Научная статья на тему 'BEGONALASHUV MUAMMOSI JAMIYATNING INQIROZI'

BEGONALASHUV MUAMMOSI JAMIYATNING INQIROZI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
56
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Begonalashuv / shaxs begonalasuvi / jamiyatdan yakkalanish / web-begonalashuv / alienation / alienation of personality / alienation from society / web -alienation.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abduraxmonov, Z. M.

Maqolada shaxsning jamiyatdan begonalashuv jarayoni va uning shakllari ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etilgan bo’lib, begonalashuv muammosining ortib borishi natijasida ijtimoiy hayotda parchalanish, yakkalanish natijasida inson o’z-o’zini inkor etishi, xudbinlikni keng yoyilish jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF ALIENATION IS A CRISIS OF SOCIETY

The socio-philosophical article analyzes the process of alienation of the individual from society and its forms, highlights the aspects of splitting in public life as a result of the growing problem of alienation, self-denial of a person as a result of isolation, widespread egoism.

Текст научной работы на тему «BEGONALASHUV MUAMMOSI JAMIYATNING INQIROZI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

BEGONALASHUV MUAMMOSI - JAMIYATNING INQIROZI.

Abduraxmonov Z.M.

O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti z-abduraxmonov86@mail.ru, +998973440429

ANNOTATSIYA

Maqolada shaxsning jamiyatdan begonalashuv jarayoni va uning shakllari ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etilgan bo'lib, begonalashuv muammosining ortib borishi natijasida ijtimoiy hayotda parchalanish, yakkalanish natijasida inson o'z-o 'zini inkor etishi, xudbinlikni keng yoyilish jihatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Begonalashuv, shaxs begonalasuvi, jamiyatdan yakkalanish, web-begonalashuv

АННОТАЦИЯ

В статье cоцшлъно-философски проанализирован процесс отчуждения личности от общества и его формы, освещены аспекты расщепляться в общественной жизни в результате нарастания проблемы отчуждения, самоотречения человека в результате изоляции, широкого распространения эгоизма.

Ключевые слова: отчуждение, отчуждение личности, отчуждение от общества, веб-отчуждение.

ABSTRACT

The socio-philosophical article analyzes the process of alienation of the individual from society and its forms, highlights the aspects of splitting in public life as a result of the growing problem of alienation, self-denial of a person as a result of isolation, widespread egoism.

Keywords: alienation, alienation of personality, alienation from society, web -alienation.

So'nggi yuz yillkda shaxsning jamiyatdan begonalashuvi muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Usbu falsafiy muammo hozirgi global muammolar sirasiga kiradi. Negaki jamoaviylikni inkor etib individualizmning ortishi natijasida ijtimoiy muammolarning turli ko'rinishlari vujudga kela boshladi. Postmodern jamiyatning o'ziga xos xususiyatlari jamiyat hayotining barcha jabhalarida axborot texnologiyalari va globallashuv ta'sirida shakllanadigan dunyoqarashning yangi shakllarining paydo bo'lishini ifoda etmoqda. Begonalashuv muammosi jamiyatning barcha sohalariga ta'sir qila boshladi. Shubxasiz eng oliy qadriyat bu insonning hayoti, uning taqdiri

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

hisoblanadi. Dunyoda ayni damda 8 miliyarddan oshiq inson istiqomat qilmoqda. Aslida ushbu muammo barchamizga birdek ta'luqli hisoblanadi.

Begonalashuvning eng daxshatli oqibati- xudkushlik. Ilm fanda "suisid" deb ataladigan bu ofat xar yili 800 ming kishining umriga zomun bo'ladi, 15-29 yoshdagilar ichida ko'proq tarqalgan[1, 29]. Raqamlar shuni ko'rsatmoqdaki 365 kun davomida 800 ming kishi hayotdan bevaqt ko'z yummoqda. Undan tashqari yana qanchadan - qancha kishining ruhiyatida turli xil buzulishlar ro'y berib, jamiyatdan uzoq kishilar va bir-biriga nisbatan har doim raqobatchi yoki dushman kayfiyatidagilar soni ortmoqda. Har kuni dunyoni turli nuqtalarida insoniyat bir-birini qonini to'kmoqda.

Begonalshuv vujudga kelishiga ko'plab omillar sabab bo'lmoqda ulardan ayrimlari quyidagilar: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy merosning qashshoqlashuvi, qadriyatlarning qadrsizlanishi. Insonda bu muammoning sababi sifatida boshqa kishilar bilan muloqotga kirisha olishda ko'plab to'siqlarga uchrashi, o'zini jamiyatning bir a'zosi sifatida his qila olmaslik. Ijtimoiy hayotda aksariyat holatlarda kuzatiladigan jihat xudbinlik, manfaatparastlikning ortishi natijasida kishilarda jamiyatga nisbatan daxldorlik tuyg'usining sustlashuvi sezilarli darajada oshib ma'lum bir muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ularrni sanab o'tamiz 1) Shaxsda salbiy kayfiyatning ortishi va jamoa bilan o'zaro munosabatlarda ziddiyatlarning tez-tez kuzatilishi 2) Inson o'z "Men" nini to'la qonli anglay olmasligi 3) Ijtimoiy hayotdagi jarayonlarni to'g'ri baholay olmaslik 4) O'zaro munosabatga kirisha olish fazilatining yo'qolishi 5)Hayotning mohiyatini anglay olmaslik keyinchalik esa shaxsning begonalashuvi undan keyingi bosqichda esa shaxsning o'z-o'zi inkor etishi jamiyatda o'z o'rnini topa olmasligi hamda hayotda uning uchun biror ma'no qolmaganligini har daqiqa his etib turadi.

Neofreydistlar (xususan, E.Fromm) begonalashuv manbalarini shaxsni tabiatdan ajratishda ekanligini kashf etdilar va buning natijasi sifatida atrof-muhit bilan uyg'unlashuv yo'qolishini ko'rsatib o'tdilar [2, 15]. Darhaqiqat begonalashuvni dastlabki bosqichi insonning tabiatni ustudan xukmronlik qilishga urunishdan boshlandi. Keyinchalik jamiyatdan begonalashish yuzaga keldi yakka-yakka kishilar toifasi ko'payib borgach jamiyatda, davlatda o'ziga xos "xaos" paydo bo'ladi. Negaki jamiyatni jamiyat ,davlatni davlat qilib turadigan asosiy omil bu kishilarning bir-birini qo'llashi, hamjihatligi bilan belgilanadi. Yunon faylasufi Arastu bejizga insonni "ijtimoiy maxluq" deb atamagan. Inson go'daklik vaqtidan uni o'rab turgan ijtimoiy muhit qadriyatlarni, insoniy xatti-harakatlarni, umum qabul qilgan tartib qoidalarga amal qilishi sabab bo'ladi. Bunda aksincha bo'lishi ham mumkin. Baliq yashashi uchun suvni ahamiyati qay darajada muhim bo'lsa inson uchun ham jamiyat shunday

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ahamiyatlidir. Insonning borligi, doimo dunyoda insoniyatni yashab qolishini ta'minlaydi. Bunda ko'plab omillar qatorida sharoitga moslashish eng ustuvorlaridan biri sanaladi.

Sartrning fikriga ko'ra, vaqt o'tishi bilan odam tobora begonalashgan mavjudotga aylanadi, chunki zamonaviy iqtisodiyot va kundalik hayot odamlarni sezilarli darajada o'rta darajadagi inson qilib qo'yadi va bu hatto ularning fikr yuritishini ham standartlashtiradi [3, 207]. Jamiyat hayotida bir toifadagi kishilar o'z xatti-harakatlari bilan yaqqol ajralib turishadi. U toifadagi kishilarda o'zga insonlar bilan munosabatda bo'lishda ma'lum bir chegarolovchi jihatlari yuzaga chiqmoqda. Marginal turmush tarzi kishini bir qobiqqa o'ralashtirib, jamiyatdan uzoqlashib, o'zaro munosabatlarda uzulish ro'y beradi, o'zini jamoa orasida noqulay seza boshlaydi. Bu jarayon muttasil davom etishida 1) ta'sirga uchrash oqibatida jamiyat qabul qilgan qadriyatlardan voz kechilishi va undan begonalashadi. Paydo bo'lgan bo'shliq to'ldirilishi zarur yangi ko'rinishdagi muloqot manbalarini topadi. Bunga misol qilib "ommaviy madaniyat"ni olishimiz mumkin. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning axborot bazasi ushbu "madaniyat" bilan to'yingan.

Biz internet va ijtimoiy tarmoqlarni faqat qoralash niyatida emasmiz. Albatta uning ijobiy jihatlari ham bisyor. Misol tariqasida sizga biror sohadagi xoxlagan ma'lumotni topish uchun o'rningizdan turish ham kerak emas, yoki dunyoning qaysi nuqtasida qanday ob-havo qandayligi, biror kutubxona, muzeyga virtual sayohat qilishingiz uchun klaviatura tugmachalarini bosishni o'zi kifoya.

2) O'z-o'zini inkor etish natijasida begonalashuvning eng xavfli darajasi yuzaga keladi, bunda kishi egoizm, shavqatsizlik, axloqning normalarini inkor etish, insoniy xususiyatlarni yo'qotish kabi muammolar jamiyat hayotidan uni siqib chiqaradi. Bu toifadagi kishilar avvalgidek hayotga, jamiyatga, ularning bir qismiga aylanishi juda qiyin jarayon hisoblanadi. Shaxsni jamiyatdan begonalashuvida ikki holat sabab bo'ladi 1) jamiyatdan chekinish 2) shaxsning marginallashuvi(turmush tarzida yaqqol ajralish) tabiiyki ijtimoiy hayotdan, iqtisoddan, axloqdan umuman olganda ijtimoiy sohaning barchasidan rad etilish yuz beradi va o'zining qarashlariga yaqinroq bo'lgan ijtimoiy qatlamni topishga ma'lum bir harakatlar qiladi yoki umuman o'zi ruhiy yo'lg'izlanadi. Bu bosqichning farqli tomoni shundaki jamiyatning tarqoqligi, parchalanishi kuchayib borib, shaxs o'z hamkasblaridan, yaqinlaridan, xatto o'z oilasidan jisman yaqin bo'lsada, ruxan uzoqlasha borayotganini his etmoqda. Olomonlik milliy his-tuyg'ulardan, ruhiyatdan, ma'nan go'zallik, insonga ulug'vorlik bag'ishlovchi yagona maqsadlar atrofida uyushish ishtiyoqidan, milliy-ma'naviy joziba, kuch-qudrat va ilhom bag'ishlovchi olijanob tuyg'ulardan, sevgi, muhabbat, hamkorlik, o'zgalarning og'ir vaziyatlaridagi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

holatlarida hamdardlik, qo'llaö-quvvatlash, birodarlikdan va o'zligidan mahrum bo'lgan, tarqoq hayot kechirishga moyil insonlar to'dasidir [4]. Oqibatda o'zaro aloqaga kirishish va madaniyatdan begonalashish ro'y bermoqda, keyingi jarayon inson va jamiyat uchun juda xavfli bo'lib kishining ish faoliyati va oila munosabatlarida yaqqol uzulishi va o'z-o'zidan begonalashishga olib keladi.

Shaxsning jamiyatdan begonaga aylanishiga ham ichki, ham tashqi omillar ta'sir etadi. Har ikki omil yuzaga kelishiga uzoq vaqt talab etiladi, qaysiki kishilar bilan o'zaro muloqotga, kirishish kam kuzatiladi, oiladagi samimiy munosabatlar kuzatilmay qoladi. Bu jarayon muttasil davom etishi barobarida ijtimoiy qadriyatlar, munosabatlar unutila boshlaydi.Shaxsda marginallik kayfiyati kuchayib ketadi, turli xildagi inson salomatligi uchun o'ta zararli bo'lgan spirtli ichimliklarga ruju qo'yish, narkotik moddalarni iste'mol qilish, o'g'rilik, internet tarmog'i orqali o'ynaladigan qimor, yoki shavqatsizlikni oddiy xolga aylantirish uchun kinolar va turli xil o'yinlar bilan sutka davomida band bo'lish va shu bilan real hayotdagi voqelikni unutish virtual hayotda o'zini vaqtini shunchaki o'tkazish emas balki bu o'yinlardagi qotilliklar, shavqatsizliklar yosh avlodni diydasi qattiq, jinoyatga moyil qilib undan tashqari asab tizimidagi buzulishlarga sababchi bo'layotganligini shifokorlar ta'kidlamoqdalar. Ushbu bosqichning o'ziga xos xususiyati shundaki, ijtimoiy aloqalarning uzilishi keyingi rivojlanishi insonning oila va hamkasblari bilan aloqalarining qisman uzilishiga olib keladi.

Marginal kayfiyatning qamrovi oshgan sari shaxs uchun jamiyat a'zolari bilan muloqotga kirishishi xolati shu darajada qisqarib boradi, ayniqsa oilada va ish faoliyatida yaqqol ko'zga tashlanadi, aslida kishining eng vaqti oilada va ish faoliyatida o'tishini hisobga olsak muammoning qay darajada jiddiyligini tasavvur qilish quyin emas. Ushbu bosqichda shaxs kommunikativ biqiqlikda boshqacha qilib aytganda, shaxsning madaniyatdan begonalashish paydo bo'ladi. Uchinchi bosqich -bu to'liq jamoadan voz kechadi. Bu ish va oila bilan deyarli to'liq ajralish bilan tavsiflanadi. Agar oilani jamiyatning eng kichik xujayrasi deb olsak, undagi begonalashish butun boshli jamiyatning inqiroziga sabab bo'ladi. Jamoadan uzoqlashish bosqichlari odamlarning xatti-harakatlari ichki va tashqi sharoitlar ta'sirida o'zgarishi bilan bog'liq. Bir bosqichdan ikkinchisiga o'tish, uning ijtimoiy xulq-atvorining uzoq davom etishi, oiladagi o'zaro munosabatlarning darz ketishi, o'zaro hamjihatlikning etishmasligi ayni haqiqat. Falsafiy nuqtai nazardan, bir bosqichdan ikkinchisiga o'tish miqdoriy xususiyatlarning ortishi, sifat o'zgarishlariga olib keladi. Har bir keyingi bosqich avvalgisidan kelib chiqadi, uning davomi, ammo sifat jihatidan boshqacha darajada, oldingi bosqichda oldingilariga kamaytirilmaydigan yangi xususiyatlarni o'z ichiga oladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Biror kishi ijtimoiylashuvdan chekinishning bir bosqichidan ikkinchisiga o'tishi bilan shaxsning oilasi va hamkasblari, ijtimoiy muhit va hukmron jamiyatning qadriyatlari bilan aloqasi susayadi va shaxsda tobora ko'proq marginal xususiyatlarga moyillik ortadi. Shaxsning jamiyat normalarini inkor etish kishilarning bir-biriga nisbatan faqatgina manfaat nuqtai-nazaridan yaqin bo'lishi mumkin aslida esa ulami yakdil qilib turadigan xech narsa yo'q. Faqatgina foyda ilinjida ularning o'zaro munosabati, yakdilligi davom etadi. Lekin har doim har ikkalasida ham ishonchsizlik diqqat makazida turadi.

Shaxsni jamiyatdan begonalashish mexanizmi-bu submadaniyat normalarini avj olishi ta'sirida yuzaga keladi. Shaxs jamiyatda o'z o'rnini topa olmagach, uning madaniyat, umume'tirof etilgan qadriyatlar dunyosi bilan aloqalari zaiflashadi. Ruhiy dunyoning o'zi shaxsiyat chetga suriladi. Madaniyat dastlab avlodlar tomonidan to'plangan kommunikativ tizim bo'lganligi sababli tajriba va shaxsni ma'naviy begonalashuv jarayoni har bir kishining faoliyati va harakatlarida o'ziga xos shaklda namoyon bo'lib bir tomondan, individual va ijtimoiy hayotning ma'naviy sohasidagi o'zgarishlarni, Ikkinchi tomondan esa ma'naviy begonalashuv ijtimoiy hayotda qadriyatlarni ratsionalizatsiya qilish qobiliyatini yo'qotish bilan tavsiflanadi. Uchinchi tomondan ma'naviy begonalashuv bugungi jamiyatning marginallashuvida yorqin namoyon bo'ladi. To'rtinchidan, ma'naviy begonalashuv bu kishilar o'rtasida deviant xatti-harakatlarning o'sishi, iste'molchilarning kayfiyatini kuchayishi, individual, ijtimoiy-guruhiy va umummilliy identifikatsiya inqiroziga olib keladi.

Yuqori darajadagi postmodern zamonaviy jamiyat tuzilmalarida shaxsning o'zgarmasligi va avtonomiyasi, markazsizlashtirish, jamiyatning bo'linishi, plyuralizm va parchalanish bilan, shaxsni marginallashtirish ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Bozor munosabatlari va jamiyat a'zolarining ijtimoiy tabaqalanishi ular o'rtasida o'zaro begonalashishni yoxud sinfiy adovatni emas, balki ijtimoiy sheriklikni vujudga keltirish uchun insonparvarlik, halollik, hamkorlik, insof, adolat, me'yorlari, qonun ustuvorligi, faoliyatimizning amaliy mo'ljaligi aylanmog'i zarur [5, 9]. Ayni damda kishilik jamiyatida insonlar o'rtasida o'zaro adovatning kuchayib borayotganligi muammoning yanada chuqurlashuviga olib kelmoqda.

Xulosa o'rnida begonalashuv muammosini bartaraf etish uchun etosferani shakllantirmoq lozim, o'ziga xos "sferani" vujudga keltirish uchun oila va ta'limni axloq tamoyillari asosida va ikki ijtimoiy institutni hamkorligi orqali erishiladi.

REFERENCES

1. Alimasov V.Begonalashuv //Tafakkur jurnali,2020. №2.-B. 29

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

2. Фромм, Э. Анатомия человеческой деструктивности. Пер.; авт. вступит. ст. П.С. Гуревич / Э. Фромм. - М.: Республика, 1994. - 447 с. 15

3. Сартр, Ж.-П. Первичное отношение к другому: любовь, язык, мазохизм / Ж.П. Сартр // Проблема человека в западной философии. - М.: Прогресс, 1988. - С. 207-209

4. Otamurodov S. Globallashuv: тЯЫш asrash mas'uliyati.Toshkent: '^Ьек^оп", 2018. 7 Ь

5. Егкауеу А. Ma'naviyatshunoslik. 1-kitob.Ma'naviyat ontologiyasi va fenomenologiyasi.-Toshkent: Ma'naviyat,2018. 9Ь

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.