Научная статья на тему 'BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ASOSIDA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH MEXANIZMLARINI BOSHQARISH'

BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ASOSIDA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH MEXANIZMLARINI BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
24
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy o‘sish / kambag‘allik / kambag‘allik darajasini o‘lchash / inson kamoloti indeksi / turmush tarzi / kambag‘allikni aniqlash konsepsiyalari / aholi farovonligi. / economic growth / poverty / measurement of poverty level / human development index / lifestyle / poverty definition concepts / population welfare.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bobanazarova Jamila Xolmurodovna

Mazkur maqolada iqtisodiy o‘sish sharoitida kambag‘allik tushunchasining shakllanishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, kambag‘allik darajasini o‘lchash mezonlari, uni qisqartirish yuzasidan amaliy taklif ishlab chiqilgan. Kambag‘allik darajasi mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarida va aholining turmush tarzida ifodalanib, ijtimoiy masala sifatida deyarli barcha iqtisodiy tizimlarda namoyon bo‘lishi o‘rganilgan, uni qisqartirish mexanizmlarini boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANAGING POVERTY REDUCTION MECHANISMS BASED ON SUSTAINABLE ECONOMIC GROWTH

In this article, the formation of the concept of poverty in the conditions of economic growth, its socio-economic consequences, criteria for measuring the level of poverty, and a practical proposal for reducing it have been developed. The level of poverty is expressed in the production capabilities of the country and the lifestyle of the population, and it is studied that it manifests itself as a social issue in almost all economic systems, proposals for managing the mechanisms of its reduction have been developed.

Текст научной работы на тему «BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ASOSIDA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH MEXANIZMLARINI BOSHQARISH»

БАКОАКОК ХОТКОБГГ О^ЮН ASOSIDA KAMBAG'ALLIKNI ОКОАКТтЮН МЕХАМ7МЬАКШ1 БО8НОАК18Н

БоЬапагагоуа ЛатПа Xolmurodoyna

Лнах рвШвхтка ¡тШШ уа тепе]шеп1" kafedrasi рго/вззоп, iqtisodiyot

fanlari doktori

1аш11аЬоЬапа2агоуа@Ьк. ги

Аппо1а1э1уа: Магкиг шадо1аёа о'в1вЬ БЬаго111ёа кашЛ^'аШк

1:шЬипсЬа8тт§ 8Ьак11ап1вЫ, ит^ г]11шо1у-1д118оё1у од1Ьа11аг1, кашЬа§'аШк ёага]аБ1п1 о'1сИавЬ ше7оп1аг1, ип1 уи7аБ1ёап ашаПу 1ак11Г 1вЫаЬ сЫд%ап.

КашЛ^'аШк ёага]аБ1 шашйакаШ^ 1вЫаЬ сЫдапБИ 1шкоп1уа11аг1ёа уа аИоИп1п§ 1игшивИ 1атёа ifoda1aпiЬ, уйшоу шаБа1а ёеуагН ЬагсИа 1171ш1агёа

пашоуоп Ьо'НбЫ o'гgaпi1gaп, ит qisqaгtiгish шexaпizш1aгiпi ЬовЬдапвИ Ьo'yicha tak1if1aг ish1aЬ chiqi1gaп.

КаШ эо'г1аг: iqtisodiy o'sish, kambag'allik, kambag'allik darajasini o'lchash, inson kamoloti indeksi, turmush tarzi, kambag'allikni aniqlash konsepsiyalari, aholi farovonligi.

УПРАВЛЕНИЕ МЕХАНИЗМАМИ СОКРАЩЕНИЯ БЕДНОСТИ НА ОСНОВЕ УСТОЙЧИВОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА

Бобаназарова Джамиля Холмурадовна

Профессор кафедры Джизакского политехнического института «Экономика и

менеджмент»

Jami1abobanazaгova@bk. ги

Аннотация: В данной статье разработаны формирование понятия бедности в условиях экономического роста, ее социально-экономические последствия, критерии измерения уровня бедности и практические предложения по ее снижению. Уровень бедности выражается в производственных возможностях страны и образе жизни населения, изучено, что она проявляется как социальная проблема практически во всех экономических системах, разработаны предложения по управлению механизмами ее снижения.

WWW.INFOCOM.UZ

КДОДМ и 10Т1Б001УОТ" ILMIY-ELEKTRON .^N^1 | 8-SON

Ключевые слова: экономический рост, бедность, измерение уровня бедности, индекс зрелости человека, образ жизни, концепции определения бедности, благосостояние населения.

MANAGING POVERTY REDUCTION MECHANISMS BASED ON SUSTAINABLE ECONOMIC GROWTH

Bobanazarova Jamila Kholmurodovna

Jizzakh Polytechnic Institute "Economy and Management" professor of the department, doctor of economic sciences

Jamilabobanazarova@bk. ru

Abstract: In this article, the formation of the concept of poverty in the conditions of economic growth, its socio-economic consequences, criteria for measuring the level of poverty, and a practical proposal for reducing it have been developed. The level of poverty is expressed in the production capabilities of the country and the lifestyle of the population, and it is studied that it manifests itself as a social issue in almost all economic systems, proposals for managing the mechanisms of its reduction have been developed.

Key words: economic growth, poverty, measurement of poverty level, human development index, lifestyle, poverty definition concepts, population welfare.

KIRISH

Iqtisodiyotni modernizasilash sharoitida tarmoqlar va sohalarda islohotlarning natijadorligi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida va aholi turmush tarzining yaxshilanishida o'z aksini topadi. Iqtisodiy o'sishga erishish mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarida va aholining turmush tarzida ifodalanib, ijtimoiy masala sifatida deyarli barcha iqtisodiy tizimlarda namoyon bo'ladigan kambag'allik muammosining barham topishiga olib keladi.

2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasida: milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash uchun iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda «daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish belgilangan [1].

Ushbu vazifalarni hal etishda iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish jarayonlarini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiy o'sishni ta'minlashga ta'sir ko'rsatuvchi milliy

mahsulot hajmi va daromadning ko'payishiga, resurslardan unumli foydalanishga ta'sir etuvchi omillar asosida aholi turmush sifatini yaxshilash, kambag'allikni kamatirish kabi yo'nalishlarda tadqiqotlarni chuqurlashtirish maqsadga muvofiq.

ADABIYOTLAR TAHLILI

"Iqtisodiy o'sish jamiyat taraqqiyoti yo'lini, uning rivojlanish darajasini belgilaydi. Iqtisodiy o'sish, birinchi navbatda tovar va xizmatlar miqdorining o'sishi va o'zgarishida o'z ifodasini topadi. Keng ma'noda esa, jamiyatda iqtisodiy o'sish natijasida takror ishlab chiqarish ortadi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi. Eng asosiysi, aholi turmush darajasi moddiy jihatdan yaxshilanadi va farovonligi ortadi. Jamiyat rivojlanib borishi bilan iqtisodiy o'sish masalasini o'rganishga bag'ishlangan nazariyalar va qarashlar ham o'zgarib, rivojlanib bordi. Shuningdek, ularni o'rganish obyektlari ham tadrijiy tarzda o'zgarib borganligini ta'kidlash lozim. Dastlabki qarashlarda faqat uning miqdoriy jihatlari va ular bilan bog'liq omillar tadqiq etilgan bo'lsa, keyinroq, ularning samaradorligiga e'tibor qaratildi va bu cheklangan resurslardan samarali foydalanishni o'z ichiga olganligi bilan asoslanadi" [2,17].

Iqtisodiy o'sish bevosita kambag'allik darajasiga ta'sir ko'rsatib, uni pasaytirish bo'yicha tizimli vazifalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida birinchi marta qayd etilib, ta'kidlaganidek: "Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bo'lgani kabi bizda ham kam ta'minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o'rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so'mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo'lishi mumkin, lekin bir kishi og'ir kasal bo'lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo'sh bunday oilani o'ziga to'q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o'qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo'layapti, degan savol har kuni qiynaydi. Kambag'allikni kamaytirish - bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha kompleks iqtisodiy, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir" [3].

Avvalo mazkur tushunchaning mohiyati quyidagicha ta'rifda o'z ifodasini topgan: "Kambag'allik - har bir shaxs yoki ijtimoiy guruhning yashashi, mehnat qobiliyatini saqlashi, avlodni davom ettirishi uchun zarur bo'lgan minimal ehtiyojlar ma'lum doirasini qanoatlantirmaydigan iqtisodiy holatning tavsifidir. Kambag'allik nisbiy tushuncha hisoblanadi va mazkur jamiyatda turmush

darajasining umumiy standartiga bog'liq bo'ladi. U oilani boqish va kiyintirish, maktabda o'qish yoki kasalxonada davolanish, o'z yerida iste'mol mahsulotlarini yetishtirish yoki yashash imkonini beradigan daromad topadigan ishga ega bo'lish, shuningdek, kreditlarni olish huquqi imkoniyatlarining yo'qligida namoyon bo'ladi"[4].

O'zbekiston Respublikasi uchun qashshoqlik chizig'i - kuniga 3,2 dollardan kam pulga yashash degani, misol uchun besh kishidan iborat oilaning yalpi daromadi oyiga 480 dollar yoki 4,6 million so'mdan kam bo'lsa, bu oilani kambag'al deb hisoblash mumkin. Tadqiqotlarga ko'ra, bugungi kunda mamlakatimizda 46 turdagi mahsulot va birlamchi xizmatlar kiritilgan iste'mol savatchasi 650 ming so'm, hayot kechirishning eng quyi darajasi 810 ming so'm atrofida hisoblab chiqilgan" [5]. Biroq, iste'mol savatchasi yosh, jins, mavsumiylik nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlaganidek bu borada asosiy diqqat-e'tiborni quyidagi strategik yo'nalishlarga qaratish maqsadga muvofiq bo'ladi, deb o'ylayman [6]. Birinchidan, iqtisodiyotimizda yuqori o'sish sur'atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutamizni yanada mustahkamlashni ta'minlash. Ikkinchidan, mamlakatimiz xududlarini, ya'ni shahar, tuman va mahallalarni, ayniqsa, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tuman va shaharlarni kompleks va jadal rivojlantirish. Uchinchidan, aholining real daromadlarini, turmush darajasi va sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, sosiologik so'rovnoma usullaridan foydalanildi. Bu borada O'zbekiston Respublikaning Konstitutsiyasi, qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari ham o'rganildi va muammoning kompleks o'rganish uchun barqaror iqtisodi o'sishni ta'minlash va kambag'allikni kamatirishga ma'lumotlardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kambag'allik darajasini aniqlashning ijtimoiy - iqtisodiy mohiyati kambag'allik ko'rsatkichini aniqlash va tahlil qilishdan maqsad har bir davlatda aholining nochor, himoyaga muhtojlar qatoriga tushib qolgan kishilar uchun turmush tarzini manzilli dasturlar orqali qo'llab-quvvatlashdan iborat. Bu borada halqaro tashkilotlar, jumladan BMT kambag'allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar uchun zarur bo'lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Har bir davlatning umumiy farovonlik ko'rsatkichi kambag'allik darajasining mezonlari va uni qisqartirish uchun olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga bog'liq. Jahon amaliyotida

kambag'allikni hisoblashning uchta, ya'ni mutloq, nisbiy va sub'yektiv konsepsiyasi keng tarqalgan. Ushbu konsepsiyalar bir-birini inkor etmagan holda, aksincha biri ikkinchisini to'ldiradi.

Inson kamoloti indeksi bir yil davomida yalpi milliy daromadning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ulushi, aholining savodxonlik darajasi, uzoq umr ko'rish davomiyligini baholaydigan ko'rsatkich sifatida belgilanib, unda turmush darajasi, ta'lim darajasi va umr davomiyligi asosiy o'rinlarni egallaydi. Inson kamoloti indeksida 3 ta asosiy omillar - uzoq va sog'lom hayot kechirish, bilim olish va munosib turmush darajasi hisobga olinadi. Turmush darajasi nominal va real o'rtacha ish haqi darajasi, pensiya va nafaqaning eng kam miqdori, o'rtacha va real pensiya miqdori, aholi jon boshiga o'rtacha va real daromadlar tabaqalanish ko'rsatkichlari, turmush kechirishning eng kam miqdori, hamda turmush kechirish uchun eng past daromadga ega aholi salmog'i bilan belgilanadi. Ta'lim darajasi esa mamlakat ta'lim tizimidagi uchta asosiy ko'rsatkichni o'z ichiga oladi: o'quv yili davomiyligi, kutilayotgan ta'lim davomiyligi, o'rtacha ta'lim davomiyligi va mazkur ko'rsatkichlar aholi turmush darajasiga salmoqli ta'sir ko'rsatadi.

Kambag'allikni qisqartirish mexanizmlari - makroiqtisodiy tizimning iqtisodiy vositasi hisoblanib, bunda maqsadga erishish uchun yo'naltirilgan aniq dastaklar, chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Kambag'allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini, ijtimoiy ta'minotning minimal standartlari me'yoriy asoslarini ishlab chiqish va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ifodalaydi. Mexanizm kambag'allik va daromadlarning tabaqalashuvini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlaydi va ularni amalga oshirishning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo'yicha tizimli ishlarni olib borish usullari majmuasidan tashkil topadi.

Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlaganidek "Kambag'allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko'paytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o'qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg'otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o'qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to'lash tizimini joriy qilish kerak" [7].

Kambag'allikni qisqartirishdan oldin kambag'allik toifasiga kiradigan aholini aniqlash ko'rsatkichlarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kambag'allar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab turlicha tavsiflanadi. Masalan oila tarkibi, erkak va ayollar soni, bolalar soni, oila boshlig'ining yoshi, ma'lumoti, qaramog'idagi bolalar va qariyalar soni, o'zi va ularning sog'ligi, ish faoliyati turi va oylik maoshi, mulki, turar joyi, kommunal xizmatlardan foydalanish imkoniyati, tibbiy xizmatdan foydalanishi, maktab va bog'chadan

foydalanish imkoniyatlari, bozor va savdo do'konlaridan foydalanish imkoniyatlari, yo'l-transport infratuzilmasi va h.k. (1-jadval).

1-jadval

Iqtisodiy o'sish asosida kambag'allikni qisqartirish mexanizmlarini boshqarish1

Mexanizm turi Mexanizmni amalga oshirishning iqtisodiy dastaklari

Iqtisodiy Hududlar iqtisodiyotini tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiya kilishni chuqurlashtirish bo'yicha qisqa, o'rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish. Aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, daromadlar o'sishi va xarid qobiliyatini oshirishni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar belgilash.

Ijtimoiy Ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirishni ta'minlash, aholiga sog'likni saqlash, ta'lim va ijtimoiy madaniy xizmatlar ko'rsatish tizimini takomillashtirish dasturlarini amalga oshirish

Huquqiy Tegishli vazirlik va idoralar hamda boshkaruv organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha huquqiy qonunchilik asoslarini ishlab chiqish amalga oshirish va muvofiklashtirish

Tashkiliy Aholi turmush darajasini yaxshilash, ularning daromadlari o'sishini va xarid qobiliyatini oshirishni ta'minlash, ish beruvchilar bilan yollanib ishlovchilar o'rtasidagi mehnat shartnomalarini takomillashtirish

Ushbu me'yorli foydalanish imkoniyatlaridan qancha mahrum bo'lsa, ularning kambag'allar toifasiga tushib qolish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Mazkur mexanizmlar iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy boshqarish metodlariga asoslanib amalga oshiriladi.

"O'zbekiston - aholi jon boshiga to'g'ri keladigan milliy daromad ko'rsatkichi bo'yicha o'rtacha daromadga ega mamlakatlaridan qatoridan joy oladi (Yiliga kishi boshiga o'rtacha 1533 AQSH dollari). Daromadning o'rtacha darajasi ikki guruhga bo'linadi. Daromadi o'rtacha darajadan past mamlakatlar -kishi boshiga yiliga 1036-4085 dollar va daromadi o'rtacha darajadan yuqori mamlakatlar - kishi boshiga yiliga 4086-12615 dollar. Birinchi guruhdagi mamlakatlar uchun mezonlar qabul qilingan, bu mezonlar bo'yicha kuniga kishi boshiga 3,2 dollar kambag'allik chizig'ining o'rtacha ko'rsatkichini anglatadi. Milliy daromadi o'rtachadan balandroq mamlakatlar uchun kuniga kishi boshiga 5,5 dollar kambag'allik chizig'ining o'rtacha ko'rsatkichi deb qabul qilingan" [8].

Kambag'allik toifasiga tushish ehtimoli yuqori bo'lgan aholi guruhini manzilli qo'llab-quvvatlashda ularni guruhlash maqsadga muvofiq (1-rasm).

1Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

1-rasm. Kambag'allik toifasiga tushish ehtimoli yuqori bo'lgan aholi va qashshoqlikka qarshi kurashishning muhim ustunliklari2

Shahar va qishloqdagi kambag'allik ham turlicha bo'lib, ularning real daromadlarini hisoblash ham tubdan farqlanadi. Kambag'allikni baholash uchun qabul qilingan qarashlarga asosan: minimal standart o'rnatilishi va uning asosida kambag'allikni aniqlashni amalga oshirish, aholi farovonligini yoki turmush sharoitini tavsiflaydigan ko'rsatkichlarni (daromadlar, xarajatlar, iste'mol) aniqlash zarur.

- "Mamlakatda kambag'allikni qisqartirish sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [9]: aholi daromadlarini oshirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash. Har yili iste'mol narxlarining o'sishi munosabati bilan davlat xizmatchilarining ish haqi, pensiya va nafaqalar indeksatsiya qilinadi, indeksatsiya natijasiga ko'ra aholining eng kambag'al 40 foiz qatlami daromadlarining o'sish surati (2021 yilda 122,4%) aholi jon boshiga o'rtacha daromadning o'sish sur'atiga (121,8%) qaraganda tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda;

- "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi va "Mahallada ijtimoiy xizmat" moduli orqali ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish joriy etildi, mazkur platformalar yordamida kam ta'minlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar tayinlash, xizmatlar ko'rsatish ishlari amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 20 dan ortiq xizmat turlari qamrab olingan bo'lib, keyinchalik ijtimoiy xizmatlarni 70 turigacha bosqichma-bosqich kengaytirish rejalashtirilmoqda;

2Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

- kam ta'minlangan oilalarning ishsiz a'zolarini bandligi o'qishga, professional ta'limga va tadbirkorlikka jalb qilish orqali ta'minlanmoqda. Har bir mahallada ishsiz deb topilgan, ishlash yoki tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar va yoshlar ro'yxati shakllantirilgan bo'lib, turli kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish kurslari xarajatlarining 70 foizini davlat tomonidan qoplash mexanizmi yo'lga qo'yilgan. "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"da ro'yxatga olingan aholi uchun trening va mashg'ulotlar mutlaqo bepul. O'quv kurslarini tamomlagan fuqarolarga tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazishdan tortib, o'z faoliyatini yo'lga qo'yishgacha bo'lgan amaliy yordam ko'rsatiladi. Shuningdek, mehnatga layoqatli bo'lgan nogiron xotin-qizlarni ish bilan ta'minlaydigan tadbirkorlik sub'yektlariga olti oy davomida xar oy subsidiyalar ajratib boriladi;

- aholini kasb-hunarga o'rgatish tizimi kambag'allikni qisqartirishning muhim omili ekanligini inobatga olgan holda 2021 yil yakuniga ko'ra 85 ming nafar fuqaro o'qitildi, shundan 53 ming nafari xotin-qizlar va 26 ming nafarini erkaklar tashkil etadi. 2020-2021 yillarda "Temir daftar"da ro'yxatga olingan oilalarning 668,2 ming nafar kam ta'minlangan a'zolarining bandligi ta'minlandi. Shuningdek, mazkur yangi tizim asosida 76,5 mingta yangi tadbirkorlik sub'yekti tashkil etildi va 170 ming nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitildi. Fermer va dehqon xo'jaliklarini rivojlantirish hisobiga 527 ming nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi. Tomorqasi bo'lgan tadbirkorlarga 300 milliard so'm imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratildi.

- xotin-qizlar o'rtasida kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan ta'lim tizimi inklyuziv rivojlantirilmoqda. 2022 yildan boshlab oliy o'quv yurtlari, texnikum va kollejlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarning ta'lim kontraktlarini to'lash uchun davlat tomonidan 7 yil muddatga foizsiz ta'lim kreditlari ajratilgan. Shu bilan birga, davlat oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to'lovlari qaytarmaslik sharti bilan davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi;

- chet davlatlarga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni kasb va mutaxassisliklar bo'yicha o'qitgan va dastlabki tayyorgarlikdan o'tkazgan holda uyushgan mehnat migratsiyasini amalga oshirish mehnat migrantlari oilalari daromadlarini oshirishga va qishloqlarda hududlarda kambag'allikni qisqartirishga katta hissa qo'shmoqda. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020-2021 yillarda 95 milliard so'm mablag' yo'naltirilib, 74 ming nafar mehnat muhojirlari o'qitildi;

- ijtimoiy himoya tizimida manzilli ishlashni kuchaytirish va barcha muhtojlarni ijtimoiy himoya choralari bilan to'liq qamrab olish ko'zda tutilgan bo'lib, 2017-2021 yillarda barcha turdagi pensiya va nafaqalarni (yoshga doir pensiyalar,

nogironlik bo'yicha nafaqa va boshqalar) oluvchi aholi soni 27 3,3 milliondan nafardan 4,3 million nafarga, o'rtacha oylik pensiya miqdori esa qariyb ikki barobarga oshirildi. Kam ta'minlangan oilalarning ijtimoiy himoyasi 435 mingdan 2 millionga (8 milliondan ortiq kishi) oshdi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga davlat xarajatlari 7 baravar, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 0,8 foizdan 2,5 foizga oshdi;

- kam ta'minlangan aholini shinam uy-joy bilan ta'minlash darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Aholini uy-joy bilan ta'minlashni kengaytirish maqsadida imtiyozli kreditlashning eng qulay shartlari joriy etildi va ipoteka kreditlarini olish tartibi soddalashtirildi. Kam ta'minlangan fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo'yicha birinchi besh yil davomida Davlat byudjetidan foiz stavkasini qoplash uchun va ipoteka krediti bo'yicha dastlabki to'lovning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratilmoqda. Oxirgi 3 yilda 91,8 mingta ko'p bolali, mehnatga layoqatsiz nogiron, bolalikdan nogiron bo'lgan yolg'iz keksalar bo'lgan oilalar turar joy bilan ta'minlanib, yashash sharoitlari yaxshilandi".

Bizning fikrimizcha, iqtisodiy o'sishning inklyuzivligini ta'minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag'allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini aniqlash, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Tadqiqotlarga asoslanib, bu mexanizmni boshqarishga ta'sir ko'rsatuvchi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: hududlarda kambag'allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish tadbiq etish orqali tarkibiy o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash asosida iqtisodiy rivojlanishning konseptual yo'nalishlari vazifalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta'minlash, ijtimoy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun manzilli dasturlarni ishlab chiqish iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish, mahallalarda infratuzilma bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish va aholi daromadlari tabaqalashuvini o'rganish bo'yicha tizimli ishlarni olib borish.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bizningcha iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi daromadlarni oshirish, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, aholining turmush darajasini yaxshilanishi uchun quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari surish mumkin:

- hududlarda "Har bir oila - tadbirkor" dasturini izchil amalga oshirish natijasida mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olib tadbirkorlikning har qanday turlarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratish;

- faol investisiya siyosati orqali yangi korxonalar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, mikroklaster tizimini ayniqsa qishloq hududlarida rivojlantirish, soha va tarmoqlarda barqaror, samarali, mehnatga munosib haq to'lanadigan ish joylari tashkil etishni ko'paytirishga erishish;

- tirikchilik vositalaridan mahrumlik, tengsizlik, madaniy, ekspluatatsiya ko'rinishidagi hamda tarkibiy kambag'allikka qarshi kurashish borasida kishilarning iqtisodiy tafakkuri va iqtisodiy tarbiyasini o'zgartirishga erishish;

- hududlarda barqaror iqtisodiy o'sishga erishish uchun inson salohiyatini oshirish va hududlararo tafovutlarni kamaytirish bilan inklyuziv o'sish mezonlaridan bo'lgan kambag'allik darajasini qisqartirish, institusional o'zgarishlar asosida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).

2. Madrahimov U.A. O'zbekistonda barqaror iqtisodiy o'sish sifatini oshirish yo'llari. I.f.d.avtoreferati. Toshkent. 2017 y. - 17 b.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. "Xalq so'zi" gazetasi, 2020 yil 25 yanvar, № 19 (7521)

4. Руководство по измерению бедности. ЕЭК, ООН, Нью-Йорк-Женева, 2017 г. с.4.

5. Jumayev N. Koronavirus ortidagi iqtisodiy muammolar, kambag'allik, oshayotgan tashqi qarz va YeOII. 16.04.2020. https://kun.uz

6. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 156 b.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. "Xalq so'zi" gazetasi, 2020 yil 25 yanvar, № 19 (7521).

8. Mustafaqulov Sh. Murodullayev N. va boshqalar.O'zbekistonda kambag'allikni aniqlash va qisqartirish davlat siyosati darajasida. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" Ilmiy elektron jurnali. 80 b №1, yanvar-fevral, 2020 yil. http://iqtisodiyot.tsue.uz

9. O'zbekistonning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish to'g'risida milliy hisoboti. Toshkent - 2023, 25-26 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.