Научная статья на тему 'SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA TEXNIK-TAKTIK MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA TEXNIK-TAKTIK MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
9818
500
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Yu. Yu. Aripov, Q. I. M. Sharapova

Yurtimizda sog„lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo„nalishlaridan biri bo„lib, millat genofondini asrash, oilada, jamiyatda sog„lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya darslari sifatini yaxshilash, maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularning samaradorligini ko„tarish, sport turlarini rivojlantirish hamda ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni saralash hamda yuqori malakali murabbiylarni tayyorlash bugungi kunda sport amaliyotida dolzarb masalalardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA TEXNIK-TAKTIK MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA TEXNIK-TAKTIK MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Yu. Yu. Aripov

O'ZDJTSU Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi professori v.b.

Q. I. M. Sharapova

Ulug'bek tumani 205-sonli maktab jismoniy tarbiya o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Yurtimizda sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, millat genofondini asrash, oilada, jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya darslari sifatini yaxshilash, maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularning samaradorligini ko'tarish, sport turlarini rivojlantirish hamda ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni saralash hamda yuqori malakali murabbiylarni tayyorlash bugungi kunda sport amaliyotida dolzarb masalalardan biridir.

KIRISH

Shu jumladan, ma'lumki sportchilarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish albatta, jismoniy ish qobiliyatini umumiy jismoniy tayyorgarligi va maxsus jismoniy tayyorgarligi vositasida amalga oshirining maqbul yo'llarini izlash bilan bog'liq bo'ladi.

Bu asosan sportchilarning alohida individul qobiliyatlari va zahiradagi harakat imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beruvchi jismoniy sifatlarni rivojlantirish, sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi va maxsus tayyorgarligini tarbiyalash va texnik-taktik mahoratlarini shakllantirish, shuningdek, sportchilarning musobaqalardagi samaradorligini oshirish uchun poydevor hisoblanadi.

Respublikamizning yetuk olimlari Salamov R.S, Kerimov F.A, Usmonxodjaev T.S, Xolmuxamedov R.D, Matkarimov R.M, Qodirov E.Ilar sporchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini tarbiyalash hamda texnik-taktik mahoratlarini shakllantirish muhim o'rini tutishini ta'kidlaganlar.

Sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlik bilan yuqori sport natijasiga erishish qiyin, sportchilarda albatta texnik-tayyorgarlik ham talab qilinadi.

Biroq sport mashg'ulotlar jarayonlarida yuklamalarni rejallashtirish va nazorat qilish muammolari, yuqori sport natijalariga erishish shu soha mutaxassislari va murabbiylarining diqqat e'tiborida turadi.

Shuning uchun sportchilarni tayyorlash natijalari uning o'sishiga, o'quv mashg'uloti (trenirovka) jarayonida mashqlarni muntazam bajarishga jalb etish hamda mashg'ulot jarayonida jismoniy vosita va uslublardan turli varinatlarda qo'llash orqali ijobiy natijaga erisha oladi.

Sportchilarni hozirgi zamon sharoitlarida tayyorlash jarayonining samarasi ko'p jihatdan kompleks nazorat usullarini boshqaruv vositasi sifatida qo'llanishga bog'liqdir.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Zero kompleks nazorat usullari murabbiy va sportchilar orasidagi qaytuvchi aloqalarni amalga oshirib, ana shu asosda mashg'ulot ishtirokchilarini tayyorlashda ularning boshqaruv qarorlari darajasini oshirish imkoniyatini yaratadi.

Kompleks nazorat ya'niy - sportchilarning tayyorgarligi, o'quv mashg'ulotlari jarayonining mazmuni va musobaqalashuv faoliyatini har tomonlama baholash maqsadida, nazorat turlari ya'niy, bosqichli, joriy va tezkor (operativ) nazorat turlaridan shuningdek, pedagogik, ijtimoiy-psixologik va tibbiy-biologik ko'rsatkichlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ularning har biri sportchilarning holatini muayyan tipiga muvofiq bo'ladi:

-bosqichli nazorat - sportchilarning bosqichli holatini, ya'niy uzoq muddatli mashg'ulotlar samaradorligining oqibatida kelib chiquvchi holatini baholash imkonini beradi. Sportchining bunda holatlari uning bir necha yillar davomidagi uzoq tayyorgarligining (yil, makrosikl, davr yoki bosqichdagi) natijasidir;

-joriy nazorat - sportchilarning joriy ahvolini o'rganishga yo'naltirilgan bo'lib, u mashg'ulotlardagi yuklamalar, tayyorgarliklardagi yoki musobaqalardagi mikrosikllar natijasidir;

-tezkor (operativ) nazorat - sportchilarning operativ holatlarini, ya'ni ular organizmining muayyan mashg'ulotlar va musobaqalar asnosidagi yuklamalarga bo'lgan tezkor reaksiyalarini baholashni ko'zda tutadi.

Qo'llaniladigan vosita va usullarga ko'ra nazorat pedagogik, ijtimoiy-psixologik va tibbiy biologik xarakterga ega bo'lishi mumkin:

-pedagogik nazorat jarayonida texnik-taktik va jismoniy tayyorgarlik darajasi, musobaqalarda ishtirok etishning o'ziga xosliklari, sport natijalarining dinamikasi, mashg'ulotlar jarayonining tuzilishi, mazmuni va hokazolar baholanadi;

-ijtimoiy -psixologik nazorat sportchi shaxsiyatini, uning ruhiy holatini va tayyorgarligini, mashg'ulotlar va musobaqalaushv faoliyatiga xos bo'lgan umumiy mikriqlimni, sharoitlarni va hokazolarni o'rganish bilan bog'liqdir;

-tibbiy-biologik nazorat sportchining sog'ligi ahvolini, turli funksional tizimlarning imkoniyatlarini, mashg'ulotlarda va musobaqalashuv jarayonlarida asosiy yuklamani o'ziga oluvchi, alohida organlar va mexanizmlarni baholashni ko'zda tutadi.

Hozirgi kunda sport mashg'ulotlari nazariyasi va uslubiyatida sport amaliyotida kompleks nazoratning barcha turlarini, jismoniy vosita va uslublarini qo'shgan holda, murabbiylar sportchilarga sport mashg'ulotlarida va sport musobaqalarida qo'llab kelsa, ijobiy natijaga erisha oladi.

Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, musobaqa bellashuvlarida texnik-taktik tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lgan sportchi ko'proq jismoniy sifatga ega bo'lgan sportchidan ko'ra yaxshi natija ko'rsatadi.

Avvalambor, o'quv mashg'ulotlari bellashuvlarida berilgan yuklamlarni nazorat qilish orqali mahoratga ega sportchining usullarini chiroyli va ko'proq bajarish har doim bellashuv natijalarini yaxshilanishiga olib keladi.

Ikkinchidan texnik-taktik mahoratga yo'naltirilgan o'quv-mashg'ulot jarayonida sportchilarga berilayotgan yuklamalar hajmini nazorat qilish orqali taqsimlash, sportchiga musobaqa faoliyatida yaxshi ishtirok etish imkonini beradi.

Sportchilarning o'quv mashg'ulot jarayonini rejalashtirish nazariy jihatdan, eng avvalo, o'zaro bog'liq maqsadlar majmuali amalga oshirilishini nazarda tutuvchi mashq qilish ya'niy mashg'ulot dasturlari tizimini ishlab chiqish ( yaqin, o'rta va uzoq maqsadlarga muvofiq holda shoshilinch (operativ), joriy va ko'p yillik yoki istiqbolli dasturini shakllantirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tayyorgarlikning asosiy tashkiliy va uslubiy tamoyillariga rioya qilgan holda sportchilarning individual xususiyatlarini maksimal tarzda hisobga olish - malakali sportchilar takomillashuvining muhim omili hisoblanadi.

Texnik faoliyatni o'zlashtirish va harakat malakalarini shakllantirishda ixtiyorsiz harakatlarni boshqaruvchi shartli reflektor, mexanizmlar shartsiz reflekslar asosida sodir bo'ladi. Tayyor "energiyalar" shartsiz reflekslarning mavjudligi ko'nikma va malakalarning ixtiyorsiz shakllanishida harakat apparatini boshqarishni yengillashtiradi. Biroq, shakllanadigan texnik harakatlar va tug'ma reflekslar orasida o'zaro salbiy munosabatlarni ham hisobga olish lozim, ular texnik jihatdan samarali harakatlarni o'zlashtirishga qarshilik ko'rsatishlari va harakatdagi xatoliklarni yuzaga keltirishlari mumkin. Turmush sharoitida shakllangan malakalar shunday tormozlovchi xususiyatga egadir. Hayotiy malakalarning salbiy ta'siri har bir sport

turida "oddiy" siklli yugurishdan atsiklik harakatiga ega bo'lgan mashqlargacha uchraydi. Masalan,yugurib kelib balandlikka sakrashning oddiy hayotiy shakli oyoqning aktiv turtkisiga asoslangan. Hozir sakrashda depsinish texnikasi aktiv, reaktiv va inersiya kuchlarining o'zaro ratsional munosabatida sodir bo'ladi.

Harakatlarni bajarish va boshqarish mexanizmlardagi bu farq o'rgatish jarayonini murakkablashtiribgina qolmasdan, kuchlarni maksimal talab etadigan sharoitda ratsional texnik malakalarning mustahkamlanishiga chinakam to'siq bo'lib xizmat qiladi. Bo'lajak davr sportchi modelini tuzishga yuqori natijaga erishish imkonini yaratadigan jismoniy sifatlar, texnik va taktik rivojlanish darajasini sarfashni ifodalashi zarur. Bunda vaqt omili, yani sportchining halqaro klass darajasiga etilishi uchun ketadigan vaqtni hisobga olish katta ahamiyatga ega bo'ladi. Texnik mahorat-sport kurashi sharoitida maksimal natijaga erishishga qaratilgan sport mashqlarining eng ratsional harakat strukturasini puxta o'zlashtirishdan iborat.Harakatlarni o'zlashtirish, mustahkamlash va takomillashtirishda ong juda katta ahamiyatga ega, unga hattoki ovtomatlashtirilgan harakatlar ham tobe bo'ladi. Undan tashqari har qanday maqsadga muvofiq harakat markaziy nerv sistemasiga afferent nervlardan qayta aloqa shaklida keladigan malumotlar asosida to'xtovsiz korreksiya qilish jarayonida shakllanadi. Shu boisdan trener harakat malakasining takomillashishini boshqarib borishdan tashqari sportchining psixikasiga tasir qila bilishi kerak.

Amalda texnik mahoratni takomillashtirishning ikki asosiy xili uchraydi:

1) texnika asosan harakatning zamonaviy ratsional strukturasiga to'g'ri keladi va shuning bilan birga sportchi jismoniy tayyorgarligining shaxsiy xususiyatlariga mos keladi;

2)sportchi harakatining texnikasi uning funksional imkoniyatiga to'liq mos kelmaydi va zamonaviy texnika modeliga nisbatan ozmi-ko'pmi kamchiliklari mavjud bo'ladi.

Shuning uchun harakat malakalarini takomillashtirish jarayoniga turlicha yondashish zarur. Birinchi holda u to'g'ri harakatlarning son jihatdan yanada rivojlanishiga bog'liq; tezlik va amplitudaning ortishi, kuch impulslarining ko'payishi, koordinatsiyaning bosh elementlarini aniqlash va ularni yaxlit harakat faoliyatining ritmi bilan o'zaro munosabati va shuning asosida malum harakat faoliyatini shakllantirish. Ikkinchi holda harakat texnikasini takomillashtirish harakat malakasini ancha o'rgatish va harakat strukturasining kam samarali qismlarini samaraliroq qismlarga almashtirish bilan bog'liq bo'ladi. Ish tajribasi va maxsus tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, harakat texnikasi kamchiliklarining asosiy sabablari trener va sportchilar texnik mahorat darajasini aniqlashning obektiv ko'rsatkichlariga,

uning takomillashib borishini kuzatish o'lchovlariga ega bo'lmasliklarida va, shuningdek, ijro etish texnikasining mukammal modelining aniq emasligidadir. Shuning uchun trener ham, sportchi ham harakatlarni muntazam to'g'rilab borish va ularning ijro etilishini kuzatib borishi uchun texnik vositalar yordamida tez malumot olish metodlariga ega bo'lishlari shart.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Texnik mahorat darajasi harakat potensialidan samarali foydalanish darajasi bilan aniqlanishi kerak. Bu yerda texnik mahorat darajasi va sport natijasining o'lchov birligiga zo'r berish hajmi va sarf qilingan jismoniy kuch orasida nomutanosib bog'liqlik mavjuddir. Bunda harakat samarasining mutlaq birlikdagi hajmigina emas, balki harakat potensialining tejamlik ko'rsatkichi ham hisobga olinadi. Tejamlikning son ko'rsatkichi qanchalik past bo'lsa, mahorat shunchalik yuqori bo'ladi. Shunday qilib, texnik mahoratning asosiy ko'rsatkichi harakatlarning samaradorligi va tejamligidadir.

Harakatni bajarish uchun organizm reaktiv va tashqi kuchlardan qanchalik ko'p foydalansa va aktiv muskul ishi qanchalik kam qo'shilsa tana harakati shunchalik tejamli va ratsional bo'ladi. Texnik mahoratningeng integral (analitik) ko'rsatkichi harakat ritmidir, unga xos belgilardan malum vaqt intervallarida turli shiddatdagi zo'r berishning ratsional navbatlanadigan fazalarning mavjudligidir. Texnik mahorat harakatlarning ishonchliligi va aniqligi bilan ifodalanadi. Turli xil harakat uyg'unligidan tashkil topgan (yo'nalishi, zo'r berish darajasi va hokazolar bo'yicha ko'p o'zgaruvchan) harakatlar sistemasi kam ishonchlidir. Shuning uchun siklik harakatlar atsiklik harakatlarga nisbatan ishonchliroq sistemaga ega.

Texnik takomillashishning:

I Qismlarga ajratish metodi harakat tuzilishini soddalashtirishdan iborat bo'lib, anglab olish jarayonini osonlashtiradi, butun koordinatsiyada har bir elementning tuzilishini bilib olishga yordamlashadi. Bunda quyidagi vositalar tavsiya qilinadi: harakat shaklini o'zlashtirish uchun immitatsiya mashqlari; o'zlashtirilgan harakat shakllarini bajarishga qaratilgan maxsus mashqlarni zarur bo'lgan tezlikda, malum zo'r berish va meyorda bajarish.

II. Butunlay bajarish usuli musobaqa sharoitida nerv-muskul faoliyatining shartiga va rejimiga muvofiq yaxlit harakat malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bu usulda quyidagilar tavsiya qilinadi: yaxlit harakatni osonlashtirilgan sharoitda bajarish, yaxlit harakat tuzulishini soddalashtirish, umumiy bajarish tezligini kamaytirish ( yarim kuch bilan va h. k. ) muskul zo'r berishini engillashtirish-engillashtirilgan snaryad qo'llash, harakat amplitudasini qisqartirish,

chamalash va cheklovchi narsalardan foydalanish; yaxlit mashq sharoitini asta-sekin murakkablashtirib (tezligini, qarshilik kuchini oshirib, muhitning o'zgaruvchan sharoitida va h. k.) bajarish; musobaqadagidek yuqori nerv qo'zg'alish sharoitida texnik mahoratni takomillashtirish (o'zini jalb qila bilish, maksimal zo'r berishni rivojlantirish va uni taqsimlay olish va h. k.). Texnik mahoratni takomillashtirishda ideomotor mashq qilishga ahamiyat berish lozim. O'rganishda harakatlarni xayoliy ijro etish shu harakat to'g'risidagi tasavvur obrazini yaxshilaydi. Ideomotorni xususiyati trenirovka qildirish bo'lib harakatlarni qayta o'zgartirish, xatolarni tuzatish va malakalarni takomillashtirishga yordam beradi.

Texnik mahoratni takomillashtirish prinsiplari. Sport mashg'ulotida texnik mahoratni takomillashtirish jarayonini boshqarishning o'ziga xos qonuniyat (prinsip) lari mavjud:

I O'zaro munasabatni boshqarish prinsipi. Qarama-qarshi (salbiy) va birlik (ijobiy) tendensiyalarida 2 xil o'zaro munosabat mavjud. Masalan jismoniy sifatlar orasidagi munosabat malum darajada zidligidan bir-birining rivojlanishiga halaqit berishlari mumkin; chidamlilikning haddan tashqari rivojlanishi tezlikning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, kuchning rivojlanishi tezlikka bardosh berish va zarur faoliyatning shakllanishiga salbiy tasir qiladi. Biroq bu sifatlar orasidan ularning mustaqil rivojlanish mosligini topish mumkin, bu esa ularning kompleks rivojlanishiga (kuch chidamligi, tezlik-kuch va boshqalar) yordam beradi. Shuningdek toshlarni otishdagi hayotiy tajriba nayza uloqtirish texnikasini egallashga salbiy tasir qiladi yoki eski texnik usullar yangi texnik usullarning hosil bo'lishiga to'sqilik qiladi. Yangi malakalar avvalgilaridan ustun tursa ham ayrim vaqtlari ekstremal ( musobaqa ) sharoitlarda eskilari yuzaga chiqishi mumkin.

II. Mos kelish prinsipi. Barcha vosita, metod va nagruzkalarning hajmi muayyan sport turlariga zarur bo'lgan jismoniy sifatlarning mutanosib rivojlanish talablariga qarab tanlanishi kerak. Masalan, har jihatdan jismoniy tayyorlash barcha jismoniy sifatlarni bir xilda yuqori darajagacha rivojlanishini talab qilmasdan aniq ixtisoslashgan yo'nalishda bo'lishi kerak. mos kelish prinsipi organizmning nagruzkalarga bo'lgan reaksiyasida ham muhim ahamiyatga ega. Sportchining psixologik tayyorlanishi, mashg'ulot rejimi va musobaqadagi faoliyati orasida malum moslik bo'lishi zarur.

III. Kompensatsiya (o'rnini bosish) prinsipi. Hayvonot va inson hayotida kompensatsiya prinsipi muhim biologik o'rinni egallaydi. Uning yordamida hayotiy zarur tomonlarning buzilishi yo'q qilinadi va fiziologik tenglik tiklanadi. Harakat faoliyatida bu prinsip bir butun harakat sistemasida harakat elementlarining tasodifiy o'zgarishi o'rnini bosish va butun sistemani uning qismlari o'zgarishiga bo'lgan

javobini boshqarish shaklida namoyon bo'ladi. Birinchi shakli harakat strukturasining alohida qismlarida o'zaro o'rnini bosish samarasini taminlaydigan cheklanishlar yuzaga kelganda sodir bo'lsa, ikkinchi shakli harakatning bir zvenosi ichida to'liq o'rnini bosa olmasdan, lekin bir butun harakatning samarasini pasaytira oladigan ancha harakat o'zgarishlaridan iborat bo'ladi. Bunday hollarda texnik jihatdan mavjud kamchiliklarning o'rni qo'shimcha zo'r berishlar orqali qoplanadi. Ko mpensatsiyaning uyqash shakllarini individual texnika xillarining o'zaro munosabatida, harakat sifatlarini rivojlantirishda, taktik harakatlarni tanlashda uchratish mumkin.

IV. Bosh omillar va ritmlar prinsipi. Harakat tehnikasida bosh omillar muhim ahamiyatga ega. Chunonchi jismoniy tayyorlashda bu prinsip ayrim jismoniy sifatlarning bosh ahamiyatga ega bo'lishida ifodalanadi. O'rta masofaga yuguruvchi uchun bosh omil chidamlilik hisoblanadi va h. k. Bosh omillarga bosh parametrlar, bosh elementlar, harakatning bosh fazalari kiradi. Harakat asosiy fazasida faqatgina bir bosh zveno o'zgarishi harakat faoliyati strukturasini ancha o'zgarishiga sabab bo'ladi. Mashqlarni bajarish jarayonida bosh omilning ahamiyati harakatning samarali suratini belgilashga xos bo'lgan harakat aktivligini orqali kuchaytiriladi, Harakatning samarali surati esa, koordinatsiya strukturalarining o'zgarish hajmi va mohiyati harakatning turli qismlarida zo'r berish tezligi va dinamikasi orqali ifodalanadi. Harakat koordinatsiyasi elementlarining har qanday kuchaytirilishi bosh elementlarning yoki elementning bosh zveno fazasining kiritilishi bilan bog'liq. Me'yor masalasiga kelsak , uning kishi hayotini tashkil qilishda bo'lgan ahamiyati va ishlab chiqarish unumdorligiga qanday ijobiy tasir ko'rsatishi malumdir. Akademik N.K, Anoxin aytganidek "Bizning organizmimiz juda katta nagruzkalarga bardosh berishi mumkin. Butun masala bu ishni meyorida taqsimlanishiga bog'liq. Agarda bu aynan suratning o'zi bo'lsa va eng yuqori zo'riqish holatlari osoyishtalik vaqtlari bilan navbatlanib borilsa, zamonaning hech qanday jo'shqin surati ham, hech qanday ruhiy kechinmalarning o'tkirligi ham gipertoniyaga olib kela olmaydi".Bu gaplar bevosita mashg'ulot rejimini uyushtirishga ham taalluqlidir.

V. O'zaro bog'liklik prinsipi. Bu jismoniy sifatni rivojlantirishga qaratilgan har qanday mashq boshqa jimoniy sifatlarning rivojlanishiga malum o'zgarish kiritadi, ular orasida malum son jihatdan o'zgarish (jamg'arish ) lar vujudga keladi, ulardan samarali foydalanish malakalarini shakllantiradi. Organizmning rivojlanishidagi bunday uzluksiz o'zaro bog'liqlik obektiv qonuniyatdir. Yo'naltirilgan o'zaro bog'liqlik mashg'ulot jarayonining o'zida ham bo'lishi mumkin (jismoniy tayyorgarlik-sportchi harakat faoliyatining asosi shaklida; texnik va taktik

tayyorgarlik esa jismoniy imkoniyatlardan keng foydalanish vositasi tariqasi namoyon bo'ladi ).

Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda sportchilarning individual, yoshga xos va jinsiy xususiyatlarining nomuvofiq hisobga olinishida namoyon bo'luvchi ko'p yillik sport tayyorgarligidagi mavjud kamchiliklar rejalashtirish va amalga oshirishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishga to'sqinlik qiladi hamda bu muammoning turli tomonlarini chuqur va tizimli o'rganish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Shu jihatdan bolalar va o'smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar o'smirlar sport maktablari, Oliy sport mahorat maktablari va sport turlari bo'yicha federatsiyalari hamda ta'lim muassasalari (umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litsey, o'rta maxsus, kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalar)ini darsdan tashqarida o'tkaziladigan sport mashg'ulotlarini yanada yaxshi yo'lga qo'yish hamda takomillashtirish muhim masala ekanligi e'tirof etiladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytgandan bu esa eng avvalo sportchilarni tayyorlashda o'quv mashg'ulot jarayonini rejalashtirishga katta ahamiyat qaratish, olimpiya sport turlari bo'yicha milliy terma jamoalarning asosiy va zahira tarkibidagi iqtidorli sportchilarni tanlash, sportchi va murabbiylarni moddiy ta'minotini yaxshilash, respublika va xalqaro musobaqalarda samarali ishtirok etish hamda mamlaktimiz terma jamoalarini tayyorlashda pedagogik-psxilogik, tibbiy va texnik-taktik jihatdan tayyorlashning barcha muammolarani hal etishga alohida ahamiyat berish kerak.

REFERENCES

1. Abdukhamidov, R. N. (2021). IMPROVING PSYCHOPHYSIOLOGICAL TRAINING OF TEENAGE BOXERS WITH THE HELP OF IMPROVISED MEANS OF GAMES. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 7(1.5 Pedagogical sciences).

2. Абдухамидов, Р. Н. (2021). САМАРАЛИ ВОСИТА ВА УСУЛЛАР ЁРДАМИДА УСМИР БОКСЧИЛАРНИНГ ПСИХОФИЗИОЛОГИК ТАЙЁРГАРЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

3. Халмухамедов, Р. Д., Абдухамидов, Р. Н., Каримов, Ш. & Усмонхужаев, С. Т. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ СУДЕЙСТВА В БОКСЕ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

4. Ражабов, Г. К. (2021). ПОКАЗАТЕЛИ ТАКТИКО-ТЕХНИЧЕСКИХ ДЕЙСТВИЙ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ БОКСЕРОВ В СОРЕВНОВАТЕЛЬНЫХ БОЯХ В УСЛОВИЯХ ОТСУТСТВИЯ И ВОЗНИКНОВЕНИЯ СТРЕССОВЫХ ФАКТОРОВ (ПОМЕХ). Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

5. Ражабов, F. К (2021). МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТУРЛИ ЭКСТРЕМАЛ ШАРОИТЛАРИДА МУСОБА^А ФАОЛИЯТИ НАТИЖАДОРЛИГИ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(1), 161-169.

6. Халмухамедов, Р. Д., Каландаров, Д. Ш., Умаров, К. А., & Маткаримов, F. Р. (2021). ТАЙЁРЛОВ МАШКЛАР ЁРДАМИДА МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК МА^ОРАТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

7. Халмухамедов, Р. Д., Махмудова, М. М., Рахматов, Б. Ш., Маъмурова, Л. К., & Эркинова, Н. М. (2021). Методика физической подготовки студенток высших образовательных учреждений на основе использования комплексов «Узбек жанг санъати». Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

8. Тажибаев, С., & Махкамов, И. (2021). МАКТАБ УКУВЧИЛАРИНИНГ СПОРТ УЙИНЛАРИ ТЕХНИКАСИНИ УЗЛАШТИРИШ КУРСАТКИЧЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

9. СЕРЕБРЯКОВ, Ю. (2020). ОFИР ВАЗН ТОИФАСИДАГИ БОКСЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШНИНГ АЙРИМ ХУСУСИЯТЛАРИ. Фан-^ортга, (6), 36-39.

10. Зиядуллаев, К. Ш., Абдиев, Н. А., & Курбанбаев, И. Р. (2017). Обеспечение адекватности финансового механизма в управлении физической культурой и спортом. Актуальные проблемы гуманитарных и социально-экономических наук, 11(5), 82-84.

11. Ulugbekovich, R. A. Formation of Styles of Managerial Thinking as a Factor in the Preparation of a Future Specialist for Managerial Activities in the Field of Physical Culture and Sports. JournalNX, 7(03), 172-176.

12. Болтабаев, М. Р., Султонов, Ш. Ф., & Зиядуллаев, К. Ш. (2020). Узбекистонда жисмоний тарбия ва спорт сохдси бош^аруви тизимини такомиллаштиришда спорт менежментини ривожлантириш моделини яратиш. Фан^портга, (5), 2-6.

13. МАХМУДОВ, Б., ЗИЯДУЛЛАЕВ, К., НАРЗИЕВ, Ж., ИБРАГИМОВ, А., & НАРИМОНОВ, Н. (2020). ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ РЫНКА СПОРТИВНЫХ УСЛУГ ПРИ СТАНОВЛЕНИИ СПОРТИВНОЙ ИНДУСТРИИ В УЗБЕКИСТАНЕ. Фан-Спортга, (1), 69-74.

14. Тилляходжаев, А. А. (2020). Узбекистонда спорт турларини ривожлантиришда маркетинг коммуникацияларининг ахдмияти. Фан-Спортга, (5), 8-10.

15. БАБАЖАНОВ, Р. (2020). ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ СОХДСИ КАДРЛАРИНИНГ ИНСОН КАПИТАЛИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМНИНГ А^АМИЯТИ. Фан-Спортга, (1), 25-30.

16. ЯРАШЕВ, К., & РАШИДОВ, А. (2020). Теоретическое обоснование проблемы подготовки будущих специалистов к управленческой деятельности в сфере физической культуры и спорта. Фан-Спортга, (6), 61-62.

17. МАТКАРИМОВА, Н. (2020). Оценка факторов и риска развития спортивных организаций как предпринимательских структур. Фан-Спортга, (2), 78-80.

18. Ahmedov, I. (2020). The Impact Of Digital Economy On International Trade. European Journal of Business and Management Research, 5(4).

19. Tillyaxodjayev, A. A. (2020). The importance of marketing communications in the development of kind of sports in Uzbekistan. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(12), 18-29.

20. БОЛТАБАЕВ, М., АХМАТОВ, М., & СУЛТОНОВ, Ш. (2020). Многоуровневый системный подход к организации массовой спортивно-оздоровительной деятельности в узбекистане. Фан-Спортга, (4), 2-6.

21. АТАМУРАТОВ, Х. (2020). Умумтаълим мактабларида юкори синф укувчиларининг жисмоний сифатларини тарбиялаш хусусиятлари. Фан-Спортга, (5), 78-80.

22. Rakhmatovich, M. F. (2021). Ways to Increase The Efficiency of Motor Vehicle Services. Asian Journal of Technology & Management Research (AJTMR) ISSN, 2249(0892).

23. Tukhtabaev, J. S., Tillaeva, B. R., Razakova, B. S., Ismagulova, G. N., & Achilov, I. A. (2020). Econometric evaluation of influential factors to increasing labor efficiency in textile enterprises. Advances in Mathematics: Scientific Journal.

24. Muminov, N., Olimjanova, S., Salimov, A., & Kim, T. (2020). Digitalization AS An Important Factor Of Legalization Of The Shadow Economy. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(2), 16-19.

25. Ulugbekovich, R. A. Formation of Styles of Managerial Thinking as a Factor in the Preparation of a Future Specialist for Managerial Activities in the Field of Physical Culture and Sports. JournalNX, 7(03), 172-176.

26. Каримов, И. И. (2021). ВЕЛОСИПЕД СПОРТИДАГИ АЙРИМ МУАММОЛАР ХДКИДА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 341-347.

27. Jumanova, F. U., & Alfayzov, S. A. (2021). Boshqaruv ilmiga sharq mutafakkirlarining ilmiy qarashlari. Academic research in educational sciences, 2(4).

28. Nazarova, Z. X. (2021). The role of motivation in the development of girls' boxing skills. ELECTRONIC JOURNAL OF ACTUAL PROBLEMS OF MODERN SCIENCE, EDUCATION AND TRAINING, 12-16.

29. Мнажатдинова, Р. З. К. (2021). Феномен религиозности личности в зарубежной и отечественной психологии. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 230-238.

30. Сирлиев, Э. Н., & Узоров, А. X,. У. (2021). Дзюдочи шахсидаги устувор сифатларни урганишнинг психологик ахдмияти. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 185-192.

31. Mahmudov, A. M. (2021). Pedagogical and psychological basis of formation of management skills in leadership in the field of physical training and sports. Electronic journal of actual problems of modern science, education and training, 25-29.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.