Научная статья на тему 'FERTIL VA KEKSA YOSHLI AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI XAVFLI O‘SMALARI TAHLILI (BUXORO VILOYATIDA)'

FERTIL VA KEKSA YOSHLI AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI XAVFLI O‘SMALARI TAHLILI (BUXORO VILOYATIDA) Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1168
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
endofit / retrospektiv / prospektiv / yassi xujayrali rak / endophyte / retrospective / prospect / squamous cell carcinoma.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Maxmudova, G.F., Soxibova, Z.R., Mamedov, U.S., Nurboboyev, A.U.

Tadqiqotning maqsadi fertil va keksa yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni xavfli o‘smalarining kliniko-anatomo-morfologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Izlanish bachadon bo‘yni xavfli o‘smasi bo‘lgan 60 nafar bemorning retrospektiv va prospektiv malumotlari asosida olib borildi. Kasallanish 52,2 yoshli ayollarda 35-39 yosh xamda 60-64 yoshlilarga nisbatan ko‘prok kuzatilmokda. Aytish mumkinki, ayollarda 83,3% xolatlarda yassi xujayrali rak turi uchramoqda. Aynan katta yoshli ayollarda rakning bu turi endofit shaklda o‘sib davoning qiyinlashiga va prognozining yaxshi bo‘lmasligiga sabab bo‘lmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF MALIGNANT TUMORS OF THE CERVIX IN FERTILE AND ELDERLY WOMEN. (BUKHARA REGION)

The aim of the study is to study the clinical, anatomical and morphological features of malignant neoplasms of the cervix uteri in fertile and elderly women. The study is based on retrospective and prospective data from 60 patients with malignant cervical cancer. The disease is more common in 52.2-year-old women than in 35-39-year-olds and 60-64-year-olds. We can say that in 83.3% of cases, women develop squamous cell carcinoma. It is in older women that this type of cancer develops into an endophyte, which complicates treatment and worsens the prognosis.

Текст научной работы на тему «FERTIL VA KEKSA YOSHLI AYOLLARDA BACHADON BO‘YNI XAVFLI O‘SMALARI TAHLILI (BUXORO VILOYATIDA)»

Scientific Journal Impact Factor

UDK: 618.146-006

FERTIL VA KEKSA YOSHLI AYOLLARDA BACHADON BO'YNI XAVFLI O'SMALARI TAHLILI (BUXORO VILOYATIDA)

Maxmudova G.F. assistent, Soxibova Z.R. assistent, Mamedov U.S. kafedra mudiri, Nurboboyev A.U. assistent Buxoro Davlat tibbiyot instituti, O'zbektston Respublikasi,Buxoro.

Tadqiqotning maqsadi fertil va keksa yoshdagi ayollarda bachadon bo 'yni xavfli o 'smalarining kliniko-anatomo-morfologik xususiyatlarini o 'rganishdan iborat. Izlanish bachadon bo 'yni xavfli o 'smasi bo 'lgan 60 nafar bemorning retrospektiv va prospektiv malumotlari asosida olib borildi. Kasallanish 52,2 yoshli ayollarda 35-39 yosh xamda 60-64 yoshlilarga nisbatan ko'prok kuzatilmokda. Aytish mumkinki, ayollarda 83,3% xolatlarda yassi xujayrali rak turi uchramoqda. Aynan katta yoshli ayollarda rakning bu turi endofit shaklda o 'sib davoning qiyinlashiga va prognoziningyaxshi bo 'lmasligiga sabab bo 'lmoqda.

Kalit so'zlar: endofit, retrospektiv, prospektiv, yassi xujayrali rak

АНАЛИЗ НА ЗЛОКАЧЕСТВЕННЫЕ ОПУХОЛИ ШЕЙКИ МАТКИ У ФЕРТИЛЬНЫХ И ПОХИЛЫХЖЕНЩИЩБУХАРСКОЙ РАГИОН)

Махмудова Г.Ф. ассистент, Сохибова З.Р. ассистент, Мамедов У.С. заведуюший кафедрой , Нурбобоев А.У. ассистент Бухарский государственный медицинский институт, Республика

Узбекистана, Бухара

АННОТАЦИЯ

Цель исследования - изучить клинико-анатомо-морфологические особенности злокачественных новообразований шейки матки у фертильных и пожилых женщин. Исследование основано на ретроспективных и проспективных данных 60 пациентов со злокачественным раком шейки матки. Заболевание чаще встречается у 52,2-летних женщин, чем у 35-39-летних и 60-64-летних. Можно сказать, что в 83,3% случаев у женщин развивается плоскоклеточный рак. Именно у пожилых женщин этот тип рака перерастает в эндофит, что затрудняет лечение и ухудшает прогноз.

Ключевые слова: эндофит, ретроспектив, проспектив, плоскоклеточный

рак.

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor

ANALYSIS OF MALIGNANT TUMORS OF THE CERVIX IN FERTILE AND ELDERLY WOMEN. (BUKHARA REGION)

Makhmudova G.F. assistant ,Sokhibova Z.R. assistant , Mamedov U.S. head of department, Nurboboyev A.U. asssitant Bukhara State Medical Institute, Republic of Uzbekistan, Bukhara e-mail: gulj amol9219@gmail .com

The aim of the study is to study the clinical, anatomical and morphological features of malignant neoplasms of the cervix uteri in fertile and elderly women. The study is based on retrospective and prospective data from 60 patients with malignant cervical cancer. The disease is more common in 52.2-year-old women than in 35-39-year-olds and 60-64-year-olds. We can say that in 83.3% of cases, women develop squamous cell carcinoma. It is in older women that this type of cancer develops into an endophyte, which complicates treatment and worsens the prognosis.

Key words: endophyte, retrospective, prospect, squamous cell carcinoma.

Hozirgi kunda bachadon buyni saratoni (BBS) ayollar o'limiga olib keluvchi asosiy sabablardan biri bo'lib hisoblanadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra yiliga 14 mln dan ortiq insonda saraton bilan kasallanish va kasallikdan 8 mln o'lim holatlari qayd etilmoqda.[3,7] Turli sanoat korxonalari chiqindilari ta'siri, ayollar turmush tarzining izdan chiqishi oqibatida «...har yili dunyo bo'yicha 555100 BBS kasalligi hisobga olinadi, bulardan 309800 holatlarda shu kasallikdan vafot etganlar ro'yxatga olingan».[4,9] Oxirgi yillarda xavfli o'sma kasalliklari bilan xastalangan ayollar soni, jumladan, sut bezi, bachadon bo'yni, bachadon tanasi va tuxumdonlar saratoni ko'payishining kuzatilishi nafaqat tibbiyot sohasi xodimlari, balki boshqa ko'pgina tashkilotlar xodimlarining hal qilinishi zarur muammolaridan biri hisoblanadi. [14]

Dunyo bo'yicha bachadon bo'yni saratoni xavf omillari yuqori bo'lgan hududlarning epidemiologik xususiyatlari va majmuaviy profilaktik tadbirlar ishlab chiqish samaradorligiga erishish maqsadida qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi vazifalar hududiy xususiyatlarni hisobga olib, trendlarni baholash va bashoratlash, ayollar orasida bachadon bo'yni saratoni bilan kasallanish va o'lim ko'rsatkichlarining epidemiologik tahlilini asoslash; ayollar orasida kasallik kelib chiqish xavfi yuqori bo'lgan hududlarda bachadon bo'yni saratoni bilan

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

kasallanish va o'lim holatlarining ko'rsatkichlarini qiyosiy baholash tizimini asoslashdan iborat.[7,13]

Onkoepidemiologik ko'rsatkichlarni matematik modellashtirish asosida bachadon bo'yni saratoni bilan kasallanish va o'lim ko'rsatkichini bashoratlash dasturlari va algoritmlarini ishlab chiqish, bemorlar hayot sifatiga ta'sir etuvchi omillarni bashoratlash, sog'lomlashtiruvchi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va oldini olishga qaratilgan davolash tizimini tashkillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. [4,7]

JSST bergan malumotiga ko'ra har yili 500000dan ortiq ayol bachadon bo'yni o'smalari bilan ro'yxatga olinadi. O'zbekistonda bu ko'rsatkich sut bezi xavfli o'smalaridan keyin 2-o'rinda turadi, har 100000 aholiga 4,6 tani tashkil qiladi. Saratonning bu turi rivojlanayotgan davlatlarning tibbiy va ijtimoiy muammolaridan biriga aylanib bormoqda.[2,9]

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki bachadon bo'yni xavfli o'smalarining yassi hujayrali turi 34-36 yoshda, adenokarsinoma tipi esa 60-62 yoshda ko'proq uchrar ekan. [15]

Buxoro viloyatida bu ko'rsatkich Buxoro shaxrida eng ko'p qayd qilinmoqda(2012-2017yy). Tashxisi aniqlangan bemorlar orasida o'lim ko'rsatkichi G'ijduvon va Qorako'l tumanlarda boshqa tumanlarga nisbatan yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda. Shunday qilib bachadon bo'yni saratoni bor bo'lgan bemorlarda kasallikning yoshga xos klinik kechishini o'rganish, prognostik natijalarini aniqlash va davolash samaradorligini oshirish ilmiy-amaliy nuqtai nazardan klinik onkoginekologiyaning dolzarb muammosi hisoblanadi.[14]

TADQIQOT MAQSADI

Mazkur izlanishning maqsadi bachadon bo'yni xavfli o'smalarini turli yoshdagi ayollarda kliniko-morfologik turlari, xususiyatlari, qulay diagnostik usullarini o'rganishdan iborat.

MATERIALLAR VA USULLAR

Bachadon bo'yni xavfli o'smalarining turli yoshdagi ayollarda birlamchi gistologik verifikatsiyasi maqsadida 60 nafar bemorda retrospektiv va prospektiv malumotlar asosida materiallar yig'ildi.Bachadon bo'yni saratoni bilan kasallanganlarning 22 (36,7%) nafarini fertil yoshdagi ayollar va 38 (63,3%) nafarini yoshi katta bemorlar va 25 nafar nazorat guruhidagi bemorlar tashkil qildi. Ilmiy izlanish klinik ko'rsatkichlar va sito-gistologik,UTT, kolposkopik tekshiruvlar asosida olib borildi. Bemorlarning barchasi Buxoro viloyati onkologiya dispanserida nazoratda turadi.

Scientific Journal Impact Factor

Natijalar:O'rganishlar shuni ko'rsatdiki, bachadon bo'yni xavfli o'smalari ayollar yoshi oshib borishi bilan ortib bormoqda. Bu ekstragenital kasalliklar va organizmning yosh o'tishi bilan sistematik o'zgarishi bilan xarakterlanadi.Kasallanish 52,2 yoshli ayollarda 35-39 yosh xamda 60-64 yoshlilarga nisbatan ko'prok kuzatilmokda. Biz o'rgangan xarakterli ko'rsatkichlardan yana biri shuki, xar to'rt nafar ayoldan bittasida bachadon bo'yni xavfli o'smasiga sabab erta turmush qurish xisoblanadi. Aytish mumkinki, ayollarda 83,3% xolatlarda yassi xujayrali rak turi uchramoqda. Bu jinsiy yo'llarning morfologik o'ziga xosligi xisoblanadi. Aynan katta yoshli ayollarda rakning bu turi endofit shaklda o'sib davoning qiyinlashiga va prognozining yaxshi bo'lmasligiga sabab bo'lmoqda.

Ikki guruhdagi 60 ta bemorlarning hammasida va nazoratguruhidagi 10ta (40%) bemorda bachadon bo'yni patologiyasi ko'rsatilgan(ma'lumotlar kelgusi materialda to'laligicha aks etirilgan).Ob'ektiv ginekologik tadqiqotda hamma bemorlarda tashqi jinsiyorganlar to'g'ri rivojlangan. Uretra, parauretral yo'llar, qin oldi kattabezlar yo'li patologik o'zgarishlarsiz kechgan. Nazorat guruhidagi hamma bemorlarning bachadon o'lchami to'g'ri faqatgina 3ta bemor (12%) ning anamnezida tug'ilgan bolaning katta vazndaligi sababli bachadon o'lchami ozgina kattalashgan. UTT ma'lumotlari bo'yicha bachadonda patologiya mavjud bo'lmagan. Nazorat guruhidagi 6 ta (24%) bemorlarda yallig'lanish jarayonidan qolgan qoldiq ko'rinishlari qayd qilingan.

Izlanishlar davomida bemorlarda hayz va reproduktiv faoliyatga axamiyat berilgan xolda hayzning xarakteri va davomiyligi, jinsiy hayotning boshlanish yoshi, birinchi xomiladorlik, tug'ruq va tug'ruqlar soni, abortlar,o'tkazilgan genital va ekstraganital kasalliklar kabi asosiy ko'rsatkichlar xam o'rganilib chiqildi. Ko'rikdan o'tkazilgan ayollarni anamnez xulosalari shuni ko'rsatadiki, ular bolalikda, usmirlikda va o'rta yoshda ko'p kasallik va jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishgan, II guruhdagi 38ta ayolni tekshirilganda, ulardan 33 (86,8%) tasi yoshligida yuqumli kasalliklar bilan og'rigani ma'lum bo'ldi.

1-guruhda yuqumli kasalliklarni 13ta bemor (59,1%) boshidan kechirgan.

Nazorat guruhidagi 25ta bemordan 12 tasi (48%) bolalikda yuqumlikasalliklar

bilan kasallangan. Avvalda ekstragenital kasalliklar bilankasallanganlar o'rganilayotgan hamma guruhlarga ko'rsatilgan: 1 guruhda 22

ta bemordan 19 tasi (86,3%);

2-guruhda 38ta bemorlardan 34 tasi (89,5%) anamnezida ekstragenital patologiyani boshidan kechirgan; nazorat guruhida bu ko'rsatgich 25ta bemordan 9 tasida (36%) namoyon bo'lgan.

Scientific Journal Impact Factor

Ko'rik davomida shu narsa aniqlandiki, 1 va 2 guruhdan 28ta bemorda (46,7%) genitaliy patalogiyasi mavjud bo'lib, ulardan yarmi genitaliyning surunkali yalig'lanish jarayonidir. Aniqrog'i, ularda genitaliyning yalig'lanish kasalliklari asosiy kasallik aniqlangandan oldin tashxis qo'yilgan.

Ikkita guruhdagi 26ta bemorda (43,3%) avvaldan bachadon bo'yni patalogiyasi mavjudligi ma'lum bo'ldi.

Hayz funksiyasining tahlili shuni ko'rsatadiki, ko'rikdan o'tkazilgan ayollarda menarxening o'rtacha yoshi 15,5±3,5 yosh bo'lib 12 dan 16 gacha bo'lgan oraliqni tashkil etgan. 12-14 yoshdagi menarxe 35ta bemorda (58,3%), 15 yosh va undan katta yoshda 18 (30%) ta bemor va 7 bemorda (11,7%) hayzning erta kelishi kuzatilgan. Shunday qilib, 45% ko'rikdan o'tkazilgan bemorlarda hayz funksiyasida o'zgarishlari kuzatilib va shu holat jinsiy yetilish davrida gipotalamus - gipofiz-tuxumdon- bachadon sistemasida buzilishlarga sabab bo'lgan. 36 ta bemorda (60%) jinsiy rivojlanish davrida hayz o'rtacha qon ketish bilan kuzatilsa, 12 bemorda (20%) ko'p qon ketish holati kuzatilgan, 6 ta bemorda (10%) qon ketish kam miqdorda va 6ta bemorda (10%) -og'riqli hayz qon ketish holati kuzatilgan. Ayol umri davomida, ayniqsa reproduktiv yoshda, menstrual qon ketish xarakteri o'zgargan, 42ta (70%) bemorda hayz ko'p qon ketish va qon lahtalari bilan kelish kuzatilgan bo'lib o'n kundan ortiq davom etgan, ya'ni gipermenstrual sindrom kuzatilgan. Yana shu narsa fikrni o'ziga jalb qiladiki, 21ta (35%) ayolda, o'rtacha ginekologik patologiya kuzatilgandan oldin o'rtacha 2,2yil ilgari nomuntazam va ko'p qon yo'qotishli menstruatsiyalar kuzatilgan. Ginekologik patologiya aniqlangach, bu patologik jarayon 58% bemorda yanada yaqqol ko'rina boshlandi. Ko'rikdan o'tkazilganlarning ko'pchiligini menstruatsiya xarakteri vujudga kelgan ginekologik patologiyaga bog'liq bo'lgan. Menstruatsiyasi ko'p miqdorda qon ketish bilan birga, asiklik va og'riqli kuzatilgan.

Reproduktiv funksiya tahlili shuni ko'rsatdiki, birinchi guruhda birlamchi bepushtlik 2ta (9%), ikkilamchi bepushtlik 3ta (13,6%) bemorda belgilangan. 5ta (22,7%) bemorning anamnezida 1 dan 6 tagacha bola oldirish (abort) holati kuzatilgan. Kuzatuv ostida anamnezida 3 tadan ortiq tug'ruq holati mavjud 4ta bemor (18,2%) va 5ta ayol (22,7%) 1 tadan 5 tagacha sun'iy abort qilgan. Shunday qilib, operativ amaliyotga muhtoj bo'lmagan ayollar anamnezida ko'p sonli sun'iy va o'z -o'zidan sodir bo'lgan abortlar soni yuqori bo'lgan. Ikkinchi guruhda birlamchi va ikkilamchi bepushtlik bilan 11ta (28,9%) ayol tashkil qilgan.

Scientific Journal Impact Factor

BBO'larining gistologik tuzilishi

Gistologik tuzilishi Yosh Itogo

18-49yosh 49 yoshdan katta

Silliq xujayrali 12 54,5% 17 44,7% 29 48,3%

shoxlangan

Silliq xujayrali 5 22,7% 7 18,4% 12 20%

shoxlanmagan

Past 1 4,5% 4 10,5% 5 8,3%

differensiyalashgan

Adenokarsinoma 4 18,2% 9 23,7% 13 21,7%

Bezli silliq xujayrali - - 1 2,6% 1 1,7%

Jami: 22 100% 38 100% 60 100%

Jadvalda tadqiqot guruhlarida o'smalarning gistologik turlarining nisbati ko'rsatilgan. Umuman olganda xar ikkala tadqiqot guruxidagi o'smalarning 70% sillik xujayrali karsinomalar bo'lib, ulardan 69%ni silliq xujayrali shoxlangan karsinoma, 28,6 ni silliq hujayrali shoxlanmagan va 2,4%ni bezli silliq xujayrali o'smalar tashkil etdi. 30% xolatda past differensialashgan va adenokarsinoma xujayrali o'smalar tashqil qildi.

BBO'larining differensiatsiya darajasi

Daraja Yosh Itogo

18-49yosh 49 yoshdan katta

Yuqori 13 59% 21 55,3% 34 56,7%

O'rta 6 27,4% 11 28,9% 17 28,3%

Past 3 13,6% 6 15,8% 9 15%

Jami: 22 100% 38 100% 60 100%

Bachadon bo'yni saratoniga chalingan bemorlarning aksariyati xam asosiy, xam taqqoslash guruxida yuqori darajada (56,7%) saraton kasalligiga chalingan deb aytish mumkin. Har ikkala guruxda xam past darajadagi saraton kamroq bo'lgan, ammo 60 yoshdan oshgan bemorlarda bu deyarli 2 baravar ko'p uchragan.

1va 2-guruhdagi 37 (61,7%) ta bemorning anamnezida bachadon bo'yni eroziyasi bo'lganligi ma'lum bo'lgan va ularda davolashning destruktiv usuli qo'llanilgan: 27 (73%) bemorlarda bachadon bo'yni patalogik qismining elektrokoagulyatsiyasi va 10 (27%)bemorlarda kriodestruksiya o'tkazilgan.

Kolposkopik tadqiqot natijasida 1-guruhdan 22ta (31,4%)bemorda, 2-guruhdan 10ta (33,3%) bemorda va nazorat guruhidan 8ta (32%)bemorda bachadon bo'yni va

servikal kanalning shilliq qismidayalig'lanish jarayoni, ekzo-va endotservisit belgilari

180

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

qayd qilingan. Bubemorlarda gipermiya va shish paydo bo'lishi asosida sirka kislotasining3% li eritmasi bilan ishlab chiqilgandan keyin paydo bo'lgan qiziltoshmalar qayd etilgan. Shiller (sinama)si o'tkazilgandan keyin butoshmalarning silliq emasligi va zichligi ma'lum bo'lgan. Servisitningnamoyon bo'lishiga gipe rmiya va sarg'ish suyuqlik ajralib chiqayotganservikal kanal atrofidagi ko'zga ko'rinarli shish sabab bo'lgan. Ektopikelementlar bilan birgalikda namoyon bo'lgan ekzotservitningkolkoskopik ko'rinishi 1-guruhdagi 2 (2,8%)ta bemorda va 2-guruhdagi 1(3,3%) bemorda namoyon bo'lgan. Shu jarayon davomida ko'zga ko'rinarligipermiya va bachadon bo'yni tashqi shilliq qavatida shish, shuningdeksekret bezining ko'payishi holati kuzatilgan. Bundan tashqari ko'zgako'rinmaydigan toshmali holat kuzatilgan. Lyugol eritmasi bilano'tkazilgan tahlilda shilliq qavatda tekis bo'lmagan dog' aniqlangan.

1-guruh 2-guruh Nazorat guruhi

Ekzo-va endotservisit 4 (18,2%) 6(15,8%) 10 (40%)

Ektopik ekzotserviks 2 (9%) 2 (5,3%) 1 (4%)

Ekzotserviksning nobotiv kistasi 6 (27,3%) 8(21%) 6(24%)

Ekzotservit 3 (13,6%) 2(5,3%) 2(8%)

Servikal kanal polipi 1(4,5%) 3(7,9%) 4(16%)

Leykoplakiya 2 (9%) 4(10,5%) 2(8%)

Ektopiya 1(4,5%) 2(5,3%) -

CIN I-II 3(13,6%) 8(21%) -

Saraton kasalligi - 3(7,9%) -

Kolposkopik tadqiqotda transformatsiya zonali ektopiyaekzotserviks va qinning shilliq qavatidagi yalig'lanish jarayoni 1-guruhda1ta (1,4%) ikkinchi guruhda 2 (6,6%) va nazorat guruhidagi 1ta (5%)bemorda kuzatilgan. Jarrohlikdan keyin kapillyarlarning kengayishidanhosil bo'lgan, sirka kislotasi eritmasi bilan sinovdan keyin oqish tusoluvchi aniq ko'rinishga ega bo'lmagan qiznish rang dog'lar paydo bo'lgan.Qinning shilliq qavati shish borligi, tahlil qilinayotgan jarayonda yengilog'riqli bo'lishi va ba'zida qon ketishi bilan farqlangan. Shillerinamasi o'tkazilgandan keyin yallig'lanish jarayonini rivojlanishidaekzotserviks va qinning shilliq qavvatida epiteliyning ba'ziqismlarida deskvamatsiya va qurish natijasida

Scientific Journal Impact Factor

silliq bo'lmagan,yodonegativ va yodopozitiv qismlarida toshmalarning paydo bo'lishi kuzatilgan.

Adabiyotlarini tahlil qilganda shu narsaga guvoh bo'lamizki, bachadon bo'yni xuddi bachadonning o'zi kabi gormon talab qiluvchi organ bo'lib, patologik o'zgarishlar rivojlanish asosida aniq patogenetik mexanizmlar umumiyligini ko'rsatadi. Lekin anatomik va funksional nuktai nazardan, bachadon bo'yni avtonom holatdagi organ bo'lib, shu sababli ularda rivojlanadigan patologiya hususan ginekologik patologiyalar hozirgi kungacha to'lik o'rganilmagan. Xususan bachadon muammosi mavjud bemorlarda bachadon bo'yni kasalliklari stukturasi subtotal gisterektomiya o'tkazilgandan keyin bemorlarda bachadon bo'yni xolati dispanser nazoratiga kiritilgan jarrohlik yo'li bilan davolanmagan bemorlarning kasallik strukturasi to'lik o'rganilmagan. Bachadon bo'yni davolanish usullari sermahsuligi va o'tkazilgan davolanishdan keyingi reabilitasion prinsiplar ham aniqlanmagan. O'zinig yuqori sifatlari bilan tadqiqotning yuqoridagi usuli diagnostika qilinishi bilan rivojlangan usullardan biri sanaladi. Lekin tashxis qo'yishda agar ko'rsatma berilgan bo'lsa, bachadon bo'yni bioptatining morfologik tadkikot usuli xal qiluvchi usul hisoblanadi.

O'rganishlar shuni ko'rsatdiki, bachadon bo'yni o'smalari yosh ulg'ayib borishi bilan ko'payib boradi. Sinovdagi barcha ayollarning 53,5%ida sarkomaning yuqori differinsatsiyalangan turi uchrar ekan.Keksa yoshli ayollarda bachadon bo'yni xavfli o'smasi ko'proq va murakkabroq uchrashi xamda davodan keyingi yomon oqibatlari o'smaning bachadon bo'ynidan 1sm va undan ko'proq chuqur invaziya berishi, bachadon bo'yni vaginal qismining to'liq zararlanishi, o'smaning anatomik jixatdan endofit o'sishi va regionar limfa tugunlarga nisbatan ko'proq metastaz berishi bilan bog'liq. Shu sababli ayollarni yoshga nisbatan guruxlarga bo'lgan xolda birlamchi tibbiy muassasalarda erta klinik va diagnostik ko'riqdan o'tkazish xamda oilaviy poliklinikalarda skrining tekshiruvlarini joriy qilmoq lozim.

REFERENCES

[1] Аксель Е.М., Т.И. Ушакова. Статистика злокачественных новообразований у пожилых. //Материалы Европейской школы по онкологии "Рак у пожилых: достижения и перспективы"- Москва, 19-20 ноября, 2001 г.

[2] Аксель Е.М. Статистика злокачественных новообразований женской половой сферы. Онкогинекология 2012; 1: 18—23.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

[3] Анализ результатов хирургического лечения рака шейки матки пациенток фертильного возраста -В.С. Наврузова Республиканский онкологический научный центр Министерства здравоохранения Республики Узбекистан.2015й

[4] Горобцова В.В., Ковалев А.А. Рак шейки матки: актуальность проблемы, принципы лечения. // Главный врач Юга России. 2016; 1 (48): 63-66.

[5] Джемал А., Винеис П., Брей Ф., Торре Л., Форман Д. (редакция) Атлас по онкологии. Издание второе. - Атланта, штат Джорджия: Американское онкологическое общество, 2014 г.

[6] Левшин В.Ф., Завельская А.Я. Факторы риска и профилактика рака шейки матки. // Вопр. онкологии. 2017; 63 (3): 506-16.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[7]Махмудова, Г. Ф., Темирова, Д. В., &Баротова, Ш. Б. (2021). Бачадон буйни хавфли усмаларининг ёшга хос хусусиятлари. Academicresearchineducationalsciences, 2(5), 186-196. https://doi.org/10.24411/2181-1385-202100871

[8] Н.Ш. Юлдашева, В.С. Наврузова Рак шейки матки.(монография). Тошкент-2014;8-64.

[9]Новик В.И. Эпидемиология рака шейки матки, факторы риска, скрининг // Практическая онкогинекология: Избранные лекции / Под редакцией У.Ф. Урманчеевой, С.А. Тюляндина, В.М. Моисеенко. - Санкт-Петербург: Центр ТОММ, 2008. - С. 101-115.

[10] Cibas ES, Ducatman BS. Cervical and vaginal cytology. Cytology. Diagnostic principles and clinical correlations. Saunders Elsevier 2009.

Elliott P., Coppleson M., Russell P. et al. Early invasive (FIGO stage IA) carcinoma of the cervix: a clinico-pathologic study of 476 cases. // Int J Gynecol Cancer. - 2000. -V. 10, N 1. - P. 42-52.

[11] Khodzhaeva D. I., Aslonov S. G. Modern Approaches to Oropharyngeal Cancer Therapy//International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences. 2021. - P. 38-39.

[12] Makhmudova G.F. Age-related clinical,anatomical and morphological features of malignant tumors of the cervix// Journal of science and technology//2021.-P.-475-480.

[13] M.R. Turdiyev, Z.R. Sokhibova, (2021). Morphometric Characteristics Of The Spleen Of White Rats In Normal And In Chronic Radiation Disease. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 3(02), 146-154.

[14] NurovJ.R.,MamedovU.S., KhalikovaF.S.Influence of Changes in the Intestinal Microflora after Gastrectomy and Correction Methods //Annals of the Romanian Society for Cell Biology.- 2021. - Vol. 25(4). - P. 1922-1926.

[15] NurovJ.R.,KhalikovaF.S. Long-term results of surgical treatment patients with stomach cancer // Вестникнаукииобразования.- 2020. - №23-2(101). -С. 85-89.

Scientific Journal Impact Factor

[16] Z.R. Sokhibova, M.R. Turdiyev, (2021). Some Features Of Laboratory Indicators Of Micro And Macro-Elementary Condition Of The Organism Of Female Age Women Innormality And In Iron Deficiency. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 3(02), MO- 145.

[17] Jonibekovich J. J. The Role of Computed Tomography in Pneumonia in Patients with Associated Coronavirus Infection //Middle European Scientific Bulletin. - 2021.

- T. 13.

[18] Ilkhomovna K. D. Modern Look of Facial Skin Cancer //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2021. - T. 1. - №. 1.

- C. 85-89

[19] Ilkhomovna K. D. Morphological Features of Tumor in Different Treatment Options for Patients with Locally Advanced Breast Cancer //International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology. - 2021. - T. 1. - №. 2. - C. 4-5.

[20].Mamedov U.S., Pulatova D.SH. The Results of Cancer Treatment of the Oral Caviti Tumors in //the Republic of Uzbekistan European journal of Pharmaceutical and Medical Research. -2019. - 6(9). - P. 326-329.

[21] SOKHIBOVA Z. R., AKHMEDOVA N. S., BOLTAEV K. J. SOME FEATURES OF LABORATORY INDICATORS OF MICRO AND MACRO-ELEMENTARY STATUS OF THE ORGANISM OF FEMALE AGE WOMEN IN NORMALITY AND IN IRON DEFICIENCY //EHOME^KUHHABAAMA.nKET^yPHA.nH. - C. 238.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.