Научная статья на тему 'BO‘LAJAK PEDOGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

BO‘LAJAK PEDOGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
29
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
: Ta‘lim-tarbiya / kasbiy kompetensiya / mahorat / integratsiya / bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash / ma’naviyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xo‘Jayev Shaxzod Shuxrat O‘G‘Li, To‘Xtamurodova Zilola Xamidjon Qizi

Mazkur maqolada bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratini va kompetensiyalarini oshirishda e‘tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar tahlil qilingan. Ularning ma’naviy savodxonligini oshirishning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar shakllantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK PEDOGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

BO'LAJAK PEDOGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI 1Xo'jayev Shaxzod Shuxrat o'g'li, 2To'xtamurodova Zilola Xamidjon qizi

1Jizzax politexnika instituti assistenti, 2O'zR Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo

instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10678140

Anotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratini va kompetensiyalarini oshirishda e 'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar tahlil qilingan. Ularning ma'naviy savodxonligini oshirishning kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo 'yicha tavsiyalar shakllantirilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim-tarbiya, kasbiy kompetensiya,mahorat, integratsiya, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash, ma'naviyat.

Zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonlari bugungi kunda xalqaro mehnat bozorining asosiy talabi hisoblanadi. Sababi, jamiyatda mustaqil fikrlovchi, o'zini namoyon qila oladigan, o'ziga ob'ektiv baho beradigan kishilar zarur. Ular jamiyat rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar hisoblanadilar. Bu esa o'z navbatida mutaxassislarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi uzluksiz ta'lim mazmunini yangilash, o'qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, o'qitishda ilg'or xorijiy tajribalarni amaliyotga keng joriy etish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu asosda, bugungi kunda ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga, ta'lim bosqichlarining o'zaro uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash bo'yicha qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ma'lumki, ta'lim-tarbiya muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonini

modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat darajasini oshirishda pedogoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ularni sohaga oid zamonaviy ilg'or xorijiy tajribalardan foydalanish, kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ilmiy-texnik innovatsiyalardan mustaqil ravishda ijodiy foydalanish hamda istiqbolli vazifalarni hal qila olish ko'nikmalarini rivojlantirish muhim vazifalardan sanaladi.

Bu o'rinda bo'lajak pedogoglarning kasbiy kompetentligi va uning tahliliy ko'nikmalariga alohida e'tibor berish lozim. Kasbiy kompetentlik, kasbiy o'z-o'zini anglash, kasbiy qadriyatlarni hurmat qilish va kasb-hunarga yo'naltirish bu o'sib kelayotgan yosh avlodning kasbiy shakllanishi, tug'ma layoqatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish misolida namoyon bo'ladigan umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan umumlashtiruvchi tushunchalardir.

Bo'lajak pedogoglarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish bu kasbiy masalalarni hal etishda amaliy tajriba va bilim asosida muvaffaqiyatli harakat qilishini ta'minlashdir.

Kasbiy kompetensiya va kasbiy o'zlikni anglash butun umr davom etadigan jarayon hisoblanib, inson orzu qilish, sinash, tanlash ularni amalga oshirish bosqichlaridanoq kasb-hunar tanlaydi, so'ngra kasb-hunarga kirishadi keyinroq dunyodagi kasb-hunarlarni o'zgarishiga, o'zidagi o'zgarishga, mehnatga bo'lgan munosabatini o'zgarishiga bog'lik ravishda kasbini yoki mutaxassisligini o'zgartiradi. Komil inson g'oyasi ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga molik o'zida ma'naviy va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan, insonni ezgu maqsadlari sari undaydigan oliyjanob g'oyadir.

Zamonaviy pedogog obrazida komillik mujassamlashishi lozim. Bugungi kun o'qituvchisining kasbiy kompitentligini shakllantirish -bu uning kunlik layoqatini, ish faoliyatini samaradorligini oshirishdan iborat. Ish faoliyatida kasbiy mahoratni shakllantirish bilan bog'liq muammolarni o'rganish va hal etish, kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlash mumkin. Bo'lajak pedogoglarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish zaruriyati ta'lim muassasasiga va pedogoglarga qo'yilgan ijtimoiy talablarning o'sishi bilan asoslanadi.

Oliy ta'lim sohasida ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilash, undagi talablarga javob beradigan jihatlarni hamda mavjud kamchiliklarni va bo'shliqlarni aniqlash asosida ta'lim berishga bo'lgan haqiqiy ehtiyojlarni belgilash amalga oshiriladi. Shu asosida innovatsiyalarni hayotga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Bu esa pedagogik kompetensiyani rivojlantirishga olib keladi. O'quv jarayonida muhim ahamiyatga ega bo'lgan holatlardan yana biri talabalarning o'quv faoliyatlarini ularning mayllari asosida tashkil etish va o'quvchi shaxsiga yo'naltirishdan iborat. Bular sirasiga talabalarda bilishga qiziqishlari, ularda burch hissi hamda ta'lim jarayonida mas'uliyatlilikni shakllantirish metodlari kiradi.

Pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda sub'ektlarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, erishish zarur bo'lgan maqsadlar yo'nalishida ularning faolligini rivojlantirish samaradorligini ko'p jihatdan mavjud motivlarga va motivlashtirishga bog'liq bo'ladi. Ta'lim sohasi-jamiyatning barcha muammolarini o'zida aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir. Zamonaviy ta'limda ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarni boyitib, takomillashtirib borish zarur, o'quv jarayoni orqali uni insonparvarlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy yuksalishga ega bo'lgan tarbiyaviy tadbirlarni faollashtirish orqali, pedagogik-psixologik qo'llab-quvvatlash orqali yuksak ma'naviy, mas'uliyatli, ijodkor, kompetentli fuqarolarni tarbiyalash lozim. Shaxsni ma'naviy-ma'rifiy jihatdan rivojlantirish hozirgi ta'limning asosiy masalasi bo'lib, buning uchun avvalo o'qituvchining o'zida yuksak darajadagi ma'naviy-ma'rifiy kompetentlik bo'lishi shart. Ma'naviyat-insonning o'z shaxsiy potensialini ochishga qaratilgan, ichki olamining boyish bilan bog'liq bo'lgan sifatlarning ko'rinishi.

Ma'naviyat -mukammallik va ichki olamning muvozanatini o'zida aks etuvchi shaxs sifatida o'zini anglashining tavsifidir. Bizning moddiy va ma'naviy farovonligimizni ta'minlovchi asosiy mezon sanaladigan ma'naviyatning yaqqol tasavvurlarini kelajak avlodga yetkazib bermoq zarurdir. Ma'naviy-ma'rifiy rivojlanish bu o'ziga va atrofdagilarga qaratilgan xulq-atvorining ko'rinishi sifatida o'z-o'zini yaratishi va rivojlantirishi hisoblanadi. Ma'naviy-ma'rifiy kompetentlilikni rivojlantirish shaxsiy rivojlanishi, ma'naviy-ma'rifiy namunaning mavjudligi (ota-ona, ustozlar timsolida), ta'lim dasturiga integratsiyalashgan umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan o'quv jarayonining tatbiq etilishi asnosida shakllanadi. Ma'naviy-ma'rifiy rivojlanish -shaxsning milliy va diniy qadriyatlar manbalarini o'zlashtirishi, an'anaviy axloqiy me'yorlar va ma'naviy ideallarning o'ziga, atrofdagilarga, davlatga va umuman dunyoga nisbatan munosabati; tashkillashtirilgan ta'lim jarayonida ta'lim vositalari orqali amalga oshiriladi.

Ma'naviyatning ruhiy manbalari insonga muhabbat, hayotiy muvaffaqiyat va oliy qadriyatlar asosida yotadi.O'qituvchilar faoliyatining ilmiyligi -yangiliklarni izlash, o'rganish va ularga asoslanish hamda ilmiy asoslangan ma'lumotlardan foydalanish, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy

asoslarini o'zlashtirish, shular qatori pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalarni belgilaydi.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlashimiz lozimki, bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning turli usullari bilan tanishtirish, ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, kasbiy mahorat sirlari bilan qurollantirish hamda pedagogik inovatsiyalar bilan ishlash metodikasini shakllantirish ta'lim samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta'minlash uchun bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik jarayonlarni strategik rejalashtirish, loyihalashtirish, modellashtirish, pedogoglar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning faolligini ta'minlash, vaziyatlarga ko'ra pedagogik jarayonni boshqarish usullari, metodlari hamda tamoyillari, innovatsion texnologiyalarni bilishi va ular asosida pedagogik jarayon sub'ektlarining innovatsion faoliyatini tashkil etish ko'nikmalarini shakllantirish zarur hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'rrisida»gi Farmoni, 06/22/60/0082

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son «O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kon^p^yasini tasdiqlash to'frisida»gi Farmoni. QMMB. 9.10.2019. 06/19/5847/3887.

3. Askarov A.D, Oliy ta'lim muassasalarida sifat menejmentini integraцiyalashgan mexanizmlar asosida takomillashtirish. Pedagogika fanlari doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan disserta^ya. Toshkent 2022

4. Ziyayeva M. F. Oliy ta'lim tizimida pedagogik neologiya asosida talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirish (talaba-qizlar misolida) Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Samarqand 2023

5. O'zbek tilining izohli lug'ati: 80000dan ortiq so'z va so'z birikmasi. J-III-N-Tartibli/ -T.: O'zbekiston milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. - 563 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.