BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH JARAYONIDA REFLEKSIV KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHIDAGI O'ZIGA
XOS ЛНАТЛАМ Xurramova Mohidil Baxtiyorovna
Termiz davlat pedagogika instituti, Pedagogika va inklyuziv ta'lim kafedrasi o'qituvchisi
E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14317187
Annotatsiya: ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko'nikmalarini rivojlantirishidagi o'ziga xos juhatlari faoliyat jarayonida pedagogik refleksiv ko'nikmalarini shakllantirish yo'llari, refleksiv ko'nikmani egallashning shartlari, mazmuni, mohiyati, zaruriyati, bunda doimiy tadqiqotlar o'tkazish, tajribani o'rganish, tahlil qilish va xulosalar ishlab chiqish zarurati, professionallik, tizimli bilimlarni olish qobiliyati, mashqlar, takrorlashlar, xulosalar chiqarish, natijalar asosida olingan xulosalar, falsafiy, pedagogik, psixologik, uslubiy bilimlarni olish, ta'lim mavzusi bo'yicha keng va chuqur bilimlarni olish va takomillashtirish orqali shakllanish mazmuni ochib beriladi.
Kalit so'zlar: pedagogik mahorat, refleksiya, kasbga yo'naltirish, kasbiy refleksiya, kasbiy faoliyat, tadqiqotchilik, tafakkur, pedagogik tayyorgarlik.
ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ РЕФЛЕКСИВНЫХ УМЕНИЙ БУДУЩИХ
УЧИТЕЛЕЙ В ПРОЦЕССЕ ПОВЫШЕНИЯ ИХ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО
МАСТЕРСТВА.
Аннотация: в данной статье рассмотрены конкретные аспекты развития рефлексивных умений будущих учителей в процессе совершенствования их педагогического мастерства, пути формирования педагогических рефлексивных умений в процессе деятельности, условия, содержание, сущность, необходимость их приобретения. рефлексивные умения, при которых необходимость проводить непрерывные исследования, изучать опыт, анализировать и делать выводы, профессионализм, способность приобретать систематические знания, выполнять упражнения, повторения, делать выводы, выводы на основе результатов, содержание образования раскрывается через приобретение и совершенствование философских, педагогических, психологических, методических знаний, широких и глубоких знаний по предмету образования.
Ключевые слова: педагогическое мастерство, рефлексия, профориентация, профессиональная рефлексия, профессиональная деятельность, исследование, мышление, педагогическая подготовка.
SPECIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF REFLECTIVE SKILLS OF FUTURE TEACHERS IN THE PROCESS OF IMPROVING THEIR PEDAGOGICAL
SKILLS
Abstract: this article reveals the specific aspects of the development of reflective skills of future teachers in the process of improving their pedagogical skills, the ways of forming pedagogical reflective skills in the process of activity, the conditions, content, essence, necessity of acquiring reflective skills, the need for constant research, study of experience, analysis and development of conclusions, professionalism, the ability to obtain systematic knowledge, exercises, repetitions, conclusions, conclusions based on the results, the content of formation
through the acquisition of philosophical, pedagogical, psychological, methodological knowledge, broad and deep knowledge on the subject of education and its improvement.
Keywords: pedagogical skills, reflection, orientation to the profession, professional reflection, professional activity, research, thinking, pedagogical training.
KIRISH
Jahon oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko'nikmalarini rivojlantirishning pedagogik tizimlari orqali pedagogik qobiliyatni rivojlantirish hamda bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Pedagogik oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko'nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta'minotini ishlab chiqish, bo'lajak o'qituvchilarini tayyorlashda kasbiy sifatlarini intensiv texnologiyalar asosida rivojlantirish, kasbga yo'naltirilgan ta'lim mazmunini rivojlantirish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlarga alohida e'tibor berilmoqda.
ASOSIY QISM
A.A.Bizyaeva bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko'nikmalarini rivojlantirishidagi o'ziga xos jihatlarni o'rganar ekan, diqqatini bo'lajak o'qituvchilar refleksiyasining boshqa inson faoliyatini tahlil qilish va anglash, shuningdek o'zini tahlil qilish va o'z - o'zini baholash zaruriyati bilan bog'liq bo'lgan asosiy omillariga qaratadi. A.A.Bizyaevaning tadqiqot ishida aniqlanishicha, bo'lajak o'qituvchilarning intellektual refleksiya ko'nikma ularning kasbiy refleksiyasiga bevosita emas. Bizning fikrimizcha, bular bo'lajak o'qituvchining uzluksiz kasbiy o'sishini ta'minlash uchun tayanch sifati vositasida qaraladi.Refleksiv qobiliyat bo'lajak o'qituvchilarga pedagogik bilimlarni o'zlashtirish va amaliyotda undan foydalanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. «Bu holda, - deb yozadi Yu.N.Kulyutkin[1], - o'qituvchi o'zining pedagogik tayyorgarligidan foydalanib amaliy qarorlarni ishlab chiqishi va qabul qilishi jarayonlarini refleksiya predmetiga aylantirishi lozim. Buning uchun esa o'qituvchida bu jarayonlarni tahlil qilishning tegishli tafakkur usullari shakllangan bo'lishi kerak».
Refleksiv ko'nikmasiz, bo'lajak o'qituvchilar doimiy tahlil va o'z - o'zini tahlil qilmasdan amaliy va nazariy pedagogik tayyorgarlikda yuzaga keladigan muammolarni va ziddiyatlarni chuqur anglashi, ularni doimiy tahlil qilishni hamda olingan natijalarni tanqidiy baholashi va ularni korreksiyalashi mumkin emas [2].
G.M.Kodjaspirova pedagogik refleksiyani insonning o'z-o'zini anglashi deb, bunda «nafaqat o'qituvchi o'z xatti-harakatlariga to'g'ri baho berishi, balki, o'qituvchi bilan pedagogik muloqot chog'ida o'zaro hamkorlik qiladigan o'quvchilar jamoasi, ta'lim-tarbiyaga mas'ul shaxslar va ota-onalar uni qanday qabul qilishini tushuna olish qobiliyati hamdir» deb ta'riflaydi. Demak, refleksiya - bu bo'lajak o'qituvchilarning o'z-o'zini anglashi o'zining kamchiligi hamda nuqsonlari va zaif tomonlarini bilib o'z-o'zini takomillashtirishga intilib o'z tarbiyalanuvchilarining hamda o'z-o'zini takomillashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratishi uchun mavjud ichki imkoniyat va qobiliyatlarini kashf etishi lozimdir.
I.P.Rachenkoning [3] fikriga ko'ra, bo'lajak o'qituvchilarning o'zi to'g'risidagi, o'z shaxsi to'g'risidagi tasavvuri, ijobiy Men-konsepsiyani shakllantirish ko'nikmasi uning ijodiy faolligini muvaffaqiyatli rivojlantirishning kafolati hisoblanadi.
Yuqorida ta'kidlanganlar, yana bir bor bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko'nikmalarini rivojlantirishi o'z-o'ziga to'g'ri bahoni ta'minlab, bo'lajak o'qituvchilarning o'zining pedagogik tayyorgarligini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishiga imkon beradi [2].
V.P.Simonov[4] bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik tayyorgarligini oshirishning asosiy yo'li - bu bevosita ta'lim muassasasidagi ilmiy tashkil etilgan tadqiqotchilik faoliyati deb hisoblanib, shaxsning va mahoratli bo'lajak o'qituvchilar faoliyatining samaradorligi diagnostikasi uchun asosiy kasbiy-ahamiyatli ko'rsatkichlarning tuzilishi va taxminiy mazmunini ishlab chiqdi. U taklif etgan metodikalar majmui bo'lajak o'qituvchilarning ta'limiy faoliyati bilan o'zaro bog'liq bo'lgan faoliyatining samaradorligini aniqlashga imkon beradi deb hisoblaydi.
Pedagogning kasbiy-ahamiyatli shaxsiy sifatlarini diagnostikadan o'tkazishni olim uch daraja bo'yicha baholaydi: optimal, mumkin bo'lgan va kritik[5].
V.P.Simonov[4] bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatining ma'lum tashkil etilishining buzilishi, uning tashabbusini, mustaqilligini so'ndirishiga olib kelishi mumkinligini tan oladi, bu har bir bo'lajak o'qituvchilarning o'z faoliyatini o'zi "ishonchli va isbotli" baholash va uning samaradorligi to'g'risida gapirishi ko'nikmasini rivojlantirish zaruratini ko'rsatadi.
Tadqiqot ishimizdan ko'rinib turibdiki, tahliliy faoliyat algoritmi interiorizatsiya jarayonda tashqi faoliyatning ichki holatga o'tish mexanizmi jarayonda qanday rivojlanishini tushunishga imkon beradi, ichki esa o'z navbatida tashqi orqali amal qilib o'z-o'zini o'zgartiradi, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy refleksiyaning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan tahliliy qobiliyatlari darajasining o'zgarishini kuzatdik.
Tadqiqotchilar bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik tayyorgarligining to'rtta darajasini: tadqiqotchilik, mahoratli, reproduktiv, rasmiy-ijrochilik darajalarini ajratadilar.
Olimlar ishlarining katta ahamiyatini tan olib, biz pedagogik tayyorgarlik tahliliga bunday frontal yondashuvda barcha o'zaro bog'liq tizimlarni birdaniga qamrab olish mumkin emasligini, natijalar ulkan tarqoq va asosiysi bu holatda pedagogik tayyorgarlikning alohida bo'g'inlarining chuqur tahlili mumkin emasligini, sabab-oqibatli bog'liqlik yo'qolishini ta'kidlash mumkin.
Ushbu nuqtai nazarni biz V.I. Zagvyazinskiyda[8] ham uchratamiz, u "har kim o'z imkoniyatlarini mustaqil aniqlashi, o'z qobiliyatlarini rivojlantirishi kerak. O'z-o'zida ko'pginalarni ochish, tavsiya etilganlardan ko'pginalarini sinab ko'rish, baholash kerak. Pedagog o'zini-o'zi yaratadi, hunarmand yoki ijodkor bo'lishini o'zi belgilaydi".
Bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik tayyorgarligini tahlil qilib, o'z diqqatini uning eng muvaffaqiyatli ifodalariga qaratadi, pedagogik muammolar, qiyinchiliklar, ishining samaradorligining pasayishini ham aniqlaydi. XULOSA
Bo'lajak o'qituvchilar his qiladigan eng odatiy didaktik qiyinchiliklar tahliliga T.S.Polyakovaning[9] ishi bag'ishlangan U didaktik qiyinchilik tushunchasiga quyidagicha ta'rif beradi: "Didaktik qiyinchilik - bu bo'lajak o'qituvchilarning o'qitish jarayonidagi qiyinchiligi, ya'ni uni hal etish uchun sharoitlarning mavjud emasligida keskinlik, yuklama, qoniqmaslik psixologik holati yoki aksincha, uni bartaraf etish uchun sharoitlar ta'minlanganida pedagogik tayyorgarligini takomillashtirishni ta'minlovchi tashabbuskorlik, mobil tayyorgarlik, emotsional ko'tarinkilik holati, pedagogik "tafakkur"ni, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish" [2].
T.S.Polyakova[9] pedagogik tayyorgarlikni rivojlantirishdagi qiyinchiliklar ziddiyatlarni uzoq vaqt hal etmaslik, uzoq muddatli muvaffaqiyatsizlik vaziyatida sodir bo'ladigan ruhiy zo'riqish, o'z-o'zini past baholash manbai hisoblanib va pedagogik tayyorgarlikni rivojlantirish
jarayonini sekinlashtirib, nafaqat salbiy rol o'ynashi mumkin deb hisoblaydi. U qiyinchiliklar pedagogik masalalarga faol munosabatning zaruriy sharti hisoblangan qo'zg'atuvchi funksiyani bajarib, ijobiy rol ham o'ynashini, o'qituvchi shaxsi zaxiralarini ishga tushirishi va ijodiy fikrni uyg'otishini ta'kidlaydi. Qiyinchiliklarning ijobiy roli uning ko'rsatkichli funksiyasi bilan ham belgilanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Кулюткин Ю.Н. Развитие творческого потенциала учителя в процессе его последипломного образования //Проблемы непрерывного образования. -Псков. -Курсив, 1995. №4. - С. 3.
2. Шеранова М.Б., Шукурова Х.С., Алимкулов С.О. Особенности формирования современного педагога. Молодой ученый. Учредители: ООО "Издательство Молодой ученый". ISSN: 2072-0297eISSN: 2077-8295. №22 (102) Год: 2015. Страницы: 884-887.
3. Раченко И.П. Диагностика развития педагогического творчества учителя.-Пятигорск,1992.-196 с.
4. Симонов В.П. Диагностика личности и профессионального мастерства преподавателя: Учебное пособие для студентов \ педвузов, учителей.
5. Семенов И.Н. Психология рефлексии в организatsiи творческого процесса мышления: Автореф. дис. доктора психол. наук.-М.,1992.- 52
6. Христева А.В. Формирование умений анализа профессионально-педагогической деятельности: Метод. реком. Для студентов педвузов и учителей. - Магнитогорск, МГПУ, 1997.- 43 с.
7. Эверт Н.А., Сосновский А.И., Кулиев С.Н. Критерии оценки деятельности учителя. -Красноярск: Книжное изд-во, 1991.-80 с.
8. Загвязинский В.И., Емельянова И.Н. Теория обучения и воспитания. Учебник для бакалавров. - Москва.: Юрайт. - 2012.-314 с.
9. Полякова Т.С., Пырков В.Е. Историко-методологический компонент профессиональной подготовки учителя математики // Всероссийский съезд учителей математики. — Москва: Макс Пресс, 2011. — С. 674—676.
10. Bakhtyorovna, K. M. (2024). Ways of forming pedagogical skills in the process of educational work. Gospodarka i Innowacje., 48, 18-20.
11. M., K. . (2023). Theoretical and methodological foundations of the technology of forming reflective skills in future teachers. Journal of science, research and teaching, 2(8), 107-110. Retrieved from http://isrt.innovascience.uz/index.php/isrt/article/view/280
12. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. Internatiоnal Evaluatton Programs. Internatiоnal Jоurnal оf Innоvatiоns in Engineering Research and Technоlоgy, 1-5.
13. Mamatkоbilоva, S., & Julayeva, M. (2020). Factors affecting family strength
14. Dual education in the integrative macroenvironment of professional education (journal of educational discoveries and lifelong learning( EJEDL)
15. Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. Роль и значение предмета "воспитание" в образовательных учреждениях.
16. Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). Роль и значение предмета "воспитание" в образовательных учреждениях. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.
17. US Yakubova o ^^усЫкт^ ijtimoiy-pedаgogik kompetentliligini rivojlаntirish metodikаsi Inter education & global study, 2024
18. Sharifovna, Y. U. (2022). Professional Qualities of a Social Educator. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(5), 171-175.