Научная статья на тему 'BAXSHILI EL BOTIR EL'

BAXSHILI EL BOTIR EL Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
61
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
baxshi / doston / xalq ijodi / ijrochilik san’ati / doston ijrochiligi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Rasulbek Abdurahmonov

Ushbu maqolada Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakili, O‘zbekiston xalq dostonchisi Bola baxshi-Qurbonnazar Abdullayevning hamda O‘zbekiston, Tukmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Komiljon Otaniyozovlarning shogirdi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Otaxon baxshi Matyoqubov o‘zining ilmiy-ijodiy izlanishlari va doston ijrochilik mahorati, hayoti va ijodiy faoliyati, doston ijrochiligidagi ustoz-shogird an’anasi ilmiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BAXSHILI EL BOTIR EL»

BAXSHILI EL - BOTIR EL

Rasulbek Abdurahmonov O'zDSMI

Annotasiya: Ushbu maqolada Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakili, O'zbekiston xalq dostonchisi Bola baxshi-Qurbonnazar Abdullayevning hamda O'zbekiston, Tukmaniston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Komiljon Otaniyozovlarning shogirdi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Otaxon baxshi Matyoqubov o'zining ilmiy-ijodiy izlanishlari va doston ijrochilik mahorati, hayoti va ijodiy faoliyati, doston ijrochiligidagi ustoz-shogird an'anasi ilmiy tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: baxshi, doston, xalq ijodi, ijrochilik san'ati, doston ijrochiligi.

NATION WITH BAKHSHI - BRAVE NATION

Rasulbek Abdurahmonov UzSIAC

Abstract: In this article, Otakhan Bakhshi Matyokubov, a student of the great representative of the Khorezm School of Poetry, People's Poet of Uzbekistan Bola Bakhshi-Kurbannazar Abdullayev and People's Artist of Uzbekistan, Turkmenistan and Karakalpakstan Komiljon Otaniyazov, Honored Artist of Uzbekistan scientific-creative researches and epic performance skills, life and creative activity, teacher-student tradition in epic performance are scientifically analyzed.

Keywords: bakhshi, epic, folk art, performing arts, epic performance.

Xalq hayotini orzu umidlarini, kurash va intilishlarini, quvonch va tashvishlarini badiiy ifodalash an'anasi ko'p ming yillik tarixga egadir. Xalqimizning badiiy tafakkur tarzini teran taxlil qilishda dostonchilik san'ati muhim ahamiyatga ega bo'lgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dostonlar xalqlarning bebaho nomoddiy madaniy merosidir. Ularda el-elatlarning tarixiy qadriyatlari, kundalik maishiy hayoti, bahodirlik yurishlari, qahramonlarining yorqin obrazlari o'z aksini topgan. Xalqimizning o'zanlari, jirov, oshiq, oqin, baxshi va xalfalari san'atning turli janrlarini sinkretik ravishda qo'llagan holda bu qadriyatni shinavandalar qalbiga singdirib kelganlar.

Dostonlarning ma'naviy-ma'rifiy va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini chuqur anglagan holda hukumatimiz, qolaversa Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan katta e'tibor berilayotgan xalq ijodiyotiga bo'lgan g'amxorlikning yorqin ifodasidir. Jumladan, "Xalqaro baxshichilik san'ati festivali"ni har ikki yilda bir martda

I icOE^^^^HI 273 http://oac.dsmi-qf.uz

o'tkazilishi, baxshichilik san'atini ta'lim tizimiga kiritilishi, mahalliy uslublarga mos ravishda bolalar musiqa va san'at maktablarida dostonchilik sinflarini ochilishi, Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati institutini va unda "Doston ijrochiligi" kafedrasi tashkil etilishi olamshumul ishlardan biri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuningdek, baxshichilik san'ati 2021-yil 16-dekabrda YUNESKO tashkilotining nomoddiy madaniy me'ros reprezentativ ro'yxatiga kiritilishi ushbu soha vakillari zimmasiga yanada ulkan vazifalarni yukladi.

Mamlakatimizda "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at sohalarini yuksaltirish ijtimoiy sohani rivojlantirishning asosiy yo'nalishi sifatida belgilangan. Bugungi kunda aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma'naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish, ustoz-shogird an'anasini davom ettirish masalalari davlatimizning ustuvor vazifalariga aylanib bormoqda.

Ushbu maqolada ustoz Otaxon baxshi Matyoqubovning hayoti va ijodiy faoliyati, doston ijrochiligidagi ustoz-shogird an'anasi, bosib o'tgan hayot yo'llariga to'xtalib o'tishni lozim topdik.

Bola baxshining dastlabki shogirdlaridan bo'lgan Otaxon Matyoqubov 1930-yilning 4 - aprelida Xorazmning avvalgi poytaxti Ko'hna Urganch shaxridan yuz chaqirim kunchiqarda, Xivadan yuz chaqirim kunbotarda hozirgi Tukmanistonda joylashgan Ilonli qal'asida dunyoga kelgan. U o'zining tarjimayi holida yozishicha: Padari buzrukvorim Matyoqub Safar o'g'li (1885-1970) millati o'zbek, tijoratchi chaponfurush edi. Volidam O'g'iljon Ollabergan qizi (1898-1980) millati o'zbek, uy bekasi edilar. Ilonli qal'asining aksariyati o'zbeklar bo'lib, ko'pchilik erkaklar hunarmandchilik bilan shug'ullangan.

Aholining asosiy ota-bobolari Xorazmning Xiva, Urganch, Shovot, Gurlan va Honqa shaxarlaridan ko'chib kelishgan bo'lib, qal'a atrofi qishloqlariga joylashgan va dexqonchilik qilar edilar. Ular qishloqlari nomini o'zlarining ota-bobolari yashagan Xorazmdagi qishloqlar nomi: Qoramozi, Kenegas, Og'ar, Chandir, Do'rman, Xo'ja, Maxtum va shunga o'xshash nomlar bilan atashgan. Dunyoga mashxur Maxmud Zamaxshariy bobomizning tug'ilib o'sgan Sharlovuq qishlog'i ham qal'amizdan 7-8 chaqirim narida joylashgan. Butun yoshligim shu joylarda o'tdi - deb eslaydi Otaxon baxshi.

U yoshligidan xotirasi juda o'tkir bo'lib, o'zining qishloqdoshi Oliyli-Chuval baxshi-Maxtimquli Garliev ijrosidagi dostonlarni tinglagan va yod olishga harakat qilgan.

Musiqaga va dostonchilikka juda qiziqqanligidan 7-8 yoshlarida o'ndan ortiq dostonlarni yod bilgan. 1948-yili Komiljon Otaniyozov Ilonliga to'yga kelgan va yosh Otaxonni eshitib ko'rib: Bu bolaga xudo bergan ekan deb, Toshkentga borishini tavsiya qilgan ekan. Shu yili Bola baxshi ham o'sha qishloqqa to'yga keladi va yosh Otaxon bu baxshini eshitib ko'rib dostonchilikga yanada mehr qo'yadi. Keyin momosiga shu baxshiga shogird bering deydi, momosi yosh Otaxonni olib Xivaga Bola baxshini uyiga boradi. Bola baxshi o'sha davrning mashhur baxshisi bo'lgan va shogird tanlashda juda talabchan bo'ladi. Ustoz yosh Otahonni eshitib ko'rib bu boladan baxshi chiqmaydi. Olib ketavering deydi. Momosi iltimos qilib bola xafa bo'lmasin hech bo'lmasa bir hafta sizni yoningizda bo'lsin keyin ketar deydi. Hullas yosh Otaxon mehnatsevarligidan musiqaga dostonchilikga qiziqishidan Bola baxshini etiborini qozonib sevikli shogird bo'ladi.

Bola baxshidan ta'lim olish jarayonida ko'pchilik san'atkorlar bilan muloqotda bo'ladi. Bir necha yillar ustozni uyida shogird bo'lib birga to'y hashamlarga bayram sayllarga doston kechalariga borib yurib Xorazm dostonchilik san'atini chuqur o'rganadi va ustozdan fotiha olib o'z yurtiga qaytadi.

1951-1954 yillarda Boltiqbo'yi Respublikalarida armiya xizmatida bo'ladi. 1956-yilda Toshkentga kelib "Baxor" ansambliga ashullachi sozanda bo'lib ishga kiradi. 1968-1972 yillarda "Lazgi" ansamblida musiqa rahbari va xonanda. 1972-2005-yillari Muhiddin Qori-Yoqubov nomidagi O'zbekiston davlat filarmoniyasida respublikada birinchi bo'lib "Doston" guruhini tashkil etib, Maorif vazirligining yo'llanmasi asosida Respublika bo'ylab oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida olti ming to'rt yuzga yaqin uchrashuv va "Doston kechalari" o'tkazadi. 2005-2014-yillarda O'zbekiston kasaba uyushmasi tashabbusi bilan "Sog'lomlashtirish" dam olish sihatgohlarida konsert va doston kechalarini tashkil qiladi.

Otaxon baxshining ijodiy faoliyati to'g'risida O'zbekiston teleradiokompaniyasining 2015-yili "Madaniyat va ma'rifat" kanali orqali "San'atga baxshida umr", 2017-yili "Mahalla" telekanalida "Ustoz shogird ananalari" nomli ko'rsatuvlar taqdim etildi. Shuningdek, "Saodat" jurnalining 2018-yil 3-sonida "Tojixon Tanovari", 2019-yil "Guliston" jurnalida "Dostonlar teran dunyolar" mavzularida maqolalar nashr qilingan.

Otaxon Matyoqubovning repertuaridan Go'ro'g'li turkum dostonlaridan "Go'ro'g'lining tug'ilishi", "Xirmondali", "Boziryon", "Avazxon", "Avazni uylanishi", "Arab Rayhon", "Chambil Qamali", "Shahidlar maskani", "Oshiq Mahmud va Nigorxon", "Oshiq G'arib va Shohsanam", "Toxir va Zuhra" dostonlari bilan birga Xorazm va Toshkent klassik ashulalari, xalq yalla qo'shiqlari joy olgan.

Hozirda Xorazm dostonchilik maktabining yirik vakili, O'zbekiston xalq dostonchisi Bola baxshi-Qurbonnazar Abdullayevning hamda O'zbekiston, Tukmaniston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Komiljon Otaniyozovlarning shogirdi,

I icclT^^^^H 275 http://oac.dsmi-qf.uz

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist (1989-yil taqdirlangan) Otaxon Matyoqubov o'zining ilmiy-ijodiy izlanishlari va doston ijrochilik mahorati natijasida, o'zbek baxshilik san'atiga yuksak hissa qo'shib kelmoqda.

O'zMMSI dosenti, O'zbekiston Respublikada xizmat ko'rsatgan artist,"Madaniyat va san'at fidokori" ko'krak nishoni sovrindori Otaxon Matyoqubov va shogirdi

O'zMMSI o'qituvchisi, Shuhrat medali sohibi Rasulbek Abdurahmonov Uning ayni vaqtda o'z ijodiga mansub "Oqqan daryo oqar begumon", "Shahidlar maskani" deyilgan vatanni madh etuvchi dostonlari shogitrlari, Azamat Yusupov, Marg'uba Vaxobovalar tomonidan ijro qilinib kelinmoqda.

Hozirgi kunda Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti dostonchilik kafedrasi dotsenti lavozimida yosh baxshilarga o'z bilimlarini o'rgatmoqda. U o'z ishiga sadoqat bilan yondashadigan mohir dostonchi, fidoiy, jonkuyar inson, oilaparvar, mehribon ustoz, xassos san'atkor, o'nlab dostonlar ijrochisi, ijodkor murabbiy va targ'ibotchilik faoliyati bilan respublikamiz jamoatchiligi orasida hurmat va e'tibor qozongan.

Hozirda Otaxon aka 90 yoshdan oshgan oilali, ikki o'g'il, bir qiz, o'n nafar nevara va besh nafar chevaraning tabarruk bobosi.

Quyida Otaxon baxshi Matyoqubovning doston ijrochiligiga qisqacha ta'rif berib o'tamiz.

1. Otaxon baxshi barcha Xorazm baxshilari va ustozlari kabi dostonlardagi sh'eriy parchalarni ichki sulligi-bo'g'iz tovushi bilan emas, ochiq ovozda kuylaydi.

2. Otaxon baxshining repertuaridagi dostonlar ayrim tomonlari bilan yozma adabiyotga ancha yaqin bo'lib, hajm jihatdan kichik va ularning mazmuni muayyan muntazamlikka ega.

3. Musiqiylik va she'riy matnlarning qat'iy qonun-qoidalarga asoslanishi va ularning maxsus kuy-nomalarini mukammal biluvchi baxshi sifatida Otaxon baxshi o'zining orginal ijodi ya'ni, kuy-qo'shiq yaratuvchi bastakorligini ham namoyish etadi.

4. Xorazm dostonlarida qahramonlarning his - tuyg'ulari, ichki kechinmalari asosiy she'riy parchalar orqali, ularning hatti-harakatlari, yurish-turishlari, tevarak atrofdagi voqealar nasriy tarzda ifoda etiladi.

5. Otaxon baxshining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri, u dostonlarning nasr va nazmiy matnini o'zbek adabiy tilga yaqinlashtirib ijro qiladi. Bu uning umrini asosiy ijodiy davri poytaxt Toshkentda o'tayotganligining hosilasidir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ustoz Otaxon baxshi Matyoqubovning bosib o'tgan hayot yo'li, ijodiy faoliyati, doston ijrochiligidagi mehnat va zaxmatlari biz shogirdlar uchun hayot maktabini o'taydi. Ularning xar bir o'gitlari, pand-nasixatlari hayot yo'lida qoqilmaslikka, o'z intilish va maqsadlar sari olg'a qadam tashlashga undaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1-noyabrdagi "Xalqaro baxshichilik sanati festivalini o'tkazish to'g'risida" Gi PK-3990-son qarori. www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14-maydagi "Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4320 son qarori. www.lex.uz

3. Matyokubov B. Doston navolari.- Toshkent: 2009.

4. Ruzimboyev S. Oshiqnoma. Urganch. 2006.

5. Eshonkulov J.O'zbek folklorida tush va uning badiiy talkini. - Toshkent: Fan,2011.

6. Jirmunskiy V.M., Zarifov X.T. Uzbekskiy narodniy geroicheskiy epos. -Moskva: GiXL, 1947.

7. Qobulniyozov J. O'zbek folklorining rivojlanish yo'llari. — Toshkent: Fan,1969.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.