esa yuqoridagi har ikkala munosabat birdek ishlatiladi ya'ni ota-ona salomatligi cheklangan bolaga ham o'ta g'amxo'r va shu bilan birgalikda bolani ko'p narsadan cheklaydi. Bunday munosabat bolani o'ziga bo'lgan ishonchini yanda tushurib uni erkinliklarini cheklab, o'zidagi kamchiliklar haqida yanada ko'proq o'ylab kam harakat qilishga, bolani motivlarini so'nishiga olib keladi. Salomatligi cheklangan bolalarni atrof muhit bilan munosabati qanchalik iliq va davomiy bo'lsa uni shu jamiyatda shakllanishiga katta imkoniyat bo'ladi. Mashxur psixolog L.S.Vigotskiy "Bola tugilgan kunidan boshlaboq ijtimoiy vujuddir" deb aytgan edi. Darhaqiqat Salomatligi cheklangan bola o'z hayotida zarur bo'lgan bilim va tajribalarni yaqinlaridan, jamiyatdan, o'z ota-onasidan o'rganib oladi.[4]

Me'yordagi oddiy munosabatlarda ota-onalar salomatligi cheklangan farzandiga avvalo individual shaxs sifatida qaraydi. Uning boshqa bolalardek emasligidan uyalishmaydi, tengdoshlari bilan solishtirib o'zlarini va bolani qiynashmaydi. Boladagi noodatiy holatlardan uyalib, qo'rqib, hadiksirab unga uni psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Doimiy mutaxasis shifokor va psixolog ko'rigiga olib borib, bola bilan shug'ullanishadi. Albatta bunday ota-onalar nisbatan kamroq, ammo yo'q emas. Bunday sharoitda salomatligi cheklangan bolalar o'zlaridagi bor imkoniyatlarni shakllantirish, undan to'g'ri va samarali foydalanishni o'rganadi. Shaxslararo munosabatlarga ham qiyinchiliklarsiz kirisha olishadi, avvalo o'zlaridan uyalish hissi ancha muncha kam bo'ladi. O'zidagi kamchiliklarni tan olib shunga qarab harakatlanishni boshlashadi. Bundan uyalish o'zini boshqalardek emasligidan siqilib nolishni harakatga sarflashadi va albatta natijaga ham erishishadi. Chunki harakat qilgan inson albatta o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishmay qolmaydi. To'g'ri bu oson emas, ayniqsa tengdoshlaring bilan bir hil imkoniyatga ega bo'lmasang. Ammo vaziyatdan hafa bo'lib

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-608-612

bo'lmaydi, bizga bog'liq bo'lmagan vaziyatlar ham bo'ladi, muhimi shundan to'g'ri yechim bilan chiqib keta olish.

Mamlakatimizda salomatligi cheklangan bolalar ta'lim olib, kasb hunar egasi bo'lishlari uchun ko'plab mahsus sinflar, maktab kollejlar mavjud.Bu to'g'risida Vazirlar Mahkamasining" Rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan hamda davolanishga va sog'lomlashtirishga muhtoj bo'lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta'minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta'lim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ning differensiallashgan tarmoqlarini maqbullashtirish maqsadida " 256-son[5] qarori mavjud. Shunday ekan Yurtimiz ravnaqi uchun, Farzandlarimiz kamoli uchun har birimiz harakatni to'xtatmaylik.

REFERENCES

1. Shomaxmudova R, Nurmuhammedova L.Sh "Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ota-onalar o'rtasidagi munosabatlar" Toshkent-2011

2. Божович "Личност и ее формирование в детском возрасте"

3. Nishonova Sh. "Komil inson tarbiyasi"

4. R.Sh.Shomaxmudova, L.Sh.Nurmuhammedova, D.R.To'laganova "Imkoniyati cheklangan bolalarni oilada tarbiyalash" Toshkent-2013

5. Vazirlar Mahkamasi 256-son qarori.

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.