Научная статья на тему '“TURLI DARAJADAGI VA AMPLUADAGI FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGI XUSUSIYATLARNI O’RGANISH”'

“TURLI DARAJADAGI VA AMPLUADAGI FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGI XUSUSIYATLARNI O’RGANISH” Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

269
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hujumchi / texnik xatolar / darvozabon texnikasi / jarima maydoni / javob hujum. / striker / technical errors / goalkeeper technique / penalty area / counterattack

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sarvar Sirojiddinovich Baxodirov

Ushbu maqolada millionlar o’yini futbolda texnik harakatlar,qarshi hujum,o’yinchilarning o’yinga tayyorgarlik jarayonlarini ko’rib chiqamiz,qarshi hujumlarning uyushtirilishi va himoyaga jiddiy tayyorgarlik ko’rish jarayonini kuzatish mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"STUDY OF THE TECHNICAL TRAINING FEATURES OF PLAYERS OF DIFFERENT LEVELS AND AMPLUA"

In this article, we will look at the technical actions, counter-attack, and players ’preparation processes for a game of millions in football, as well as the organization of counter-attacks and the process of serious preparation for defense

Текст научной работы на тему «“TURLI DARAJADAGI VA AMPLUADAGI FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGI XUSUSIYATLARNI O’RGANISH”»

"TURLI DARAJADAGI VA AMPLUADAGI FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGI XUSUSIYATLARNI O'RGANISH"

Sarvar Sirojiddinovich Baxodirov

Qarshi davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada millionlar o'yini futbolda texnik harakatlar,qarshi hujum,o'yinchilarning o'yinga tayyorgarlik jarayonlarini ko'rib chiqamiz,qarshi hujumlarning uyushtirilishi va himoyaga jiddiy tayyorgarlik ko'rish jarayonini kuzatish mumkin.

Kalit so'zlar: hujumchi, texnik xatolar, darvozabon texnikasi, jarima maydoni, javob hujum.

"STUDY OF THE TECHNICAL TRAINING FEATURES OF PLAYERS OF

DIFFERENT LEVELS AND AMPLUA"

ABSTRACT

In this article, we will look at the technical actions, counter-attack, and players 'preparation processes for a game of millions in football, as well as the organization of counter-attacks and the process of serious preparation for defense.

Keywords: striker, technical errors, goalkeeper technique, penalty area, counterattack.

KIRISH

Davrvozabonnig o'yin texnikasi maydon o'yinchisining o'yin texnikasidan tubdan farq qiladi. Bu darvozabonga qoidaga binoan jarima maydoni ichida qo'l bilan to'p o'ynashga ruxsat etilgani bilan bog'liqdir.

Quyidagi priyomlar gruppasi darvozabonning o'yin texnikasiga kiradi: to'pni ilib olish, qaytarish, o'tkazib yuborish va tashlash. O'yinda sheriklar va raqib jamoasi o'yinchilarning qayerda turganiga, shuningdek to'p harakatining yo'nalishi, trayektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatining xilma-xil priyomlari. Usul va turlari qo'llaniladi.

O'yin jarayonida darvozabon maydon o'yinchisi ixtiyoridagi kerakli texnik priyomlardan foydalanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Texnik priyomlarning muvaffaqiyatli bajarilishi ko'p jihatdan darvozabonning harakatga qanchalik tayyor turganligi bilan belgilanadi. Darvozabonning to'g'ri dastlabki holatda bo'lishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir. Bunday dastlabki holat oyoqlarni yelka kengligida kerib, sal bukib turish bilan xarakterlanadi. Yarim bukik qo'llar ko'krak balandligida oldinga uzatiladi. Kaftlar old tomon ichkariga qaragan. Barmoqlar sal bo'shashtirilgan. Dastlabki holatning to'g'ri bo'lishi darvozabonga og'irlik markazi qo'lini tezlik bilan tayanch satqidan tashqari chiqarib olib, lozim bo'lgan harakatlarni oddiy, juftlama yoki chalishtirma qadam tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini beradi. Raqibining yakunlovchi zarbalaridan darvozani bevosita himoya qilishda darvozabon quyidagilarga rioya qilish kerak:

1. Pozitsiya tanlash. To'g'ri tanlangan pozitsiya darvozabonga eng kam kuch sarflab, raqiblar darvozaga yo'naltirgan to'plarni ishonchli qabul qilib olish imkonini beradi. Bunda hujum qilayotgan komandaning to'pni boshqarayotgan o'yinchisi holatini, ya'ni qanday burchak hosil qilib zarba berilishini hisobga olish zarur. Burchak qanchalik o'tkir bo'lsa (masalan, raqiblar jamoasining o'yinchisi qanotda darvoza chizig'iga yetib kolsa), darvozabon to'pni egallab turgan o'yinchi tomondagi ustunga shunchalik yaqinlasha boradi. Markazdan hujum bo'lganda darvozabon nishonga urish burchagini toraytirish va darvozaning istalgan burchagiga yo'naltirilgan to'pni olishni osonlashtirish uchun bir oz oldinroqqa chiqishi kerak. Pozitsiyani yaxshi tanlovchi darvozabon to'pga kamdan-kam yiqilib tashlanadi. Bu esa hujumchi go'yo darvozabonni poylab to'p yo'naltirganday taassurot hosil qiladi. Xuddi shuning o'zi pozitsiya tanlay bilishga berilgan eng yuksak bahodir.

2. Qaysi hujumchi qanday yo'nalishda zarba berishni yaxshi ko'rishini biladi. Tajribali darvozabonlar raqiblar harakatini sinchiklab o'rganib, ba'zan har qaysi yetakchi hujumchiga kartotekadek bir nima tuzib boradilar. Bu umumiy qonuniyatlargagina emas, balki mazkur muayyan raqibning xususiyatlariga asoslanib pozitsiya tanlashni ko'p jihatdan osonlashtiradi. Shuning uchun darvozabon gohida «to'g'ri pozitsiya»dan u yoki bu tomonga ko'proq siljib mantiqan to'g'ri qiladi.

3. O'z harakatlarining kuchli va zaif tomonlarini bilish. Ayrim hollarda darvozabon yiqila turib to'p olish qulayroq tomonda darvozaning kattaroq qismini qoldiradi. Bu hol darvozaning kattaroq qismini to'sish uchun eng qulay pozitsiya tanlash imkonini beradi. Joy tanlashni takomillashtirish uzviy suratda trenirovka qilishni, har bir match davomida yig'inchoqlikni, nihoyatda e'tibor bilan o'ynashni, bosiqlik va shoshilmaslikni talab qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Harakat usulini tanlab olish darvozabonga berilgan zarbani qaytaruvchi texnik usulni to'g'ri ijro etish imkonini beradi. Bunda darvozabon: darvozadagi o'z pozitsiyasini, to'pning uchish trayektoriyasini (to'p yuqoridan, pastdan, yon tomonga yaqinroqdan, uzoqroqdan va hokazo kelayotganini); zarba kuchini, ya'ni to'pning uchish tezligini (to'pni ilib olish tomoniga surilish yoki uni yiqila turib ilish kerakligi shunga bog'liq); o'z o'yinchilari va raqib o'yinchilari qanday joylashganligini (shunga qarab to'pni ilib olish, qaytarib yuborish yoki tashqariga o'tkazib yuborish kerakligi hal qilinadi); maydon va to'pning ahvolini (to'pning sirti va yer ho'lmi yoki quruq ekani va hokazo) e'tiborga oladi.

Harakat usulini aniqlab olgandan keyin darvozabon tegishli texnik usul yordamida uni amalga oshiradi.

Darvozadan chiqqandagi harakatlar:

O'yindagi ahvol darvozabonni ko'pincha darvozani tashlab chiqib, jarima maydoni doirasida harakat qilishga majbur etadi. Bunday hollarda darvozabon yo jarima maydoni doirasiga yo'naltirilgan (uzatilgan) to'plarni tutib oladi, yo bo'lmasa to'pni qo'lga kiritish uchun raqib bilan yakkama-yakka kurash boshlaydi (bunda to'p darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqan hujumchi nazoratida bo'lishi, uchib kelayotgan to'p esa «hech kimda» bo'lmasligi kerak).

Darvozabon quyidagi hollarda darvozani tashlab chiqishi mumkin.

- darvozadan chiqish nihoyatda zarur bo 'lsa;

- darvozabon tepalatib uzatilgan to'pga yeta olishiga, ya'ni o'z o'yinchilarining va raqib tomon o'yinchilarining joylashishi birmuncha bemalol harakat qilish imkonini berishiga ishonsa;

- raqib g'izillatib uzatgan to'p darvoza yaqinida o'tayotgan bo'lsa.

Darvozabon quyidagi hollarda darvozani tashlab chiqmasligi kerak:

- to'pni qo'lga kiritish uchun kerakli pozitsiyaga o'tib ulgurishiga ishonmasa;

- himoyachilardan birortasi to'pni egallagan hujumchi bilan yoki «neytral to'p» uchun kurashib turgan bo'lsa;

- jarima maydoni o'yinchilarga to'lib ketib, ular darvozabonning kerakli pozitsiyaga chiqishiga xalaqit berishi mumkin bo'lsa.

Tashlab chiqilgan darvoza raqib uchun ochilib qolishini darvozabon hamma vaqt esda tutishi, shuning uchun ham qanday bo'lmasin, to'pni qo'lga kiritib, hujumdagilarni zarba berish imkoniyatidan mahrum qilishi kerak.

Darvozabonning hujumdagi harakatlari:

O'yin vaqtida to'pni qo'lga kiritgandan keyin yoki darvozadan tepish huquqini olgandan keyin, o'z komandasining hujum harakatlari boshlang'ich bosqichini uyushtirib berish darvozabonning muhim vazifasi hisoblanadi.

Darvozadan tepishda hujum uyushtirish:

Darvozadan tepishda hujum uyushtirishning ikki xil usuli bor:

1. Darvozabonning to'pni qo'lga kiritish huquqini olishi mo'ljallangan kombinatsiya. Darvozabon to'pni himoyachilardan biriga, ko'proq qanot himoyachisiga oshiradi, u esa to'pni darvozabonning o'ziga qaytaradi. Darvozabon to'pni qo'lga kiritib, hujumni turli usulda (qo'lda tashlab berib, qisqa, o'rtacha va uzoq masofalarga tepib berib) davom ettirishi mumkin.

Darvozadan tepib o' yin boshlaganda, hamma kombinatsiyalar trenirovka paytida to'pni raqib tutib olishiga yo'l qo'ymaydigan darajada obdon ishlangan bo'lishi kerak.

2. To'pni ochilgan sheriklardan biriga uzatib berish. Darvozabon to'pni qulay pozitsiyaga chiqib ochilgan sheriklaridan biriga oshiradi. To'p qancha uzoq masofaga uzatilsa, hujum shunchalik tez rivoj topa oladi, chunki bu xildagi birinchi uzatishdayoq raqibning bir qator o'yinchilari mudofaada faol qatnashishdan mahrum bo'lib qoladi.

Darvozabon turli masofalarga to'p uzatishning umumiy qonunlarini bilishi shart: to'p qanchalik qisqa masofaga uzatilsa, uni oldirib qo'yish ehtimoli shunchalik kam; qanchalik uzoq masofaga uzatilsa, o'yin shunchalik keskinroq bo'ladi. Shuning uchun to'pni qanot tomonda ochilgan o'yinchiga - qisqa masofaga uzatgan ma'qul, chunki raqib to'pni tutib qolganda ham, darvozaga bevosita xavf sola olmaydi.

Javob hujumi uyushtirish:

O'yin vaqtida to'pni qo'lga kiritganidan keyin darvozabon uni qo'li bilan uzatib, javob hujumi harakatlarini boshlab beradi yoki oyoq bilan tepib uzatadi. Bunda qo'l bilan tashlangan to'p sherikka juda aniq yo'naltirilsa ham, qisqa masofaga yetib borishini (to'g'ri, to'pni qo'l bilan 30-40 metrga yetkazib beradigan darvozabonlar ham bor), tepilganda esa, masofa uzaysa-da, yetkazib berish aniqligi kamayib ketishini hisobga olish kerak.

Darvozabon javob hujumi boshlanayotganda muayyan taktik vazifani hal qiladi, chunki bu vaqtda uning sheriklari komanda harakatlarining taktik rejasini amalga oshirish uchun eng qulay pozitsiyaga chiqish niyatida manyovrlar qilishayotgan bo'ladi. Bu vazifaning to'g'ri hal etilishi komandaga tashabbusni qo'lda saqlash, raqibni o'zi uchun qulay sharoitda o'ynashga majbur qilish imkonini beradi. Darvozabon javob hujumi uyushtirayotganda, undan nima talab qilinishini

yaxshi bilishi kerak. Agar komanda qanot hujumchilarining tezkor harakatlaridan bot-bot foydalanayotgan bo'lsa, to'pni qanotdagi uzoq joyga uzatib bergani ma'qul.

To'pni o'yinga kiritish usulini tanlash yoki javob hujumini boshlashda darvozabon quyidagilarga amal qiladi:

- darvozadan tepish yoki darvozabon boshlaydigan javob hujumida komanda harakatlarini uyushtirish rejasi;

- o'yindagi vaziyat va sheriklardan har birining bu vaziyatni qanchalik tez baholay bilishi;

- o'z hujumchilarining «neytral to'p» uchun raqiblarga qarshi, ayniqsa havoda yakkama-yakka kurashi natijalar (agar himoyachilar osongina yutib chiqishayotgan bo'lsa, to'pni yuqorilatib maydon markaziga tepib berish maqsadga muvofiq emas va, aksincha, raqib to'pni yo'lda tutib qolishga intilib o'ynayotgan bo'lsa, unda to'pni uzoq joyga - himoyachilar orqasiga uzatib berishdan foydalanish mumkin va hokazo);

- o'z darvozasi xavfsizligini (ayniqsa, qo'l bilan to'p uzatayotganda) maksimal saqlab qolish vazifasi.

Sheriklar faoliyatini boshqarish:

Hozirgi vaqtda butun komandaning hujumi va, ayniqsa, mudofaasini uyushtirishni boshqarmaydigan darvozabonni tasavvur ham qilib bo'lmaydi. Darvozabon o'yin vaziyatini tezgina baholab, hujumning yo'nalishi, straxovka uchun to'g'ri joylashib olish to'g'risida sheriklariga qisqa va lo'nda ko'rsatmalar berishi shart. Bu ishni u to'pni e'tibordan chetda qoldirmay, hatto o'zi kurash olib borayotgan paytlarda ham qilishi kerak. Mudofaada ishonch bilan harakat qilish, mudofaaning barqaror va mustahkam bo'lishi ko'p jihatdan darvozabon bilan himoyachilarning (birinchi galda markaziy himoyachilarning) bir-birlarini nihoyatda yaxshi tushunishlariga bog'liq. Bevosita darvoza yaqinida jarima to'pi yoki erkin to'p tepilayotganda, «devor» yasashga, shuningdek, burchakdan tepish paytlarida darvozabonning bir o'zi boshchilik qiladi.

Darvozabonning taktik tayyorgarligini takomillashtirishda quyidagilar ko'zda tutiladi:

a) tanlanadigan harakatlarni aniq, vaqtida va tez belgilab olish;

b) darvozada, jarima maydonida mo'ljal ola bilish;

v) yuksak mahorat bilan «o'yinni o'qiy olish», ya'ni mudofaa va hujumda o'yin sharoitini a'lo darajada tushunish asosida sheriklar bilan hamkorlik qilish.

Ko'pgina futbol murabbiylari,ximoya chizig'ida o'ynagan futbolchilar raqib jamoa tomonidan tez qarshi xujumga ximoyalanish ximoyachilarga katta qiyinchilikni yuzaga keltirishni ta'kidlashadi.

Ularning fikricha, bunday vaziyatlarda ximoyachilar quyidagicha taktik o'yin ko'гsatishlari lozim.

1. Raqib futbolchining biгinchi to'p uzatishni qay tomonga berishni faximlay olish va bu to'p uzatishga to'sqinlik qilish;

2. Raqibni xato qilishga, to'pni o'z jarima maydoniga uzatishga majbur etish;

3. O'z jamoasining xujumidan so'ng tezlik bilan ximoyaga qaytish, raqib xujumchilami ko'zdan qochirmaslik.

P. Kazakov (1991) tez qarshi xujumga ximoyada xarakatlanishni quyidagicha izoxlashadi.

Ximoyachilami tez xujumga qarehi o'yinlaгi ko'p xollaгda qiyin kechadi. Shuning uchun ximoyada jamoaning yarim ximoya futbolchilari xam yordam berishlari kerak. O'yin jarayonida xujum uyushtirayotgan ikki xujumchi, ikki ximoyasiga qarshi samarali xarakatlana olishda va daivozaga to'p kiritishda qiyin vaziyatga tushmaydi. Ximoyachilaming ko'p bo'lishi bunday xolatni yuzaga keltirmaydi.

Butun Ыг jamoaning ximoyada o'yin ko'rsatish raqib jamoalarga qiyinchilik tug'diradi. Ximoya taktikasi to'pni boshqarmayotgan jamoaning xarakatlarini raqiblar xujumini bir yoqlik qiladigan neytrallaydigan qilib uyushtirishni nazarda tutadi.

Maydon markazida o'ynashning umum jamoa metodi shaxsiy, zona va aralash bo'lishi mumkin. Ma^azda o'ynashning taktik san'ati raqibni qachon o'z xoliga quymaslik va uni taqib etishni, qachon sheriklaridan biriga berib yuborish va qachon zonada o'ynashni bilishdan iboratdir.

Ximoyalanayotgan jamoa xarakatlarining xammasi xujum qilayotganlar xaгakatiga javob tariqasida bo'lib, raqiblar taktikasining xususiyatlariga qarab uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirganligi jamoaga xujum xarakatlari xam muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. Ximoyachilarning raqibdan qoidani buzmasdan to'pni olib qo'yish katta maxoratni talab yetadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda futbol bu alohida qobiliyat talab qiladigan jamoaviy o'yin hisoblanadi.Bunda o'yinchila! mhan bnga bo'lishi va Ыг-birini so'zsiz tushuna olishi, haгakatlaгning uyg'unligi o'yinning taqdiгini hal qiladi.

REFERENCES

1. Хайдаров, М., Алламуратов, М., & Хайруллаева, Н. (2021). Сравнительная оценка физического состояния подростков 11-16 лет с нарушением интеллекта. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

2. Сафарова, Д. Д., Пулатова, М. Д., & Султанова, Ю. А. (2017). Взаимоотношения показателей гемодинамики с проявлением физической работоспособности у спортсменок-дзюдоисток. Наука и спорт: современные тенденции, 14(1).

3. Пулатова, М. Д. (2020). Применение восстановительных комплексов после травматических повреждений квалифицированных борцов. Интернаука, (8-1), 22-23.

4. Шукурова, С. С., Пулатова, М. Д., & Серебряков, В. В. (2021). Изменения показателей макроэлементов в крови у футболистов после физической нагрузки. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

5. Шукурова, С. С., Сейдалиева, Л. Д., & Шарипова, С. Н. (2021). Анализ гемодинамики игроков во время тренировочного процесса. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

6. Кутлимуратов, И. Х. (2021). Футболчиларнинг турли йуналишлардаги тупни ошириб бериш хдракатларини урганиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

7. Nazirov, B. S. (2020). Master who devoted his life to sports. Theoretical & Applied Science, (6), 78-82.

8. Алиев, И. Б. (2020). Курашчиларнинг мусобака олди тайёргарлик боскичларидаги толикиш белгиларини турли х, ажмдаги таъсирига караб юкламаларни таксимлаш. Фан-спортга,(2), 42-45.

9. GAZIEV, S. (2020). Improving the speed-strength preparedness of sambo wrestlers at the stage of sports improvement. Фан^портга, (1), 56-60.

10. Bakhtiyorovich, O. B. Improvement of methodology of development of technical and tactical methods with rapid power of belbog wrestlers.

11. Madraimov, H. K., & Aliyev, I. B. (2020). Distribution of training loads, taking into account the pre-competition training of freestyle wrestlers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(9), 348-351.

12. Назаров, Н. Н., & Юсупов, Н. М. (2012). Философские особенности и развитие футбола в республике узбекистан. Педагогические науки, (3), 93-96.

13. НАЗАРОВ, Н. (2020). Мутафаккирлар илмий меросларидан фойдаланган хрлда спортчи ёшларнинг ахлокий ва эстетик карашларини шакллантириш. Фан-Cпортга, (3), 38-41.

14. Egamberdiyev, I. O. (2021). Unconventional development of balance on land in young kayakers. Academic research in educational sciences, 2(2).

15. Geyger, A. I. (2021). Immunity of swimmers in the conditions of modern training. Academic research in educational sciences, 2(2).

15. Собирова, Ш. У. (2019). Использование рекламных текстов в обучении иностранному языку. Молодой ученый, (18), 48-50.

17. Норбоева, Ф. Р. (2020). Перевод маркетинговых терминов в сфере спорта с английского языка на русский. Интернаука, (26-2), 27-28.

18. Норбоева, Ф. Р. (2020). Процесс преподавания иностранного языка в неязыковом вузе. Интернаука, 20(149 часть 2), 74.

19. Rakhmatullayevna, N. F. (2020). The role of modern pedagogical technologies in the education system. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)).

20. Xolisov, B. A. (2017). Yangi iqtisodiy siyosatning turkiston xalq xo'jaligiga ta'siri. УзМУ хабарлари, 129-132.

21. Jurayev, I. B. (2021). Futzal hakamlarining jismoniy tayyorgarlilarini yaxshilash hamda mavsumiy topshiriladigan fifa fitness testiga tayyorlash. Internauka, 4(180), 75-77.

22. Avlaev, O., & Maripov, E. (2020). The problem of emotional situations like childhood, anxiety and fear. SAARJ Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR), 9(3), 24-28.

23. Mengliboyev, A. X. (2020). Tarixiy shaxslarning milliy manfaatlar uchun kurashi tarixidan. Утмишга назар, 215-219.

24. Xojiyev, S. S. (2021). Yosh xokkey darvozabonlarining shaybani to'sish harakatlari samaradorligini oshirish. Internauka, 5(181), 99-101.

25. Шукуров, М. Н. (2021). Курашшиларнинг организмига кластерланган махсус тайерлов техник машкдарининг таъсири. Наманган Давлат Илмий Ахборотномаси, 366-369.

26. Ёкубова, Д. Т. (2020). Сурхондарё вилоятида ингичка толали пахтадан юкори хрсил олиш агротехникасининг ривожланишида м.с. истоминнинг фаолияти. Хоразм маъмун академияси ахборотномаси, 120-123.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.