BOLALAR OVOZI RIVOJLANISHINING YOSH DAVRLARI BO'YICHA
XUSUSIYATLARI
T.Akbarov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar ovozi rivojlanishining yosh davrlari bo'yicha xususiyatlari hamda rivojlanish bosqichlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: ovoz apparati, hissiy kechinma, ovoz pardalari, tebranish, artikulyatsiya
CHARACTERISTICS OF CHILDREN'S VOICE DEVELOPMENT BY AGE
T.Akbarov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article talks about the characteristics of children's voice development by age and stages of development.
Keywords: vocal apparatus, emotional experience, vocal folds, vibration, articulation
Inson hissiy kechinmalariga qarab ovoz yoqimli, quvnoq, jarangdor, sho'x yoki bo'g'iq, «shirasiz», «yoqimsiz» bo'lishi mumkin. Ovoz manbai bo'lib tebranuvshi ovoz pardalari ovozning qay darajada hosil bo'lishiga xizmat qiladi. Ovoz pardalari tor misol hiqildoqda tortilgan bo'lib, old qismi qalqonsimon tog'ayga, orqa qismi esa ikkita shoxsimon tog'aylarning o'simtalariga mustahkamlangan bo'ladi. Biz jim turganimizda ovoz pardalari ochilib turadi. Gapirish yoki kuylash paytida ovoz pardalari birikadi va o'pkadagi olingan nafas chiqish paytida bu pardalarga bosim bilan ta'sir qilib, ularni tebratishi natijasida ovoz paydo bo'ladi. Ovoz pardalarining tebranishi va ularning o'rtasidan o'tuvshi havo tovush to'lqinlarini hosil qiladi. Tovush balandligi shu tovush to'lqinlariga bog'liq: tebranish soni qanchalik ko'r bo'lsa, tebranish to'lqinlari shunshalik qisqa bo'ladi va tovush baland bo'ladi; va aksincha, tebranishlar soni kam bo'lsa, tovush to'lqinlari uzun bo'ladi va tovush past bo'ladi. Ovoz pardalari sekundiga 80 dan 10000 gasha tebranishi mumkin. Ovoz pardalari tebranish paytida butunligicha yoki ma'lum qismlari bilan harakatga kelishi mumkin. Tovush kuchi tebranish kengligiga, ovoz pardalarining tarangligiga va olinadigan nafas kuchiga bog'liq. O'z navbatida nafas kuchi - o'pka va nafas muskullarining hayotiy hajmiga bog'liq.
ffciTii^^Bl 442 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Inson ovoz apparati juda murakkab tizimdan tashkil topgan. Uning asosiy qismlari
- nafas organlari (o'pka, nafas yo'llari, nafas muskullari), hiqildoq va ovoz bog'lamlari
- tovush tug'iladigan joy, artikulyatsion apparatlarning hamma qismlari bir-biri bilan o'zaro bog'liq. Kuylash jarayoni paytida ovoz apparatining hamma bo'laklari bir butunlikda ishlaydi. Ovoz apparatining faoliyati bosh miya, markaziy nerv sistemasining boshqaruvi ta'siri ostida bo'ladi. Tovush apparatining fiziologik tuzilishi masalalarini R.Sh.Shesnokov, Sh.Ro'ziyev, D.Xalabuzar, N.Dmitriyev o'z ilmiy risolalarida keng va atroflicha yoritib berganlar. Tovush - ovoz apparatining mahsulidir. Tovush hosil qilishni fonatsiya (yunonsha «fono» - tovush) deb ham yuritiladi. Balandligi, kuchi va go'zalligi jihatidan xilma-xil bo'lgan bu tovushlar hiqildoqda (yuqori nafas sistemasida) hosil bo'ladi. Hiqildoq - tovush hosil qiluvchi organdir. Qo'shiq aytishga monand tovush ovoz pardalarining tebranishi hamda rezonatorlar tovushni kuchlantirishi natijasida paydo bo'ladi. R.Sh.Shesnokovning ta'rifisha, «ovoz boylamlari bizning ovoz asbobimizning torlaridir, havo oqimi esa kamoncha bo'lib, bu torlarni kuylashga majbur qiladi». Hosil bo'lgan tovushni rezonatorlar kuchlantiradi va har xil tembr bo'yoqlari beradi. Rezonatorlar ikki xil bo'ladi: yuqori va rastki. Yuqori - bosh rezonatorlarga ovoz pardalarining yuqorisida joylashgan hiqildoq, burun va og'iz bo'shliqlari kiradi. Pastki - ko'krak rezonatorlarga
- ko'krak qafasi (traxeya, bronxlar) kiradi. Rezonatorlar tovush hosil qilish paytida o'z shaklini, hajmini artikulyatsion apparati orqali o'zgartirib turadi. Til, lablar, jag'lar, hiqildoq, ovoz pardalari bilan birgalikda artikulyatsion apparat deb ataladi. Artikulyatsion apparatning aniq, shiroyli talaffuzga erishishdagi ishi artikulyatsiya deb ataladi.
Ovozni to'g'ri yo'lga qo'yish qiyin jarayon hisoblanadi. U ovoz apparatining to'g'ri holda bo'lishi va ovoz chiqarishi, tovushni cho'zib tura bilishi, nafas tayanchiga erishish kabi jarayonlarni o'z ichiga oladi. Tovush hosil qiluvchi tovush fíziologiyasining asosiy holatlari kattalarda qanday bo'lsa, bolalarda ham shunday. Biroq shuni unutmaslik kerakki, bolalar ovoz apparati juda nozik. U o'ziga juda ehtiyotlik va e'tibor bilan muomala qilishni talab etadi. Ko'pincha ovoz apparati kasalliklari va undagi nuqsonlar bolalik chog'ida unga vokal tarbiyaning noto'g'ri berilganligi natijasida asorat beradi. Bolalar ovoz apparati kattalar ovoz apparatidan o'z hajmi va shakli bilan farq qiladi. U doimo o'sish va rivojlanish holatida bo'ladi. Bolalar ovozi o'z rivojida bir necha etaplarni bosib o'tadi. Hiqildoqning rivojlanishi 3 yoshdan 12 yoshgacha sekin-asta, ravon kechadi. Shuning ushun bolalar katta bo'lgan sari tovush xarakteri va kuchi o'zgaradi. Bola ovozi rivoji davrlari uning umumiy jismoniy va asab-ruhiy rivojlanishiga bog'liq bo'ladi. Bola ovozining shakllanishidagi asosiy davrlarni ko'rib shiqamiz:
I davr. Kishik yoshdagi maktab o'quvshilari (7-9 yoshgasha) ovozi bolalar ovozi jaranglashi xususiyatiga ega. Bolaning o'sishi ravon ketadi, ovozida ham o'zgarish
PÍgcTÍÍ^^BI 443 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
sezilmaydi. Ovoz juda mayin, yengil bo'ladi. «Falset» jaranglashi deyiladi. Ovoz apparati bu yoshda nozik, mo'rt bo'lishini o'qituvchi yaxshi bilishi kerak. O'z tuzilishiga ko'ra bu mexanizm (ovoz apparati) hali sodda bo'ladi, ya'ni ovoz hiqildoqda hosil bo'lib, ovoz pardalarining chekka qismlarining tebranishidan hosil bo'ladi. Bu pardalar to'liq holda jipslashmaydi. Tovush hosil bo'lgan paytda ovoz pardalari orasida «yoriq» qoladi. Qiz va o'g'il bolalar ovozida bu paytda farq bo'lmaydi.
II davr. Bolaning yoshi o'sishi bilan birga ovoz apparati mexanizmi ham o'sib boradi. Uning tuzilishi murakkablashadi. Hiqildoqda muhim paylardan - ovoz paylari rivojlana boshlaydi. 10-11 yoshli bolalarning ovozi ancha kuchli va quyuqroq eshitiladi. 12-13 yoshlarga borib, bu paylar ovoz pardalarining faoliyatini to'la boshqaradi, ovoz tarangligi kuchayadi. Bu yoshda qo'shiqshilik ovozi shakllana boshlaydi. Muayyan tembrdagi ohang paydo bo'ladi. Shu tufayli o'g'il bolalar ovozi diskant va altga bo'linadi. Diskantlar (baland ovozlar) o'zining yengilligi, jaranglab chiqishi, yorqinligi bilan xususiyatlanadi. Altlar (rast tovushlar) esa o'zining zichligi, quyuqligi va kuchliligi bilan farq qiladi. Bu yoshda ovoz pardalarining tebranishi faqat chekka qismlarda bo'lmasdan, balki to'laligicha hosil bo'ladi, ovoz kushli, to'liq jaranglay boshlaydi. 10-12 yoshli bolalar bilan xor mashg'ulotlari, kuylash faoliyati yaxshi tashkil etilsa, bu yoshda chiroyli ovoz shakllana boshlanadi. Bu davr bolalar ovozning «gullash» davri deyiladi.
III davr. 12-13 yoshlarga borib o'smirlik davri boshlanadi. Ovoz apparati o'smir organizmida kechayotgan jarayonlar tufayli o'zgaradi. Jismoniy o'sish ham, ovoz apparatining o'sishi ham ravonligini yo'qotib, notekis, sakrama rivojlana boshlaydi. Ovoz o'z «jarangdorligini» yo'qotib, «xunuk» xiralashadi. Hamma diapazonda erkin kuylayotgan o'quvchi endi yuqori tovushlarni ola olmaydi. Bu davr zo'riqish bilan, shish bilan o'tadi. Bunday holatlar o'qituvshi va o'quvshi ushun juda mas'uliyatli davrdir. Bu mutatsiyaning boshlanish davridir. Mutatsiya o'smirlarda individual tarzda sodir bo'lgani ushun (11 yoshdan ham boshlanadi) ba'zida sezish qiyinroq bo'ladi. Mutatrsiya 12-13 yoshlardan boshlanib, 15-18 yoshgasha davom etishi mumkin. O'g'il bolalarda hiqildoq tez o'sa boshlaydi. Hiqildoq 2/3 qismga o'sadi. 12-41, 13 yoshda 13-14 mm bo'lsa, mutatsiya davrida 6-8 mm o'sib, 25 yoshda 22-25 mmni tashkil etadi. Ovoz pardalari yo'g'onlashadi. Ovoz kichik oktava diapozoniga o'tadi. Bu o'sish notekislik va og'riq bilan kechishi mumkin. Ba'zida kuylash mashg'ulotlarini to'xtatish talab etiladi. Qizlarda mutatsiyaning bunday keskin shakllarini juda kam kuzatiladi. Mutatsiyaning turi va davom etishi turlichadir. O'g'il bolalarda mutatsiya boshlangan davrni o'z vaqtida ilg'ash va unga vokal rejimini to'g'ri belgilash eng muhim ishlardandir. Mutatsiya turlicha o'tadi. Ba'zida ovoz asta-sekin bolalarning o'ziga ham, uning atrofídagilariga ham bilinmay o'zgaradi; bunday paytda qo'shiq
444
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
aytayotganda ovoz xirillab, tez charchash sodir bo'ladi. Kuylash paytida ham, garirishda ham ovoz bo'ysunmay qoladi, uziladi, «sakraydi».
O'qituvchi mutatsiyaning dastlabki belgilari namoyon bo'la boshlangan bolalarni diqqat bilan kuzatib borishi, ovozni ehtiyot qilish lozimligini tushuntirishi kerak aks holda ovozga zarar yetishi va ba'zan uning yo'qotilishi kuzatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. D.M.Malikova Toshkent Vokal 2018-yil
445
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)