BOBURIY HUKMDOR AVRANGZEB OLAMGIR
Jamshidbek Zokirjon o'g'li Sobirov
Andijon davlat universiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Avrangzeb Olamgirning hayot yo'li, boburiylar saltanatida o'z o'rnini topishga intilishi, mohirona jang san'ati, aql-zakovati, yuqori salohiyati, islom diniga munosabati va fiqhshunoslikdagi ilmi, xalqininf osuda-tinch yashashi yo'lida qilgan xizmatlari-yu, xiyonatkor farzandlari va umrining so'ngida chekkan azob uqubatlari haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: Avrangzeb Olamgir, Zahiriddin Muhammad Bobur, Hindiston, boburiylar imperiyasi, boburiylar sulolasi, Akbarshoh.
In this article, Avrangzeb Alamgir's way of life, his desire to find his place in the Baburi kingdom, his skill in martial arts, intelligence, high potential, attitude to Islam and jurisprudence, and his contribution to the peaceful life of his people are described. yu, the traitorous children and the sufferings he suffered at the end of his life.
Keywords: Avrangzeb Alamgir, Zahiriddin Muhammad Babur, India, Baburi Empire, Baburi Dynasty, Akbarshah.
Hindistonda salkam uch yarim asr hukm surgan boburiylar saltanati tarixining yarim asrlik davri boburiy shahzoda Avrangzeb Olamgir hukmronlik qilgan yillarga to'g'ri keladi. Boburiylar sulolasida Avrangzeb beshinchi avlodga mansub bo'lib, ular orasida bobokaloni Akbarshoh singari Hindiston qit'asidagi bu ulkan imperiyani yagona markazdan boshqariladigan yaxlit bir davlat sifatida 50 yil mobaynida boshqarib kelgan tarixiy shaxsdir.
ASOSIY QISM
Avrangzeb Shoh Jahonning uchinchi o'g'li bo'lib, 1619-yil 24-sentabrda (1028-yil 15-zulqa'da oyida) tug'ilgan. Onasi Mumtoz Mahal begimdir. Avrangzeb yoshligidanoq aka-ukalariga nisbatan ancha qobiliyatli, sovuqqon, uddaburon, hiyla va nayrang ishlatishga mohirligi bilan ajralib turardi. [1.71-72]
BOBURIY HUKMDOR AVRANGZEB OLAMGIR
ABSTRACT
KIRISH
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2022
U yoshligidanoq dindorlik bilan nom chiqarishga harakat qilar, riyokorlik bilan "umrimni ibodat bilan o'tkazmoq uchun Makkatilloga borib, bu foniy dunyo ishlaridan qo'l yuvaman" deb yurardi. U oddiy xalq ko'ziga o'zini huddi avliyodek ko'rsatar edi. Zotan Avrangzeb o'qimishli va bilimdon kishi bo'lib, Qur'onni yoddan bilar, talaygina g'azallarni yoddan o'qir, o'zi ham g'azallar yozardi. Ammo qattiqqo'l, kuchli irodali, birovning haqqidan qo'rqmaydigan, qon to'kishni oddiy bir zarurat deb biluvchi toshbag'ir kishi edi.
Avrangzeb o'smirlik chog'idanoq, hali taxtga chiqmay turib boburiylar saltanatidagi o'z o'rnini topishga uringan shahzoda edi. 1636-yili, u endi o'n sakkizga kirganda otasi Shoh Jahon tomonidan markazi Avrangobod shahri bo'lgan Dekkon viloyatiga hokim etib tayinlandi. 1645-yili Shoh Jahon o'g'lini avval Gujarotga, so'ngra Balx va Badaxshonga hokim qilib jo'natdi. 1652-yili otasi Shoh Jahon o'g'li Avrangzebni yana Dekkonga qaytardi, u yana Dekkon viloyati hokimi etib tayinlanadi va bu vazifada 1657-yilgacha qoladi. [2]
Avrangzeb qurol ishlatish va jang san'atini mahorat bilan egalladi va ilk harbiy yurishdayoq raqibini mag'lub etib, muvaffaqiyat bilan qaytdi. Uning turli janglar mobaynida to'plangan harbiy tajribasi aka-ukalariga qarshi taxt uchun kurash olib borishga chorladi va bu bilan u jang san'atini yana bir bor namoyish etdi.
1658-yilning iyul oyida saltanat taxtini qo'lga kiritdi. 1659-yilning iyun oyida toj kiyib o'zini rasman Hindistondagi boburiylar saltanatining podshosi Abdul Muzaffar Muhiddin Muhammad Avrangzeb Bahodir Olamgir - Podshohi G'oziy deb e'lon qildi. [3.43-44]
Avrangzeb Olamgir
119
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz
Shu voqeadan so'ng Eron shohi va Buxoro xonlaridan maxsus elchilar kelib, sovg'a-salomlar bilan podshohni muborakbod etgan edilar. Podshoh sifatida Avrangzeb Olamgir o'z vazifalariga mas'uliyat bilan qarar, xalq manfaatini o'z manfaatidan yuqori qo'yar, oddiy fuqaroni himoyasiga olishni o'z burchi deb bilar va qo'l ostidagi mansabdorlariga ham shu tamoyillarga rioya qilishlarini qat'iy talab qilar edi. Bundan tashqari davlat xazinasiga to'planib, xalqning boshqa ehtiyotlari uchun xizmat qiluvchi soliqlar ham joriy eta boshlaydi.
1672-yilda islom ta'limotiga ko'ra podshoh jizya solig'ini qaytadan hinduslarga soladi. Musulmonlardan zakot olinsa, musulmon bo'lmagan xalqlardan jizya olingan. Bundan tushgan pullar davlat xavfsizligini kuchaytirishga, xalqning boshqa ehtiyojlariga ishlatilar edi. Akbar o'zini dindan uzoqlashtirgan siyosatni amalga oshirayotgan davrlarda bu soliqni yo'qqa chiqargan edi. Akbardan keyingi yuz yilcha davrda bu soliq solinmay kelgan. Hinduslarning bu davlatga munosabatini o'zgartirmaslik uchun Olamgir ham avvalida bu soliqni qaytadan joriy qilmay turgan.
Lekin borgan sari soliqlarning ko'payishi, hindlarning davlat ishlaridan uzoqlashtirilishi, butxonalar mol-mulkining musodara qilinishi, hindlar orasida islomni joriy ettirish jarayoni natijasida mamlakatda ko'plab g'alayonlar ko'tarilib turdi. Shivoyi boshchiligdagi kurash natijasida Maxarashta alohida xonlik bo'lib ajraldi. Avraangzebning hukmronlim davrida Hindiston bir necha xonliklarga bo'linib ketdi. Bu esa Hindistonda boburiylar saltanatining yemirilishini boshlab berdi.
Bunibg ustiga Avrangzeb hayotining oxirgi yillarida uning oilasi ham inqirozga yuz tuta boshladi. 1702-yilda qizi Zebuniso begim vafot etdi, 1704-yilda isyonkor o'g'li Muhammad Akbar Eronda quvg'inda, darbadarlikda hayotdan ko'z yumdi, 1705-yilda suyukli kelini Jahonzeb olamdan o'tdi, 1706-yilda kichik singlisi Gavhararo begim bandalikni bajo keltirdi. Huddi shu yili ikkinchi qizi Mehriniso begim va uning eri Izzat Baxsh (Avrangzebning ukasi shahzoda Murodbaxshning o'g'li) dorulfanodan dorulbaqoga rihlat qildilar. Bir oy o'tmay nevarasi (isyonkor shahzoda Muhammad Akbarning o'g'li) Baland akbar vafot etdi. [5.48]
Bu voqealar Avrangzebni anchagina zaiflashtirdi. Avrangzeb o'limidan oldin o'gillariga shunday bir vasiyatni yozib qoldirdi: "Men bu dunyoga yakka keldim va yakka ketmoqdaman. O'zimning kimligimni va nimalar qilganimni ham bilmayman. Sarg qilingan kunlar o'z ortidan faqat nadomatlar qoldirdi. Men hech qanday davlat boshqaruvini tuza olmadim, ra'iyat haqida g'amxo'rlikni ham ta'minlay olmadim. Nihoyatda qimmatli hayot befoyda narsalarga sarf bo'lib ketdi".
So'nngi buyum temuriy sarkarda - Avrangzeb Olamgir salkam ellik yillik hukmronlikdan so'ng 1707-yili 89 yoshida Ahmadobod shahrida vafot etdi. U
[4.34]
Avrangobod yaqiniga dafn etildi. Keyinchalik uning jasadi Davlatobodga ko'chirilib, hashamdor maqbaraga emas, marmar lavh qo'yilgan oddiygina qabrga qo'yildi. [6]
Shunday qilib Avrangzeb Olamgir Hindiston mintaqasida ulkan davlatga asos solgan bobokaloni Zahiriddin Muhammad Boburdan bir yuz ellik yil oldin taxtga o'tirgan bo'lsa, ushbu sulola avrangzebdan keyin yana bir yuz ellik yil hukmronlik qildi. Avrangzeb vafotidan keyin uning o'g'illari boburiylar saltanatiga hukmronlik qildilar. Ammo ular salohiyat va tadbirda otalariga o'xshamagani uchun bir-biri bilan kurash olib borgan turli feodal guruhlarning qo'g'irchoq hukmdorlariga aylanib qolishdi. Bu paytlarda ingliz mustamlakachilari boy va go'zal boburiy saltanatni qo'lga kiritish maqsadida makkorona xatarli "o'yin"larni boshlab yuborishgan edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Turg'un Fayziyev, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. - Toshkent: Yozuvchi, 1996. 71-72-betlar.
2. E-tarix.uz sayti.
3. G'ofurjon Sotimov, Boburiyzodalar. - Toshkent: Ma'naviyat, 2003. 43-44- betlar.
4. Mahmudjon Nuritdinov, Boburiylar sulolasi. - Toshkent: Fan. 1994. 34-bet.
5. G'ofurjon Sotimov, Boburiyzodalar. - Toshkent: Ma'naviyat, 2003. 48-bet.
6. E-tarix.uz sayti.
XULOSA