Научная статья на тему 'BADIIY ASAR MATNINI TAHLIL QILISH METODOLOGIYASI'

BADIIY ASAR MATNINI TAHLIL QILISH METODOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

9
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rayxona Tuxtasinovna Tillayeva

Mеtоdik аdаbiyоtlаrdа sаvоllаr ikki guruhgа аjrаtilаdi. Birinсhisi, аniqlаsh mаzmunidаgi sаvоllаr. Mаsаlаn, bu tо'g'rimi (tо'g'ri); buni yаrаtish zаrurmi (zаrur) kаbi. Аniqlаsh mаzmunidаgi sаvоllаr оddiy yоki murаkkаb hоldа tuzilgаn bо'lishi mumkin. Murаkkаblаri еsа аslidа bir nесhtа sаvоllаrdаn ibоrаt sаvоllаrdir. Оddiy sаvоllаr ikki guruhgа bо„linаdi: shаrtli vа shаrtsiz. Mаsаlаn, J.Lоndоnning “Hаyоtgа muhаbbаt” аsаri bо'yiсhа “Yо'lоvсhi kim?” – оddiy shаrtsiz sаvоl. “U Billdаn о'zini оlib kеtishini sо'rаgаnidа, dо'stining yоrdаmigа ishоngаni rоstmi? sаvоli оddiy shаrtli sаvоlgа misоl bо„lа оlаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR MATNINI TAHLIL QILISH METODOLOGIYASI»

BADIIY ASAR MATNINI TAHLIL QILISH METODOLOGIYASI

Rayxona Tuxtasinovna Tillayeva

Namangan davlat pedagogika instituti O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Metodik adabiyotlarda savollar ikki guruhga ajratiladi. Birinchisi, aniqlash mazmunidagi savollar. Masalan, bu to'g'rimi (to'g'ri); buni yaratish zarurmi (zarur) kabi. Aniqlash mazmunidagi savollar oddiy yoki murakkab holda tuzilgan bo'lishi mumkin. Murakkablari esa aslida bir nechta savollardan iborat savollardir. Oddiy savollar ikki guruhga bo'linadi: shartli va shartsiz. Masalan, J.Londonning "Hayotga muhabbat" asari bo'yicha "Yo'lovchi kim?" - oddiy shartsiz savol. "U Billdan o'zini olib ketishini so'raganida, do'stining yordamiga ishongani rostmi? savoli oddiy shartli savolga misol bo'la oladi. Shuningdek, bir nechta oddiy savollarga bo'linadigan murakkab savollar ham mavjud. Xususan, "Yo'lovchi oltinlarni olib ketishni afzal ko'rdimi yoki joni omon qolishni?" va h.k.

Ta'lim amaliyotida savollarning boshqa turlari, xususan, to'ldiruvchi savollar ham mavjud. Ularga: qayerda?, qachon?, qanday?, kim?, nima?, nima uchun? kabi olmoshlar kiradi. Bunday mazmundagi savollar oddiy yoki murakkab tarzda tuziladi. Masalan, "Voqealar qachon, qayerda va kimlar ishtirokida sodir bo'ldi?" va h.k. Tuzilishi jihatidan murakkab savol bo'lsa ham uning javobini osongina uchta alohida javob orqali bilib olish mumkin. Adabiyot darslarida aqliy faoliyat elementlarining tarkib topishi muammoli vaziyatlarni o'quvchilar hukmiga havola qilinishidan boshlanishi ma'lum bo'ladi. Agar o'quvchi notanish vaziyatlarga duch kelganida haqiqatan ham hayratlansa, albatta, harakat qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Masalan, biror asar qahramoni tushgan murakkab vaziyatlarda qanday yo'l tutish mumkinligi yuzasidan muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiradigan va tahlil qilib unga yechim topishga harakat qiladigan o'quvchilar kam emas. Buni o'quvchilarning qiziqishlari, hayotga nisbatan shakllanayotgan qarashlari, ma'lum tajribasi yoki yosh xususiyatlari ham taqozo etadi. Masalan, 11-sinfda A.Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani qahramoni Zaynab obrazi qismatini tadqiq etish vazifa qilib berilgan darslarda uning ota uyidagi hayoti, kelinlik davri va qotilikka qo'l urgandan keyingi kunlarini taftish qilish "xarita"sini tuzish, xarakeri shakllanishidagi har bir voqea yoki unga ta'sir ko'rsatgan omillarni baholash orqali vaziyatning tub sabablari ayonlashadi. Bu usul qahramonlar ichki duniyosini taftish qilish yo'lidagi urinishlar natijasi o'laroq, sabab va oqibatlarni aniqlash kabi tadqiqotchilik kompetensiyalari elementlarini rivojlantirishdagi ierarxiyadir. Aslida, qotilikka butun oila a'zolarining Kumushga iliq munosabatlari sababi yoki uning fikri

381

bilan hisoblashishga e'tiborsizlik qilgan ota-onasimi yoxud opasi Xushro'yning maslahati zamiridagi haqiqatni ko'ra olmaslik sifatimi, shu kabi jihatlarga oydinlik kiritiladi. Natijada muayyan obrazning sirtdan qaralganda aniq ko'zga tashlanmaydigan, lekin botinan dard chekishga majbur qilgan asoslar muayyan darajada ravshanlashadi.

O'quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish uchun muammoni ko'rish, savol berish va tushunchalarni aniqlash ko'nikmalarini rivojlantirish usullaridan foydalanish mumkin. Albatta, muammoni aniqlash murakkab jarayon. Muammoni ko'rish qobiliyati tadqiqot darslarida rivojlantiriladi. Savol berish va javob olish o'quvchilar uchun qiziqarlidir. Ayniqsa, o'zi avval bilmagan va eshitmaganlari haqida tinglash maroqli va huzurbaxsh. Javobni to'laqonli olish ham o'smirlarda qoniqish hissini hosil qilishi bilan ahamiyatlidir.

Darslarda o'quvchilarning savollariga, savollarida nimani qo'yayotganiga diqqat qilinsa va bu harakatlari qo'llab-quvvatlansa, muhokama jarayonida nutqi, tasavvuri va tafakkurining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatiladi. Bu haqda metodist olima R.Niyozmetova yoritganidek, "O'spirinlik yoshida o'z-o'zini anglash, atrofdagilarning axloqiy-ruhiy fazilatlarini bilish va baholash, o'z his-tuyg'ulari va kechinmalarini tushunishga ehtiyoj paydo bo'ladi, bu holat tufayli ana shu ehtiyojni qondira oladigan adabiy matnlarni o'qib-o'rganish istagi yuzaga keladi. O'quvchi asar muallifining niyatini, qahramonga munosabatini, voqea va hodisalarning sabab va natijalarini mushohadadan o'tkaza boshlaydi. Bu jarayon turmush haqiqatini tadqiq etish bilan bog'liq holda kechadi. Uning mustaqil izlanishlari to'g'ri yo'ldan borsa va to'g'ri yechimga olib kelsagina, o'z ishidan qanoatlanadi, bu ishni davom ettirish sari ruhlanadi. Ana shu izlanishlarda o'quvchi to'g'ri yo'nalish beradigan, ba'zan ikki yo'ldan birini tanlash vaziyatiga soladigan, chuqur mushohadaga undaydigan turtkilar kerak bo'ladi, xolos. Matnga doir beriladigan savol va topshiriqlar ana shunday turtki vazifasini bajarmog'i lozim"1.

"Hayotga muhabbat" hikoyasini o'rganish chog'ida Bill va yo'lovchining xatti -harakatlari misolida muammoli savollar tuzish, muammoning o'zini o'quvchilar e'tiboriga havola qilib ularni fikrlashga undash mumkin. "Bill o'z nafsining qurboni", "Agar Yo'lovchi Billning harakatlarini takrorlaganda voqealar qanday davom etardi?", "Agar Bill sherigi bilan qolganida edi...", "Agar Yo'lovchi bo'ridan qo'rqmaganida edi..." va h.k. Shu o'rinda darsliklardagi savollar mazmuniga to'xtalinsa, qo'yilgan o'nta savoldan birortasida o'quvchining mantiqan fikrlashga undaydigan muammoli savollar kuzatilmaydi. Balki matnga qayta murojaat qilishga olib keladi:

Ниёзметова Р.Х,. Узлуксиз таълим тизимида узбек адабиётини урганиш методикаси. Монография. - Тошкент: ФАН, 2007. - 145-б.

382

"1. Matndan inson va tabiat munosabati tasvirlangan epizodlarni qayta o'qing, ularga munosabat bildiring", "2. Bill hamrohini qachon, qayerda va nima uchun tashlab ketdi? Matndan aynan o'sha joyni topib o'qing va Billga baho bering", "3. Yo'lovchi nima sababdan xaltasidagi oltinlardan voz kechdi?", "4. Hikoya qahramoni yo'l bo'yi qorin to'ydirish g'amida qanday mashaqqatlarni boshdan kechiradi?", "7. Hikoya qahramoni qanday qilib tirik qoldi?", "9. Jek London asarlari asosida suratga olingan filmlarni ko'rganmisiz?" tarzidagi asarda javoblari mavjud, ularning aksariyati sujet qismlarini aynan qayta hikoyalash yoki tasdiqlashni talab etadigan (ko'rganman yoki ko'rmaganman), ikki o'rindagina munosabat bildirish va baho berishni talab qiladigan savollar uchraydi.

Darslikda qisman fikrlashga yoki qiyoslashga undaydigan savollar ham mavjud bo'lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: "5. Adib o'z hikoyasiga kasal bo'ri obrazini nima sababdan kiritgan?", "6. Kasal bo'ri bilan yo'lovchi holatini o'zaro qiyoslab, fikr bildiring", "8. Ushbu asarning tarbiyaviy qiymatini tushuntirib bering", "10. Shu hikoya mazmuniga yaqin film tomosha qilgan bo'lsangiz, badiiy asar va filmga xos xususiyatlarni qiyoslang" . Lekin bu jamiyatdagi o'zaro munosabatlar, moddiy va ma'naviy qadriyatlar haqida tushunchalari va kuzatishlari ancha shakllanib ulgurgan o'quvchilarga juda oddiy va ma'naviy ehtiyojlari rivoji uchun yetarli emasligini ta'kidlash joiz. Yuqoridagi fikrlardan ko'rinadiki, tadqiqotchilik layoqati muammo yuzasidan yechimlarni izlash, topish, mushohada yuritish, solishtirish, umumlashtirish, qo'llash jarayonida namoyon bo'ladi. Shu bois o'quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasi tipik elementlari sifatida: a) o'quvchi faoliyati maqsadini aniqlash; b) maqsadni amalga oshirish mexanizmini amalga oshirish (rejalashtirilgan harakatlarning predmeti va vositalarini belgilash); d) erishilgan natijalarning qo'yilgan maqsad bilan muvofiqligini aks ettirish, natijalarni tahlil qilish kabilarni keltirish mumkin.

Demak, o'quvchilarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga adabiy ta'lim jarayonini tashkil etishning samarali shakli sifatida qarash mumkin. Shuningdek, u adabiyot fani bo'yicha Davlat ta'lim standartida belgilangan adabiy-nutqiy va badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish mezonlaridan biri bo'lib, kelgusida ta'lim oluvchilarning tadqiqot yondashuvini faoliyatining turli sohalariga o'tkazish va qo'llashga tegishli shart-sharoit yaratadi. Adabiy ta'limda o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyati motivatsiyasini oshirishga doir bir qator metodlarni qo'llash samaradorligi bayon etiladi. Bu borada quyidagi metodlarning bir qator xususiyatlari mavjud:

Biоgrаfik mctod. Bu metod yozuvchining hayot yo'li, shaxsiyati bilan asarlari xususiyatlari o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash imkonini beradi. Xotiralarini o'rganish,

2 To'xliyev B., Karimov B., Usmonova K. Adabiyot: 10-sinf: darslik-majmua. II qism / B.To'xliyev va boshq. -Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. - 170-b.

383

tanqidiy maqolalari, arxiv materiallarini tahlil qilish asosida ijodining muhim qirralarini o'quvchi tasavvurida jonlantiradi. Masalan, Said Ahmad ijodini o'rganishda uning shaxsiyatiga chuqurroq kirish imkonini beradigan, hayotining ma'lum davrlari xususida etyud tarzidagi - rafiqasi S.Zunnunovaga yozgan maktublarini o'rganishni bunga misol qilish mumkin. Zero, "ayrim asarlari yuzasidan shunchaki fikr yuritish orqali biror yozuvchi ma'naviy olamiga yetarlicha baho berib bo'lmaydi. Shu nuqtayi nazardan olganda, iodkor xarakteri, dunyoqarashi va hayotiy maslagi yaratgan asarlarida emas, balki zamondoshlari, yaqin insonlariga yo'llagan xatlari, yuritgan kundaligu-yu tundaliklariga (A.Muxtor. "Uyqu qochganda". 1997) chuqurroq nazar tashlash orqali yanada oydinlashadi" . S.Ayniyning "Esdaliklar", Oybekning "Bolalik", A.Qahhorning "O'tmishdan ertaklar", N.Safarovning "Ko'rgan-kechirganlarim", G'.G'ulomning "Shum bola", N.Fozilovning "Topdim-u yo'qotmadim", O.Hoshimovning "Dunyoning ishlari" kabi asarlarda qahramonlarning boshidan kechirganlari emas, balki ijodkorlarning o'z hayoti orqali hayotga, jamiyatdagi ayrim muammolarga o'z nuqtayi nazarlarini ifodalangani ham barcha yoshdagi o'quvchilarda birdek qiziqish uyg'otadi. Bunda ijodkorning "men"ini ochishga yordam beradigan kognitiv metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Tadqiqotchi N.Ubaydullayev qayd etganidek, ijodkor shaxsiyatidan xabardorlik unga adabiy portert sifatida qarashdan ko'ra jonli odamdek yondashishga olib keladi. Yozuvchi shaxsiga xos xususiyatlarni uning bitganlari orqali o'rganishga yo'naltirsa, o'quvchilar o'rganayotgan asarlaridan zarur ma'noni anglab yetadi. Natijada o'quvchilar ijodiy fikrlay boshlaydilar4.

Qiyоsiy mеtоd ikki yoki undan ortiq asarni uslubi, voqealarni yoritish doirasi, obrazlar, badiiy detal kabi unsurlar bo'yicha taqqoslashga zarur sharoit yaratadi. Natijada badiiy matnni sharhlash, baholash yuzasidan o'quvchining o'z nuqtayi nazari paydo bo'ladi. Qiyoslash turli yozuchilar tomonidan muayyan qahramon obrazi xususiyatlarini ochib berish, yoki muayyan adib ijodiy yo'nalishidagi umumiy yoki farqli tomonlarini yoritishga imkon yaratadi. Masalan, Alisher Navoiy ijodini o'rganishda xamsachilik an'analariga alohida to'xtalish, Nizomiy Ganjaviy boshlagan an'ananing davomchilari sifatida Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylarning bu boradagi faoliyatini misol qilib ko'rsatish maqsaga muvofiq. Bunda jadval, diagramma shaklidagi grafik organayzerlarning imkoniyatlaridan unumi foydalanish mumkin.

№ Ijоdkоrlаr Аsаr nоmi Dоstоnlаr tаrtibi

1 Ozar shoiri "Panj ganj" "Mahzan ul-asror" ("Sirlar xazinasi"), "Xisrav

3 Kambarova S.I. Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil. Monografiya. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2016. - 33-b.

4 yöangy^aeB H.X. Y^yB Tax^H^nga aBTO6norpa$HK 6uTHK^apgaH ^onga^aHnm: neg. $aH. goK. (PhD) gucc. aBTope$. - ®H33ax, 2022. - 23-6.

384

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

Nizomiy Ganjaviy ("Besh xazina") va Shirin", "Layli va Majnun", "Haft paykar" ("Yetti go'zal"), "Iskandarnoma".

2 Hind shoiri Xisrav Dehlaviy "Xamsa" ("Beshlik") "Matla ul-anvor" ("Nurlarning boshlanmasi"), "Shirin va Xisrav", "Majnun va Layli", "Hasht bihisht" ("Sakkiz jannat"), "Oynai Iskandariy".

3 Tojik shoiri Abduramon Jomiy "Haft avrang" ("Yetti qaroqchi yulduz" yoki "Yetti taxt") "Silsilat uz-zahab" ("Oltin zanjir"), 'Salomon va Absol", "Tuhfat ul-ahror" ("Nuroniylar tuhfasi"), "Suhbat ul-abror" ("Taqvodorlar tasbehi"), "Yusuf va Zulayxo", "Layli va Majnun", "Xiradnomayi Iskandar" ("Iskandarning donishmandlik kitobi").

4 O'zbek shoiri Alisher Navoiy "Xamsa" ("Beshlik") "Hayrat ul-abror" ("Yaxshi kishilarning hayratlanishi"), "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor" ("Yetti sayyor"), "Saddi Iskandariy" ("Iskandar devori").

Adabiyotni san'atning bosha turlari bilan ham qiyoslash ham san'at turlarining o'ziga xosliklarini yoritishga xizmat qiladi. Masalan, "Alisher Navoiyning "Xamsa" asarini o'rganishda dostonlarda ishlangan miniatyuralar ("No'shirvon malika huzurida", "Yosuman Shirinning "o'limi" haqida Farhodga xabar bermoqda", "Majnun Laylining uyida", "Bahrom va Dilorom ovda", "Bahrom oltin qasrda", "Bahrom yashil qasrda", "Bahrom gulgun qasrda", "Bahrom moviy qasrda", "Bahrom sandal qasrad", "Bahrom oq qasrda"; "Iskandarning Doro bilan jangi", "Iskandar Chin mulkida)5 shoir va musavvirning ifoda yo'sini, borliqning o'ziga xosliklarini ko'rish mahorati, ikki xil san'at asaridagi umumiy g'oyaning mushtarak jihatlaridan dalolat beradi. Dostonlarga ishlangan miniatyura asarlari san'at turlariga xos obraz yaratish materiallari, estetik tamoyillari, undagi g'oyani ifodalash uslublari xususida tasavvur uyg'otadi. Bu borada professor Q.Yo'ldoshev o'rinli ta'kidlaganidek, qiyoslashda "oldin solishtirilayotgan bir narsa to'g'risida atroflicha to'xtalib, keyin boshqasi haqida fikr yuritgandan ko'ra qiyoslanayotgan obrazlar, asarlar yoki unsurlar to'g'risida parallel fikrlash samarali bo'ladi. Bunda o'quvchi chalg'imaydi, qiyoslanayotgan bir narsa to'g'risida ko'p fikr bildirib, boshqasi haqida mulohaza yurtishga imkonsiz bo'lib qolmaydi"6.

Mаdаniy-tаriхiy meted. U manbalarni o'rganish asosida madaniy-tarixiy fakt va hodisalarni tahlil qilishni nazarda tutadi. Madaniyat namunalari, tarixiy detallarning asarda tasvirlanishi, real voqelik bilan badiiy to'qima o'rtasidagi ayrim jihatlarning

A^umep HaBOHH acap^apura Hm^amaH MHHHaTropaiap. - TomKeHT: "fflap^" MAK 6om TaxpupHHTH, 2001. -131 6.

6 Yo'ldosh Q. Qiyoslash - tahlil samaradorligini oshirish usuli // Global ta'lim va milliy metodika tarqqiyoti. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Toshkent, 2020. - B. 35.

April 23-24, 2024

muallifga yoki jamiyatga ta'sirini anglatishda o'quvchilarga qulaylik yaratadi. Bu asarni hayotdan ajralmagan holda ko'rishdagi maqbul yo'ldir. Madaniy-tarixiy metod asosida badiiy asarda aks etgan tarixiy jarayonning bir butunligini asoslashga, madaniyat tushunchalari orqali xalq hayotining turli jihatlari yoritilganini tushunishga harakat qilinadi. Qalamga olingan tuzumda odamlarning turmush tazri, madaniy hayotning shakllanishi jarayoni e'tiborga olinadi. Masalan, M.Behbudiyning "Padarkush" dramasida o'tgan asr boshlaridagi ijtimoiy hayot nafasi sezilishi, detal va manzaralar, odamlarning o'y-xayollari, tafakkur tarzi o'quvchilarga asar ruhini his qilishlariga, makon va zamon tushunchalarining mohiyatini anglashlariga yo'l ochadi.

Yuqorida tilga olingan metodlar ko'plab tadqiqotlarda o'rganilgani bois biz mazkur faslda muammoli o'qitishga bevosita aloqador bo'lgan lateral fikrlash metodining xususiyatlariga to'xtalmoqchimiz. Bu metodning joriylanishi, asosan, nemis pedagogi Edvard de Bono nomi bilan bog'liq. U lateral fikrlash nazariyasiga asos solgan. Manbalarda olimning ta'lim vazifalariga oid yondashuvi, asosan, inson tafakkurining xususiyatlariga asoslanishi bilan izohlanadi. Quyida E.Bononing odatiy fikrlash hududlaridan chetga chiqishga qaratilgan bir qator metodlarini qo'llash yo'llari tavsiya qilindi.

Olim tomonidan ilgari surilgan lateral-kreativ fikrlash metodi ta'lim jarayoniga ijodiy yondashuv sanalib, o'quvchilarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ingliz tilidan olingan mazkur so'z - "Lateral flow test" o'zbekchaga tarjima qilinganida "Yanal oqim testi" ma'nosini anglatadi. "Lateral tafakkur ataylab "vertikal" yoki mantiqiy fikrlashdan (muammolarni hal qilishning mumtoz usuli: yechimni berilgan ma'lumotlardan bosqichma-bosqich hal qilish) yoki "gorizontal" tasavvurlardan (ko'plab g'oyalarga ega, ammo ularni batafsil amalga oshirish uchun ahamiyat bermaydi) ...miyani yanada ijodiy bo'lishga o'rgata olish va ma'lum bo'lgan

n

muammolarga yaxshiroq yechim topish" demakdir.

Lateral metod - bu "nostandart fikrlash", "gorizontal fikrlash", nuqtayi nazarning o'zgarishi va g'oyalarni takomillashtirish jihatidan ustuvor bo'lib, vertikal fikrlashni kengaytirishga qaratilgan muhim to'ldiruvchi. Mazkur tushunchaning sinonimi sifatida "Nostandart fikrlash", "Shlyapalar metodi", "Almashtirish metodi", "Tasodifiy ta'sir" hamda "Ijodiy pauza" kabi metodlarni ko'rsatish mumkin. Bunda mantiqqa to'g'ri kelmaydigan biror fikr ilgari surilib, o'quvchilardan uni davom ettirishlari taklif etiladi. G'ayrioddiy fikrlardan yangi g'oyalarga o'tishda mantiqsizdek tuyulgan fikrlardan o'rinli yechimlarga ham kelish mumkinligi bilan xarakterlidir.

Tadqiqotchi P.S.Ergashev E.Bono ta'limotining ahamiyatli jihatini ta'kidlar ekan, bu haqda shunday fikr bildiradi: "provakatsion" g'oyalarning baholanishiga yo'l qo'yilsa, tafakkur ularni tajribalarda mavjud andazalarga nomuvofiqligi sababli darhol

7 https://www.recursosdeautoayuda.com/uz/lateral-fikrlash/

386

inkor etadi. Ijodiy tafakkurning rivojlanishi uchun esa bunday fikrlarga baho berish, ularning shaxsiy tajriba chegaralariga qanchalik sig'ishini aniqlash o'rniga ushbu

Q

g'oyalardan kelib chiquvchi keyingi yangi fikrlarga o'tilishiga erishish zarur" .

Metodning maqsadlari:

Didaktik maqsadi, asosan, muammoli masalalarni o'rganish orqali ta'lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirishdir.

Metodik maqsadi - ma'lumotlarni qayta ishlashdagi an'anaviylikdan o'zgacha yo'sinda muqobil, ijodiy, noodatiy g'oyalarni ilgari surishdan iborat.

Anologlari: "Aqliy hujum" va "G'oyalarni yig'ish" metodlari.

Lateral metodning harakat nazariyasi quyidagilar bilan tavsiflanadi:

1) axborotlarni qabul qilish va sintezlash jarayonning afzalroq/odatiy yo'llari bilan olib boriladi;

2) kreativ fikrlash - axborotni qayta ishlashning afzalroq/odatiy yo'llaridan chetga chiqish hamda nostandart yechimlarini topish;

3) vertikal va lateral fikrlashni taqqoslash.

Lateral fikrlash metodlari, avvalo, g'oyalarni topish, yangi ta'limiy mahsulot uchun fikr berishda zarur bo'ladi. "Shlyapa" metodi, asosan, bahs-muzokarlarda umumiy shartlar sifatida qo'llanilsa, "Tasodifiy ta'sir", "Almashtirish" metodlari, asosan, "g'oyalar tugaganda, blokada yoki "nolinchi punkt vaziyati" 9da samara beradi. Metodni qo'llashning o'ziga xos shartlari va bosqichlari mavjud bo'lib, ular bir qator xususiyatlarga ega. Masalan, ijodiy guruhlar va o'qitilgan moderator/muzokara rahbarlari boshchiligida muammo yoki kamchiliklarni aniqlash, ko'rgazmalar tashkil etish uchun guruhlarni shakllantirish, shuningdek, mos metodlarni belgilash, g'oyalarni jamlash, yechimlarni taklif etish, g'oyalarni qayta ishlash, istiqbolli g'oyalarni tanlash, yechim variantlarini baholash, amalga oshirish bosqichlarini ishlab chiqish kabi jarayon rejalashtiriladi. Vizual fikrlash, muammolarni kichik qismlarga ajratish, ularni qaytadan yaxlit holga keltirish, ustuvor qarashlar va fikr yo'nalishini belgilash, muammolarni ko'rib chiqishning odatdagidan o'zgacha yo'llarini tanlash, biror vaziyatning boshqa bir anologini topish, e'tiborni bo'rtib turgan jihatlardan pastroq tomonga ham qaratish lateral metodni maqsadli qo'llash yo'llaridan sanaladi.

"G'oyalarni topish" metodi muammoni yechishning oddiy yo'lini boshqasiga almashtirib ko'chirishdir. Bolada ijodiy fikrlashning bir qator xususiyatlarini tarkib toptirishga qaratilgan "Tasodifiy ta'sir" metodi mazmunida muammoga umuman aloqasiz so'z - tasodifiy tushunchani topish, "so'z - muammo"ni taqqoslash, ular

8 Эpгameв n.C., AHBapoBa AM., ®yMa6aeBa M.B. Ta^aKKyp KpeaTHBOTrHHH pHBo^^aHTupumHHHr aMa^HH HMKoHHHT^apH: aHrana eHgamyB 3apypaTH xycycuga anpuM My^oxa3a^ap // Zamonaviy ta'lim. - TomKeHT, 2014. - № 1. - B. 49.

9 O^HMOB KT., A^HMOB A.A., A^HMOB A.T. y3^yKcro Tai^HM TH3HMuga em^apHH 6H^HM o^umra KroH^Tupum Maca^a^apH // Uzluksiz ta'lim. - TomKeHT, 2013. - № 5. - B. 5.

387

o'rtasidagi bog'lanishlarni yuzaga keltirish ketma-ketligi mujassam. "Ijodiy pauza" -masofa tuzish, ya'ni teskari qarash uchun qisqa to'xtalishdir.

Sog'lom fikr yoki sog'lom aql chegaralarining mantiqsiz va xato vaziyatlar evaziga buzilishi "Mental buzilishlar" metodiga xos bo'lib, mazkur xususiyat istiqboldagi o'zgarishlar, yangi-yangi g'oyalar tug'ilishiga zamin yaratadi. Masalan, adabiy qahramonlar xatti-harakatlarini ijobiy tomonga o'zgartirish yoki asar voqealari sodir bo'lgan makon va zamonni boshqasiga o'tkazish orqali buni amalga oshirish mumkin. Masalan, Tangriqul (Behbudiy. "Padarkush"), Homid (A.Qodiriy. "O'tkan kunlar"), Ulfat (A.Fitrat. "Abulfayzxon" dramasi), Umar zakunchi (O'.Hoshimov. "Ikki eshik orasi") kabi qahramonlar fe'l-atvori yoki tutumlari misolida tanqidiy fikrlashga, tabiatidagi qusurlarni tahlil qilishga, shuningdek, qalbidagi boshqalarga ayta olmaydigan, zohiran yashirin dard yoki armonlarini ilg'ashga yo'naltirish mumkin. Agar asar voqealari ayni zamonda ro'y berganda qanday natijalanishi mumkinligi yuzasidan drabllar yozish vazifasi orqali ham izlanishga motivatsiya beriladi.

Metodning afzalliklari: g'oyalar taklif etish jarayonda uzilishlar bo'lganda fikrlash uchun yangi impulslar berilishi; yechimlarning nostandart variantlari va yangi g'oyalarning yaratilishiga xizmat qilishi; o'yin elementlari (sujetli, muammoli, intellektual, harakatli)ni kiritish orqali o'quvchilarning motivatsiyasini oshirishida ko'rinadi. Bularning barchasi adabiy ta'limda 10-11-sinf o'quvchilarining o'quv harakatlarini faollashtirish, tashabbuskorligini ta'minlash va hayotga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

"Shlyapalar" metodi fikrlashning turfa xil usullarini tezda almashtirish orqali turli rangdagi shlyapalarni o'quvchilarga kiygizish orqali tashkil etiladi. Bunda har bir rangning mazmunidan kelib chiqib vazifalar yuklatiladi: Xususan:

"Oq neytral va obyektiv. Oq shapka - bu obyektiv faktlar va raqamlar.

Qizil rang g'azabni, ehtiros va hissiyotni bildiradi. Qizil qalpoqcha hissiyotni

beradi.

Qora - xira va inkor qiluvchilar. Qora shapka salbiy tomonlarini oqlaydi - nima uchun biror narsa amalga oshmaydi.

Sariq - quyoshli va ijobiy rang. Sariq shapka optimizmni nazarda tutadi va umid va ijobiy fikrlash bilan bog'liq.

Yashil - o'sayotgan o'tlarning rangi. Yashil shlyapa ijodkorlik va yangi g'oyalarni anglatadi.

Moviy - sovuq; bundan tashqari, bu hamma narsadan ustun bo'lgan osmonning rangi. Ko'k shlyapa o'ylash jarayonini tashkil qilish va nazorat qilish, shuningdek, qolgan shlyapalarni ishlatish uchun javobgardir"10.

10https://donschool86.ru/uz/punktuaciYa/metod-6-shlYap-mvshleniYa-edvarda-de-bono-osnovnYe-principY-primery.html

388

Bunda shlyapalarni doimiy ravishda almashtirib turish sharti belgilanadi. Masalan, adabiyotdagi yangi psixologik tip sifatida Cho'lponning "Kecha va kunduz" romani qahramoni Miryoqub haqida gapirilganda, darsda uning shaxsi, kechinmalari, o'y-xayollarini chuqurroq o'rganish imkonini beradigan "Shlyapalar" metodidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu usul har bir "shlyapa" o'z rangi va o'ziga xos qidiruv vazifasiga ega bo'lgan guruh ishini ta'minlaydi.

Yuqoridagilarga tayanilsa, vazifalarni quyidagicha taqsimlash mumkin bo'ladi:

1. "Oq shlyapalilar" guruhiga: romanda ko'tarilgan muammolarni izlash.

2. "Qizil shlyapalilar" jamoasiga: qahramonning xatti-harakatlariga o'z nuqtayi nazarini bildirish: asardagi badiiy ifoda vositalarini aniqlash: portret tasviri, detallar va nutq xususiyatlariga munosabat bildirish.

3. "Qora shlyapalilar" a'zo guruhga: Miryoqub faoliyatining tanqidiy tahlili, uning harakatlaridagi qarama-qarshiliklar.

4. "Sariq shlyapalilar" jamoasiga: Miryoqubning ijobiy ishlariga munosabat bildirish.

5. "Yashil shlyapalilar" guruhiga: qahramonning vaziyatdan chiqish yo'llarini taklif etish.

6. "Ko'k shlyapali" ishtirokichilarga: qahramon tushgan muammoli vaziyatlarning sabablari va yechimlarini izlash.

Bunda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratiladi:

Oq shlyapalilarga o'rganilayotgan obyekt (qahramon, detal) haqida qanday ma'lumotga egaligi, u haqdagi qanday muhim ma'lumotlarga ehtiyoji borligi, ularni qay tarzda topish mumkinligi haqidagi savollar beriladi.

Qizil shlyapalilardan his-tuyg'ulari, intiutiv fikrlarini shunchaki biror asossiz bayon etish so'raladi.

Qora shlyapalilarga tanqidiy fikrlash, masalaga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, kamchiliklar topish, xatolarning oldini olish, boshdan belgilangan shartlarga amal qilish, g'oyani buzmaslik talabi qo'yiladi.

Sariq shlyapalilar rejani amalga oshirish asosida muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Kreativ fikrlash, yangi g'oyalarni qidirish sharti belgilanadigan yashil shlyapalilar oldiga o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni o'zgacha usul bilan ham yechish yoxud ularga boshqacha ta'rif berish haqidagi savollar qo'yiladi.

Ko'k shlyapalilar ham, o'z navbatida, mavzularni aniqlash, ular yuzasidan obyektiv nazorat va fikrlash usullarini tekshirish, fikrlash jarayonida ko'rsatmalar berish va boshqa shlyapalilar faoliyatini jadallashtirish imkoniga ega bo'ladilar.

Adabiyot darslarida tashkil etiladigan bunday izlanish faoliyatini yangi pedagogik g'oyalar bilan uyg'unlashtirish mumkin. Uuning mohiyati badiiy asarlarni tahlil qilishga

389

doir ijodiy tadqiqot loyihasini yaratishdir. Ijodiy tadqiqot qoidasi bo'lib ishning uy vazifasi sifatida bajarilishi hisoblanadi. Izlanishlar davomida o'quvchilar kuzatgan, guvohi bo'lgan yoki o'qigan ma'lumotlarini assotsiativ idrok etishlarini namoyish etishlari zarur bo'ladi. Boshqacha aytganda, nazariy bilimlarni va ish uchun rang-tasvir namunalarini birlashtirgan referat yaratish vazifasi qo'yiladi.

REFERENCES

1. XycaH6oeBa Aga6HeT - MatHaBnaT Ba MycTa^nn ^HKp maKraamupum omhhh. -T.: Annmep HaBonH HoMngarn Y36eKHcroH mhothh Kyry6xoHacn HampneTH, 2009. -352 6.

2. YMyMnfi ypTa Ba ypTa Maxcyc, Kac6-xyHap TaMHMHHHHr gaBnaT TatnnM cTaHgapTH Ba y^yB gacTypn // Y36eKncTOH Pecny6nHKacn ^oHyH xy^^araapn TynnaMH. - T.: 2017 fa 14 (774)-coh, 230-Mogga. - 233 6.

3. Tillayeva R. O 'QUVCHILAR FAOLLIGINI OSHIRISHDA TADQIQOT ISHI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGI //O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI YOSH FILOLOG OLIMLAR JAMIYATI. C.439.https://tsuull.uz/sites/default/files/02 06 22 toplam til va adabiyot ilmiy va a maliy izlanishlar yolidagi 0.pdf#page=439

4. MaraaeB H. Y36eK aga6ueTH Tapnxn. - T.: Kafolat print company, 2021. - 544 6.

5. R.T. Tillayeva. M.M.Q. Mo'minova. O'quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiYalarini shakllantirishda adabiY-tanqidiY materiallardan foYdalanish metodikasi "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz November 2023 / Volume 4 Issue 11 https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Hj9TC0QAA AAJ&citation for view=Hj9TC0QAAAAJ:u5HHmVD uO8C

390

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.