Научная статья на тему 'BOLALAR NUTQI: PSIXOLINGVISTIK OMIL, KOGNITIV BILIM, LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKT SIFATIDA'

BOLALAR NUTQI: PSIXOLINGVISTIK OMIL, KOGNITIV BILIM, LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixolingvistika / nutq faoliyati / muloqot / biologik ehtiyoj / individuallik / noverbal ishoralar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Davlatova Aziza Akmalovna

Ushbu maqolada bolalar nutqining psixolingvistik ta’rifi hamda tavsifi keltirilgan bo‘lib, jahon miqyosida bolalar psixolingvistikasi paydo bo‘lishi haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Psixolingvistika sohasining ahamiyati va uning tilshunoslik, muloqot bilan uzviy bevosita bog‘liqligi ilmiy jihatdan tadqiqotlarda aniqlangan. Tilshunoslikda psixologiya sohasining tutgan o‘rni hamda uning ta’siri natijasida bolalarda nutqning rivojlanishi maqolada ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR NUTQI: PSIXOLINGVISTIK OMIL, KOGNITIV BILIM, LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKT SIFATIDA»

BOLALAR NUTQI: PSIXOLINGVISTIK OMIL, KOGNITIV BILIM, LINGVOKULTUROLOGIK ASPEKT SIFATIDA

Davlatova Aziza Akmalovna

NavDPI 1-kurs tayanch doktoranti Navoi innovatsiyalar universiteti Filologiya tillarni o'qitish

kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13945401

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar nutqining psixolingvistik ta'rifi hamda tavsifi keltirilgan bo'lib, jahon miqyosida bolalar psixolingvistikasi paydo bo'lishi haqida ilmiy ma'lumotlar keltirilgan. Psixolingvistika sohasining ahamiyati va uning tilshunoslik, muloqot bilan uzviy bevosita bog'liqligi ilmiy jihatdan tadqiqotlarda aniqlangan. Tilshunoslikda psixologiya sohasining tutgan o'rni hamda uning ta'siri natijasida bolalarda nutqning rivojlanishi maqolada ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: psixolingvistika, nutq faoliyati, muloqot, biologik ehtiyoj, individuallik, noverbal ishoralar.

Аннотация. В данние статье дается психолингвистическое определение и описание детской речи, а также приводятся научные сведения о возникновении детской психолингвистики в мировом масштабе. В исследовании научно определяется важность области психолингвистики и ее неразрывная непосредственная связь с лингвистикой и коммуникацией. В статье рассматривается роль психологии в лингвистике и развитие детской речи в результате ее влияния.

Ключевые слова: психолингвистика, психосоциальное благополучие, речевая деятельность, общение, биологическая потребность, индивидуальность, невербальные сигналы.

Abstract. This article provides the psycholinguistic definition and description of children's speech and gives scientific information about the emergence of children's psycholinguistics on a global scale. The importance of the field of psycholinguistics and its inextricable direct connection with linguistics and communication have been scientifically determined in this research. The role of psychology in linguistics and the development of children's speech as a result of its influence are considered in the article.

Keywords: psycholinguistics, psychosocial well-being, speech activity, communication, biological need, individuality, non-verbal signals.

Bolalar nutqi o'zining soddaligi hamda qiziqarli kreativ shakli bilan kattalar nutqidan tubdan farq qiladi. Bola nutqining lingvokulturologik jihati tilshunoslikda olimlarning diqqat markazidan joy olgan sohalardan biri hisoblanadi. Slobin 2007- yilda nashr ettirgan tadqiqotiga "Children use canonical sentence schemas: A crosslinguistic study of word order and inflections" (Bolalar kanonik gap tuzilishlaridan foydalanadilar: tuslanish va so'z tartibining tillararo tadqiqi) deb sarlavha berdi. Tadqiqotning maqsadi bolalarda ingliz tilini o'zlashtirish boshqa tillarni o'zlashtirish bilan bir xil ekanligini umumiylashtirmasligimiz kerakligini ta'kidlaydi. Bu tadqiqotda u bolalar o'rtasi tajribada asoslab beradi1.

Fikrimizcha, har bir til uning grammatik va lisoniy xususiyatiga ko'ra boshqasidan tubdan farq qiladi. Bu farqlar tilning morfologik va leksik, sintaktik sathida yuzaga kelib, nafaqat tilning tuzilishida madaniy, ijtimoiy va hatto milliy jihatlar aks etadi. Ma'lum bir tilda shu millay

1 https://en.wikipedia.org/wiki/Dan Slobin

va elatning madaniyati, urf-odati qadriyatlari ifodalanadi. Shu bois Slobin har bir so'zlashuvchi shu tilda fikrlashini qayta -qayta ta'kidlab o'tadi.

Bolalar nutqi ijtimoiylashuv jarayoni tarkibida rivojlanadi. Bolalarning psixo-ijtimoiy farovonligi ularning nutqiy, aqliy, ruhiy, hissiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Psixo-ijtimoiy farovonlik bu - bolaning hissiy, ijtimoiy va psixologik holati, jumladan, hissiyotlarni tartibga solish, sog'lom munosabatlarni rivojlantirish va turli muhitlarga moslashish qobiliyati tushuniladi2. Muloqotga kirishishda bolalarning psixologik xotirjamligi hamda noverbal nutq elementlaridan muqobil qo'llashi, hissiyotlardan o'z o'rnida foydalanishi bolalarning psixolingvistik ko'nikmalarini rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. Psixo-ijtimoiy xotirjamlik bolaning sog'lom rivojlanishi uchun asos vazifasini bajaradi. Bolalarning psixolingvistik rivojlanishida muhim omillar quyidagilar:

Kognitiv rivojlanish. Kognitiv rivojlanish - bolaning fikrlash, muammolarni hal qilish qobiliyatini o'z ichiga olgan intellektual o'sishi tushuniladi. Kognitiv o'sishni ijobiy rag'batlantirish uchun intellektual(aqliy) rag'batlantirish juda muhim ahamiyatga egadir. Bu bolalar o'qish, boshqotirma va milliy madaniy o'yinlar kabi bolalarning ongini o'stirishi va tanqidiy fikrlashni, solishtirishni qo'llab quvvatlovchi mashg'ulotlarni o'z ichiga olishi mumkin. Rag'batlantirish o'zbek bolalarida asosan ota-onalar hamda keksa oila a'zolari buvi hamda bobolar tomonidan "oppog'im", "bolajonim", "toycho'g'im", "aqlli bolam" kabi so'zlar orqali amalga oshiriladi. Ingliz madaniyatida esa bolalarni rag'batlantirish asosan ota-onalar, enaga tomonidan bolaning to'g'ri gapirganligi, o'yin shartlarini xatosiz bajargani yoki so'zlarni to'g'ri tallaffuz qilgani uchun "excellent", "great", "good job", "my hero/heroine", "my baby" kabi so'zlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Keyinchalik esa bu so'zlar bolaning nutqida o'z tengdoshlari hamda yaqinlariga nisbatan taqlidan paydo bo'ladi. Shu tariqa vaziyat hamda tabiiy muhit ta'sirida bolalar so'zlarni o'rganishda, nutqni takomillashtirishda davom etadilar. Maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni borishi va erta ta'lim jarayonlariga qatnashish bolalarda kognitiv rivojlanish uchun zamin yaratadi.

Hissiy omillar. Hissiy - emotsional rivojlanish bolaning umumiy farovonligining asosi hisoblanadi. Bolalarning atrofidagi muhim insonlar ota-onalar, tarbiyachilarning hissiy yordami ya'ni munosabatlardagi pozitiv, yumshoqlik va qo'llab-quvvatlash bolalarga his-tuyg'ularini nutq orqali tushunish va boshqarishda yordam berish uchun juda muhim. G'amxo'r va xavfsiz muhitni ta'minlovchi ota-onalar bolalarning hissiy barqarorligini rivojlantirishda asosiy o'rinni egallaydi. Oilada, jamiyatda bola kuzatgan ijobiy namunalar bolaning hissiy rivojlanishiga asosiy ta'sir manbai bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Rag'batlantirish. Bolalar rivojlanishida hal qiluvchi o'rinni rag'batlantirish orqali egallash mumkin. O'rganish va maqsadlarga erishish motivatsiyasini(rag'bat) ichki va tashqi motivatsiyaga bo'lsak. Ichki rag'bat bolaning o'rganishi, vazifalarni bajarishga bo'lgan ichki istagida namoyon bo'ladi. Bu ko'pincha bolalarning ijobiy natijalarga erishishida samaraliroq bo'ladi, chunki u o'rganish va o'z-o'zini anglashi, o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishda yaxshi yordam beradi. Rag'batlantirish bolaning umumiy rivojlanishida, nutqni to'g'ri rivojlanishida yaxshi yordam beradi.

Ijtimoiy aloqalar. Ijtimoiy shaxslararo aloqalar bolalarning ijtimoiy va hissiy rivojlanishining ajralmas bo'lagidir. Tengdoshlar, do'stlar, kattalar bilan munosabatlarning sifati bolaning empatiyasi, samarali muloqot qobiliyatlarini, hamkorlikda ishlash ko'nikmalariga

2 https://bonyan.ngo/child-protection/childrens-psychosocial-and-social-well-being/ 2024/01/06

sezilarli ta'sir qiladi. Bu ta'sir bolaning ijtimoiylashuv jarayonida bolaning o'zini qanday namoyon etishida ko'rinadi. Hamda ijtimoiy muhitda ijtimoiy- lisoniy kompetensiya va hissiy intelekt bolalarning keyinchalik turli sohalardagi qobilyatlari shakllanishida samarali yordam beradi.

Idrok. Bolalarning dunyoni idrok etishi, o'zi va boshqalar haqidagi fikri ularning xatti-harakatlariga katta ta'sir qiladi. O'z-o'zini hurmat qilish va o'zini anglash umumiy sog'lom rivojlanish uchun muhim bo'lsa, shuningdek, o'z nutqida bulardan foydalanishda bolalarning o'ziga hamda suhbatdoshga nisbatan hurmat ko'rsatishda ifodalanadi.

Oilaviy muhit. Bolalarning psixologiyasi rivojlanishidagi asosiy manba bu oila muhitidir. Ota-onalarning bolalari bilan muloqoti, munosabati, tarbiyasi, oila dinamikasi hamda qo'llab-quvvatlashi bolalarning nutqiy, ijtimoiy, psixologik rivojlanishida yaqqol namoyon bo'ladi. Demokratik, avtoritar yoki ruxsat beruvchi kabi turli xil tarbiya uslublari bolaning xatti-harakati va lisoniy munosabatlarini shakllantirishi mumkin3. Demak, oila a'zolarining nutqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy o'zini tutishi bolalarning ko'z o'ngida ularning rivojlanishidagi tub burilishni yasaydi. Atrofdagi insonlar munosabati ta'siri ostida bolaning psixolingvistik, ijtimoiy-psixologik, ruhiy, kognitiv rivojlanishida andoza vazifasini bajaradi.

O'zbek tilshunosligidagi ilk ijtimoiy psixolingvistik asarlar A.Umarxo'jayevaning "Bolalar nutqi haqida ba'zi mulohazalar" va M.Kenjaev & M.Norboshevaning "Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish" asarlari ushbu sohaga bag'ishlangan4. Ushbu asarlar maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqi shakllanishi hamda rivojlanishi yuzasidan olib borilgan kuzatuvlar natijasida bolalarda nutqning madaniyat bilan birgalikda shakllanishi haqida ma'lumot beradi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bolalar tug'ilib rivojlanayotgan va olamni lisoniy jihatidan o'rganib uni o'z idrokida tasvirlar ekan, bolalar tashqi olam bilan munosabatga kirishish natijasida ular nutqdan foydalanadi. O'z fikr va munosabatini murakkab psixolingvistik holatini muloqot jarayonlarida ishtiroki orqali shakllantiradi. Shuningdek, psixologik jihatdan nutq rivojlanishi bolaning jismoniy barkamolligida sog'lom rivojlanishi uchun ham muhim o'rin egallaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Akbarova Z. Yuldasheva D. Psycholinguistic essences of children's speech at the age of preschool education// EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) -Peer Reviewed Journal. Vol. - 7. No.5(2021) ISSN (Online): 2455-3662. Journal DOI: 10.36713/epra2013. May 2021 - P.511-513.

1. file:///C:/Users/HP/Downloads/149am_94.EPRA%20JOURNALS%204348.pdf

2. https://en.wikipedia.org/wiki/Dan Slobin

3. https://bonyan.ngo/child-protection/childrens-psychosocial-and-social-well-being/

2024/01/06

4. https://bonyan.ngo/child-protection/childrens-psychosocial-and-social-well-being/

2024/01/06

3 https://bonyan.ngo/child-protection/childrens-psychosocial-and-social-well-being/ 2024/01/06

4 Akbarova Z. Yuldasheva D. Psycholinguistic essences of children's speech at the age of preschool education// EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) - Peer Reviewed Journal. Vol. - 7. No.5(2021) ISSN (Online): 2455-3662. Journal DOI: 10.36713/epra2013. May 2021 - P.511-513. file:///C:/Users/HP/Downloads/149am_94.EPRA%20J0URNALS%204348.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.