Научная статья на тему 'BACHADON BO’YNI SARATONINI DAVOLASHDA NEOADYUVANT DAVO USULLARINING AHAMIYATI'

BACHADON BO’YNI SARATONINI DAVOLASHDA NEOADYUVANT DAVO USULLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

538
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bachadon bo’yni saratoni / neoadyuvant terapiya / ximiyaterapiya / radioterapiya / jarrohlik / cervical cancer / neoadjuvant therapy / chemotherapy / radiotherapy / surgery

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Yulduz Qasimjonovna Qadamova

Bachadon bo`yni saratoni ayollar salomatligiga jiddiy tahdid qiluvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. Har yili shu kasallikdan 311 000 dan ortiq ayol vafot etadi. Dunyoda bo`lgani kabi O`zbekistonda ham bachadon bo`yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o`rtasida tarqalishi bo`yicha ko`krak bezi saratonidan keying o`rinda turadi. Kasalliklardan o`lim ko`rsatkichi bo`yicha esa, ushbu hastalik barcha yoshdagi ayollar o`rtasida ko`krak bezi va oshqozon bezi saratonidan keying uchinchi o`rinni egallaydi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, har yili O’zbekistonda 1660 nafar ayol bachadon bo’yni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Saratonning bu turini oldini olish borasida sinalgan va samarali strategiyalar mavjud. Ulardan biri –odam papillioma virusiga qarshi emlash. O’zbekistonda ham 2019-yil noyabr oyidan boshlab ushbu kasallikga qarshi 9-12 yoshli qizlarni emlash boshlangan. Neoadyuvanat terapiya-jarrohlik bilan davolashdan oldin terapevtik vositalarni organizmga yuborish. Neoadyuvant terapiya o’smani hajmini kichraytirishga qaratilgan bo’lib, shu bilan protseduralarni osonlashtiradi va muvoffaqiyatli bo’lish ehtimolini oshiradi. Neoadyuvant terapiyaga ximiyoterapiya, radiatsiya terapiya, gapmon terapiya kiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Cervical cancer is one of the most serious diseases that threaten women's health. More than 311,000 women die from this disease every year. In Uzbekistan, as well as throughout the world, cervical cancer ranks second among oncological diseases among women of all ages. In terms of mortality from the disease, the disease ranks third among women of all ages after breast and pancreatic cancer. According to WHO, every year in Uzbekistan, 1660 women are diagnosed with cervical cancer. There are proven and effective strategies to prevent this type of cancer. One of them is vaccination against the human papillomavirus. Since November 2019, vaccination of 9-12 year old girls against the disease has been started in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «BACHADON BO’YNI SARATONINI DAVOLASHDA NEOADYUVANT DAVO USULLARINING AHAMIYATI»

BACHADON BO'YNI SARATONINI DAVOLASHDA NEOADYUVANT DAVO USULLARINING AHAMIYATI

Yulduz Qasimjonovna Qadamova

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, magistr

ANNOTATSIYA

Bachadon bo'yni saratoni ayollar salomatligiga jiddiy tahdid qiluvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. Har yili shu kasallikdan 311 000 dan ortiq ayol vafot etadi. Dunyoda bolgani kabi Ozbekistonda ham bachadon bo'yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o'rtasida tarqalishi bo'yicha kokrak bezi saratonidan keying o'rinda turadi. Kasalliklardan o'lim ko'rsatkichi bo'yicha esa, ushbu hastalik barcha yoshdagi ayollar o'rtasida kokrak bezi va oshqozon bezi saratonidan keying uchinchi o'rinni egallaydi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, har yili O'zbekistonda 1660 nafar ayol bachadon bo'yni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Saratonning bu turini oldini olish borasida sinalgan va samarali strategiyalar mavjud. Ulardan biri -odam papillioma virusiga qarshi emlash. O'zbekistonda ham 2019-yil noyabr oyidan boshlab ushbu kasallikga qarshi 9-12 yoshli qizlarni emlash boshlangan.

Neoadyuvanat terapiya-jarrohlik bilan davolashdan oldin terapevtik vositalarni organizmga yuborish. Neoadyuvant terapiya o'smani hajmini kichraytirishga qaratilgan bo'lib, shu bilan protseduralarni osonlashtiradi va muvoffaqiyatli bo'lish ehtimolini oshiradi. Neoadyuvant terapiyaga ximiyoterapiya, radiatsiya terapiya, gapmon terapiya kiradi.

Kalit so'zlar: bachadon bo'yni saratoni, neoadyuvant terapiya, ximiyaterapiya, radioterapiya, jarrohlik

ABSTRACT

Cervical cancer is one of the most serious diseases that threaten women's health. More than 311,000 women die from this disease every year. In Uzbekistan, as well as throughout the world, cervical cancer ranks second among oncological diseases among women of all ages. In terms of mortality from the disease, the disease ranks third among women of all ages after breast and pancreatic cancer. According to WHO, every year in Uzbekistan, 1660 women are diagnosed with cervical cancer. There are proven and effective strategies to prevent this type of cancer. One of them is vaccination against the human papillomavirus. Since November 2019, vaccination of 9-12 year old girls against the disease has been started in Uzbekistan.

January, 2023

46

The introduction of medicinal drugs into the body before neoadjuvant therapy-surgery. Neoadjuvant therapy aims to reduce the size of the tumor, thereby simplifying the procedure and increasing the chances of success. Neoadjuvant therapy includes chemotherapy, radiation therapy, and speech therapy.

Keywords: cervical cancer, neoadjuvant therapy, chemotherapy, radiotherapy, surgery

KIRISH

Bachadon bo'yni saratoni ayollar salomatligiga jiddiy tahdid qiluvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. Bachadon bo'yni saratoni ginekologik kasalliklar ichida sut bezi saratonidan keying ikkinchi o'rinda turadi, butun dunyo bo'ylab saraton o'limining asosiy sabablaridan biridir. 2018-yilda dunyoda bachadon bo'yni saratoni bilan qariyb 570 000 yangi kasallanganlar holati qayd etilgan. Har yili shu kasallikdan 311 000 dan ortiq ayol vafot etadi. Dunyoda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham bachadon bo'yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o'rtasida tarqalishi bo'yicha ko'krak bezi saratonidan keying o'rinda turadi. Kasalliklardan o'lim ko'rsatkichi bo'yicha esa, ushbu hastalik barcha yoshdagi ayollar o'rtasida ko'krak bezi va oshqozon bezi saratonidan keying o'rinni egallaydi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, har yili O'zbekistonda 1660 nafar ayol bachadon bo'yni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Saratonning bu turini oldini olish borasida sinalgan va samarali strategiyalar mavjud. Ulardan biri -odam papillioma virusiga qarshi emlash. O'zbekistonda ham 2019-yil noyabr oyidan boshlab ushbu kasallikga qarshi 9-12 yoshli qizlarni emlash boshlangan.

Bundan tashqari O'zbekistonda bachadon bo'yni saratonini tekshirish va odam papillioma virusini (HPV) davolash dasturiga asoslangan yangi innovatsion milliy skrining tizimi joriy etilmoqda. Bachadon bo'yni saratonining 90% odam papillioma virusidan boshlanadi. Muntazam skrining, erta tashhis qo'yish va o'z vaqtida davolash bachadon bo'yni saratoni bilan og'rigan bemorlarni davolay oladi. Ushbu uchta yondashuv muvaffaqiyatli amalga oshirilsa 2050-yilga kelib, yangi holatlarni 40% ga kamaytirish va dunyo bo'ylab 5 millionga yaqin o'limning oldini olish mumkin. JSSTning O'zbekistondagi vakili Leanne Kuppens deydi: «Bachadon bo'yni saratoni yo'q qilingan birinchi saraton bo'lishi mumkin. Ayol larni muntazam skrining qilish va qizlarni odam papillioma virusiga qarshi emlash orqali biz bachadon bo'yni saratoni bilan kasallanishni kamaytira olamiz».

Neoadyuvanat terapiya-jarrohlik bilan davolashdan oldin terapevtik vositalarni organizmga yuborish. Neoadyuvant terapiya o'smani hajmini kichraytirishga qaratilgan bo'lib, shu bilan

January, 2023

47

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

protseduralarni osonlashtiradi va muvoffaqiyatli bo'lish ehtimolini oshiradi. Neoadyuvant terapiyaga ximiyoterapiya, radiatsiya terapiya, gapmon terapiya kiradi.

1980-yillardan beri onkologlar saraton to'qimalarida gipoksik hujayralar o'lishini kamaytirish orqali o'simta o'choqlarini qisqartirish uchun radioterapiyadan oldin bachadon bo'yni saratoni uchun neoadyuvant ximioterapiyadan foydalanishga harakat qilishdi. Bachadon bo'yni saratoni uchun operatsiyadan oldingi neoadyuvant ximioterapiya birinchi marta 1988 yilda Benedetti va boshqalar tomonidan xabar qilingan, mahalliy rivojlangan bachadon bo'yni saratonini davolash uchun kombinatsiyalangan kimyoterapiyadan (sisplatin + bleomitsin + metotreksat) foydalanganlar. Ushbu tadqiqotda bemorlar 75,7% javob darajasiga erishdilar va kimyoterapiya bilan davolangan barcha bemorlar radikal histerektomiyadan o'tkazildi. O'shandan beri operatsiyadan oldingi neoadyuvant ximiyoterapiya asta-sekin bachadon bo'yni saratonini davolashning umumiy usuliga aylandi. Neoadyuvant ximiyoterapiya hatto rivojlangan (III bosqich) bachadon bo'yni saratoni bilan og'rigan bemorlarda muvaffaqiyatli jarrohlik rezektsiya potentsialini oshirish uchun sinab ko'rildi va ma'lum muvaffaqiyatlarga erishdi. Bundan tashqari, so'nggi yillarda juda ko'p tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, erta bachadon bo'yni saratoni bilan og'rigan bemorlar operatsiyadan oldingi neoadyuvant ximioterapiyadan keyin tug'ilishni saqlab qolishgan

Intensivlashtirilgan usulning afzalliklari nafaqat o'simta ustidan lokal nazorat qilish, balki standart ximyoterapevtik rejimlarga nisbatan o'simta hujayralarini eng qisqa vaqt ichida deaktivatsiya qilishning taxminiy imkoniyati va shu bilan uzoq muddatli davolash natijalarini yaxshilashdir.

RIO va RIATM XF da 2017-2021 yillarda bachadon bo'yni bilan og'rigan bemorlar va birinchi marta aniqlangan bemorlar soni va ularni yashovchanlik ko'rsatkichlari:

January, 2023

Bachadon bo'yni saratoni ko'rsatkichlari

■ Birlamchi aniqlangan ■ dispanser nazoratida turgan

■ 5-yil va undan ortiq yashagan ■ 5-yillik yashash ko'rsatkichi

44,60% 316

709

127 2017

2018

40,60% 296

729

120 2019

45% 330

734

89 2020

J Q "3 Г»0/

49,30% 378

767

90 2021

Tadqiqot maqsadi. Xorazm viloyatida bachadon bo'yni saratoni IIA-IIB bosqichi bo'lgan ayollarda neoadyuvant davo o'tkazgan holda umumiy yashovchanligini uzaytirish.

TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI

Ilmiy ishimiz davomida Xorazm viloyatida 60 nafar bachadon bo'yni saratonini IIA va IIB bosqichi bilan kasallangan bemorlarda o'tkazilgan davo turlarini o'rganish

1-guruh Bachadon bo'yni saratonini IIA va IIB bosqichda neoadyuvant davodan keyin operativ davo olgan bemorlar BBS IIA-10 nafar BBS IIB-10 nafar

2-guruh Bachadon bo'yni saratonini IIA va IIB bosqichda operativ davodan keyin neoadyuvant davo olganlar BBS IIA-10 nafar BBS IIB-10 nafar

3-guruh Bachadon bo'yni saratonini IIA va IIB bosqichda ximyaterapiya va nurterapiya olgan bemorlar BBS IIA-10 nafar BBS IIB-10 nafar

NATIJALAR

RIO va RIATM XFdan olingan 60 nafar bemorlardan: 1-guruh. Bachadon bo'yni saratoni IIA bosqichda 10 nafar bemor va IIB bosqichidagi 10 nafar bemorlarga ximyaterapiya

January, 2023

49

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: l,l2 j ASI-Factor: l,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,l

o'tkazilgandan so'ng jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan, bunda bemorni ahvoli yaxshilanib 5 yillik yashovchanlik ko'rsatkichi o'rtacha 49,3% ni tashkil etgan.

2-guruh. Bachadon bo'yni saratoni IIA bosqichda 10 nafar bemor va IIB bosqichidagi 10 nafar bemorlarga jarrohlik amaliyoti o'tkazilib so'ng ximyaterapiya o'tkazilgan, bunda bemorni ahvoli yaxshilangan va bunda kichik metastazlarni ham oldi olingan bo'lishi mumkin, 5 yillik yashovchanlik ko'rsatkichi o'rtacha 45 % ni tashkil etgan.

3-guruh. Bachadon bo'yni saratoni IIA bosqichda 10 nafar bemor va IIB bosqichidagi 10 nafar bemorlarga ximyaterapiya va nur terapiya o'tkazilgan, bunda bemorni ahvoli vaqtinchalik yaxshilangan. Bu usulda davo o'tkazish o'rtacha yashshovchanlik bir yarim yilni tashkil qilgan

RIO va RIATM XFdan olingan bachadon bo'yni saratoni bilan og'rigan IIA-IIB bosqichdagi 60 nafar bemorlarda o'tkazilgan davo usullarini, ularni davodan keyin o'rtacha yashovchanlik ko'rsatkichlari o'rganib chiqilganda ushbu ko'rsakichlar aniqlandi:

1-guruh. Bachadon bo'yni saratoni IIA bosqichda 10 nafar bemor va IIB bosqichidagi 10 nafar bemorlarga ximyaterapiya o'tkazilgandan so'ng jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan, bunda bemorni ahvoli yaxshilanib 5 yillik yashovchanlik ko'rsatkichi o'rtacha 49,3% ni tashkil etgan.

2-guruh. Bachadon bo'yni saratoni IIA bosqichda 10 nafar bemor va IIB bosqichidagi 10 nafar bemorlarga jarrohlik amaliyoti o'tkazilib so'ng ximyaterapiya o'tkazilgan, bunda bemorni ahvoli yaxshilangan va bunda kichik metastazlarni ham oldi olingan bo'lishi mumkin, 5 yillik yashovchanlik ko'rsatkichi o'rtacha 45 % ni tashkil etgan.

3-guruh. Bachadon bo'yni saratoni IIA bosqichda 10 nafar bemor va IIB bosqichidagi 10 nafar bemorlarga ximyaterapiya va nur terapiya o'tkazilgan, bunda bemorni ahvoli vaqtinchalik yaxshilangan. Bu usulda davo o'tkazish o'rtacha yashshovchanlik bir yarim yilni tashkil qilgan

Bu ko'rsatkichlar shuni ko'rsatdiki bachadon bo'yni saratoni bilan og'rigan

bemorlarda IIA va IIB bosqichlarda faqat neoadyuvant davolar o'tazish bemorni ahvolini vaqtinchalik yaxshilaydi ammo, o'rtacha yashovchanlik ko'rsatkichi kam. Bemorni ahvoliga, kasallikni bosqichiga va albatta bemorni hohishiga qarab oldin ximyaterapiya ( 2 yoki 3 kurs ) o'tkazib so'ngra jarrohlik amaliyotini o'tkazish bemor ahvolini yaxshilanib, besh yillik

XULOSA

yashovchanlik ko'rsatkichi o'rtacha 49,3% ni tashkil qiladi.

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Kasallik aniqlangandan keyin oldin jarrohlik amaliyoti o'tkazib so'ngra bemorni holatiga qarab neoadyuvant davo o'tkazish ham samarali natijalarni ko'rsatdi besh yillik yashovchanlik ko'rsatkichi o'rtacha 45%ni tashkil etdi va bu usulda davo o'tkazish kichik metastazlar bo'lgan taqdirda ular yo'q qilinadi.

REFERENCES

1. Ашрафян Л. А. Молекулярно-биологические и ультразвуковые методы в оценке эффективности лекарственной терапии у больных раком шейки матки и раком яичников / Л. А. Ашрафян, И. Б. Антонова, С. В. Ивашина [и др.] // Опухоли женской репродуктивной системы. - 2012. - № 3-4. - С. 120-126.

2. Ашрафян Л. А. Оценка результатов неоадъювантной химиотерапии местно-распространенного рака шейки матки IIB-IIIB стадий при комплексной ультразвуковой диагностике / Л. А. Ашрафян, О. И. Алешикова, Н. А. Бабаева [и др.] // Опухоли женской репродуктивной системы. - 2015. - Т. 11. - № 2. - С.

3. Берлев И. и др. Дозоинтенсивнаянеоадъювантная химиотерапия в комбинированном лечении местнораспространенного рака шейки матки: опыт и перспективы //Вопросы онкологии. - 2017. - Т. 63. - №. 4. - С. 614-621.

4. Каримова Ф. Н. Роль неоадъювантнойполихимиотерапии в комплексной терапии местно-распространенного рака шейки матки / Ф. Н. Каримова, К. М. Джурабекова, М. Б. Сайфутдинова, О. А. Мирзоев // Известия Академии наук Республики Таджикистан. Отделение биологических и медицинских наук. -2018. - № 2(201). - С. 58-64.

5. Кукош М. Ю. Комбинированное лечение рака шейки матки: роль неоадъювантнойбрахитерапии / М. Ю. Кукош, М. Д. Тер-Ованесов, А. Н. Саранцев, И. В. Пименов // Альманах мировой науки. - 2015. - № 1-1(1). - С.

6. Максимов А. Ю. Некоторые молекулярно-биологические механизмы влияния неоадъювантной химиотерапии с бевацизумабом при местно-распространенном раке шейки матки / А. Ю. Максимов, Н. А. Назаралиева, Е. Ф. Комарова [и др.] // Современные проблемы науки и образования. - 2019. - № 5. - С. 68.

7. Меньшенина А. П. Влияние модифицированной неоадъювантной химиотерапии на результаты комплексного лечения больных местно-распространенным раком шейки матки / А. П. Меньшенина, Т. И. Моисеенко, Е. М. Франциянц [и др.] // РМЖ. Медицинское обозрение. -

76-81.

62-65.

2021. - Т. 5. - № 8. - С. 531-537.

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

8. Назаралиева Н. А. Опухолевый ангиогенез и лимфоангиогенез при применении неоадъювантной химиотерапии с бевацизумабом в зависимости от формы роста рака шейки матки / Н. А. Назаралиева, А. Ю. Максимов, Е. Ф. Комарова [и др.] // Медицинский вестник Северного Кавказа. - 2020. - Т. 15. -№ 4. - С. 527-531.

9. Оводенко Д. Л. Рак шейки матки стадий 1В2-ШВ: неоадъювантная химиотерапия, радикальные операции и выживаемость пациенток / Д. Л. Оводенко, Г. Н. Хабас, Ю. М. Крейнина [и др.] // Сибирский онкологический журнал. - 2021. - Т. 20. - № 3. - С. 82-89.

10. Серова Л. Г. Вариант комбинированного лечения местно-распространенного рака шейки матки с неоадъювантной регионарной химиотерапией / Л. Г. Серова, Е. В. Хмелевский, А. В. Бойко [и др.] // Онкология. Журнал им. П.А. Герцена. - 2022. - Т. 11. - № 1. - С. 17-22.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.