Научная статья на тему 'AYOLLAR O„RTASIDA O„ZBEKISTON CHEMPIONATI 2022-YILGI MAVSUM BIRINCHI DAVRA BAXSLARIDA “SEVINCH”, “SO„G„DIYONA” VA “BUNYODKOR” JAMOALARINING TEXNIK USULLARI ANIQLIGI TAHLILI'

AYOLLAR O„RTASIDA O„ZBEKISTON CHEMPIONATI 2022-YILGI MAVSUM BIRINCHI DAVRA BAXSLARIDA “SEVINCH”, “SO„G„DIYONA” VA “BUNYODKOR” JAMOALARINING TEXNIK USULLARI ANIQLIGI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

46
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aniq zarbalar / ayollar futboli / zarbalar taxlili / ayollar futboli muammolari / zarba aniqligi indikatorlari. / clear shots / women‟s football / analysis of shots / problems of women‟s football / indicator of clear shots.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Nafosatxon Xayrullo Qizi Xabibullayeva, Javlonbek Abdukaxor O„G„Li Zulxaydarov

Ushbu maqolada ayollar o„rtasida O„zbekiston chempionati 2022-yilgi mavsum 1-davrasida darvoza tomon berilgan zarbalarning aniqlilik samaradorligi taxlil qilingan. Bu orqali soha mutaxassislari uchun o„yin jarayonida darvozaga tomon zarba berish ko„rsatkichlari va ahamiyati, bu jabhada kuzatiladigan muammolar haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the effectiveness of the accuracy of shots to the goal in the 1st round of the 2022 season of the Uzbekistan Women's Championship is analyzed. In this way, the indicators and importance of hitting the goal during the game, as well as the problems observed in this front, are described for experts in the field

Текст научной работы на тему «AYOLLAR O„RTASIDA O„ZBEKISTON CHEMPIONATI 2022-YILGI MAVSUM BIRINCHI DAVRA BAXSLARIDA “SEVINCH”, “SO„G„DIYONA” VA “BUNYODKOR” JAMOALARINING TEXNIK USULLARI ANIQLIGI TAHLILI»

AYOLLAR O'RTASIDA O'ZBEKISTON CHEMPIONATI 2022-YILGI

MAVSUM BIRINCHI DAVRA BAXSLARIDA "SEVINCH", "SO'G'DIYONA" VA "BUNYODKOR" JAMOALARINING TEXNIK

USULLARIANIQLIGI TAHLILI

Nafosatxon Xayrullo qizi Xabibullayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Xotin-qizlar sporti" yo'nalishi 1-bosqich

talabasi

Javlonbek Abdukaxor o'g'li Zulxaydarov

Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg'or texnologiyalarini tadbiq etish

markazi tayanch doktoranti

ANNOSTATSIYA

Ushbu maqolada ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati 2022-yilgi mavsum 1-davrasida darvoza tomon berilgan zarbalarning aniqlilik samaradorligi taxlil qilingan. Bu orqali soha mutaxassislari uchun o'yin jarayonida darvozaga tomon zarba berish ko'rsatkichlari va ahamiyati, bu jabhada kuzatiladigan muammolar haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: aniq zarbalar, ayollar futboli, zarbalar taxlili,ayollar futboli muammolari, zarba aniqligi indikatorlari.

ABSTRACT

In this article, the effectiveness of the accuracy of shots to the goal in the 1st round of the 2022 season of the Uzbekistan Women's Championship is analyzed. In this way, the indicators and importance of hitting the goal during the game, as well as the problems observed in this front, are described for experts in the field.

Keywords: clear shots, women's football, analysis of shots, problems of women's football, indicator of clear shots.

KIRISH

Prezidentimizning 2019-yil 4-dekabr sanasidagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli farmonida ham mamlakatimizda futbolni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ayollar futbolini rivojlantirish, ayollar futbol jamoalarini infratuzilmalarini takomillashtirish, ayollar o'rtasida chempionat va birinchi liga musobaqalarida raqobatbardosh jamoalarni

April, 2023

140

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

yaratish, yurtimizda yosh qizlar orasida futbolga qiziqishlarini orttirish borasida bir qator vazifalar belgilangan va bu orqali ayollar terma jamoasi uchun nomzodlarni shakllantirish terma jamoa va klublar o'rtasidagi xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qo'lga kiritish asosiy maqsad qilib olingan [1]. Ushbu farmon samarasi o'laroq ayol futbolchilarning qo'lga kiritayotgan yutuqlari hajmi tobora ortib bormoqda. Bunda mashg'ulotlar jarayonida ko'proq yosh futbolchi qizlarning jalb qilinishi soxa mutaxassislari uchun katta ma'suliyat yuklaydi. Ayniqsa, yosh qizlarning sportda o'z o'rnini topishida ayol murabbiylarning o'rni juda katta [3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har xil yoshdagi xotin-qizlarning futbol bilan shug'ullanishi asosan ikkita maqsadga qaratilgan bo'lib, birinchi navbatda salomatlikni yaxshilash va kelgusi avlodni ham sog'lom qilib tarbiyalash bo'lsa, yana bir tomondan ular ham huddi erkaklar singari futbol orqali yurtimiz sharafini himoya qilish va shon-shuhratini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish hisoblanadi. Bundan tashqari ayollar futbolida ham yaqin yillarga qaraganda moliyaviy tomondan e'tibor ham ancha yaxshilangan va bu orqali xotin-qizlarimiz soxa orqali yaxshigina daromad topish imkoniga ega bo'lmoqda.

Bunday imkoniyatlarga ega bo'lish barobarida xotin-qizlarimizga ham turli jismoniy, ruxiy, texnik va taktik jihatdan bir qator talablari mavjud hisoblanadi. Bu soxada o'z o'rnini egallashi va yillar davomida raqobatbardosh muhitda statusini saqlab qolish uchun ayollarimizdan tinimsiz mehnat va kundalik turmush tarzini to'g'ri tashkil qilishi talab etiladi [6].

Yuksak sport natijalariga erishish ko'p jihatdan ayol futbolchilarning texnik usulllarning hilma-xil vositalarini qanchalik to'liq bilishiga, raqib jamoaning futbolchilariga qarshilik ko'rsatishlariga, o'yin jarayonida charchoq orta borayotgan sharoitda o'yin faoliyatidagi turli vaziyatlarda texnik-taktik harakatlarni mohirlik bilan samarali qo'llay bilishiga hamda o'yin jarayonida standart vaziyatlar, darvoza tomon zarba berishning aniqligi. Futbolda darvoza tomon beriladigan zarbalarning kuchli, aniq va samarali bo'lishi uchun mashg'ulot jarayonida har tomonlama tayyorgarlik ko'rish talab etiladi [4].

Darvoza tomon zarba berish aniqligi samaradorligini yuqori bo'lishi jamoaning hujumdagi taktik harakatlarni samarali yakunlashning asosi hisoblanadi. Shu sababdan darvoza tomon berilayotgan zarbalarning aniqlilik samaradorligi yuqori bo'lishi natija yaxshi bo'lishi uchun dolzarb bo'ladi.

April, 2023

Tadqiqotning maqsadi: Ayollar futboli yetakchi jamoalarining O'zbekiston chempionati baxslarida darvoza tomon zarbalar aniqligini taxlil qilish.

Tadqiqot ishi yetakchi ayollar futbol jamoalari "Sevinch" "So'g'diyona-w" "Bunyodkor-w" ning O'zbekiston chempionati 2022-yilgi mavsum 1-davra baxslaridagi o'yinlarda darvoza tomon berilgan zarbalarning aniqligi samarado rligi tahlil qilingan.

Tadqiqot natijalari: Tadqiqotdan olingan ma'lumotlarning o'rtacha qiymatlari har bir jamoa uchun alohida jadvalda yoritib o'tildi. 1-jadvalda "Sevinch" PFC jamoasining 1-9 tur doirasida o'tkazgan o'yinlarida jamoa a'zolari tomonidan darvoza tomon berilgan zarbalar soni aniqligi ko'rsatilgan. Unga ko'ra jamoa 1 -turda "Neftchi-w" ga qarshi o'yinda 18 ta zarbadan 10 ta aniq va 6 ta noaniq zarba bergan. Yana 2 ta zarba raqib a'zolari tomonidan blokga uchragan. 2-tur "Navbaxor-w" jamoasiga jami 22 ta zarba berilgan, shulardan 14 ta aniq,6 ta noaniq va 2 ta to'silgan zarba bo'lgan. 3-tur "So'g'diyona-w" darvozasiga yo'llangan 14 ta zarbadan 7 tasi aniq darvozaga yetib brogan. 6 zarba noaniq bo'lsa, 1ta zarba raqib tomonidan to'siqga uchragan. 4-tur "Qizilqum-w"ga qarshi 19 ta zarbani 9 tasi aniq, 5 tadan noaniq va to'silgan zarbalar berilgan. 5-turdagi raqib "Lokomotiv-w" darvozasiga jami 21 ta zarba (11 ta aniq, 8 ta noaniq va 2 ta blok) berilgan. 6-tur baxslarida sevinchchilar "Paxtakor-w" darvozasiga 24 ta zarba yo'llashdi (12 ta aniq, 8 ta xato va 4 ta blok). 7-tur "Metallurg-w" jamoasiga qarshi jamoaning zarbalar borasida eng sermaxsul o'yini bo'ldi. Shu kuni 31 ta zarbbadan 15 tasi darvoza tomon aniq yetib brogan bo'lsa, 12 ta zarba tehnik xatoliklarga uchradi va 4 ta zarba metallurgchilarning to'sig'iga uchradi. 8-tur "AGMK-W" darvozasiga 20 ta zarba (8/4/3) va 9-tur "Bunyodkor"ga qarshi baxsda 15 ta zarbadan 8 ta aniq va 4 ta noaniq zarba bo'lsa 3 ta zarba to'siqqga ega bo'ldi.

2-jadvalda "So'g'diyona-w" jamoasining o'yinlarda ko'rsatkichlari ma'lumotlari berilgan. 1-turda jamoa "AGMK-w" ga qarshi qiyin kechgan baxsda jami 12 ta zarba yo'llab 6 tasi aniq va 5 ta noaniq va 1 ta blok zarba bo'ldi. 2 -tur "Neftchi-w" bilan baxsda 18 ta zarbadan 13 ta aniq,3 ta noaniq va 2 ta to'silgan zarba yo'llashdi. 3-tur "Sevinch" bilan markaziy baxsda jamoa 11 zarba berdi (5/3/3). 4-tur O'yinida "Lokomotiv-w" ga 25 ta zarba (15/8/2). 5-turda "Metallurg-w" jamoasi darvozasiga jami yo'llangan 34 ta zarbaning 19 tasi manzilga aniq yetib borib, 7 ta zarba noaniq yo'llanib , 8 ta zarba to'siqga uchradi. 6-tur "Bunyodkor-w" darvozasi 14 bor o'qqa tutildi, shundan 7 ta aniq, 5 ta noaniq va 2 ta blok zarba. 7-tur "Navbaxor-w" ga qarshi 17 ta zarbadan 9 ta aniq, 6 ta noaniq va 2 ta noaniq zarba yo'llandi. 8-tur "Qizilqum-w" jamoasiga qarshi 24 ta zarba berilib, 11 ta aniq,7 ta noaniq va 6 ta to'siq zarba bo'lgan.

April, 2023

142

9-tur "Paxtakor-w" ga qarshi o'yinda jami 21 ta zarba (12/8/1) berilgan.

3-jadvalda "Bunyodkor-w" jamoasining o'yinlardagi ko'rsatkichlari berilgan. Jamoa 1-turda "Navbaxor-w" ga qarshi baxsda 23 ta zarba (12/7/4), 2-tur "Qizilqum-w" ga qarshi 16 ta zarba (9/5/2), 3-tur "Paxtakor-w" darvozasiga jami 15 ta zarba yo'llandi (10/4/1). 4-tur "AGMK-W" darvozasiga 12 zarba (6/5/1) va 5-tur "Neftchi-w" ga qarshi 14 ta zarba (8/4/2). 6-tur "So'g'diyona-w" bilan baxsda 12 zarbadan 6ta aniq, 3 tadan noaniq va blok zarbalar. 7-tur "Lokomotiv-w" darvozasi 23 bor o'qqa tutilib, mos ravishda 14-7 va 2 ta aniq, noaniq va blok zarbalar berildi. 8-tur "Metallurg-w" bilan baxsda jamoa 20 bor zarba berib, 13 ta aniq va 7 ta noaniq amalga oshirildi. 9-tur "Sevinch-w" bilan baxs 16 ta jami zarba 6 ta aniq 8 ta noaniq va 2 ta blok zarba berilgan.

1-jadval

"Sevinch" PFC ning ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati 1-davra baxslarida darvoza tomon berilgan zarbalar ko'rsatkichlari taxlili natijalari.

O'yin Zarbalar Aniq Noaniq To'silgan

Raqib jamoalar natijasi soni zarbalar zarbalar zarbalar

soni % soni % soni %

1 Neftchi-w 6:0 18 10 55.5 6 33.3 2 11.2

2 Navbaxor-w 9:0 22 14 63.6 6 27.2 2 9.2

3 So'g'diyona-w 1:1 14 7 50 6 42.8 1 7.2

4 Qizilqum-w 5:1 19 9 47.4 5 26.3 5 26.3

5 Lokomotiv-w 5:0 21 11 52.8 8 38 2 9.2

6 Paxtakor-w 5:0 24 12 50 8 33.4 4 16.6

7 Metallurg-w 7:1 31 15 48.3 12 38.7 4 13

8 AGMK-w 6:0 20 14 70 6 30 0 0

9 Bunyodkor-w 1:1 15 8 53.3 4 26.6 3 20.1

Jami 45:4 184 100 54.3 61 33.1 23 12.6

2-jadval

"So'g'diyona-w" jamoasining ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati 1-davra baxslarida darvoza tomon berilgan zarbalar ko'rsatkichlari taxlili natijalari.

O'yin Zarbalar Aniq Noaniq To'silgan

Raqib jamoalar natijasi soni zarbalar zarbalar zarbalar

soni % soni % soni %

1 AGMK-w 1:0 12 6 50 5 41.6 1 8.4

2 Neftchi-w 5:0 18 13 72.2 3 16.6 2 11.2

April, 2023

143

3 Sevinch 1:1 11 5 45.6 3 27.2 3 27.2

4 Lokomotiv-w 8:0 25 15 60 8 32 2 8

5 Metallurg-w 11:1 34 19 56 7 20.5 8 23.5

6 Bunyodkor-w 2:1 14 7 50 5 35.7 2 14.3

7 Navbaxor-w 3:0 17 9 52.9 6 35.3 2 11.8

8 Qizilqum-w 5:0 24 11 45.8 7 29.2 6 25

9 Paxtakor-w 5:0 21 12 57.1 8 38.1 1 4.8

Jami 41:3 176 97 55.1 52 29.5 27 15.4

3-jadval

"Bunyodkor-w" jamoasining ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati 1-davra baxslarida darvoza tomon berilgan zarbalar ko'rsatkichlari taxlili natijalari.

O'yin Zarbalar Aniq Noaniq To'silgan

Raqib jamoalar natijasi soni zarbalar zarbalar zarbalar

soni % soni % soni %

1 Navbaxor-w 7:0 23 12 52.2 7 30.5 4 17.3

2 Qizilqum-w 4:3 16 9 56.2 5 31.2 2 12.6

3 Paxtakor-w 3:0 15 10 66.6 4 26.6 1 6.8

4 AGMK-w 3:2 12 6 50 5 41.6 1 8.4

5 Neftchi-w 3:1 14 8 57.1 4 28.5 2 14.3

6 So'g'diyona-w 1:2 12 6 50 3 25 3 25

7 Lokomotiv-w 7:0 23 14 60.8 7 30.4 2 8.8

8 Metallurg-w 5:1 20 13 65 7 35 0 0

9 Sevinch 1:1 16 6 37.5 8 50 2 12.5

jami 33:10 141 84 59.5 50 35.4 17 12.1

NATIJALAR

Birinchi davra davomida 9 ta o'yinda "Sevinch" PFC jami 184 ta zarbani darvoza tomon yo'llagan va ulardan 100 tasi manzilga aniq yetib brogan bo'lsa, jamoa hisobida 1-davra yakunida 45 ta gol mavjud bo'ldi. Aniq zarbalar ko'rsatkichi 54.3% ni tashkil etdi. 61 ta zarba noaniq yo'llanib umumiy zarbaning 33.1% ni tashkil etdi. 23 ta zarba umumiy zarbaning 12.6 foizi raqiblar tomonidan to'sishga erishildi. "So'g'diyona-w" 9 ta baxsda jami 176 marotaba zarba yo'llagan va 97 tasi manzilga aniq yetib borib, 41 ta zarba golga aylangan. Aniq zarbalarning ulushi 55.1 % ni tashkil etdi. Jamoa tomonidan berilgan 52 ta zarba (29.5 %) noaniq yo'llangan. 27 ta zarba (15,4 %) esa raqiblar tomonidan to'sishga erishilgan. "Bunyodkor-w" jamoasida jami 141 ta zarba va ulardan 84 tasi aniq (59,5 %), 33 ta gol kiritildi. 50 ta zarba (umumiy zarbaning

April, 2023

144

35.4 % i) noaniq yo'llangan. 17 ta zarba esa raqiblar blokiga uchragan.

1-rasm. Yetakchi ayollar futbol jamoalarining solishtirma ko'rsatkichlari.

XULOSA

O'zbekiston chempionatining 3 ta eng kuchli hisoblangan "Sevinch" PFC, "So'g'diyona-w" va "Bunyodkor-w" jamoasining o'yinlarini taxlil qilganda shu narsa ma'lum bo'ldiki, eng yetakchi hisoblangan jamoalarimizda ham darvoza tomon zarba berish aniqligi bo'yicha muammolar mavjud. Eng yuqori aniqlilik ko'rsatkichi qayd etilgan "Bunyodkor-w" jamoasida 59,5 % ni tashkil etdi. Qiziqarli jihati shundaki "Bunkodkor-w" bu 3 jamoa ichida eng kam darvoza tomon zarba bergan jamoa hisoblanadi: 141 ta zarba. Solishtirib ko'radigan bo'lsak, sevinch va so'g'diyona jamoalarida mos ravishda 184 va 176 tadan zarba qayd etilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabr sanasidagi "O'zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887 sonli farmoni.

2. ^aBHOHÖeK ASgy^axop yran 3ynxafigapoB. OyröonHHnapHH Taöepnam ^apaeHHgara Mycoöa^anap ^aonHtfrn

April, 2023

145

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

KypcaTKH^napHHH Taxnun KunumHuHr axaMutfra. Academic research in educational sciences (ares), volume 2, issue 10,764-770.

3. A6gynaxaroB A.P. 3ynxaugapoB ^.A. npo^eccuoHan $yT6onHunapHH ^HCMOHHH TaueprapnurH 6yuHHa MogennamTupum Metepnapu. MyrarnuM , 1(1)2022, 106-110.

4. 3ynxaugapoB ^.A. ro^opu ManaKanu ^yT6onHunapHH Maxcyc HugaMKopnuruHH puBO^naHTHpum. HffrepHayKa.23(199) 2021r. 55-56.

5. Zulxaydarov J.A. O'zbekistonda stritbol-sport turini rivojlantirish. PROSPECTS FOR THE NATIONAL SPORT DEVELOPMENT OF - KURASH. April 8-9. chirchiq-2022.

6. J.A.Zulxaydarov, S.D.Abduraximov. Ayollar futbolini rivojlantirishning istiqbollari. Academic research in educational sciences (ARES), volume 3, issue 11,588-593.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.