Научная статья на тему 'AZOTOBACTER SP. NI KMS ASOSIDA OLINGAN GIDROGELIGA IMMOBILLASHNI OPTIMAL SHAROITLARINI O‘RGARISH'

AZOTOBACTER SP. NI KMS ASOSIDA OLINGAN GIDROGELIGA IMMOBILLASHNI OPTIMAL SHAROITLARINI O‘RGARISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Rajabov T, Tashmuxamedova Sh, Kadirova Z

Mamlakatimizdagi suv resurslarining 20 foizi o‘zimizda, katta qismi qo‘shni davlatlarda shakllanadi. Iqlim o‘zgarishi oqibatida suv manbalari yil sayin kamayib bormoqda. Transchegaraviy daryolarni boshqarish bo‘yicha vaziyat ham jiddiy. Bularning ta’sirida 2030-yilga borib yurtimizdagi suv tanqisligi 15 milliard kub metrga yetishi prognoz qilinayapti. Lekin shu holatda ham suvdan samarasiz foydalanilayapti. Mamlakatimizdagi jami suv resursining 90 foizi qishloq xo‘jaligida sarflanayapti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AZOTOBACTER SP. NI KMS ASOSIDA OLINGAN GIDROGELIGA IMMOBILLASHNI OPTIMAL SHAROITLARINI O‘RGARISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

AZOTOBACTER SP. NI KMS ASOSIDA OLINGAN GIDROGELIGA IMMOBILLASHNI OPTIMAL SHAROITLARINI O'RGARISH

1Rajabov T., 2Tashmuxamedova Sh., 3Kadirova Z.

1,2,3 O'zbekiston Milliy Universiteti, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent https://doi.org/10.5281/zenodo.13846337 Mamlakatimizdagi suv resurslarining 20 foizi o'zimizda, katta qismi qo'shni davlatlarda shakllanadi. Iqlim o'zgarishi oqibatida suv manbalari yil sayin kamayib bormoqda. Transchegaraviy daryolarni boshqarish bo'yicha vaziyat ham jiddiy. Bularning ta'sirida 2030-yilga borib yurtimizdagi suv tanqisligi 15 milliard kub metrga yetishi prognoz qilinayapti. Lekin shu holatda ham suvdan samarasiz foydalanilayapti. Mamlakatimizdagi jami suv resursining 90 foizi qishloq xo'jaligida sarflanayapti. Masalan, yurtimizda bir gektar paxta maydonini sug'orish uchun yiliga 10-11 ming kubmetr suv sarflangani holda, iqlimi va yeri biznikiga o'xshash mamlakatlarda bundan 2-3 baravar kam suv ishlatilayapti. U ham bo'lsa, suvni to'g'ri boshqarish, isrof qilmaslik hisobiga. Suv xo'jaligiga har yili o'rtacha 1 milliard dollar mablag' yo'naltirilmoqda. Bu soha budjetdan mablag' olish bo'yicha ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligidan keyin 4-o'rinda turadi. Ammo tizimda hisob-kitob to'g'ri yo'lga qo'yilmagani, suv resurslarini boshqarishda eskicha yondashuvlar saqlanib qolgani uchun samara kam.[5] Biz bu borada o'simliklarni sho'rlangan yerlar, suv tanqis bo'lgan yerlar va qumli cho'llarda o'sishini ta'minlash uchun va hosildorligini oshirish uchun biopreparatimizdan foydalanishimiz mumkin.

Qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga alohida e'tibor qaratildi. Davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganligi natijasida 2020-yilning o'zida qo'shimcha 133 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi [5]. Karboksi metil selluloza va polivinil spirit asosida olingan sorbentlar yuqori darajada o'ziga boshqa moddalarni shimdirishi mumkin [2]. Bu xususiyatdan foydalanib KMS asosida olingan sorbentlarga biologik faol moddalarni shimdirib, biologik faol moddalar bilan to'yingan sorbentni inson organizmidagi yaralarni davolash,qon to'xtatish va yaralarni chandiqsiz bitkazishda va ko'p miqdorda adsorbsiya qilish xususiyati orqali o'simliklarni o'stirishda gidrogel sifatida foydalanish mumkin.[1]

Qishloq xo'jaligi ekinlaridan ko'p hosil olishda faqatgina zamburug'lar muhim rol o'ynamay balki, bu o'rinda azot fiksatsiyalovchi mikroorganizmlarning ham ahamiyati kattadir. Shu sababli, ushbu ishda biz azot fiksatsiyalovchi bakteriyalarni ham gidrogelga immobillashni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik.

Ma'lumki, barcha o'simliklar hayotida, unib chiqish davridan boshlab, yetuk o'simlik bo'lgunga qadar bo'lgan davrda fitogarmonlar va mikroelementlar muhim rol o'ynaydi. Shu sababdan ham, biz ushbu ishda zamburug'lardan tashqari azot fiksatsiyalovchi Azotobaster sp dan va uning ta'sirida L-608 g'o'za navini o'sishiga, rivojlanishiga ta'sirini kuzatdik.[4]

Buning uchun yuqorida qayd etilgan gidrogeliga mikroorganizm hujayralarini biriktirish jarayonini, ya'ni adsorbsiyalashni analogik ravishda Azotobacter sp bilan amalga oshirdik. Bunda, Eshbi ozuqa muhitidan 100 ml miqdorda olib, unga 2.0 ml miqdorda Azotbacter sp mikroorganizmidan soldik va 3 sutka davomida chuqur kul'tivirlashni amalga oshirdik. So'ngra ushbu aralashmani 180 ob/min tezlikda tebratgichda 28-300S haroratda 1,0%, 2,0%, 3,0% -gidrogel' bilan 12-60 soat davomida inkubatsiya qildik.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

Inkubatsiya jarayonining 12-60 soat davomida amalga oshirib, so'ngra immobillangan Azotobacter sp hujayralari sonini Goryaeva kamerasida sanab aniqladik. Olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan.

Jadval-1

Gidrogelga turli soatlarda (12-60) immobillangan Azotobacter sp hujayralarni soni (koe/ml)

Gidrogel eritmalari Gidrogelga immobillangan Azotobacter sp hujayralar soni (koe/ml)

12 24 36 48 60

1 % 5x103 1x104 1,5x104 3x104 3,5x104

2 % 10x103 1.5x104 2.5x104 4x104 5x104

3 % 15x103 2.5x104 3,5x104 5x104 7x104

Olingan natijalardan ko'rinib turibdiki, 1.0% gidrogelga immobillangan ko'rsatkich 12-60 coatda 3,5x104 koe/ml ni tashkil etdi.

2.0% va 3.0% gidrogellarga immobillangan bakteriya hujayralarining ko'rsatkichlari ancha yuqori. 1 jadvalda keltirilgan ma'lumotlarda 2.0% gidrogel' eritmasiga 60 soat davomida 5x104koe/ml miqdorda bakteriya hujayralari adsorbsiyalanar ekan. Gidrogelning 3,0% eritmasida esa shu vaqt davomida immobillangan Azotobacter sp hujayralari soni 7x104koe/ml ga teng. Shunday qilib, biz gidrogelga Azotobacter sp ni immobillab, bunda 3,0% gidrogel' Azotobacter sp ni immobillash uchun yetarli konsentratsiya ekanligini aniqladik.

REFERENCES

1. Abduxakimov Tal'at., Sherquziev Doniyor..Farpan asosida olingan namsaqlovchi kompleks o'g'itlarning fizikkimyoviy tadqiq qilish mashinasozlik ilmiy- texnika jurnali №6 (Maxsus son), 2022 1-bet

2. Ahmed Enas M, Aggor Fatma S, Awad Ahmed M, El-Aref Ahmed T. An innovative method for preparation of nanometal hydroxide superabsorbent hydrogel. Carbohydr Polym 2013;91:693-8.

3. Rajabov T.T., Rajabova Sh.Sh. Karboksimetil selluloza (KMS) va polivinil spirt (PVS) asosida sorbent olish Xorazm ma'mun akademiyasi axborotnomasi 1-2022 15-be

4. Shirinov Sh., Sherkukiev D. Sh., Qurbonov N.M., Jalilov A.T. // Oyzbekistonda suvni tejovchi polimer gidrogellarni olish texnologiyasini ishlab chiqish. Farg'ona politexnika, ilmiy jurnal -Farg'ona, 2017.-Jil. 21. - Yo'q. 2.- B. 116-120

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo'jaligi obyektlari xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 6-apreldagi PF-6200-son farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.