Научная статья на тему 'BELBOG‘LI KURASHCHILARDA MUVОFIQLIK VА SPОRT MАHОRАTINI TАKОMILLАSHTIRISH'

BELBOG‘LI KURASHCHILARDA MUVОFIQLIK VА SPОRT MАHОRАTINI TАKОMILLАSHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
71
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Muvofiq / raqib / shiddat / mahorat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zaylobiddin Sobirovich Artikov

Belbog‘li kurashchilarda muvоfiqlik vа spоrt mаhоrаtini tаkоmillаshtirish yuqori sport natijalariga erishishning asosi bo’lib, ularning keng doiradagi harakatlari bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni tashkil topishi har tomonlama taraqqiy qilgan jismoniy, va eng avvalo ixtisostlashtirilgan qobiliyatlari hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BELBOG‘LI KURASHCHILARDA MUVОFIQLIK VА SPОRT MАHОRАTINI TАKОMILLАSHTIRISH»

BELBOG'LI KURASHCHILARDA MUVOFIQLIK VA SPORT MAHORATINI

TAKOMILLASHTIRISH

Zaylobiddin Sobirovich Artikov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti liliya_liliya91 @mail.ru

ANNOTATSIYA

Belbog'li kurashchilarda muvofiqlik va sport mahoratini takomillashtirish yuqori sport natijalariga erishishning asosi bo'lib, ularning keng doiradagi harakatlari bo'yicha ko'nikma va malakalarni tashkil topishi har tomonlama taraqqiy qilgan jismoniy, va eng avvalo ixtisostlashtirilgan qobiliyatlari hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Muvofiq, raqib, shiddat, mahorat

Belbog'li kurashchining sport mahorati muvofiqlik tamoyiliga jiddiy amal qilinmagan holda tez o'sishi mumkin emas. Muvofiqlik tamoyili keng qamrovli talablarni o'z ichiga oladi. Ularning asosiy maqsadi - belbog'li kurashchining mashg'ulot va musobaqa faoliyatini oqilona tuzish.

Raqiblar olishuvining samaradorligi birinchi navbatda ulardan qaysi biri bellashuvda yuzaga kelgan vaziyatga muvofiq bo'ladigan usullar hamda harakatlardan qay darajada foydalanishiga bog'liq.

Murabbiy o'quv-mashg'ulot jarayonini shunday rejalashtirishi lozimki, qo'llaniladigan vositalar, o'rgatish uslublari, mashqlarning xususiyatlari va mazmuni yuklama kattaligi hamda miqdori kurashchilarning imkoniyatlariga aniq muvofiq bo'lishi kerak. Masalan, maxsus jismoniy sifatlarni mashq qildirishda sportchi ularni faqat takomillashtirishga emas, balki ularni belbog'li kurashning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rivojlantirishga intilishi zarur. Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligini rivojlantirishda uning jismoniy sifatlari bir xil yuqori darajada bo'lmasligi lozim. Ularni u mazkur sport turining xususiyatiga muvofiq ravishda oqilona uyg'unlashtirishi zarur. Kurashchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi mazmuni va ular orasidagi o'zaro bog'liqlik masalasi juda mu-him, chunki har qanday har tomonlama jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik bilan o'zaro ijobiy ta'sirga ega bo'lavermaydi va mashqlanganlikning rivojlanishiga yordam beravermaydi. Shuning uchun murabbiy sportchi bilan ishlashda umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari orasidan biomexanikaviy va fiziologik belgilariga ko'ra kurash ixtisosligiga yaqinlashtirilgan mashqlarni: sport o'yinlari, yadro (tosh) irg'itish, og'irliklar bilan dast ko'tarish va siltab ko'tarish mashqlari, kurash, krossni va h.k. maksimal tarzda qo'llashga intilishi lozim.

Muvofiqlik tamoyili kurashchida u tomonidan muayyan o'quv-mashg'ulot va musobaqa bellashuvlarida bajarishda zarur ruhiy ko'rsatmani shakllantirishni taqozo etadi.

Belbog'li kurashchining sport mahoratini takomillashtirishda muvofiqlik tamoyiliga amal qilish oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish davrida muhim ahamiyatga ega. Ushbu holda murabbiy kurashchi tayyorgarligida bir qator muhim tomonlarni hisobga olishi lozim. Ularsiz sportda yuqori natijaga erishib bo'lmaydi. Ular qatoriga belbog'li kurashchilar bilan olib boriladigan mashg'ulot dam olishi, ovqatlanishini va oldinda turgan musobaqalar xususiyatlariga muvofiq holda rejalashtirish masalalari kiradi. Belbog'li kurashchi tayyorgarligini uning bo'lajak asosiy raqiblarining xususiyatlari, musobaqadagi kurash shiddatini hisobga olgan holda tashkil etish lozim.

Sport mahoratida takomillashtirish tamoyili. Kurashchi sport mahorati shakllanishining turli bosqichlarida u tomondan o'zlashtirilgan texnik-taktik vositalar hajmi, jismoniy va psixik sifatlarning namoyon bo'lish darajasi hamda funksional imkoniyatlari turlichadir. Belbog'li kurashchining ayrim maxsus xususiyatlari va sifatlari yuqori namoyon bo'lish darajasida turadi, boshqalari - o'rtacha, uchinchilari esa rivojlanishda ortda qolishi mumkin. Belbog'li kurashchining maxsus xususiyatlari va sifatlarining namoyon bo'lish darajasidagi farqlar ko'pgina sabablarga bog'liq. Ulardan eng muhimlari - sportchining xususiyatlari va malakalarini o'rgatishga sarflangan vaqt, o'quv-mashg'ulot jarayonida texnik, taktik, jismoniy, ruhiy tayyorgarlikning har bir tomonlarini takomillashtirish uchun kurashchi uchun qo'llaniladigan vaqtning amaldagi nisbatini o'z ichiga oladi.

Belbog'li kurashchi sport mahoratini takomillashtirishda to'plash tamoyilining amalga oshishi murabbiy shug'ullanuvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlarini aniqlab olib, hamda bellashuv olib borish uslubini shakllantirishga o'tgan paytdan boshlanadi. Bunda murabbiy birinchi navbatda shug'ullanuvchining ko'proq rivojlangan sifatlar hamda qobiliyatlarga tayanadi.

REFERENCES

1. Бoбoмурoдoв Нoрпулaт Ширишвич Структуры физичeскoй пoдгoтoвлeннoсти курaшистoв // BecTHMK нaуки и o6pa3oBaH^. 2020. №4-2 (82). oбрaщ).

2. Bobomurodov, Norpo'lat Shirinovich. "Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi tuzilmalari".Fan va ta'lim axborotnomasi 4-2 (82) (2020).).eния: 24.12.2021

3. Mirjamolov M.X., Odilov R.F., Zokirov d.r.salomatligi nogironat imkoniyatlari bo'lgan o'quvchilarning maxsus Jismoniy tarbiyasini takomillashtirish // Jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolari. - 2020. - S. 20-23.

4. Н. Ю. Валиева, Р. Ф. Одилов Методы развития эффекта тонусных рефлексов при детском церебральном параличе с помощью фитбольной гимнастики // Academic research in educational sciences. 2021. №11. (2021): 966-972.

5. Н. Ю. Валиева. "Рейтинговый уровень упражнений специально двигательной подготовки в учебно-тренировочном процессе юных спортсменов" Academic research in educational sciences, no. 3, 2020, pp. 1266-1271.).

6. Л. Б. Собирова Эффективность использования специальных упражнений в профилактике нарушений роста у младших школьников // Academic research in educational sciences. 2021. №5.

7. Собирова Лайло Бахромовна Эффективность использования специальных упражнений для предупреждения сколиоза у учеников начальных классов // Современное образование (Узбекистан). 2019. №10 (83).

8. Sherali Hoshimovich G'ofurov Malakali sprinterchilarning sport mashg'ulotlarini rivojlantirishning usullari // Academic research in educational sciences. 2021. №4.

9. МИРЖАМОЛОВ М.Х ВАЛИЕВА Н.Ю. Дифференцированная программа занятий физической культуры для учащикся с ограниченными физическими возможностями Физическая культура и спорт / Медико-биологические основы физической культуры и спорта страницы14-19 2020

10. СА ЮНУСОВ Особенности периодизации тренировочного процесса высоко квалифицированных парапауэрлифтёров- Фан-Спортга, 2021

11. СА ЮНУСОВ Pоль и значимость психологической подготовки паралимпийцев пауэрлифтёров высокой квалификации- Фан-Спортга, 2020

12. Гофуров Шерали. Nogironlar aravachasidan foydalanadigan umurtqa pog'onasi shikastlangan yoshlarning adaptiv jismoniy tarbiyasi. международная научно-практическая онлайн конференция 2021/4/24

13. Сабирова, З. Б. (2021). Иностранный язык как компонент профессиональной подготовки студентов вуза физической культуры. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 973-979. doi: 10.24412/2181-1385-2021-11-973-979

14. Светличная Н.К. Вопросы повышения физической активности подростков и молодежи в современных условияхВ сборнике: Физическое воспитание и спорт в высших учебных заведениях. Сборник статей XVII Международной научной конференции. В 2-х частях. Белгород, 2021. С. 107-110.

15. Svetlichnaya N.K. Integral approach in assessing the functional state of adaptive and healthy physical cultm^ сборнике: . Материалы XXVI Международного научного Конгресса. Под общей редакцией Р.Т. Бурганова. г. Казань, 2021. С. 412-414

16. Светличная Н.К Повышение эффективности применения средств адаптивной физической культуры и спорта у детей и подростков с ограниченными возможностями здоровья.В сборнике: Олимпийский спорт и спорт для

всех. Сборник научных трудов, представленных на XXIV Международный научный конгресс. Казань, 2020. С. 361-364.

17. Sherali Hoshimovich G'Ofurov QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI SPORTCHILARNI MASHG'ULOTLARINI RIVOJLANTIRISHNING USULLARI // Scientific progress. 2021. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/qisqa-masofaga-yuguruvchi-sportchilarni-mashg-ulotlarini-rivojlantirishning-usullari (дата обращения: 12.01.2022).

18. Л. Т. Давлатова БОЛАЛАР ЦЕРЕБРАЛ ФАЛАЖИДА ЖИСМОНИЙ ТАЙЁРГАРЛИКНИ МАШЕУЛОТ ЖАРАЁНИДА ВА ИЛМИЙ НАЗАРИЙ СОХДДА РИВОЖЛАНТИРИШ // Academic research in educational sciences. 2021. №Special Issue 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bolalar-tserebral-falazhida-zhismoniy-tayyorgarlikni-mash-ulot-zharayonida-va-ilmiy-nazariy-so-ada-rivozhlantirish (дата обращения: 12.01.2022).

19. Абдиев Ш. А. ПЛАНИРОВАНИЕ ТРЕНИРОВОЧНОЙ НАГРУЗКИ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ ЛЕГКОАТЛЕТОВ С ПОРАЖЕНИМ ОПОРНО-ДВИГАТЕЛЬНОГО АППАРАТА //Современное образование (Узбекистан). - 2021. - №. 1 (98).

20. Abdurakhmonovich A. S. PLANNING OF TRAINING LOAD OF HIGHLY QUALIFIED ATHLETES WITH LOCOMOTOR SYSTEM DAMAGE Page 1 European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 10, 2020 Part II ISSN 2056-5852 Progressive Academic Publishing, UK Page ...

21. BOLALAR VA O'smirlar SPOR MAKTABLARIDA SPORCHILAR TAYYORLANISHINI TAKILISH BOSHLANGAN MASHG'ULOT GURUHI GofurovSh.X. Fan-Sportga . 2020. №5 . S. 38-40.

22. Физическое воспитание школьников в инклюзивном образовании. "SCIENTIFIC PROGRESS" Scientific Journal ISSN: 2181-1601 // Volume: 1, ISSUE: 6. Апрель 2021 йил

23. Ruhiddin Faxriddinovich Odilov, Nilufar Yusufjon Qizi Valiyeva SENSOR TIZIMIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR MASHG'ULOTLARINI KOMPLEKS NAZORAT QILISH // Scientific progress. 2021. №8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sensor-tizimida-nuqsoni-bo-lgan-bolalar-mashg-ulotlarini-kompleks-nazorat-qilish (дата обращения: 13.01.2022).

24. Юнусов С. А. Физическое воспитание школьников в инклюзивном образовании" SCIENTIFIC PROGRESS //Scientific Journal ISSN. - 2021. - С. 21811601.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.