Научная статья на тему 'BAHOLASH VA NORMALAR MANTIG‘IDA HUQUQIY QADRIYATLAR'

BAHOLASH VA NORMALAR MANTIG‘IDA HUQUQIY QADRIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
92
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Baho va norma / baholovchi / chin yoki yolg‘on mulohazalar / huquqiy qadriyat va baholash mantig‘i / deontik mantiqda qadriyat tushunchasi / Оценка и норма / оценочные / истинные или ложные высказывания / правовые ценности и логика оценок / понятие ценности в деонтической логике

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Saydazimov Kamol Tulkunovich

Ushbu maqolada baholash va normalar mantiqda huquqiy qadriyatlar tushunchalari tahlil qilinadi. Shuningdek, baho va normalarning huquqiy jarayonlarda sub’ektiv yondashuvlari va ularning mantiqiy qonun va tamoyilarga asoslangan tahliliy tadqiqoti ko‘rib chiqiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL VALUES IN THE LOGIC OF ASSESSMENT AND NORMS

В данной статье рассматриваются правовые ценности в ракурсе логики оценок и норм, а также проводиться анализ субъективных подходов правовых процессов оценок и норм.

Текст научной работы на тему «BAHOLASH VA NORMALAR MANTIG‘IDA HUQUQIY QADRIYATLAR»

BAHOLASH VA NORMALAR MANTIG'IDA HUQUQIY QADRIYATLAR.

K.T. Saydazimov -

ToshPTI o'qituvchisi

https://doi .org/10.24412/2181 -7294-2023 -2-194-198

Xalqimizning huquqiy qadriyatlari minglab yillar davomida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa buyuk mutafakkirlarning ma'naviy huquqiy qarashlari, fikrlari milliy ma'naviyatimizga asos bo'lib xizmat qilmoqda. Qadriyatlar jamiyat taraqqiyoti, inson faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, huquqiy qadriyatlar negizini ifodalovchi elementlar: insonparvarlik, adolat, xalollik, ezgulik va boshqa bir qator fazilatrani bugungi kunda, jamiyatning ma'naviy yangilanishida va barkamol insonni tarbiyalashda xizmat qilmoqda.

Ma'lumki, huquqiy qadriyatlar jamiyat, shaxs xayotida shaklanib boradigan muhim asoslardan biri hisoblanadi va baholash mulohazalar va normalar esa uning shakllanib borishida muhim faktor sifatida ishtirok etadi.

Qadriyat - voqeilikdagi muayyan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, huquqiy madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llaniladigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha. Jamiyat, shaxs va jamiyat uchun ahamiyatli bo'lgan barcha narsa, hodisa va voqealar: erkinlik ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma'rifat, madaniyat, moddiy va ma'naviy boyliklar, axloqiy xislat va fazilatlar hisoblanadi [1: 326]. Huquqiy qadriyatlar kishilar kundalik hayotdagi ijtimoiy muhit bilan bog'liq tizim ekan, u o'zida insonga xos bo'lgan xulq-odobi, xatti-harakati, va huquqiy kategoriyalarini namoyon etib boradi. Insoniyat tarixida kishilar o'rtasida turli bahs munozaralar asnosida baholash mulohazalari doimiy ravishda muhim bo'g'in bo'lib kelmoqda kelmoqda.

Qadriyatlar to'g'risidagi bahsda fikr-mulohazalarning kelishmovchiligi biron-bir ob'ekt yoki hodisaning turlicha baholanishi, qadriyatlar tizimidagi va qadriyatlar ierarxiyasidagi farqlar bilan izohlanadi. Qadriyatlar bilan bog'liq ierarxiya farqlari quyidagi amaliy vazifalarni bajarish talab qilinadi:

birinchisi: opponentning nuqtai nazari asosida yotuvchi qadriyatlarni aniqlash va bilish;

ikkinchisi: opponentning qadriyatlar strukturasini bilish orqali uni ishontirish va qo'yilgan maqsadga erishish uchun undan foydalanish;

uchinchisi: qadriyatlar bilan bog'liq yana bir taktik usul mavjud bo'lib, unga ko'ra opponentning tezisi qadriyatlarga bog'liq bo'lmaydi. Bunday holatda tanqid qiluvchi tomon e'tiborini opponent keltirgan argumentlarni rad etishga qaratmasdan, ularni qadriyatlar tomonga yo'naltirishi lozim. Tezisni almashtirish xatosi yuz bermaydi. Chunki, tanqid tezisning qadriyatli tomoniga qaratilgan bo'ladi. Albatta, yuqoridagi vazifalarni xal qilish uchun qadriyat tushunchasining mazmuni va ma'nosini bilib olish va uning boshqa tushunchalar bilan aloqadorligni o'rganish zarur [2: 113].

Ma'lumki, axloqiy qadriyat aksiologiyaning asosiy kategoriyasi sifatida jamiyatda inson uchun biror ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy normalar, jarayonlar, hodisalar, yondashuvlarni ifoda etishda ishlatiladi. Kundalik hayotda inson doimiy ravishda ba'zida shoshilinch tarzda u yoki bu yondashuvlar, qarashlarga yondashib ketadi. Albatta, huquqiy qadriyatlarni tushunish va bilish jarayoni haqiqatga mos mantiqiy qarorga kelishiga turtki bo'ladi.

Mantiqiy baholash nazariyalari tizimli shakllantirish tajribalari G'arb olimlari Edmund Gusserl, Frans Brentano, A.A.Ivin tomonidan baholash ontologiyasi, afzalliklar fenomeni, absolyut baholash mantig'ida o'rganilib borilgan.

Qadriyat baholanovchi ob'ekt qanday bo'lishi kerakligi haqida sub'ektning fikri bilan ob'ektning o'zi o'rtasidagi munosabat orqali ifodalanadi. Agar ob'ekt unga qo'yiladigan talablarga mos bo'lsa, ya'ni qanday bo'lishi kerak bo'lsa, shunday bo'lsa "yaxshi" (ijobiy qimmatga ega) deb qabul qilinadi. Talabga javob bermaydigan ob'ekt esa "yomon" (salbiy qimmatga ega) deb

baholanadi [3: 87]. Inson tabiat va jamiyatning asosiy elementi sfatida u ijtimoiy voqeilik, jarayonlar markazida turadi va o'z navbatida ob'ektiv va sub'ektiv ijtimoiy jarayonlarda u o'z manfaatiga aloqador bo'lgan voqea-hodisalarga nisbatan ijtimoiy ta'sir ostida qoladi. Sub'ekt ijtimoiy musobatga kirishar ekan, inson hayotiy tajribalari asosida chiqargan sub'ektiv xulosalari, baholash mulohazalari, ijtimoiy hayotdagi turli holatlarga o'z tafakkuri mezonlariga tayanib munosabat bildirishi mantiqiy bahoni yuzaga keltiradi.

Tadqiqod doirasida baholash sub'ekti sifatida shaxs, guruh, ijtimoiy institutlar, jamiyatni ko'ramiz. Mantiqiy diskursda baholash sub'ektining hayotiy tajribalari, baholanuvchi ob'ektga qaysi nuqtai nazardan yondashuvi va munosabat bildirishi, ijtimoiy tajribasi bahoda o'z aksini topadi. Shuningdek, baho yakka shaxsning ma'lumoti, kasbi, yashash tarzi, iste'dodi kabilar bilan ham chambarchas bog'liq bo'ladi.

Shaxsning huquqiy munosabatida jamiyatning huquqiy qoidalariga amal qilishi huquqiy bahoning shakllanishi uchun asos bo'ladi. Baholashning huquqiy ko'rinishlarini o'zaro tutashtirib turuvchi chorraha markazida insonning tarbiyaviyligi asos bo'lib turadi. Albatta, insonning turli voqea-hodisa, narsa va predmetlarga munosabati, baho berishi tildagi mavjud baholovchi birliklar vositasida yuzaga chiqadi.

Inson o'z hayoti, faoliyati jarayonida o'zini o'rab turgan ob'ektiv borliq bilan tinimsiz munosabatda bo'lar ekan, u predmetlar, hodisalar, turli vaziyatlarni, boshqa sub'ektlar xatti-harakatlarini, shuningdek, o'z imkoniyatlarini, harakatlari natijalarini baholab boradi. Mazkur holat sub'ektning sub'ektga bo'lgan munosabatida bahoning so'zlovchi psixikasi va ongiga ta'sir o'tkazuvchi vosita ekanligini ham ko'rsatadi.

Jamiyatning axloqiy, xuquqiy hayoti deb kishilarning ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan munosabatlar; ularning xulq-atvori, yurish-turishi; adolat, sadoqat, burch, baxt kabi bir qator tushunchalarda ifodalanadigan munosabatlarning majmuiga aytiladi [4: 280-b].

Baholash va normalarning tildagi mantiqiy ifodalanishida muhim o'rin egallar ekan, baholanayotgan predmetning sub'ekt uchun ijobiy yoki salbiy ahamiyatga egaligiga hamda sub'ektning ob'ektga nisbatan talab va ehtiyojiga bog'liq bo'lib keladi. Ma'lum normalar asosida baholanayotgan predmetga nisbatan munosabat bildirishi mavjud axloqiy, huquqiy qadriyatlar, zaruriy normalar asosida amalga oshiriladi. Albatta, jamiyat taraqqiy qilar ekan, kishilarning narsa va predmetlar, voqea-hodisalarga munosabati ham shunga mos holda o'zgarib turishi tabiiy. Shunday ekan, jamiyat tomonidan belgilab qo'yilgan me'yorlar, normalar, baho mezonlari, qat'iylashgan tasavvurlar ham ma'lum bir o'zgarishlarga uchraydi. Bir davr uchun maqbul ko'rilgan o'lchov va mezonlar boshqa davrda qabul qilinmasligi, talab va ehtiyojlarga mos kelmasligi axloqiy, huquqiy qadriyatlarning o'zgaruvchanlik tabiatini belgilaydi.

Aytish joizki, baholar ijobiy yoki salbiy mazmunga ega bo'ladi va o'zaro farq qiladi. Ijobiy baholashda baholash ob'ektiga xos xususiyatlar haqida ma'lumot berilganda ma'qullash sezilib turadi. Bunda ifodalanayotgan fikr sub'ektning baholash uchun asos bo'lgan faktlarga, aytilgan propozitsiya muhimligiga ishonchini o'zida aks ettiradi. Salbiy baholashda esa uning aksi kuzatiladi. Bunda ma'qullamaslik, norozilik, xatolikka ishora sezilib turadi. Baho tushunchasi argumentativ diskursning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi

Ma'lumki, turli tarixiy bosqichlarda jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, huquqiy tizimlar barcha ijtimoiy qadriyatlar, xususan huquqiy qadriyatlarga asoslanadi. Huquqiy qadriyatlar muammolari ko'p yillar davomida faylasuf, sotsiolog va huquqshunos tadqiqotchilari e'tibori markazida bo'lib, bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega bo'lgan tadqiqod mavzusi hisoblanib kelmoqda. Huquqiy normalar va uning inson hayotidagi o'rnini aniqlash uchun huquqiy qadriyat tushunchasining mohiyatini aniqlab olish zarur.

Xozirgi kun talabi sifatida xuquqiy qadriyat tushunchasiga ijtimoiy hayotda tez-tez zaruriyat tug'ilmoqda. Inson mantiqiy tafakkuri rivojlanishi jamiyat hayotidagi voqea va hodisalar mazmunini anglash, tushunish va baho berishga yordam beradi.

Istak tushunchasi so'zlovchining kommunikativ niyati asosida hosil bo'ladigan darak, so'roq va buyruq gaplar bilan bir semantik kategoriyani - gapning ifoda maqsadi kategoriyasini hosil qiladi. Istakni ifodalovchi fe'llar muhim o'rin tutadi. Istakni ifodolovchi fe'llar, bir tomondan, his qilish, sezish fellariga yaqin bo'lsa, ikkinchi omondan, ular xohishni anglatuvchi fellarga yaqindir: istak ichki ruhiyat talablarini his qilish, tushunib yetish, shuningdek, ularni qondirishga intilish bilan bog'langan.

- Qani endi, tezroq kanikul boshlansa (istak)

- Borsang, onang xursand bo'ladi. (shart)

- Yoshi ulg'aysa ham, hech aqli kirmadi (to'siqsizlik) [5:124]

Baholash va normalar matig'i huquqiy, ahloqiy qadriyatlar ichida erkinlik tushunchasi majburiyat tushunchasiga zidlikni ko'rsatadi: majburiy harakat - erkin va asksincha erkin harakat -majburiy bo'la olmaydi. [6:89] Erkin bo'lmagan harakat - bu shunchaki majburiyat emas, balki, individning intilishlarni amalga oshishiga to'siqlilikni ko'rsatadi. Lekin bir tomondan, qadriyatlarning ijobiy tomonini amalga oshirishga qaratilgan bo'lishi ham mumkin. Agar majburiyat va ijobiy qadr-qimmat bir vaqtda mos kelsa, unda individning majburiy talabni bajarilishi - "noerkin harakat" ekanligiga shubha tug'iladi.

Huquqiy qadriyatlar xususida fikr yuritganda, ushbu so'zning lug'aviy ma'nosini bilish birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Huquqiy qadriyat huquqning itimoiy manfaat keltiruvchi omil sifatidagitalqinidir. "Huquqiy qadriyat"- "huquq" va "qadriyat" tushunchalari uyg'unligining xosilasi. Mazkur ilmiy kategoriyalarning asl ma'nosini huquq va qadriyat tushunchalari tahlilidan kelib chiqqan holda talqin etish maqsadga muvofiqdir. Huquq - ko'p ma'noli, serqirra va ayni vaqtda, noyob hamda murakkab ijtimoiy hodisa. Davlat darajasida umumlashtirilgan irodaning normativ ifodasi. SHunday ekan, huquqni jamiyatdagi turli ijtimoiy manfaatlarni keltirish, muvofiqlashtirish vositasi deb e'tirof etish lozim bo'ladi. [6:154]

Shaxs va jamiyatlarning ijtimoiy ma'ishiy turmushi uchun dastlabki zarur va foyda keltiradigan, ularning ravnaq topishi uchun predmet va voqea-hodisalarni qadriyat deb sanash mumkin.

"Qadriyat" iborasi inson, jamiyatga nisbatan berilib ta'riflangandagina muayyan ma'noga ega bo'lishi, aniq mazmun kasb etishi mumkin. Zero qadriyat, deganda insoniyatga xizmat qiluvchi, uning ehtiyoj va manfaatlarini qondiruvchi jamiki moddiy hamda ma'naviy ne'matlar tushuniladi. Albatta, hech bir buyum yoki voqeilik inson va uning ehtiyojlaridan alohida olib talqin etilganda biron-bir qadr-qimmatga ega bo'lmaydi. "Qadriyatlar, - deydi N.Nenovski, - insonlar ehtiyojlarini qondiruvchi predmetlar, hodisalar va ularning xususiyatlaridir. Insoniyatga nisbatan berib baholanmagan buyum, hodisalar hech qanday qadr-qimmatga ega bo'lmaydi. Qadriyatlar insonga xizmat qiluvchi ne'matlardir" [7:154]

Huquqiy qadriyatlar - bu insonlar, jamiyat va davlat o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolar tomonidan e'zozlanadigan, qadrlanadigan, ularning manfaatlariga xizmat qiladigan huquqiy normalar, g'oyalar, qarashlar, instituutlar, prinsiplar va hodisalardir. Huquqiy qadriyat - ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solishga, jamiyat qonun ustivorligi va adolat tantana qilishga, inson huquqlari va erkinliklari sobitqadamlik bilan ta'minlanishiga, yuksak huquqiy ong va madaniyat shakllanishiga xizmat qiladiga huquqiy hodisa. Huquqiy qadriyat jamiyatdagi teglik, adolat, ma'suliyat kabi kategoriyalarni ifodalab keladi. Albatta bu kategoriyalar shaxs, jamiyat tomonidan ardoqlansa, e'zozlansa ijtimoiy qadriyat sifatida baholanadi.

Huquqiy qadriyatlar - bu insonlar, jamiyat va davlat o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolar tomonidan e'zozlanadigan, qadrlanadigan, ularning manfaatlariga xizmat qiladigan ququqiy normalar, g'oyalar, qarashlar, institutlar, prinsiplar va hodisalardir. Huquqiy qadriyat - ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solishga, jamiyatda qonun ustivorligi va adolat tantana qilishiga, inson huquqlari va erkinliklari sobitqadamlik bilan ta'minlanishiga, yuksak huquqiy ong va madaniyat shakllanishiga xizmat qiladigan huquqiy hodisa. [8:44]

Bugungi kunda inson dunyoqarashining kengayib borishi fanda yangi tushunchalarning shakllanib borishini ta'minlaydi. Ularning mazmun mohiyatini anglash va tushuntirib berish alohida ahamiyat kasb etishi tabbiy.

Mazkur maqolada normativ tushunchalarning tabiati, tipologiyasi va tuzilmasini anglash hamda ulardagi chin fikrni ifoda qiluvchi muxim mantiqiy usullardan foydalanishning o'ziga xos tomonlari yoritiladi.

Deontik mantiqning qonunlariga ko'ra:

- "Majburiyatlarning mantiqiy natijasi - majburiydir."

- "Agar ma'lum bir harakat taqiq oqibatga olib borsa, harakatning o'zi taqiqlangandir."

- "Agar ikkala harakatni amalga oshirish majburiy bo'lsa, demak har birining amalga oshirilishi majburiy."

Deontik mantiq ko'pgina ilovalarni topishga uringan. Normalarning mantiqiy xarakteristikasini bilishda normalarning ilmiy bilshda, axloqda baho va normalarning o'zaro munosabati va ularning o'rnini topish kabi savollarni aniqlash zarur. Normalarda foydalaniladigan va uni asoslaydigan huquqiy mulohazalar mantiqiy qonunlarga bo'ysuadigan bilimga tayanadi. Bu esa o'z navbatida huquqiy, axloqiy qadriyatlarning ob'ekti va o'rganish metodlari haqida tasavvurlarni oydinlashtiradi, ularni normalar orqali tizimlashtirishga yordam beradi.

Jamiyatdagi axloqiy qadriyatlarni talqin etuvchi axamiyatga molik yo'nalishlar quyidagilardan iborat:

1. Konsekvensionalizm - (lot. - oqibat, xulosa,natija.) - jamiyat axloqiy baholash mezonini shaxs, jamiyat xulq-atvor natijasining ustivorligini ifodalaydigan axloqiy nazariya.

2. Utilitarizm - (lot. - foyda, manfaat.) - axloqiy qadriyat inson harakatlarining natijasida ulkan foyda keltirish bilan belgilanadigan axloqiy ta'limot.

Baholash va normalar mantig'ida axloqiy qadriyatlar qiymatini belgilash faqatgina jamiyat hayotida talablarga rioya qilish va bo'ysunishdan iborat emas.

Jamiyat va shaxsning axloqiy ongini "amaliy aql" doirasida aniqlab bo'lmaydi. "Yaxshilik qilish va yomonlikdan saqlanish" - bu iroda avtonomiyasiga ega bo'lgan shaxs uchun mo'ljallangan axloqiy maksima. Yetuk axloqan shakllangan shaxs yomon yoki yaxshi ishlar, xarakatlarni ro'yhatini tasvirlashi mumkin, lekin yaxshilik va yomonlik nima ekanligini o'zi hal qilishi zarur. "Erkin tanlov doim mulohaza orqali amalga oshadi. Eng yaxshisini afzal bilish birinchi navbatda muhokama so'ng esa qaror qabul qilishni nazarda tutadi" [9: 4-b].

Jamiyatdagi yuz berayotgan ba'zi ijtimoiy voqeliklar, mavjud holatga nisbatan bildirilgan jamoatchilik fikrlari jamlanmasi mantiqda huquqiy prinsiplariga asoslangan baholovchi mulohazalarni shakllantirishda quyidagi masalalarga e'tibor qaratish lozim bo'ladi:

Birinchidan, baholash mulohazalarining mantiqiy nazariyasi qadr, baholash haqidagi hukmlarni rasionallikning formal mezonlarini kengayib borishini inobatga olish talab etiladi.

Ikkinchidan, baholash mantig'ini shakllanib borishi pirovardida baholash, qadr haqidagi mulohazalar irratsional va mantiqlikdan yiroq emasligini isbotlash.

Uchinchidan, baholash mulohazalarining mantiqiy nazariyasi shakllanib borishi jamiyatdagi ba'zi masalalar yechimi tadqiqotida ma'lum bir konseptual sxematik jarayonni yaratish.

Jamiyatda talab etilayotgan normalarga amal qilinishi axloqiy qadriyatlarni shakllanib borishini ta'minlaydi va jamiyatning huquqiy hayotini barqarorlashtirib boradi. Umumiy ma'noda baholash mulohazalari voqelikkdagi huquqiy ahamiyatga molik bo'lgan munosabatini shakllantirib boradi. Deontik mantiqda normalar fikr va voqelik o'rtasidagi talabchanlik munosabatini shakllanib borar ekan, jamiyat hayotida majburiyat, zaruriyat kabi tushunchalar bilan bog'liqligini va normalarni ahloqiy tizimda chinlik pozitsiyasidagi tushunchani shakllanishini, baholovchi mulohaza axloqiy qadriyat tushunchasiga baho, munosabatni bildirish jarayonini ifodalab boradi.

ADABIYOTLAR:

1. Falsafa ensiklopedik lug'at. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. T.

2010.

2. D.Fayzixodjaeva. Argumentlash va kommunikatsiya. Monografiya. "Shafoat nur fayz" T. 2021.

3. Ivin A.A. Osnovaniya logiki otsenok. Moskva-Berlin. 2015.

4. J.Ya.Yaxshilikov, N.E.Muxammadiev. Falsafa. Darslik. Samarqand.2021.

5. Ivin A.A. Logika otsenok i norm. M.2016.

6. Х.Т.Одилкориев, Ш.У.Якубов Миллий хукукий тизим ва хукукий кадриятлар. Т.2010.

7. Н.Неновски. Право иценности. Под ред. В.Д.зоркина. М.,1987.

8. Одилкориев Х.Т. Хукукий кадрият ва шахс ижтимоий химояси. Миллий кадриятлар ва шахс ижтимоий химоясининг хукукий механизмларини такомиллаштириш. Т., 2007

REZYUME:

Ushbu maqolada baholash va normalar mantiqda huquqiy qadriyatlar tushunchalari tahlil qilinadi. Shuningdek, baho va normalarning huquqiy jarayonlarda sub'ektiv yondashuvlari va ularning mantiqiy qonun va tamoyilarga asoslangan tahliliy tadqiqoti ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Baho va norma, baholovchi, chin yoki yolg'on mulohazalar, huquqiy qadriyat va baholash mantig'i, deontik mantiqda qadriyat tushunchasi.

РЕЗЮМЕ:

В данной статье рассматриваются правовые ценности в ракурсе логики оценок и норм, а также проводиться анализ субъективных подходов правовых процессов оценок и норм.

Ключевые слова: Оценка и норма, оценочные, истинные или ложные высказывания, правовые ценности и логика оценок, понятие ценности в деонтической логике.

RESUME:

In this article, legal values are considered from the perspective of the logic of assessments and norms, as well as an analysis of the subjective approaches of the legal processes of assessments and norms.

Key words: Assessment and norm, evaluative, true or false statements, legal values and the logic of assessments, the concept of value in deontic logic.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.