Научная статья на тему 'BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASHDA “QIZIL KITOB”NING AHAMIYATI'

BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASHDA “QIZIL KITOB”NING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalqaro va Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitob”i / Piter Skott / (TMXI) / toifalar / Least Concern (L C) / Not Applicable ( N A ) / Not Evaluated ( N E) / yoʻqolgan va kiritilgan turlari / turlarning farqlari. / International and Republic of Uzbekistan “Red Book” / Piter Scott / (TMXI) / categories / Least Concern (L.C) / Not Applicable ( N A ) / Not Evaluated (N.E) / lost and included species / species differences.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Turniyozova, Nargiza Raxmatovna

Maqolada Xalqaro va Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitob” ining yaratilishi, ulardagi turlar soni, Qizil kitobga kiritiladigan va kiritilmaydigan turlar toifalari berilgan. Shuningdek viloyatlardagi oʻsimlik turlarining yoʻqolgan soni, “Qizil kitob”ga kiritilgan oilalar va ularning turlar soni, viloyatlarda uchraydigan Qizil kitobga kiritilgan sutemizuvchilar shu bilan birga 2009-2019-yillarda nashr qilingan “Qizil kitob” da hayvonot olamining turlar soni va farqlari. Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida taʼsis etilgan qonunlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF THE "RED BOOK" IN PRESERVING BIOLOGICAL DIVERSITY

The article describes the creation of the International and the Republic of Uzbekistan “Red Book”, the number of species in them, the categories of species that are included in the Red Book and those that are not. Also, the lost number of plant species in the regions, the number of families and their species included in the “Red Book”, the mammals included in the Red Book found in the regions, as well as the number and differences of animal world species in the “Red Book” published in 2009-2019. The laws established in the Republic of Uzbekistan on the protection of flora and fauna are highlighted.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASHDA “QIZIL KITOB”NING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASHDA "QIZIL KITOB"NING

AHAMIYATI

Turniyozova Nargiza Raxmatovna

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada Xalqaro va O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob" iningyaratilishi, ulardagi turlar soni, Qizil kitobga kiritiladigan va kiritilmaydigan turlar toifalari berilgan. Shuningdek viloyatlardagi o'simlik turlarining yo'qolgan soni, "Qizil kitob"ga kiritilgan oilalar va ularning turlar soni, viloyatlarda uchraydigan Qizil kitobga kiritilgan sutemizuvchilar shu bilan birga 2009-2019-yillarda nashr qilingan "Qizil kitob " da hayvonot olamining turlar soni va farqlari. O 'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasida ta'sis etilgan qonunlari yoritilgan.

Kalit soizlar: Xalqaro va O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"i, Piter Skott, (TMXI), toifalar, Least Concern (L C), Not Applicable (N A ), Not Evaluated (N E), yo 'qolgan va kiritilgan turlari, turlarning farqlari.

ABSTRACT

The article describes the creation of the International and the Republic of Uzbekistan "Red Book", the number of species in them, the categories of species that are included in the Red Book and those that are not. Also, the lost number of plant species in the regions, the number of families and their species included in the "Red Book", the mammals included in the Red Book found in the regions, as well as the number and differences of animal world species in the "Red Book" published in 2009-2019. The laws established in the Republic of Uzbekistan on the protection of flora and fauna are highlighted.

Key words: International and Republic of Uzbekistan "Red Book", Piter Scott, (TMXI), categories, Least Concern (L.C), Not Applicable ( N A ), Not Evaluated (N.E), lost and included species, species differences.

KIRISH

Atrof muhitni o'simlik va hayvonot olamisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ularni muhofaza qilish insoniyat uchun juda katta hayotiy ahamiyatga ega. Kishilar tabiatdan foydalanib uning asrlar davomida tashkil topgan tabiiy manzarasini o'zgartirmoqda, unga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Sanoat tarmoqlari va qishloq xo'jaligining rivojlanib borishi va maydonlarning keng miqyosda o'zlashtirilishi

Research BIB / Index Copernicus

ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Natijada o'simlik va hayvonot olamining kamayib ketish xavfi tug'ilmoqda [1,3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Qizil kitob yo'qolib borayotgan va yo'qolish xavfida bo'lgan noyob o'simlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjatdir. Dunyodagi yo'q bo'lib ketayotgan hayvon turlariga bag'ishlangan dastlabki maxsus kitoblar 1945-yilda nashr qilina boshlangan. 1948-yilda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI) tashkil qilindi. 1949-yildan boshlab tabiatda yo'qolib borayotgan o'simlik va hayvon turlarini yig'ib borish natijasida 1966-yilda Xalqaro "Qizil kitob" nashr etildi. Turlarni saqlab qolish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya raisi Piter Skott kitobni qizil rangda chop etilishini taklif qiladi. Ya'ni xavf xatarni bildirib turish uchun. Bu qizil kitobda sutemizuvchilarning 321 turi, qushlarning 485 turi, sudralib yuruvchilarning 141 turi, suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 41 turi, baliqlarning 194 turi kiritilgan edi [2].

1966-yildan boshlab (TMXI) turlarni saqlab qolish komissiyasi boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda "Qizil kitob" ning dunyoviy va mintaqaviy faunalarga mansub hayvonlarning turli sistematik guruhlariga bag'ishlangan alohida nashrlari chop etila boshladi. O'zbekistonning noyob va kamayib borayotgan o'simlik va hayvonlari to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar 1979-yilda ta'sis etilgan "Qizil kitob" da chop etilgan. Birinchi marta O'zbekiston "Qizil kitob" ining faunaga bag'ishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unda umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. 1984-yil o'simlik olamiga bag'ishlangan nashriga 163 tur o'simlik kiritilgan [2, 4].

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

"Qizil kitob" davriy nashr hisoblanib, unga kiritilgan o'simlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan kamyobligiga ko'ra 4 ta maqom (status) berildi.

0. Yo'qolgan va yo'qolish arafasida turgan turlar. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin ayrim yig'ib olishi qiyin bo'lgan joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlab qolish ehtimoliga ega bo'lgan turlar.

1. Yo'qolib borayotgan turlar. Yo'qolib ketish ostida turgan saqlanib qolishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.

2. Kamyob turlar. Ma'lumki kichik maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.

Research BIB / Index Copernicus

3. Kamayib borayotgan turlar. Ma'lum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga ko'ra yoki inson ta'siri ostida qisqarib borayotgan turlar. Ayni vaqtda bunday turlar har tomonlama nazorat qilib turishni talab etadi.

Turli sabablarga ko'ra milliy "Qizil kitob"ga kiritilmagan turlarni (TMXI) "Qizil kitob" toifalari bo'lmagan quyidagi texnik toifalarga kiritishni tavsiya qiladi.

1. "Eng kam xavf tug'dirayotgan" - Least Concern (L.N) mezonlar bo'yicha baholangan, ammo belgilangan bahoga to'liq mos kelmaydigan, yoki yo'q bo'lib ketish ehtimoli yaqin bo'lmagan turlar;

2. "Baholanmaydigan" - Not Applicable (NA). milliy miqyosda baholanmaydigan turlar;

3. "Baholanmagan" - Not Evaluated (N.E). mezonlar bo'yicha hali baholanmaydigan turlar;

"Qizil kitob" ga kiritilgan hayvon va o'simlik turlari bo'yicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida o'z arealini qaytadan tiklagan va yo'qolib ketish xavfi tug'ilmaydigan o'simlik va hayvonot turlari "Qizil kitob" dan chiqariladi

O'zbekiston Respublikasi hududida 4500 ga yaqin o'simlik va 2000 dan ziyod zamburug' turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko'pgina kamyob, endem va eelikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo'lib, ular O'zbekiston florasining 10-12 %ini tashkil etadi. 1984-yilda nashr qilingan O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga 163 ta o'simlik turi kiritilgan bo'lsa, 1998-yil ikkinchi nashrida bu holat 301 ta turga ko'tarilgan. Viloyatlarda o'simliklarning yo'qolib borish turlari Qoraqalpog'iston 11 tur, Andijon 4 tur, Samarqand 45 tur, Jizzax 21 tur, Buxoro 24 tur, Navoiy 13 tur, Namangan 12 tur, Sirdaryo 2 tur, Farg'ona 28 tur, Surxondaryo 112 tur, Qashqadaryo 59 tur, Toshkent 84 turni o'z ichiga oladi.

Qizil kitobga kiritilgan o'simlik turlari boyligiga ko'ra bug'doydoshlar 2 tur, burchoqdoshlar 60 tur, ituzumdoshlar 1 tur karamdoshlar 8 ta, tur loladoshlar 25 tur, piyozdoshlar 10 tur, qoqio'tdoshlar 13 turkum 50 tur, ra'nodoshlar 2 tur, shirachdoshlar 16 tur tokdoshlar 1 tur, sho'radoshlar 8 tur, yalpizdoshlar 23 turni tashkil qiladi. [1, 3, 7].

Jahon faunasining xalqaro qizil ro'yxatlariga 2003- yilga asoslangan tahlili shuni ko'rsatadiki keyingi to'rt yuz yil shuni davomida sutemizuvchilarning 74 turi, qushlarning 129 turi, sudralib yuruvchilarning 21 turi, amfibiyalarning 7 turi, baliqlarning 81 turi, hasharotlarning 72 turi, onixoforalarning 3 turi va turbellyariyalarning 1 turi yer yuzidan butunlay yo'q bo'lib ketgan.

[2, 4, 6].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

1- jadval

2009-2019- yilda nashr qilingan O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga

kiritilgan hayvon turlari

Nomi 2009-yil 2019-yil Farqi

Sutemizuvchilar 24 tur ( kenja turlar bilan 25 tur ) 30 tur ( kenja turlar bilan 32 ) 6 tur ( kenja tur 7)

Qushlar 418 tur ( kenja turlar bilan 51 ) 52 tur 1

Sudralib yuruvchilar 16 tur 21 tur 5

Baliqlar 17 tur ( kenja turlar bilan 18 tur ) 17 tur( kenja turlar bilan 18 ) 0

Halqali chuvalchanglar 3 tur 3 tur 0

Mollyuslalar 14 tur 14 tur 0

Bo'g'imoyoqlilar 60 tur 66 tur 6

2-jadval

O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob" iga kiritilgan sutemizuvchilarning

viloyatlarda tarqalishi

T/r Hayvon nomlari Maqomi Tarqalgan viloyati

1 Kichik taqaburun 2 Toshkent shahri

2 Uzundumli ko'rshapalak 1 Samarqand shahri

3 Oq qorinli o'q quloq 2 Navoiy, Jizzax, Surxandaryo

4 Ko'k sug'ur 1 Toshkent

5 Uzun ignali kirpi 3 Qoraqalpog'iston

6 Buxoro tunshapalagi 1 Samarqand shahri

7 Keng quloqli qat-qat 2 Surxandaryo , Buxoro

8 Geptner mitti qo'shoyog'i 2 Buxoro

9 Vinogradov qo'shoyog'i 2 Navoiy, Toshkent viloyati

10 Qorsak 2 Qoraqalpog'iston, Buxoro, Qarshi

11 Sariq sassiqqo'zan 2 Buxoro, Sirdaryo, Surxandaryo, Samarqand

12 Olaqo'zan 2 Qoraqalpog'iston, Buxoro

13 Hind asalxo'ri 1 Qoraqalpog'iston, Xorazm vohasi

14 Gepart 0 O'tmishda: Buxoro, Qoraqalpog'iston

15 Sirtlon 1 Surxandaryo, Jizzax

16 Qum mushugi 3 Buxoro

17 Qoraquloq 1 Qoraqalpog'iston, Buxoro

18 Qoplon 1 Jizzax, Surxandaryo

19 Turon yo'lbarsi 0 O'tmishda: Surxandaryo

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

20 Xongul 1 Buxoro, Surxandaryo

21 Morxo'r 1 Jizzax, Termiz

22 Ustyurt qo'yi Arqal 1 Qoraqalpog'iston

23 Buxoro qo'yi 1 Jizzax, Qarshi, Surxandaryo

24 Qizilqum arxari 2 Navoiy

25 Sayg'oq ( oq quyruq ) 1 Qoraqalpog'iston

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, atrof muhitni, hayvonot va o'simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratiladi. 1992-yil 9-dekabrda "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida", 1997-yil 26-dekabrda "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida", 1999-yilda esa "O'rmon haqidagi" qonunlar qabul qilindi. 2016-yil 21-sentyabrda esa "o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 2004-yilda "Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to'g'risida", 2016-yil "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi qonunlarning shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risida"gi 2014-yil 290-sonli qarorining chiqishi g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bu qonunlarning barchasi o'simlik va hayvon turlarini saqlab qolish, ularni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi. XULOSA.

"Qizil kitob" ga noyob va yo'qolib borayotgan o'simlik va yo'qolib borayotgan o'simlik va hayvon turlarini o'zida jamlar ekan, ikki bu turlarni muhofaza qilish uchun barchani ogohlikka chorlaydi. Tabiatda o'simlik va hayvonot dunyosining kamayib ketishi ekalogiyaga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Afsuski, yildan-yilga muhofazaga muhtoj bo'lgan turlar soni ko'paymoqda. Bu turlar sonini qayta tiklash uchun birinchi o'rinda har bir insonga o'simlik va hayvon turlarini umuman tabiatni muhofaza qilish, uni asrab avaylashni anglatmog'imiz lozim. Tabiatni asrab avaylash barchamizning burchimizdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"i 1- jild Toshkent 2009. Chinor ENK.

2. O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"i 2-jild Toshkent 2009 Chinor ENK.

3. O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"i 1- jild Toshkent 2019 Chinor ENK.

4. O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"i 2-jild Toshkent 2019 Chinor ENK.

Research BIB / Index Copernicus

5. H. Vahobov, P. G'ulomov, M. Mamatqulov, P. Baratov O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi O'zbekiston tabiiy geografiyasi Toshkent 2017

6. A. Abdukarimov, A. Gafurov, I. Abduraxmonova, J. Tolipova, M.Umaraliyeva, O.Ishankulov "Biologiya" Toshkent-2018.

7. A.S. To'xtayev, I.Z. Saparboyev, F. O'. Azimova, M.T Umaraliyeva, O'. Pratov Biologiya (Botanika) Toshkent O'zbekiston 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.