Научная статья на тему 'BOʻLAJAK JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINI BOSHQARUV FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING METODIK ASOSLARI'

BOʻLAJAK JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINI BOSHQARUV FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING METODIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
10
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Raxmatov Otabek Urinbosarovich

Globallashuv sharoitida jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlash jarayoni tobora takomillashib borayotganligini kuzatish mumkin. Hozirgi kunda bo‘lajak mutaxassislarning boshqaruv faoliyatida yuqori ishchanlikni va maxsus tayyorgarlik natijadorligi zamon talablariga javob beradigan darajada emasligi uchrab turadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOʻLAJAK JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINI BOSHQARUV FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING METODIK ASOSLARI»

BO'LAJAK JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINI BOSHQARUV FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING METODIK ASOSLARI Raxmatov Otabek Urinbosarovich

Navoiy davlat pedagogika institute Sport turlarini o'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.b.,

p.f.b.f.d. (PhD) E-mail: rahmatov.otabek@inbox.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10676600

Globallashuv sharoitida jismoniy tarbiya va sport sohasi bo'yicha bo'lajak mutaxassislarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlash jarayoni tobora takomillashib borayotganligini kuzatish mumkin.

Hozirgi kunda bo'lajak mutaxassislarning boshqaruv faoliyatida yuqori ishchanlikni va maxsus tayyorgarlik natijadorligi zamon talablariga javob beradigan darajada emasligi uchrab turadi.

Jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari, yo'llari va shakllari kun sayin boyib, ravnaq topmoqda.

O'zbekistonda turli idoralar konsern, kompaniya va savdo-tijorat xo'jaliklarining vujudga kelishi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqarish usullarining yangi tartib-qoidalariga rioya qilishni taqozo etmoqda.

Ta'kidlash zarurki, sport klublar, o'quv yurtlari va turli muassasalarning boshlang'ich jismoniy tarbiya jamoalari ham boshqaruvning turli-tuman yangi usullarini qo'llashlari lozim bo'ladi. Bunda o'quvchi va mehnatkash yoshlar, ziyolilarning tashabbuslari, ijodkorligiga tayanish maqsadga muvofiqdir.

Yuqori sport tashkilotlari, oliy o'quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya fakultetlari, kafedralar, sport klublar faoliyatida ishlarni ilmiy asosda tashkil qilish eng zarur usullardan hisoblanadi.

Sport tashkilotlari faoliyatini boshqarish va ommaviy sog'lomlashtirish musobaqalarini tashkil etishda rahbar xodimlar, mas'ul tashkilotchilar hakamlar, xizmatchilar, vakillar va hokazolar, jamoalar umumiy qoidalarga itoat etish, o'zaro

yaxshi munosabatda bo'lish, sport musobaqalari qoidalariga to'la rioya qilish, etik-estetik me'yorlarni bilish kabi talablarni bajaradilar.

Jahon sporti harakati, qolaversa, respublikadagi jismoniy tarbiya harakati tajribalarida jamoa, rahbar, guruhlar o'rtasidagi o'zaro aloqalar va rasmiy munosabatlar tabiiyligi ma'lum. Ular ish faoliyatini yaxshilash, munosabatlarni mustahkamlash, yuqori samaralarga erishishga qaratilgan bo'ladi. Bu jarayonlar hayotda oson kechmaydi. Chunki har bir rahbar va ijrochining o'ziga xos fe'l-atvori, xususiyati, istagi, maqsadi, imkoniyati bo'ladi.

Jamoani boshqarishda mehnatni ilmiy tashkil qilish xodimlarning asosiy faoliyatlaridan

biridir.

Mehnatni ilmiy tashkil qilish asoslari yuzasidan zarur bilimlarga ega bo'lish, shu maqsaddagi ishlarni rivojlantirish shaxsan rahbarlik qilish ishlarini har bir fuqaro, ayniqsa, o'qimishli kishilar, xodimlar bilishlari zarurdir.

Boshqarishni ilmiy tashkil qilish deganda, asosan, nazariy bilim va amaliy ish tajribalarini hamda eng ilg'or va fanda asoslangan ish natijalarini hayotda qo'llash, ularni amalga oshirish, tegishli samaralarga ega bo'lishni tushunmoq kerak.

Boshqarishning huquqiy usullarida rahbar xodimlar va sportchilar qonunlar, nizomlar va kerakli me'yoriy aktlarni o'zlashtirib olishlari, huquqiy bilimlardan xabardor bo'lishlari zarur.

G'oyaviy va ma'naviy ta'sir etuvchi usullarda rahbarlar respublikada kechayotgan siyosiy, madaniy va ijtimoiy o'zgarishlar va davlat rahbarlari talablariga rioya qilishlari lozim. Ma'naviy-

ma'rifiy va milliy xususiyatlarini yaxshi o'zlashtirgan holda muomala qilish va jamoalarda komandalarda ta'lim-tarbiyaning yo'lga qo'yilishini kuzatib borish kerak.

Respublikamizdagi boshqaruv faoliyatini professional darajada bajarishga qodir mutaxassisni tayyorlash, sportda tadbirkorlik faoliyatini yaratish va samarali olib borish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Hozirda O'zbekiston Respublikasida "Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-o'qituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini yanada takomillashtirish" kabi vazifalar belgilab berilgan.

Respublikamizda va xorijda bo'lajak mutaxassislarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlash muammosini o'rganish bo'yicha bir qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Boshqaruv faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassisi kasbiy faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Sportchilarni tayyorlashning zamonaviy tizimi - murakkab, ko'p omilli hodisa bo'lib, u sportchining eng yuqori ko'rsatkichlarga erishishini ta'minlovchi maqsad, vazifalar, vosita va usullarning tashkiliy shakllari, moddiy-texnik sharoitlar va sportchining musobaqalarga tayyorlanishining tashkiliy-pedagogik jarayonini o'z ichiga oladi.

Sportchini tayyorlash tizimi tarkibi quyidagi omillarga ajratiladi:

- sport mashg'uloti;

- sport musobaqalari;

- mashg'ulot va musobaqalarning natijalariga ta'sir ko'rsatuvchi mashg'ulot va musobaqalarga taalluqli bo'lmagan omillar.

Sport mashg'ulotlari - bu sport tayyorgarligining bir qismidir. Sport mashg'ulotlari maxsus jarayonni o'z ichiga olib, aniq tanlangan sport turi bo'yicha, sportchini yuqori ko'rsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.[1, 11-b.]

Mashg'ulot jarayonini boshqarishning samaradorligi, modellashtirish va modellardan sport mashg'uloti har xil tavsiflarni aniqlashda va tuzilish qismlarini ratsional uslubda tashkil qilishda foydalaniladi.

Sport mashg'ulotining hamma obyektlari va ko'rinishlarini kuchlanishlari va ularning murakkabligi hamda ko'pgina omillar modeli yetarlicha to'liqliligini ko'rsatadi. Ko'pgina model tavsifini ko'rsatuvchi alohida ko'rsatkichlardan foydalaniladi. [2, 212-b.]

Sportchini asosiy tayyorgarlik va musobaqa faoliyatining tomonlarini modellashtirishda faqatgina sonli tomonlari emas, balki aniq sportchi uchun qaysi sport turiga taalluqli tomonlarini aniqlash kerak. Shuningdek, ayrim o'lchamlarning o'zgaruvchanligini, sportchining organizm holatiga musobaqa faoliyatini har xil bosqichlarida va mashg'ulot jarayonini har xil tuzilishini inobatga olish kerak.[2, 213-b.]

Jismoniy tarbiya va sport sohasida bo'lajak mutaxassislarni boshqaruv faoliyatida yuqori ishchanlikni va maxsus tayyorgarlikni standart ketma-ketlikda bajartirishga qaratilgan kompleks harakatlarni tadbiq qilish orqali yuqori natijadorlikni ta'minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo'lajak mutaxassislarni o'quv jarayonida boshqaruv ko'nikmalarni rivojlantirish orqali boshqaruv faoliyatiga kompleks tayyorlash metodikasini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo'lajak mutaxassislarni o'quv jarayonida boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish orqali pedagogik shakllar va metodlarni qo'llagan holda kreativ kompetentlik darajasini oshirishga qaratilgan texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini yaratish, jismoniy

tarbiya va sport sohasida bo'lajak mutaxassislarning qiziqishlariga, jismoniy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib sog'lomlashtirish texnologiyasi dasturlarini ishlab chiqish kabi vazifalar ustuvorlik kasb etadi.

Pedagogik jarayonlarda motivlashtirish ijtimoiy amaliyot va ta'lim ehtiyojlaridan kelib chiqib, subyektlarning qiziqishlarini, egallayotgan bilim, ko'nikma va malakalarini tahlil qilish orqali ularning faolligini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur. Mavjud ehtiyojlarni o'rganish asosida o'quvchilar faolligini ta'minlashga va rivojlantirishga, ya'ni o'qish, o'rganish va bilim olishga yo'naltiruvchi motivlarni shakllantirish pedagogik jarayonlarda subyektlar faolligini ta'minlash va rivojlantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularni jismoniy yoki aqliy mehnatga, shuningdek, dam olish, bilim olish, hunar o'rganish, umuman olganda yashash uchun kurashishga chorlaydi. [3, 20-b.]

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo'lajak mutaxassislarni boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalarni, "sport tadbirlarini tashkillashtirish o'yinlari", "murabbiylik faoliyatda bashorat qilish o'yinlari"ni qo'llagan holda tashkilotchilik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan mexanizmni o'quv jarayoniga kiritish hisobiga boshqaruv faoliyatiga kompleks tayyorlash metodikasini ishlab chiqish zarurligini taqazo etadi.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki jismoniy tarbiya va sport sohasida bo'lajak mutaxassislarni boshqaruv faoliyatiga kompleks tayyorlash metodikasini belgilovchi komponentlari quyidagilarda o'z aksini namoyon etadi:

- boshqaruv faoliyatida malaka va ko'nikmalarini takomillashtirish;

- kommunikativ qobiliyatlar va muammoli pedagogik vaziyatni panoramik ko'rishini rivojlantirish;

- strategik va innovasion fikrlashni shakllantirish;

- jamoani boshqarish tashabbuskorligi va qobiliyatini yaxshilash;

- o'z-o'zini tahlil qilish, pedagogik jarayonning aniq bir holatida to'g'ri boshqaruv qarorlarini qabul qilish qobiliyatini shakllantirish.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida bo'lajak mutaxassislarning tashkilotchilik kompetentligi, yuqori mas'uliyat hamda shaxsiy va jamoaviy faoliyatni pedagogik jihatdan malakali tashkil etish qobiliyatiga ega bo'lgan shaxsning o'sib borayotgan tashabbusi sharoitida amalga oshirilishi kerak. Buning uchun talabalarning ijodiy faoliyatiga e'tibor qaratish, har bir talabaning individual qobiliyatlarini maksimal namoyon bo'lishini hisobga olgan holda talabalarga davlat yoki nodavlat sektorining sport tashkilotlaridan birida amaliy mashg'ulotlar o'tkazish imkoniyatini berish lozimligini ko'rsatmoqda.

REFERENCES

1. Hayitov O.E. Sport faoliyati psixologiyasi. Darslik. Toshkent: "Umid Design", 2021. - 196 b.

2. Salomov R.S. Sport mashg'ulotining nazariy asoslari. O'quv qo'llanma. T.: O'zDJTI nashriyoti, 2005. -251 b.

3. Turg'unov S.T. va boshq. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari. Monografiya. Toshkent. 2014. -122 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.