Научная статья на тему 'KO`KRAK BEZI SARATONINI DAVOLASHDA XALQ TABOBATINING O`RNI VA AHAMIYATI'

KO`KRAK BEZI SARATONINI DAVOLASHDA XALQ TABOBATINING O`RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
560
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
onkologiya / saraton / kimyoterapiya / radioterapiya / qandli diabet / jigar serrozi / bakteriya. / oncology / cancer / chemotherapy / radiotherapy / diabetes / liver cirrhosis / bacteria.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Ibrohimjon Rahmonovich Asqarov, Olimjonova Guloyim Dilshodbek Qizi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, onkologik kasalliklariga chalinish ko‘rsatkichlari yildan-yilga o‘sib bormoqda. Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, O‘zbekistonda ham 100 mingdan ziyod bemor onkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turadi. Bemorlar bu davrni boshidan o`tkazayotganda aniqlangan bosqichlarga qarab, zamonaviy davo muolajalarga va uning zararli oqibatlarini organizmdan chiqarib tashlash uchun tabiiy davo choralarini teng me`yorda ushlashi lozim bo`ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLK MEDICINE IN THE TREATMENT OF BREAT CANCER

According to the world health organization, the incidence of cancer is growing every year. About 16 million primary cancers are diagnosed worldwide each year. In uzbekistan, for example, more than 100,000 patients are registered with cancer. Depending on the stages identified during this period, patients will have to adhere to modern treatments and natural remedies to eliminate its harmful effects from the body

Текст научной работы на тему «KO`KRAK BEZI SARATONINI DAVOLASHDA XALQ TABOBATINING O`RNI VA AHAMIYATI»

KO KRAK BEZI SARATONINI DAVOLASHDA XALQ TABOBATINING O RNI

VA AHAMIYATI Ibrohimjon Rahmonovich Asqarov

Andijon davlat universiteti professori,O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ixtirochi, O'zbekiston Tabobat akademiyasi raisi Olimjonova Guloyim Dilshodbek qizi

Andijon davlat universiteti 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6761811 Annotatsiya. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, onkologik kasalliklariga chalinish ko'rsatkichlari yildan-yilga o'sib bormoqda. Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, O'zbekistonda ham 100 mingdan ziyod bemor onkologik kasalliklar bo'yicha hisobda turadi. Bemorlar bu davrni boshidan o'tkazayotganda aniqlangan bosqichlarga qarab, zamonaviy davo muolajalarga va uning zararli oqibatlarini organizmdan chiqarib tashlash uchun tabiiy davo choralarini teng me yorda ushlashi lozim bo ladi.

Kalit so^zlar: onkologiya, saraton, kimyoterapiya, radioterapiya, qandli diabet, jigar serrozi, bakteriya.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЫ В ЛЕЧЕНИИ РАКА МОЛОЧНОЙ

ЖЕЛЕЗЫ

Аннотация. По данным всемирной организации здравоохранения, заболеваемость раком растет с каждым годом. Ежегодно в мире диагностируется около 16 миллионов первичных раковых заболеваний. В Узбекистане, например, зарегистрировано более 100 000 больных раком. В зависимости от стадий, выявленных в этот период, пациенты должны будут придерживаться современных методов лечения и натуральных средств для устранения его вредного воздействия на организм.

Ключевые слова: онкология, рак, химиотерапия, лучевая терапия, диабет, цирроз печени, бактерии.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLK MEDICINE IN THE TREATMENT

OF BREAT CANCER Abstract. According to the world health organization, the incidence of cancer is growing every year. About 16 million primary cancers are diagnosed worldwide each year. In uzbekistan, for example, more than 100,000 patients are registered with cancer. Depending on the stages identified during this period, patients will have to adhere to modern treatments and natural remedies to eliminate its harmful effects from the body.

Keywords: oncology, cancer, chemotherapy, radiotherapy, diabetes, liver cirrhosis, bacteria.

KIRISH

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, onkologik kasalliklariga chalinish ko'rsatkichlari yildan-yilga o'sib bormoqda. Dunyoda har yili 16 millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Jumladan, O'zbekistonda ham 100 mingdan ziyod bemor onkologik kasalliklar bo'yicha hisobda turadi.Onkologik kasalliklar ichida sut bezi saratoni yetakchilik qiladi. Keyingi o'rinlarda me'da, bachadon bo'yi va o'pka saratoni qayd

etiladi. Shuni afsus bilan ta'kidlash joizki, 50 foizdan ortiq holatlarda ushbu kasallik kechki, ya'ni uchinchi va to'rtinchi bosqichlarda aniqlanmoqda, bunda esa ularni to'laqonli davolash mushkul bo'ladi.

O'sma 2 xil bo'lishi mumkin: yaxshi hamda yomon. Yaxshilari barqaror, o'zgarmaydi. Atrofi o'zi o'sib chiqqan to'qima bilan qoplangan. Eng muhimi - ko'payib, organizm bo'ylab taqalmaydi, ular xavfsiz. Yomon o'smalar esa ko'payib, atrofdagi to'qimalarni egallab oladi, metastazlar (bo'laklarga bo'linib tarqalish) beradi. Ular o'ta xavfli.

Saratonning eng ko'p uchraydigan ko'rinishlari

Bugungi kunga kelib kasallikning 10 ta turi eng ko'p uchraydi. Shulardan 8 tasi odam a'zolarini, 2 tasi esa qon va limfa a'zolar tizimini shikastlaydi. Ko'krak bezi saratoni, hammasini erta tashxis hal qiladi.

Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, har yili 1.5 million ayollarga bu diagnoz qo'yiladi. O'tgan asrlarda, asosan, qari yoshdagi ayollar og'rigan bo'lsa, endilikda borgansayin yosh ayollar ham bu dardga chalinmoqda. Bu qo'rqinchili dard, lekin davosi bor. Qancha erta tashxis qo'yilsa - shuncha yaxshi.

MATERIALLAR VA METODLAR

Ko'krak bezi o'smasi kelib chiqish sababi shifokorlarga hozircha noma'lum. Ekologiya va irsiyat muhim rol o'ynashi aniqlangan. Qishloq ayollari shahar ayollariga nisbatan 30% kamroq kasallanadi.

Saraton 4 bosqichda boradi. Agar kasallik 1-bosqichda aniqlansa, 5-yil ichida yashab qolish imkoniyati 94%, 2-bosqichda aniqlansa - 79%. 4-bosqichda aniqlangan o'smani deyarli davolashning iloji yo'q, bunda shifokor faqat bemor ahvolini yengillashtirishga harakat qiladi. Kasallikni o'z vaqtida aniqlash, uning alomatlarini oldindan payqab, mutaxassisga murojaat qilish inson hayotini saqlab qoladi.

Rakni davolashda 5 yil davomida yashab qolish ko'rsatkichi degan tushuncha keng ishlatiladi. Bu ko'rsatkich qancha yuqori bo'lsa, shuncha tuzalib ketish ehtimoli yuqori bo'ladi.

Davolash usullari:

Jarrohlik yo'li bilan. Bu davollashning asosiy usullaridan biri. O'smaning o'chamlariga qarab ko'krak bezi saqlab qolinish yoki butunlay olib tashlanishi mumkin. Buni davolovchi shifokor hal qiladi.

Kimyoterapiya. Har xil kimyoviy dorilar qo'llaniladi. Ko'pincha, operatsiyadan oldin yordamchi vosita yoki jarrohlikdan so'ng kasallik qaytalamasligi uchun ishlatiladi. Odatda, 3-6 oy mobaynida qo'llaniladi. Nihoyatda organizmga zaharli ta'sir ko'rsatadi. Qon hosil bo'lish, immunitet jarayonlarini buzulishiga, soch, qosh-kipriklarni to'kilishiga oib keladi.

Radioterapiya yoki nur terapiyasi. Bu usulda o'simta kuchli rentgen apparatiga o'xshash asboblar borqali nurlantiriladi. Bu yordamchi usul dard qaytalamasligi uchun jarrohlikdan so'ng yoki oldin operatsiyaga tayyorlash uchun tayinlanadi. Kimyoterapiyadan farqi unchalik zaharli emas, lekin murakkab har doim ham tayinlab bo'lmaydigan usul.

NATIJALAR

Bugungi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda judayam dolzarb bo'lgan onkologik kasalliklardan biri, shubhasiz, ko'krak bezi saratoni hisoblanadi. Ayollarda uchraydigan saraton kasalliklari ichida uchrash darajasi va o'lim ko'rsatkichlari bo'yicha ko'krak bezi saratoni birinchi o'rinda turadi. Statistika bo'yicha bu kasallik har o'n ayoldan

biriga xavf solishi mumkin. Quvonarli jihati esa, kasallik oldindan aniqlansa, 90 foiz holatlarda tuzalib ketishi mumkin ekan.

Jarrohlik yo'li bilan, kimyoterapiya va radioterapiya muolajalarni boshdan otkazgan bemor ozini yana hayotiy kuchini tiklab olish uchun albatta xalq tabobatiga murojat qilishi lozim, chunki ko p hollarda zamonaviy davolash usullari organizmni toliqtiradi va u o ziga kerakli kuch zaxirasini qoplab olguncha bemor uchun og ir muammoli xolatlarni yuzaga chiqaradi.

MUHOKAMA

Saraton kasalligida oziqlanish quyidagi sog'lom ovqatlanish yordamida tuziladi:

1) sariq, to'q sariq va qizg'ish to'q sarik meva va sabzavotlarda saratonga qarshi foydali tasir ko'rsatadigan karotenoidlar mavjud. Avvalo bular: o'rik, sitrus mevalar, sabzi, pomidor, beta - karotin, lutein, likopen immunitetni yaxshilaydi, hujayra tuzilishini nurlanishdan ximoya qiladi.

2) kasallik natijasida jigar shikastlanganda, yog'li va og'ir ovqatlarsiz ovqatlanish jigar serrozi xam bulishi kerak hamda yetarli mikdorda vitaminlarni istemol qilish kerak.

3) turp, karam, sholg'om, xantal zararli kimyoviy omillarni zararsizlantirishga yordam beradigan faol element bolgan zararli sabzavotlarga kiradi.

4) yashil o'simliklarning ayrimlari xlorofillga boy. Shuning uchun ularning saraton kasalligi ratsioniga kiritilishi g'ayritabiiy elementlar va mikroblarga qarshi yordam beradi. Bunday vakillarga kokatlar va bir hujayrali yashil o'simliklar, kok no'xat, xantal, karam va qichitqi ot kiradi.

5) har xil qattiqlashtiruvchi xususiyatlar uchun esa kok choy ichiladi.

6) ananas, brokkoli va sarimsoq saratonga qarshi tasirga ega va detoksifikatsiyani rag'batlantiradi. Ular nitrosin ta'siridagi onkologiyani rivojlanish ehtimolini kamaytiradi.

7) kokrak bezi saratoni uchun d vitamini, bugdoy va uning nish urib unib chikkani va loviya iste'mol qilishni ko'paytirish tavsiya etiladi.

8) oshqozon osti bezi saratonida bazi foydali ovqatlarni istemol qilish mumkin emas. Masalan, xurmo, banan va uzum. Bu kasallikda samarali harakatlar kam yog'li sut mahsulotlariga ega boladi.

Sog'likni saqlash vazirligi instituti xabar qilishicha, tibbiyotda rakka qarshi eng faol ta'sir qiluvchi yangi topilma - bu limon mevasi bo'lib, saraton bakteriyalarini o'ldirib, kimyoviy muolajadan 10.000 marotaba kuchli boladi.

Kimyoviy dorilarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar limonning foydali xususiyatlarini yashirib kelganlar.

Limonni xohlagan suratda yeyishingiz mumkin (sharbatini iching, o'zini yeng, asalga qo'shib iste'mol qiling). U rak bakteriyalari mikroblariga qarshi eng kuchli vosita deb tan olindi.

70-yillar o'rganilgan va o'tkazilgan tajribalarda limon 12 xil saraton kasalliklarini yo'q qilgani, adriamycin, chemotherapeutic dorilaridan 10.000 marotaba afzalligi isbotlandi.

Yana shunga o'xshash foydali ne'matlardan anor, sarimsoq, piyoz, ko'k choy, shalfey, brokolli saraton bilan yaxshi kurashadi.

XULOSA

Butun dunyoni tashvishga solayotgan RAK yani saraton kasalligi bemorlarni ongida ham birinchi eshitishda qo'rquv va vahimaga solishi, hayotini izdan chiqarishi mumkin. Hozirgi

kunga kelib bu kasallikni davo samarasi yuqori bo lishi uchun birinch navbatda kasallikni o rnida aniqlash va davolash mezonlarini keng qamrovli ilib borish hisoblanadi. Ya ni zamonaviy davo muolajalaridan so'ng, kop xollarda bemorlar kasallikni yenggan taqdirda ham, organizmni kuchsizlashishi va hayotiy kurashish energiyasini yo'qotganligi bois, yana avvalgi holatiga qaytish birmuncha qiyin va muammoli holatlarga olib kelish mumkin. Bularning oldini olishning yagona to'g'ri yo'li sifatida zamonaviy va tibbiy bilimlarni teng me'yorda olib ketilishi va amal qilinish talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. l.I.R.Asqarov.Tabobat qomusi. Toshkent. " MUMTOZ SO'Z".2019. 595 b.

2. 2.I.R.Asqarov. SIRLI TABOBAT. Toshkent - "Fan va texnologiyalar nashriyot - uyi" -2021. 283 b.

3. 3.S. N. Petrova, A.V.Ivkova. Ximicheskiy sostav i antioksidantnie svoystva vidov roda Rosa L.// Ivanovski gosudarstvenniy ximiko-texnologicheskiy universitet.2014.s.13-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.