Научная статья на тему 'BOʻLAJAK MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING AMALIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITA SIFATIDA'

BOʻLAJAK MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING AMALIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Multimediya / amaliy mashg’ulot / maktabgacha ta’lim tashkiloti

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rabbimova Munisxon Mustafoyevna

Maqolada bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining amaliy kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan to’g’ri va samarali foydalanish hamda o’quv jarayonini samarali tashkil etish masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOʻLAJAK MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING AMALIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITA SIFATIDA»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

BOLAJAK MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING AMALIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

VOSITA SIFATIDA

Rabbimova Munisxon Mustafoyevna

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari director va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish insituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11229392

Annotatsiya. Maqolada bo'lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining amaliy kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan to'g'ri va samarali foydalanish hamda o'quv jarayonini samarali tashkil etish masalasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Multimediya, amaliy mashg'ulot, maktabgacha ta'lim tashkiloti.

Hozirgi kunga kelib, har bir sohada ilg'or rivojlanishlar olib borilyapti, ayniqsa, ta'lim sohasidagi o'zgarishlar alohida ko'zga tashlanadi. Bu o'zgarishlaming asosiy maqsadi ta'lim sifatini yanada yaxshilash, bolaning bilim olishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berish va pedagogning esa ta'lim jarayonida bilim berish sifat darajasini imkon qadar oshirish va imkoniyatlar yaratib berishdir. Ta'lim sohasi darajasini imkon qadar oshirish va imkoniyatlar yaratib berishdir. Ta'lim sohasi haqida gapirar ekanmiz, avvalo bizning ko'z oldimizga maktabgacha ta'lim tashkilotlari va undagi ta'limiy muhit gavdalanadi.

Maktabgacha ta'lim sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ta'lim standartlarini ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda bajarish dolzarb masala. Bu esa o'z o'rnida, maktabgacha ta'lim sohasi pedagoglari zimmasiga kommunikatsion jihatdan savodxon bo'lish mas'uliyat va vazifalarni yuklaydi

Ma'lumki, maktabgacha ta'limda ta'lim texnologiyalarini tizimli ravishda boyitib va yangilab borish masalasi sohada yuqori natijalarga erishishda eng muhim jihatlardan biridir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglarining axborot-kommunikatsiya texnikalaridan samarali foydalangan holda o'qitish metodlarini innovatsion usullar, multimediali resurslar yordamida berishi natijasi da tarbiyalanuvchilarda yangi bilim, malaka va ko'nikmalarga erishiladi. Bunday tarzda ta'limni tashkil etish mashg'ulotlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkillashtirish va o'quv-uslubiy materiallar yaratish ehtiyojini vujudga keltiradi. Mul'timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o'quv materiallarini ta'lim oluvchilarga yetkazib berishni mujassamlangan holdagi ko'rinishidir.

Multimedia foydalanuvchiga fantastik(virtual haqiqiy) dunyoni yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan xodisalarda faol ishtirok yetadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda — birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo'lib o'tadi. Multimedia — kompyuterda axborotning turli xil ko'rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek to'laqonli videokliplar, xatto videofilmlar bilan ishlashdir. Multimedia mahsuloti -tarkibida musiqa taraladigan, videokliplar, animatsiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma'lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo'lgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulotdir. Multimedia texnologiyasi axborotni bir vaqtning o'zida insonga tushunarli, ko'p

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa, raqam va harflar) kombinatsiyasida xavola qila oladi.

Bu texnologiya axborotni qidirish, nusxa olish va boshqa biror kompyuterga ko'rsatilgan shaklda ko'chirib o'tkaza oladi hamda ularning hohlagan kombinatsiyasini yarata oladi. Undan tashqari multimédia texnologiyasidan foydalanuvchi o'zi dizayn bilan shug'ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (harakatsiz) va dinamik (harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o'z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi mumkin. Pedagogning ishlash madaniyatini ham shakllantiradi. Bunda pedagog mustaqil ravishda AKT yordamida ta'lim resurslari yaratish va internet tarmog'idagi ta'limiy materiallardan ta'lim talablariga ko'ra foydalanish ustida ish olib boradi.

Ta'lim-tarbiya jarayoniga oid o'quv-metodik majmualarni yaratish kompetensiyasiga ega bo'lgan pedagog faoliyatida bir qator ustunlikka ega bo'ladi:

1. Ko'rgazmali materiallarga bo'lgan ehtiyoj qondiriladi.

2. O'qitishning didaktik tamoyillari to'laqonli amalga oshiriladi.

3. Bolalarning yoshiga mos holda ta'limiy materiallar bankiga ega bo'ladi.

4. Mashg'ulotlar an'anaviy usuldan ko'ra qiziqarli va samarali kechadi. Mashg'ulotlarda texnik vositalardan va interaktiv ta'lim usullaridan foydalanish pedagogik

va innovatsion texnologiyalarni qo'llash borasida savodxonlikni shakllantiribgina qolmay, balki zamonaviy mutaxassis ega bo'lishi lozim bo'lgan kompetensiyalarni ham shakllantiradi. Bunda pedagoglarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasi ortishi bilan birga ta'limda sifat va samaradorlik ham ta'minlanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, zamonaviy fan-texnika va axborot texnologiyalarining ilg'or yutuqlari asosida boyitib borilgan o'qitish metodlari ta'lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Olimov Q.T. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari. T.; 2017

2. Mavlonov.N.Sh Raqamlashtirish muhitida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining axborot kompetentligini rivojlantirish // falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T. 2023

3. Olimov Q.T., Mavlonov N.Sh. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini pedagog kadirlar bilan ta'minlash va ularning kompetensiyasini oshirish jarayonining rivojlanish tendensiyasi va istiqbollari. /- B. 21-23

4. https://plov.press/blogs/all/doshkolnik_i_tsifrovizatsiyaj<ak_idet _ protsess_v_strane/

5. Kalmuratov T.N. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining boshqaruv faoliyatini boshqarish. "Maktabgacha ta'lim xalqaro tajriba va rivojlanish istiqbollari" Xalqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari 2021

6. Valiyeva F.R. Pedagogika va psixologiyada uzluksiz ta'lim va uzviylik muammosi // Jizzax politexnika institutida o'tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami 2019-yil 17-18-may

7. https://www.unicef.org/uzbekistan/achieving-universal-early-childhood-education.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.