Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHAKLLARI'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

4606
224
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHAKLLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHAKLLARI

M. Mo'minjonova

Jizzax VXTXQTMO Hududiy markazi katta o'qituvchisi

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o'zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. Darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko'pgina metodlaridan foydalaniladi.

Bola hayotida bog'chadan so'ng maktabning dastlabki davrlari muhim o'rin tutadi. Shu bois boshlang'ich ta'lim davri ta'lim jarayonidagi eng mas'uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi.

Bu davrda bolaning zehnini o'stirishga qaratilgan har bir mashg'ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta'lim jarayonini qiziqarli, ta'sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e'tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o'yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya'ni o'quv faoliyatiga o'tganligi bilan xarakterlanadi.

Bolaning o'quv faoliyatini rivojlantirishda turli o'yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o'yin orqali o'z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o'zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda ta'lim jarayonida qo'llaniladigan didaktik o'yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o'yinlar ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta'lim jarayonida o'quvchilar faolligini, o'qish motivlarini rivojlantiradi. 0'qish motivlari ta'lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o'rin tutadi.

Didaktik o'yinlar boshlang'ich sinflarda ta'limning samarali borishiga o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya'ni didaktik o'yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o'quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi.

Didaktik o'yinlar nafaqat boshlang'ich sinflarda, balki ta'limning keyingi bosqichlarida ham o'quvchilarning bilimga bo'lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo'lishi mumkin. Ayniqsa qiyin o'zlashtiruvchi o'quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday oyinlar samarali ta'sir ko'rsatadi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki,

Google Scholar

National University of Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan

www.ares.uz

boshlang'ich sinflar uchun yaratilayotgan o'quv qo'llanmalarida shu sohaga oid materiallar tanqisligi ko'zga tashlanib turadi.

Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta'limni tashkil etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya o'quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta'lim shakllarini amalga oshirish uchun ko'zlangan natijaga erishishda eng qulay yo'l va usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, va u haqiqatan ham ta'lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

Pedagogik texnologiyada ta'lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo'lib, u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o'qituvchilar maqsadni aniq belgilashga alohida e'tibor qaratishlari zarur. Har bir o'qituvchi avvalo o'zi o'qitadigan o'quv predmeti va har bir o'tiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak.

Shuni ta'kidlash lozimki, belgilangan maqsad asosida o'tkaziladigan didaktik jarayonning aniq loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik o'yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi.

Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo'lib, bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning a'zosi ekanligini his etishga, intizomga bo'ysunishga, yangi rejimga moslashishga majbur bo'ladi. Bola yosh bo'lishiga qaramay, endi uning maktabda oqish, uy vazifalarini bajarish, murakkab materiallarni o'rganish kabi zarur yumushlari ko'p. Muhimi, o'yindan maktabga, kundalik majburiy va davomli mehnatga o'tish bola hayotida tub burilishdir. Hatto maktabgacha tarbiya muassasalaridan kelgan bolalar uchun ham bu oson kechmaydi. Uydan maktabga kelgan bolalarga esa yana ham qiyin. Ayniqsa, sinfda 40—45 daqiqalik darsda o'tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola maktabdan, o'qishdan sovib ketishi mumkin. Shuning uchun ham o'qituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishga intilishlari, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Motiv o'z-o'zidan hosil bolmaydi. Uni bolalar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos didaktik o'yinlar va mustaqil ishlar vositasida hosil qilish mumkin.

Ayniqsa boshlang'ich ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni qiziqarli olib borish natijasida o'quvchilarni darsga jalb etish samarali bo'ladi. Shunday darslarda bolalar diqqati to'liq jalb etiladi, xotirasi

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

National University of Uzbekistan 245 www.ares.uz

yaxshi ishlaydi. Motivlar o'quvchilarning bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi. Shuning uchun ham boshlang'ich sinf o'qituvchilari ta'lim jarayonini qiziqarli motivlar asosida tashkil etishga e'tibor qaratishlari zarur.

REFERENCES:

1. Avliyoqulov N.X., Musaeva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent-2008-yil

2. Avliyoqulov N.X. Zamonaviy o'qitish texnologiyalari - Toshkent, 2001

3. Adizov B.R. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari.T., 2003-yil

4. Azizxo'jaeva N.N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar- Toshkent, 2002-yil

5. Хайдарова, Х. (2020). РАЗВИТИЕ ВИРТУАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ РОДИТЕЛЕЙ КАК АКТУАЛЬНАЯ ПРОБЛЕМА. InterConf .

Google Scholar

National University of Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan

www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.