Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARI BILIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA SHARQONA TA’LIM NAZARIYASI ASOSLARI'

BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARI BILIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA SHARQONA TA’LIM NAZARIYASI ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
sharqona ta’lim nazariyasi / qadriyat / milliylik / ong / o‘zlik / metod / mohiyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — X.Shermatova

Maqolada yosh avlodning dunyoqarashini, tafakkurini va ilmiyijodiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlashni shakllantirishda ajdodlarimiz o‘tmishi, milliy va diniy anʼanalarimiz, maʼnaviy qadriyatlarimizni o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash, demokratik adolatli, huquqiy davlat qurishga o‘z xissasini qo‘shadigan, mustaqil fikrlash orqali talabalarning ilmiy-ijodiy faolligini oshirishda sharqona ta’lim nazariyasining o‘rni haqida mulohaza yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARI BILIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA SHARQONA TA’LIM NAZARIYASI ASOSLARI»

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARI BILIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA SHARQONA TA'LIM NAZARIYASI

ASOSLARI

X.Shermatova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Ilmiy rahbar: I Kirgizov

Annotatsiya: Maqolada yosh avlodning dunyoqarashini, tafakkurini va ilmiy-ijodiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlashni shakllantirishda ajdodlarimiz o'tmishi, milliy va diniy an'analarimiz, ma'naviy qadriyatlarimizni o'rganish, milliy o'zlikni anglash, demokratik adolatli, huquqiy davlat qurishga o'z xissasini qo'shadigan, mustaqil fikrlash orqali talabalarning ilmiy-ijodiy faolligini oshirishda sharqona ta'lim nazariyasining o'rni haqida mulohaza yuritilgan.

Kalit so'zlar: sharqona ta'lim nazariyasi, qadriyat, milliylik, ong, o'zlik, metod, mohiyat

BASICS OF ORIENTAL EDUCATIONAL THEORY IN IMPROVING THE KNOWLEDGE OF FUTURE MUSIC TEACHERS

Kh.Shermatova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Scientific supervisor: I.Kirgizov

Abstract: In the article, the study of the past of our ancestors, our national and religious traditions, our spiritual values, the realization of our national identity, and its contribution to building a democratic, just and legal state in the formation of independent thinking The role of the Eastern educational theory in increasing the scientific and creative activity of students through independent thinking is considered.

Keywords: eastern educational theory, value, nationality, consciousness, identity, method, essence

Ma'lumki, Sharqona ta'limning mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, ta'limning maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari Sharq allomalarining asarlarida mukammal o'z ifodasini topgan. Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shgan, umumjahon miqyosida e'tirof etilgan ko'plab buyuk mutaffakirlar va qomusiy allomalardan bizgacha bezavol yetib kelgan boy ta'limiy meros o'zining o'ta muhimligi va dolzarbligi bilan bilan hanuzgacha butun dunyo xalqlarini o'ziga rom

I icclT^^^^H 478 http://oac.dsmi-qf.uz

etib kelmoqda. Vatanimiz tarixining ibrat olsa arzigulik zarvaraqlarini holisona o'rganish va ana shunday meros namunalaridan foydalangan holda komil insonlarni shakllantirish zarurati ustivor hisoblangan va komil inson tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etgan.

Hadisshunos olimlar ichida eng nufuzli hisoblangan Imom al-Buxoriyning 20 dan ortiq katta va kichik kitoblari mavjud bo'lib, ular orasida "Al-jome' as-sahih"asari alohida o'rin turadi. Bu shoh asar ahamiyati jihatidan Qur'ondan keyingi o'rinda turuvchi muqaddas manbaa hisoblanadi. Imom al-Buxoriy o'z asarlarida axloq-odob, tarbiya haqida fikr yuritar ekan, odamlarni ota-onani e'zozlashga, ular oldidagi o'z burchlarini mukammal ado etishga da'vat etadi.

Inson sifatlari haqidagi ta'limiy qarashlarida jaholat kishiga o'lim keltiruvchi fojea deb qaraladi. Jaholat insoniyatni falokat sari yetaklovchi qusur sifatida ko'rsatilsa, to'g'ri so'zli bo'lish esa insonning go'zal fazilatlaridan hisoblanadi. Buxoriy o'z asarlarida odamlarni to'g'ri so'zli bo'lishga, vadaga vafo qilishga chorlaydi. Munofiq kishining uchta belgisini ko'rsatadi, ular: yolg'on gapirish, va'daga vafo qilmaslik va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U insonning kuch-qudratini jismonan pahlavonlikda emas, balki jahil chiqqanda o'zini tuta olishda, deb hisoblaydi.

Sharqona ta'lim rivojlantiruvchi ta'lim sifatida o'quvchi-shogirdlarning ichki imkoniyatlarini oshirish va ularni ro'yobga chiqarishga yo'naltiriladi. Rivojlantiruvchi ta'limda, ko'proq, sanoiy nafis suhbatlaridadan foydalanilgan. Sanoiy nafis suhbatlarida ta'lim oluvchilarda muayyan bilimlarni puxta o'zlashtirish, ularni amaliyotda samarali qo'llay olishga doir ko'nikma-malakalarni shakllantirishga, bu jarayonda ularning mavjud imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarishga yordam bergan. Jumladan, hadisshunos alloma at-Termiziy hadislarida odamlarni ahil bo'lishga, jamoaga foyda keltirishga, do'stlik va birodarlikka da'vat yetuvchi hadislar ko'p uchraydi. "Barcha musulmonlar o'zaro birodardurlar. Ular hech qachon bir-birlariga yomonlikni ravo ko'rmasliklari kerak. Kimda-kim o'zining musulmon birodariga yordam qilsa, oxiratda Olloh unga yordam qiladi. Kimda-kim o'z birodari hojatini yengillatsa, Olloh ham uning oxiratini yengil qiladi". Alloma sog'lom tanda sog' fikr bo'ladi, degan xalq maqoliga amal qilib, vaqtni bekor o'tkazmaslikka da'vat etadi: "Ikki narsa borkim, ko'pchilik ularning qadriga yetmaydi; biri sog'lik, ikkinchisi bo'sh vaqt".

Imom at-Termiziyning "Sunan" kitobida keltirilgan kishi ijtimoiy sifatlariga oid fikrlar ko'p uchraydi.Chunonchi: "Xayrli va yaxshii ishlar qilishga da'vat etishing va zulmdan qaytarishing- sening sadaqang", "Adashgan kishilarga to'g'ri yo'l ko'rsatishing ham- sening sadaqang", "O'z idishingdan boshqalarning idishiga suv solib berishing ham- sening sadaqang hisoblanadi".

Buyuk mutaffakir olimlardan yana biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy o'z qarashlarida ta'limda talabaning shaxsiy kuzatishlariga katta e'tibor bergan. U sezgi orqali bilish- qisman bilish, mantiqiy bilishni esa haqiqiy bilish deb hisoblagan.

Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo'shgan. U insonni aqliy kamolga yetkazishda ilm-fan va ta'lim-tarbiya birlamchi deb hisoblagan.

Abu Nasr Farobiy esa komillikning asosiy mezoni jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonning asosiy sifatlarini tuzib chiqqan.

Farobiy fikricha, insonning yeng yuksak xususiyati uning baxtga yerishganligidir. Baxtga esa, deydi alloma, faqat foydali bilimlarni o'zida jamlash orqali erishish mumkin. Chunki, inson dil rohatining yeng yuqori cho'qqisi- bilim olish jarayonidir.

Insonning deyarli barcha ijtimoiy sifatlari tashqi jtimoiy muhit ta'sirida shakllanadi va kamol topadi. Shuning uchun kishining insoniy sifatlarini shakllantirishda maqsadga yo'naltirilgan ta'lim va tarbiya hamda tarbiyalanuvchining yerkin tanlovi yetakchi o'rin egallaydi, deydi Farobiy.

Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy ta'limotida bilim oluvchilarga qalbingni yomon illatlardan, inson o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, ochko'zlikdan va shon-shuhratdan saqlashi lozimligini aytadi.

U barcha illatlarning asosiy sababi bilimsizlikda, deb bilgan. Bilimlarni o'zlashtirishda kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimoiy muhit o'rnini alohida ta'kidlaydi. Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq ma'nosida ishlatib, "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida shunday deydi: "Faxrlanish- haqiqatda yaxshi xulq va oliy fe'llar oldin ketishi, ilm-u hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo'ladi" Beruniy inson kamolotida uch narsani muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi ma'rifat, ilm-fanni ham e'tirof qiluvchi- irsiyat, ijtimoiy muhit va to'g'ri tarbiyadir.

Yetuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib ta'limotida ham inson komilligi, kamoloti masalalari keng o'rin olgan. Olimning eng mashhur "Qutadg'u bilig" ta'lim tarbiyaga oid, har tomonlama komil inson qilib tarbiyalaydigan yetuk ma'rifiy asari, pand-nasihatlari yoshlarni chin ma'noda komillikka yetaklovchi asardir. Asarda axloqiy hislatlar- insoniylik, rostgo'ylik, ishonch, to'g'rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, insof, sadoqat, aql-zakovat, halollik kabi fazilatlar ulug'lanadi.

Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta'limiy asar, "Qobusnoma" (XI asr Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shamsu l-Maoliy Qobusning nabirasi Unsuru l-Maoliy (Kaykovus, 1021-98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83 «Nasihatnomai Kaykovus») fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligidir.

"Qobusnoma" asosini "Qur'oni Karim" suralari, Muhammad (s.a.v)ning faoliyati va ko'rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat bo'lib, dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Payg'ambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh ne'matiga shukur qilmoq haqida bo'lib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, san'atni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni o'rganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi ko'plab masalalarni o'z ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi.

"Qobusnoma"da barkamol inson, yuksak ma'naviyatli shaxs masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Kitob insondagi bir qator kerakli bo'lgan xususiyatlar va sifatlarni ochib berishga, ularni tuzatishga qaratilgandir. Shuning uchun ham ushbu asar fors-tojik pedagogikasining komusi sifatida ulug'lansa, qariyb to'qqiz asrdan buy on jahon xalqlari e'tiborini qozonib kelmoqda.

Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarining yigirma ikkinchi fasli mutrib va mug'anniylar zikrida:

"Baso ahlullohki, arg'anun unidin dayrg'a kirdi va din va islom naqdin mug'bachalarg'a boy berdi.

Mayxonada kimki maydin ibo qilg'ay, nay uni bir dilkash navo bila ani rasvo qilg'ay.

Agar kishi may xavosin boshidin chiqorur, g'ijjak maddi nolasi bila anga yolborur. Va tanbur pardadag'i fitnadin halok etar va ofiyat pardasin chok etar va chang zorlig' bila bo'g'zin tortar va ud lisoni nag'masining targ'ibi changidin ham ortar. Andakim rubob boshin yerga qo'yub niyoz ko'rguzgay va qo'buz quloq tutub ayshg'a targ'ib ohangni tuzg'ay. Chun qonun va chag'ona nolasi quloqqa tushgay va mahvashi soqiy yukunub, may ayoqqa tushgay, ul vaqt zuhdu taqvog'a ne e'tibor va xushu xiradg'a ne ixtiyor. Agarchi ishq faqr ahlini rasvo qilurda bulardin farog'dur va lekin ul o'tni yoruturg'a nay damidin yelu maydin yog'dur. Arab tevasi «hudiy» lahni bila bodiya qat'ida tez bo'lur, bulut buxtisi ra'd sadosidin soiqaangiz. Insong'a mahzi g'alat xayoldur va odamiyg'a bu ofatdin qutulmoqliq maholdur. Ammo bu toifaning soyiri ham agarchi taraboyin va mehnatzadadurlar va lekin filhaqiqat, laimsiyrat va gadodurlar. Aytquvchi va cholg'uvchi zorlig' va iynamak bila olg'uvchi. To buyurg'uvchida sila va in'om bor, alar mulozimdurlar va xizmatgor. To suhbatda ne'mat ko'p, alarga barcha amru nahying jo'b. Chun bazmda tana'um oz bo'ldi, alar ishi istig'nou noz bo'ldi. Ne'mat degan nimaki tamom yo'q bo'ldi, alarning ko'ngli sendin tamom to'q bo'ldi. Agar yillar bahra olibdurlar ehsoningdin, oshnolig' bermay o'tarlar yoningdin. Oz olsalar nosipos, ko'p olsalar haqshunos. Aksari fosiq va badxo'y va qolg'oni kajtab'u durushtgo'y. Harakotlari tuzuksiz so'zlaridek va kalimotlari hashv va mahalsiz nozlaridek. Vafo alar tab'idin maslub, vafo ahli olida mardud va manqub"-

deya ayrim sozanda va xonandalarning fe'li-atvoridagi kamchiliklar, noxush ta'lim ko'rinishlarini tanqid qiladi.

Faxr va iftixor bilan ayta olamizki, jonajon zaminimizdan jahon svilizatsiyasi rivojiga hissa qo'shgan allomalar, faylasuf olimlar juda ko'p yetishib chiqqan. Ularning merosidan foydalanib, milliy mentalitetimizni, qadriyat-u an'analarimizni, ma'naviyatimizni, insoniy go'zal hislatlarimizni, tafakkurimizni, samimiy dunyoqarashimizni yanada boyitish, hamda o'zlashtirish mumkin. Bu har bir qalb uchun fahrga aylanishi lozim. O'quv mashg'ulotlarini o'z qadriyatlarimiz, madaniy-ma'naviy meroslarimiz, urf-odatlarimizga tayangan holda tashkillash va ulardan na'muna, ibrat sifatida foydalanish ta'lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Анисимов С.Ф. Морал и поведение. - М., 1979

2. Выготский Л.С. Психология искусства / Л.С. Выготский. - М.: Высшая школа, 1987

3. Kurbonov M. Milliy tarbiya. T.: «Ma'naviyat» 2007

4. Левидов А.М. От непосредственного восприятия литературного произведения к глубокому пониманию прочитанного / А.М. Левидов. // Библиотеки СССР. - 1972. - Выпуск 55

5. Теплов Б.М. Заметки психолога при чтении художественной литературы / Б.М. Теплов. Избранные труды: в 2 т. -М.: У

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.