Научная статья на тему 'BO`YIMADARON O`SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI, XALQ TABOBATI VA TIBBIYOTDAGI AXAMIYATI'

BO`YIMADARON O`SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI, XALQ TABOBATI VA TIBBIYOTDAGI AXAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
354
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BO'YIMADARON / KAROTIN / EKSTRAKT / FLAVANOIDLAR / ANTIOKSIDANT / GASTRIT / TUYON / KAMFORA / KARIOFFILLEN / SINEOL / CHUMOLI / SIRKA VA VALERIAN KISLOTALAR

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Maxammatova S.X., Jalolov A.A.

Ushbu maqolada bo`yimadaron o`simligining Ozbekistonda o`suvchi turlari, tarqalishi, tabobatdagi ahamiyati, zamonaviy tibbiyotdagi o`rni, kimyoviy tarkibi, tarkibidagi organik va noorganik moddalar hamda vitaminlarning foydali xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHEMICAL COMPOSITION OF BOYIMADARON PLANT, ITS IMPORTANCE IN FOLK MEDICINE AND MEDICINE

This article describes the species of the Achillea millefolium L., growing in Uzbekistan, its distribution, significance in medicine, role in modern medicine, chemical composition, organic and inorganic substances and the beneficial properties of vitamins.

Текст научной работы на тему «BO`YIMADARON O`SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI, XALQ TABOBATI VA TIBBIYOTDAGI AXAMIYATI»

Maxammatova S.X.

Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Tibbiy Kimyo Kafedrasi Assistenti

Jalolov A.A.

Stomatologiya Fakulteti 1-Kurs Talabasi

Andijon Davlat Tibbiyot Instituti

BOYIMADARON O SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI, XALQ TABOBATI VA TIBBIYOTDAGI AXAMIYATI

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo^yimadaron o\simligining Ozbekistonda o^suvchi turlari, tarqalishi, tabobatdagi ahamiyati, zamonaviy tibbiyotdagi o^rni, kimyoviy tarkibi, tarkibidagi organik va noorganik moddalar hamda vitaminlarning foydali xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so^zlar: Bo^yimadaron, karotin, ekstrakt, flavanoidlar, antioksidant, gastrit, tuyon, kamfora, borneol, karioffillen, sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar.

Maxammatova S.X.

assistant

department of medical chemistry Andijan State Medical Institute

Jalolov A.A.

1st year student faculty of dentistry Andijan State Medical Institute

CHEMICAL COMPOSITION OF BOYIMADARON PLANT, ITS IMPORTANCE IN FOLK MEDICINE AND MEDICINE

Annotation: This article describes the species of the Achillea millefolium L., growing in Uzbekistan, its distribution, significance in medicine, role in modern medicine, chemical composition, organic and inorganic substances and the beneficial properties of vitamins.

Key words: Achillea millefolium L, carotene, extract, flavonoids, antioxidants, gastritis, thyme, camphor, borneol, caryophyllene, cineol, formic, acetic and valeric acids.

Ozbekiston xududida tabiiy xolda o'suvchi yuksak o'simliklarning soni 4500 turdan ziyodni tashkil qiladi. Shulardan 2000 ga yaqin turlari dorivorlik xususiyatiga ega. Xozirgi paytda Respublikamizda 112 turdagi dorivor o'simliklar rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bo'lib, ularning 80% ini tabiiy xolda o'suvchi o'simliklar tashkil qiladi. [1]

Ozbekistonda o'suvchi dorivor o'simliklar soni 2000 turdan ziyodni tashkil qilib, ular ichida bo'yimadaron o'simligini aloxida axamiytga ega. Bo'yimadaron (Achillea millefolium ) — qoqio'tdoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli ko'p yillik o't. Ildiz bo'g'zidan bo'g'iz barglari va poyalar o'sib chiqadi. Bo'yimadaron ko'p yillik, bo'yi 30-70 sm ga yetadigan o't o'simlik. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan bo'lib, qalqonsimon to'pgullar bilan tugallangan. Iyunda gullay boshlaydi; mevasi mayda, yassi pistacha, avgustda yetiladi. O'zbekistonda bo'yimodaron turkumining 5 turi uchraydi. Bo'yimodaron adir va qirlar, yo'l yoqalari va o'rmon chekkalarida o'sadi. Tarkibida karotin, K va S vitamin, achchiq moddalar bor. Ekstrakti va damlamasi me'daichak yarasi kasalliklarini davolash, ishtaha ochish hamda qon to'xtatish uchun ishlatiladi. Bo'yimodaron o'simligi tibbiyotida keng qo'llaniladigan gulli o'simlik bo'lib, o'zining tinchlantiruvchi xususiyatlari bilan mashhur va qadim zamonlardan

beri qo'llanilgan [2]. Bu o'tning lotincha nomi qadimgi yunon miflariga va Troya urushi qahramoni Axillesga borib taqaladi, u o'tni sheriklarining jarohatlarini davolash uchun ishlatgan. Kosmetologiyada bo'yimodaron tarkibidagi qimmatbaho yog'li kislotalar va o'simlik qandlari unga ajoyib yumshatuvchi va g'amxo'rlik xususiyatlarini beradi. Bo'yimodaron ekstraktidagi flavonoidlar va taninlarning yuqori miqdori unga mukammal antioksidant va tinchlantiruvchi xususiyatlarni beradi.Kosmetologiyada teriga g'amxo'rlik qilishda va uni tinchlantirishda, ajoyib antioksidant sifatida hamda bo'yimodaron tarkibidagi yog' kislotalari va o'simlik shakarlari unga mukammal yumshatuvchi va terini parvarish qilish xususiyatlarini bergani uchun teri parvarishida ishlatiladi. Oddiy bo'ymodaron (Achillea Millefolium) ning Kimyoviy tarkibida biologik va kimyoviy faol moddalardan karotin, K va C vitaminlari, axillein va betonitsin alkaloidlari, 0,8% gacha efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, 0,31% xolin,asparagin, smola, oshlovchi, achchiq (proxamazulen-axillin) va boshqa moddalar bo'ladi. Efir moyi tarkibida 1-4% gacha xamazulen (asosiy qismi, efir moyini olish vaqtida proxamazulendan hosil bo'ladi), tuyon, kamfora, borneol, karioffillen, 10% gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor.

O'simlikning mineral tarkibi esa quyidagi jadvalda batafsil berilgan;[3]

Makro va mikroelementlar nomi 100 g yashil massadagi elementlarning tarkibiy miqdori (mg)

Rux Zn 3,48

Qo'rg'oshin Pb 0,01

Magniy Mg 116,00

Natriy Na 80,09

Temir Fe 8,20

Mis Cu 155,33

Kaliy K 1618,00

Kalsiy Ca 606,00

Kadmiy Cd 0,01

Nikel Ni 1,07

Yuqoridagi jadvalda ko'rib turganingizdek o'simlik tarkibida miqdor jihatidan kaliy, kalsiy, mis va magniy nisbatan yuqori hisoblanadi. Inson tanasida mineral elementlarning roli juda xilma-xildir. Ular organlar va to'qimalarning tarkibiy qismlari, hujayra va to'qima suyuqliklarining bir qismi, shuningdek fermentlar, mushaklarning qisqarishining molekulyar mexanizmida, asab impulslarining uzatilishida qatnashadi. Bo'yimadarondan tayyorlangan mahsulotlarning dorivor preparatlari me'da ichak(me'da yarasi va gastrit hamda shilliq qavatining yallig'lanishi) kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon to'xtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va gemmoroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to'xtatish uchun ishlatiladi.

Ibn Sino bo'ymodaron yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmani shamollaganda, bosh og'rig'ida, bachadon yarasida, buyrak tosh va boshqa kasalliklarda tavsiya qilgan. Xalq tabobatida o'simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma turli qon oqishlarda (qon tupurish, qon aralash ich ketish, bavosil kasalliklarida) qon to'xtatuvchi hamda ishtaha ochuvchi dori sifatida ishlatiladi. Bu dorilardan yana bosh og'rig'ini qoldiruvchi, siydik haydovchi vosita sifatida hamda o'pka sili va meda- ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bo'ymodaron gulining kukuni asalga qorib yeyilsa, gijjalar tushadi.[4]

Tibbiyotda bo'ymodaron o'simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt me'da-ichak kasalliklarini davolashda hamda ishtaha

ochuvchi, qon oqishini to'xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi.Bo'ymodaron o'simligini o'stirish texnoligiyasi ham juda oddiy uni mamlakatimizning barcha sug'oriladigan tuproqlarida (sho'r yerlardan tashqari) ekib o'stirish mumkin. Ayniqsa sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarda ekilsa yaxshi o'sadi va rivojlanadi. Undan mo'l hosil yig'ib olish mumkin bo'ladi. Ko'p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, yovvoyi holda o'sadigan bo'ymodaron o'simligiga nisbatan, ekib o'stiriladiganlari tarkibida biologik faol moddalar ko'proq to'planadi va xomashyosini vaqtida yig'ib olinadi. Undan tashqari ularning ayrim noyob, kamayib ketayotgan turlarini ko'paytirish imkoniyati paydo bo'ladi. Bo'yimodaron ekiladigan yerlarni kuzda organik va mineral o'g'itlar bilan oziqlantirib, 25-27 sm chuqurlikda traktor bilan haydab qo'yiladi. Bo'modaron ko'p yillik o'simlik bo'lgani uchun uni kech kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin.O'simlikni urug'idan va vegetativ yo'l bilan ham ko'paytiriladi. Ekish davrida eng saralangan urug'lardan foydalaniladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak yuqorida sanab o'tilgan shifobaxsh xossalari, zararli va toksinli xossalarining o'ta kam miqdorda namoyon bo'lishini inobatga olib, bo'yimadaron o'simligidan farmatsevtikada va xalq tabobatida qo'llash va shu bilan birga foydali komponentlarini ajratib olishning samarali metodlarini ishlab chiqishni tavsiya etish mumkin.[5]

Foydalanilgan adabiyotlar: l.B.Yo.To'xtayev, T.X.Maxkamov, A.X.ToTaganov"Dorivor o'simliklar plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma". Toshkent 2015 yil.137 b. 2.O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3. Pratov.O'.P, Nabiyev.M.M. O'zbekiston yuksak o'simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent. O'qituvchi- 2007. 31-32 b

4. Шаталина Н.В, Первышина Г.Г, Ефремов А. А, Гордиенко Г.П, Агафонова Е.А, Гончаров Д.В. Содержание некоторых биологически активных веществ в траве тысячелистника обыкновенного (Achillea Millefolium), произрастающего в красноярском крае. Химия растительного сырья. 2002. №3. С. 13-16

5. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent. Tafakkur bo'stoni-2018. 192-196 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.