Научная статья на тему 'Baliqlar va ularning ekologik ahamiyati'

Baliqlar va ularning ekologik ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
373
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suzgichlar / xordalilar / nalim / olabug‘a / tosh baliq / zog‘ora baliq / gulmoy / peskar / plotva

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Moxinur Diyorbek Qizi Uzoqjonova

Ushbu maqolada baliqlarning qanday hayvonlar ekanligini yorituvchi qisqa ma’lumotlar va baliqlarning qanday ekologik sharoitlarga moslashishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga baliqlar inson hayotida va ozuqa zanjirida qanday ekologik va ozuqaviy ahamiyat kasb etishi ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Baliqlar va ularning ekologik ahamiyati»

Baliqlar va ularning ekologik ahamiyati

Moxinur Diyorbek qizi Uzoqjonova moxinuruzoqj onova@gmail .com

ADPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada baliqlarning qanday hayvonlar ekanligini yorituvchi qisqa ma'lumotlar va baliqlarning qanday ekologik sharoitlarga moslashishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga baliqlar inson hayotida va ozuqa zanjirida qanday ekologik va ozuqaviy ahamiyat kasb etishi ifodalangan.

Kalit so'zlar: suzgichlar, xordalilar, nalim, olabug'a, tosh baliq, zog'ora baliq, gulmoy, peskar, plotva

Fishes and their ecological importance

Mohinur Diorbek kizi Uzogjonova moxinuruzoqj onova@gmail .com

ASPI

Absract: This article provides a brief overview of what fish are and how they adapt to environmental covditions. At the same time, the ecological and nutritional importance of fish in human life and in the food chain is expressed.

Keywords: fins, chordates, nalim, perch, stone fish, fish named of zog'ora, gulmoy, peskar, plotva

Baliqlar dengiz va chuchuk suvlarda hayot kechiruvchi sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi. Baliqlar jabralar yordamida nafas oladi. Halqumini 5 - 7 juft jabra yoriqlari teshib o'tgan. Baliqlarning og'zi harakatchan jag'lar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari baliqlarda bir juft ko'krak va bir juft qorin suzgichlari yordamida suvda tez va chaqqon harakatlanishi bilan sekin harakat qiladigan to'g'arak og'izlilardan farq qiladi.

Baliqlar barcha xordalilar singari butun umri suvda o'tib, agar ular suvdan chiqarib olinsa, jabralari qurib halok bo'ladilar. Faqatgina kamdan-kam baliq turlarigina maxsus organlarining bo'lishi bilan suvdan tashqarida bir necha soatgacha tirik tura olishi mumkin. Umumiy olib qaraganda, hozirga vaqtda yer sharining kattaligi 510 mln kv km bo;lsa, shundan 361 mln kv km ya'ni 71%i okean va dengiz suvlari bilan qoplangan bo'lib, shundan 51%da baliqlar yashaydi. Baliqlar baland

tog'lardagi suvliklardan tortib okeanlarning 10 000 metr chuqurliklarida ham yashaydi.

Suv kuchli erituvchi bo'lgani uchun atmosfera havosi va ko'plab organik va anorganik moddalarni eritib yaroqli holga keltiradi. Ma'lumki, baliqlarning hayotida suvning oqimi, harorati, suvdagi kislorod va tuzlar miqdori katta ahamiyatga ega.

Baliqlar sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi, ya'ni ularning tana harorati doimiy emas, balki to'g'ridan-to'g'ri atrof- muhit haroratiga qarab o'zgarib turadi.

Suv havzalarida mavsumiy muz qoplamlarining hosil bo'lishi baliqlar uchun ham ijobiy, ham salbiy rol o'ynaydi. Avvalo, muz qoplamlarisuvning pastki qatlamlarini havoning sovuq haroratidan himoya qilib, suvning tubigacha muzlashiga to'sqinlik qiladi. Bu holat baliqlarni qishda havo harorati nihoyatda past bo'lgan joylarga tarqalishiga imkon beradi. Bular barchasi muz qoplamlarining baliqlar hayotiga ijobiy ta'siri bo'lsa, shu bilan bir qatorda baliqlar hayotida muz qoplamlarining salbiy tomonlari ham mavjud. Muz qoplamlarining baliqlar hayotiga salbiy tomonlaridan biri suv havzalarini kisloroddan to'sib qo'yishi natijasida ko'pgina suv havzalarida chirish jarayonlari natijasida kislorod miqdori juda ham kamayib ketib, baliqlarning nafas olishida kislorod miqdori yetishmasligi hodisasi MDHning ko'pgina oqmaydigan va sekin oquvchi suv havzalarida tez-tez takrorlanib turadi.

Baliqlarni sayyoramiz bo'yicha iqtisodiq ahamiyati katta. Hayvonlardan olinadigan jamiki mahsulotlarning 17%i baliqlarga to'g'ri keladi.

Baliqlardan oziq ovqat mahsulotlarigan tashqari ular qoldiqlaridan hayvonlarga berish uchun "baliq uni" tayyorlanadi. Ko'pgina turlari jigaridan (treskasimonlar va akulalar) shifobaxsh va texnik baliq yog'I olinadi. Tangalaridan sun'iy sadaf olinadi. Akulalar, skatlar, son, peluga, katalar terisi teri kalenteriya sanoati uchun qimmatli homashya hisoblanadi. Baliqlardan olinadigan ikra eng to'yimli ozuqa hisoblanadi.

Shu jumladan, dunyo bo'ylab baliqchilik sanoati keng miqyosda takomillashgan bo'lib, 1yilda dunyo bo'ylab 25 ming tonna miqdorida baliqlar ovlanmoqda. Baliqchilik sanoatini rivojlantirish maqsadida ko'plab sun'iy suv havzalari yaratilib baliqlar ko'paytirilmoqda.

Baliqchilik - keyingi 30 - 40 yil ichida O'zbekistonda ayniqsa Qashqadaryoda Qarshi cho'lini, yangi yerlarni o'zlashtirish oqibatida ko'pgina suv omborlari vujudga keldi. Bu vohamizda baliqchilikni sun'iy suv havzalarining yaratilishiga asos bo'ldi. Hozirgi kunda yurtimizda bir qancha baliqchilik xo'jaliklari tashkil etilgan bo'lib, bular Chimqo'ron, Tallimarjon va boshqalar misol bo'lishi mumkin.

Yurtimizda baliqchilikni rivojlantirish uchun qimmatbaho baliq turlari materikning turli regionlaridan keltirib iqlimlashtirilmoqda. Qadimda yurtimiz suvliklarida uchta baliq turi uchrasa bugungi kunda 28 ta baliq turi iqlimlashtirilgan va hozirgi kunda yurtimizda baliqlarning 84 ta turini uchratish mumkin.

Yer yuzida baliqlarning 20 mingdan ortiq turi tarqalgan bo'lib umurtqali hayvonlarning qariyib 50%ini tashkil etadi. Baliqlar - butun yer yuzi suvliklarida (chuchuk va sho'r) yer osti suvliklarida, qaynoq buloqlarda ham yashaydi.

Baliqlar tarqalishida va yashaydigan zonalarida suv temperaturasining ahamiyati ham katta hisoblanadi. Baliqlar suv temperaturasining ahamiyatiga ko'ra ikkiga bo'linadi: Evriterm - mo'tadil iqlimli zonalardagi suv ekosistemalarida tarqalgan baliqlar; Stenoterm - qutb va tropik zonalardagi suv ekosistemalarida tarqalgan baliqlarga bo'linadi.

Suvdagi kislorodning miqdorining ahamiyatiga ko'ra ham baliqlar o'z navbatida 4 ga bo'linib ketadi: kislorodni juda ko'p talab qiluvchi baliqlar, ya'ni 1 litr suvda 711 sm kub kislorod bo'lgan suvlarda yashaydigan baliqlar hisoblanib ularga kulmoy, kumja, peskar, nalim kabi baliqlar misol bo'ladi; ko'p kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya'ni 1 litr suvda 5-7 sm kub kislorod bo'lgan suvlarda yashaydigan baliqlar hisoblanib ularga xarius, golavl, toshbaliqlar misol bo'ladi; nisbatan kam kislorod qabul qiluvchi baliqlar, ya'ni 1 litr suvda 4 sm kub kislorod bo'lgan suvlarda yashaydigan baliqlar hisoblanib ularga chavoqbaliq, olabug'a, plotva kabi baliqlar misol bo'ladi; o'ta kam kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya'ni ular kislorodi juda kam bo'lgan oqmas suvlarda yashaydi, ya'ni bunday suvlarning 1 litrida 0,5 sm kub kislorob bo'ladi, bunday suvlarda zog'ora baliq va tovon baliq yashaydi.

Keltirilgan ma'lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, baliqlar inson hayotida oziq ovqatning asosiy qismi va ozuqa zanjirining asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Baliqlar tarkibida uchraydigan ko'plab vitamin, oqsil va yog'lar tibbiyatda ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuning uchun ham baliqlarning ekologik ahamiyatiga katta e'tibor qaratib, ular uchun kerakli, qulay sharoitni yaratishimiz kerak. Zero har bir yaratilgan qulay sharoit ko'plab qimmatli turlarni tarqalishiga va baliqlarning suv havzalarida ko'payishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Dadayev. S, Saropov. Q. "Zoologiya (Xordalilar 2-qism)". - T.: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2011

2. To'xtayev. A . "Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish" - T.: O'qituvchi nashriyoti. Toshkent - 1994

3. To'xtayev. A . "Ekologiya". - T.: O'qituvchi nashriyoti. Toshkent - 1998

4. To'xtayev . A.C. "Ekologiya". - T.: O'qituvchi nashriyoti. Toshkent - 2001

5. Mnp3aKapHMOBa M. M. YMyMTatnHM ^aHnapHHH Tag6npKopnHKKa HyHarrapH6 y^HTHm th3hmh //Science and Education. - 2020. - T. 1. - №. 4. - C. 97103.

6. MHP3AKAPHMOBA MAX^HEXOH MA^AMHH^OHOBHA (2022) "XOPH^HH TKH-HAPHH TA^EHPKOP^HKKA HYHA^THPHB

У^ИТИШНИНГ ДИДАКТИК АСОСЛАРИ", Novateur Publications, (1), pp. 1128. Available at: http://novateurpublication.org/index.php/np/article/view/23 (Accessed: 26 August 2023).

7. Мирзакаримова М. М. Замонавий шароитларда умумтаълим фанларини тадбиркорликка йуналтириб укитиш тизими //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 4. - С. 216-222.

8. Mirzakarimova M. M. The Necessity to Develop Students' Entrepreneurial Skills in English Classes //Telematique. - 2022. - С. 7128-7131.

9. Mirzakarimova M. EFFECTIVENESS OF STUDENTS'ENTREPRENEURIAL SKILLS DEVELOPMENT THROUGH CLIL TECHNOLOGIES //Академические исследования в современной науке. - 2023. -Т. 2. - №. 8. - С. 92-94.

10. Madaminjonovna M. M. K. L. METHODOLOGY OF EDUCATIONAL TEACHING OF GENERAL SCIENCES.

11. Madaminjonovna M. M. Innovative Methods and Tools for Developing Students' Entrepreneurial Skills Using CLIL Technologies //International Journal of Human Computing Studies. - 2023. - Т. 5. - №. 3. - С. 15-17.

12. Мирзакаримова М. М. ESSENTIAL COMPOSITION OF ENTREPRENEURSHIP FUNCTIONAL LITERACY //INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL JOURNAL "INNOVATION TECHNICAL AND TECHNOLOGY". - 2020. - Т. 1. - №. 1. - С. 63-65.

13. Mirzakarimova M. CLIL TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA O' QUVCHILARNING TADBIRKORLIK KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION METOD VA VOSITALAR //Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi. - 2023. - №. 6. - С. 410-415.

14. Mirzakarimova, M. M., & Uzoqjonova, M. D. qizi. (2023). O'zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash muammolarini o'rganish va bartaraf qilish. Science and Education, 4(11), 78-83. Retrieved from https://www.openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/6393.

15. Mirzakarimova M. M., Uzoqjonova M. D. Q. Scientific and pedagogical activity of Imam al-Bukhari //Science and Education. - 2023. - Т. 4. - №. 12. - С. 321-324.

16. Tojiboyev M. U., Uzoqjonova M. D. Q. Farg'ona vodiysida tarqalgan ruderal shifobaxsh o'simliklar, ularning tarqalishi va ahamiyati //Science and Education. - 2023. - Т. 4. - №. 8. - С. 101-107.

17. Uzoqjonova, M. (2023). Tabiiy fanlarni o'qitishda STEAM ta'limi tizimi. Science and Education, 4(9), 344-347. Retrieved from https://www.openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/6297.

18. qizi Uzoqjonova M. D. et al. Inson salomatligida dorivor o'simliklarning xususiyatlari //Science and Education. - 2023. - T. 4. - №. 7. - C. 38-42.

19. Uzokjonova, M. (2023). STEAM technology and the importance of gamification in it. Science and Education, 4(10), 365-368. Retrieved from https://www.openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/6361.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.