Научная статья на тему 'BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O’QITUVCHILARINI O’QUV JARAYONI NATIJALARINI BAXOLASHGA O’RGATISH METODIKASI'

BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O’QITUVCHILARINI O’QUV JARAYONI NATIJALARINI BAXOLASHGA O’RGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
238
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
texnolog / baholash tizimi / reyting nazorat / an’anaviy ta’lim / reproduktiv o'zgarish / pedagogik mahorat / loyihalash / didaktik jarayon. / technologist / assessment system / rating control / traditional education / reproductive change / pedagogical skills / design / didactic process.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zuxriddinova Nilufar Nursaid Qizi, Zuxriddinova Durdonaxon Shamsiddinovna

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida talabalarning o'zlashtirish darajalari, pedagogik testlardan foydalanish yoritilgan. Bundan tashqari bilimlarni o'zlashtirish nazoratining yangi ilg'or vositalari to’g’risida tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF TEACHING FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION TEACHERS TO EVALUATE THE RESULTS OF THE LEARNING PROCESS

This article describes the level of mastery of students in the educational process, the use of pedagogical tests. It also analyzes new advanced tools for knowledge acquisition control.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O’QITUVCHILARINI O’QUV JARAYONI NATIJALARINI BAXOLASHGA O’RGATISH METODIKASI»

BO'LAJAK TEXNOLOGIK TA'LIM O'QITUVCHILARINI O'QUV JARAYONI NATIJALARINI BAXOLASHGA O'RGATISH METODIKASI Zuxriddinova Nilufar Nursaid qizi

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti Informatika va aniq fanlar kafedrasi magistranti Zuxriddinova Durdonaxon Shamsiddinovna

Andijon shahar 32-umumiy ta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6635697 Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim jarayonida talabalarning o'zlashtirish darajalari, pedagogik testlardan foydalanish yoritilgan. Bundan tashqari bilimlarni o'zlashtirish nazoratiningyangi ilg'or vositalari to'g'risida tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: texnolog, baholash tizimi, reyting nazorat, an'anaviy ta'lim, reproduktiv o'zgarish, pedagogik mahorat, loyihalash, didaktik jarayon.

МЕТОДОЛОГИЯ ОБУЧЕНИЯ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ ОЦЕНКЕ РЕЗУЛЬТАТОВ ПРОЦЕССА ОБУЧЕНИЯ Аннотация. В данной статье описывается уровень мастерства учащихся в образовательном процессе, использование педагогических тестов. Он также анализирует новые передовые инструменты для контроля приобретения знаний.

Ключевые слова: технолог, система оценивания, рейтинговый контроль, традиционное образование, репродуктивное изменение, педагогическое мастерство, проектирование, дидактический процесс.

METHODOLOGY OF TEACHING FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION TEACHERS TO EVALUATE THE RESULTS OF THE LEARNING PROCESS Abstract. This article describes the level of mastery of students in the educational process, the use of pedagogical tests. It also analyzes new advanced tools for knowledge acquisition control.

Keywords: technologist, assessment system, rating control, traditional education, reproductive change, pedagogical skills, design, didactic process.

KIRISH

Pedagog va talabaning dasturli faoliyati ta 'lim jarayonidan jamiki ortiq harakatlarni yo'qotishga, yuqori hamjihatlikni ta'minlashga va pirovard natijada — ko'zlangan yakuniy natijalami qo'lga kiritishga intilishni ifodalaydi. Didaktik jarayonni loyihalashda pedagog «texnolog» sifatida faoliyat ko'rsatadi: har bir darsda ta'lim maqsadini aniq o'rnatishi, o'tilayotgan o'quv materiallarini mazmunan saralashda talabalarning o'zlashtirish faoliyati darajalarini, fanni bayon qilishning ilmiy tilini hisobga olishi lozim. Shuningdek. tashkiliy shakllarning mosini tanlab, belgilangan vaqt doirasida samaraii didaktik jarayonni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich talabiga mos holda o'quv-bilish faoliyatini amalga oshirish uchun unga oldindan alohida tayyorgarlik ko'rish kerak bo'ladi[1]. Umuman ta'lim jarayoniga oldindan ishlov bermasdan, yakuniy natijalarining ta'lim maqsadiga mos kelishini chamalamasdan, o'qitish davomida yuzaga keladigan noqulay holatlarga bog'liq holda boshqarish imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish mumkin emas.

Baholash joriy, oraliq va yakuniy nazoratni o'z ichiga oladi. Joriy nazorat uzluksiz qayta bog'lanishni ta'minlaydi va, odatda, baholashsiz o'tkaziladi, shuning uchun u bilimlarni shakllantirishda ishtirok etadi. Pedagogik texnologiyada qayta bog'lanish nafaqat o'qitish jarayonini tuzatib borish uchun, balki o'quv maqsadlarini aniqlashtirish uchun ham xizmat qilishadi. Yakuniy nazoratda rejalashtirilgan o'quv maqsadlariga erishganlik darajasi baholanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Reyting nazorati og'zaki, yozma va test usulida bo'lishi mumkin:

1. Og'zaki va yozma nazorat. Og'zaki nazoratning afzalliklariga shaxsiy munosabat, o'qituvchining o'quvchi-talaba bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo'shimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Pedagog tom onidan qo'yilgan savolga og'zaki javob berishga tayyorlanish doimo talabaning faol fikrlashi bilan bog'langan.

Og'zaki javob yaxshi tayyorlangan talabaga o'zining iqtidorini. qo'shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga ikmon beradi. Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida talabaning bilimlari to'g'risidagi barcha gumonlarni bartaraf etish imkoni bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda og'zaki nazoratda talabalar bilimlarini baholashda m a'lum darajada pedagog shaxsiyatining aks etishi namoyon bo'ladi. Har bir pedagogda talabalarning o'zlashtirish darajalarini baholashda doimo xolis va shaxsiy munosabat bir vaqtning o'zida ro'yobga chiqadi. Yuqorida tilga olganimizdek, xorijda olib borilgan ko'p sonli tadqiqotlar ko'rsatadiki, «qisqa vaqt oralig'ida birbiridan mustaqil ravishda bitta o'quvchi-talabani bitta bilimlar sohasida bitta o'quv maqsadlarida tekshirish ikkita imtihon oluvchi bahosining mos kelishi faqat 40-60% hollarda mos kelgan». Bunda bitta imtihon topshinivchi bir imtihon oluvchida eng yuqori bahoni, boshqasida esa eng past bahoni olgan. Shuningdek. turli pedagoglar tomonidan bitta yozma nazorat ishiga qo'yilgan baholaming ancha farq qilishi ham tasdiqlangan.

Shunday qilib. talabaning yozma va og'zaki nazoratda olgan bahosi ba'zan xolisona bo'lmaydi. Talabaning bahosi, odatda, nafaqat uning bilimlari darajasiga bog'liq bo'ladi. Bilimlarni baholash amaliyotida pedagoglar guruhning o'rtacha darajasini mo'ljalga oladi. Shuning uchun kuchsiz guruhlarda baholar. odatda, ko'tarilgan, kuchli guruhlarda pasaytirilgan bo'lib chiqadi.

Yozma nazorat o'quv materialini o'zlashtirish darajasini hujjatli tarzda o'rgatish imkonini beradi, shuningdek, o'quvchi-talabaga o'z fikrlarini qog'ozda bayon qilish imkonini beradi. Ikki-uch mustaqil ekspertlarni ishlarini tekshirish uchun jalb qilish bilan o'tkaziladigan tashqi yozma nazorat aniq mezonlar bo'lgan taqdirda obyektiv bahoga yaqin baholashga imkon beradi. Ammo bilimlarni og'zaki va yozma nazorat qilishning an'anaviy usuli ma'lum kamchiliklarga ham ega:

- imtihonda o'quvchi-talaba berilgan biletning 3-4 savoliga javob beradi, baho esa butun o'quv fanini bilish uchun qo'yiladi;

- farq qilish qobiliyati kuchsiz bo'lgan 5 ballik shkala ishlatilgan;

- og'zaki va yozma nazorat har doim ham bilimlarni baholashning obyektivligini, aniqligini va ishonchliligini ta'minlamaydi;

- og'zaki so'rov ko'p o'quv vaqti sarflanishini talab qiladi, yozma ishlar pedagoglarning ularni tekshirishga ko'p mehnat sarflashlari bilan bog'liq.

So'nggi yillarda pedagogika fanida bilimlarni og'zaki va yozma nazorat qilish obyektivligini, ishonchliligini yetarlicha oshirish usullari ishlab chiqilyapti. Ammo shuni hisobga

olganda ham bilimlarni og'zaki va yozma tekshirish yetarlicha texnologik emasligicha qoladi, ularni kompyuterlar yordamida avtomatlashtirish qiyin. Bu nisbatda bilimlarni test usulida nazorat qilish ulardan bir necha marta ustun turadi.

2. Test (inglizcha - sinash) — bu biror-bir faoliyatni bajarish uchun ma'lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqlardir. Testning to'g'ri bajarilganligini o'lchash va baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi. O'z etaloniga ega bo'lmagan har qanday test, odatdagidek, bajarilish sifati haqida subyektiv mulohaza yuritish evaziga xulosa chiqaruvchi nazorat topshirig'iga aylanib qoladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Test nazoratlari va uning afzalliklari:

a) yetarli tarzda tuzilgan pedagogik test natijalari nazorat o'tkazayotgan shaxsga bog'liq bo'lmagan xolis pedagogik o'lchov quroli hisoblanadi;

b) test o'quv mavzularining barcha asosiy mazmunini qamrab olishi mumkin, o'qitish natijalarini test usulida o'lchash barcha tekshiriluvchilarga baravar qo'llanadigan oldindan ishlab chiqilgan mezon asosida aniq va ishonchli baho beradi;

v) test nazorati texnologiyalashuvchan, u nisbatan qisqa vaqt ichida m a'lum o'quv mavzulari o'zlashtirilishining to'la nazoratini kam kuch va vositalar sarflab o'tkazish imkonini beradi.

g) test nazorati kompyuterlar yordamida oson avtomatlashtiriladi. Bu pedagogik test o 'tkazishning asosiy afzalliklaridan biridir.

To'g'ri tashkil qilinganda pedagogik test talabalar bilimlarini xolis baholash samarasini beradi, chunki bu baho uni qo'yayotgan odamga bog'liq bo'lmaydi. U barcha tekshiriluvchilarga bir xil qo'llanadigan qilib tuzilgan mezon bo'yicha to'g'ri yechilgan test topshiriqlari foizi asosida aniqlanadi. Shuning uchun pedagogik test to 'la asos www.ziyouz.com kutubxonasi bilan o'qitish natijalarini aniq va ishonchli baholashga imkon beradigan pedagogik o'lchov quroli deb ataladi. Ammo bunday baholash faqat ilmiy talablarga rioya qilingan holda tuzilgan. tekshiriluvchan va me'yoriga yetkazilgan sifatli test tufayligina amalga oshirilishi mumkin[2].

Pedagogik testlardan foydalanilganda ta'lim tizimining barcha bo'g'mlarida o'qitish sifatini so'zsiz oshirish mumkin bo'lgan yetarli ijobiy imkoniyat mavjud. Test o'tkazish o'qitishni olib borish va uning natijalariga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin. Sifatli testlar bilish faolligini oshirishga qodir, ular talabalar faoliyatida yuqori m o'ljallami belgilaydi, aksincha, yomon tuzilgan testlar ta'lim jarayonida aks samara berishi mumkin.

MUHOKAMA

Bilimlarni o'zlashtirish nazoratining yangi ilg'or vositalarini kiritadigan reyting tizimidan samaraii foydalanishni o'rganish ham juda muhimdir. Talabalar bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi deganda har bir talabani o'qitishning borishi va natijalarini baholashga bir xil shaklda yondashuvning o'zaro bog'liq ko'rsatmalari va qoidalar majmuasi tushuniladi.

Oliy o'quv yurtlarida reyting nazorati tarkibida quyidagilar ifodalanadi:

- nazorat turlari (joriy, oraliq va yakuniy);

- nazorat usullari (og'zaki, yozma, pedagogik test o'tkazish, ma'lum amallarni bajarish);

- davriylik va o'qitish davri mobaynida baholashlaming eng kam soni; baholash mezoni;

- o'qitilayotgan fan bo'yicha yakuniy bahoga talabaning ayrim baholarini birlashtirish qoidalari;

- natijalarni rasmiylashtirish qoidasi va boshqa ko'rsatmalar;

Oliy o'quv yurtlarida reyting tizimini kiritishning maqsad va vazifalari, odatda, quyidagi natijalaiga erishish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat:

- talabalar tomonidan davlat ta'lim standartlari talablarining o'zlashtirilishi;

- bilimlarni baholashning xolisligi va uzluksizligini ta 'minlash;

- talabalardagi bilish faoliyatining faollashuvi, ularda o'qishda yutuqlarga erishishga intilishning shakllanishi, ta'limga musobaqa hissini kiritish, mustaqil ishga muntazam jalb qilish;

- o'qish jarayonidagi yutuqlar bo'yicha talabalar o'm ini aniqlash bilan o'quv faoliyati natijalarini muvofiqlashtirish, ularni o'qishdagi yutuqlari uchun rag'batlantirish;

- o'qitish natijalarining taqqoslanishini ta'minlash.

Talabalar bilimlarini baholashning ilg'or reyting tizimi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

- uzluksiz ta 'lim bosqichining o'ziga xosligini inobatga olishi;

- o'quv fanining alohida qismlarini emas, balki yalpi nazoratini amalga oshirishi; -talabalarni o'qishdagi yutuqlari bo'yicha yaxshiroq tabaqalash maqsadida baholarning ko'p balli mezoni qo'llanishi;

- pedagog tomonidan qo'yiladigan birlamchi baho murakkab matematik hisoblashlar bilan bog'liq bo'lmasligi (o'quv vaqtining sarflanishini talab etadigan). U pedagog tomonidan o'quv muassasasida oldindan ishlab chiqilgan mezonlar asosida qo'yiladi;

- har bir o'quv yurtining uslubiy idorasi ma'muriyat ko'rsatmalari asosida yoki o'zining qaroriga binoan natijalari yakuniy reyting baholashga kiradigan, o'qitish davridagi barcha predmetlar bo'yicha og'zaki, yozma va test nazoratlarining eng zarur majburiy sonini o'matadi;

- oliy o'quv yurtining reyting tizimlari m a'lum bosqich chegarasida o'qitish natijalarining taqqoslanish imkonini ta 'minlashi va boshqalar.

Ma'lumki, bir xil sharoitda tegishli metodikalar va mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanib o'qitganda o'quvchi-talabalar turli darajadagi o'zlashtirish ko'rsatkichlariga ega bo'lishadi. Buning asosiy sababi ular qobiliyatlarining turlichaligidadir.

B. Blum o'tkazgan tadqiqotlarida yuqori qobiliyatlilar yuqori natijalami, o'rtacha darajadagilar o'rtacha ko'rsatkichlarni berishligi aniqlandi. Bunda vaqt sarfi ham turlicha ekanljgini ko'rish mumkin: qobiliyatlilar o'quv materialini o'zlashtirish uchun eng kam vaqt, «o'rtacha» lar uchun ulardan ko'proq vaqt, «bo'sh» lar uchun eng ko'p vaqt zarur bo'lar ekan. Mavjud ta'lim tizimidagi hamma bolalar uchun bir xil teng vaqt, teng sharoitdagi ta 'lim jarayoni biz xohlaymizmi-yo'qmi «kuchlilar», «o'rtachalar» va «bo'shlar» ni vujudga keltiraveradi. An'anaviy ta'limda ushbu nomuvofiqlikdan chiqishning ikki yo'li mavjud; birinchisi — ikkinchi yil qoldirib o'zlashtirish darajasiga erishtirish; ikkinchi yo'l — guruh talabalarni gomogen guruhlarga ajratish yo'li bilan ta'limda yuqori samaradorlikka erishish[3].

B. Blum an'anaviy ta'limdan farqli ravishda, ta'lim sharoitining eng optimal sharoitini tanlash, birinchi navbatda, o'qish sur'atini oshirish orqali to'la o'zlashtirishga erishish mumkinligi g'oyasini ilgari suradi. Bunday sharoitda «kuchli» va «bo'sh»lar o'rtasidagi o'zlashtirish farqi keskin kamayadi. To'la o'zlashtirish modelida mavjud o'quvchi-talabalar guruhining hammasi yuqori natijalarga erishishi uchun o'quv maqsadlaridan kelib chiqadigan natijalar tegishlicha yuqori darajalarda ifodalanishi kerak[4]. XULOSA

Pedagogik texnologiyalar ta'limda reproduktiv o'zgarish darajasini egallashni kafolatlaydi. Talaba produktiv (mahsuldor) va ijodiy o'zlashtirish darajalarini egallashda an'anaviy metodikadagi o'qitishning muammoli usul va metodlaridan unumli foydalanadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratishda an'anaviy o'qitish metodikasidagi boy tajriba va ilg'or pedagogik jarayonlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Azizxo'jaeva N. N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. — Toshkent: TDPU, 2003.

2. Bahrieyv A., Bahrieyva N. Yangi pedagogik texnologiyalar orqali o'qitishda ichki motivatsiyani shakllantirish. / "Xalq ta'limi" jurnali, 2006, № 6. -25-28 b.

3. Jumaev A. Bo'lajak o'qituvchi shaxsining ijtimoiy faollik omillari. / "Xalq ta'limi" jurnali, 2006, № 6. -17-20 b.

4. Сыевко Г.К. Современные образовательные технологии. - М.: Народное образование, 1998.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.