Научная статья на тему 'AXLOQIY-RUHIY TAYYORGARLIKNING ZAMONAVIY USUL VA VOSITALARI'

AXLOQIY-RUHIY TAYYORGARLIKNING ZAMONAVIY USUL VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

634
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixoterapiya / psixostimul / g„oyaviy-siyosiy tarbiya / kapellanlar xizmati / uzoq masofaga marsh yurish / sportning harbiy-amaliy ahamiyati / alyans davlatlari. / psychotherapy / psychostimulus / ideological and political education / chapel service / long-distance march / military-practical significance of sports / alliance countries.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Shuxrat Nosirovich Karimov, Zebo Umidjon Qizi Inomova, Kumushoy О‘Ktamboy Qizi Rayimbayeva

Mazkur maqolada axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning zamonaviy usul va vositalari haqida sо„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the modern techniques of moral and spiritual training.

Текст научной работы на тему «AXLOQIY-RUHIY TAYYORGARLIKNING ZAMONAVIY USUL VA VOSITALARI»

AXLOQIY-RUHIY TAYYORGARLIKNING ZAMONAVIY USUL VA

VOSITALARI

Shuxrat Nosirovich Karimov

Chirchik oliy tank komondonlik muxandislik bilim yurti o'qituvchisi

Zebo Umidjon qizi Inomova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya yo'nalishi talabasi

Kumushoy O'ktamboy qizi Rayimbayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya yo'nalishi talabasi

ANOTATSIYA

Mazkur maqolada axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning zamonaviy usul va vositalari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: psixoterapiya, psixostimul, g'oyaviy-siyosiy tarbiya, kapellanlar xizmati, uzoq masofaga marsh yurish, sportning harbiy-amaliy ahamiyati, alyans davlatlari.

ABCTRACT

This article discusses the modern techniques of moral and spiritual training. Keywords: psychotherapy, psychostimulus, ideological and political education, chapel service, long-distance march, military-practical significance of sports, alliance countries.

KIRISH

Mavjud ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, oldingi vaqtlarda psixoterapiya va psixostimul elementlariga axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi sifatida qarashmagan, asosiy urg'uni g'oyaviy-siyosiy tarbiyaga qaratishgan. So'nggi paytlarda vaziyat ancha o'zgardi. Jumladan, NATO mamlakatlari harbiy ekspertlari fikrlari, Buyuk Britaniya qurolli kuchlarining Folklend orolidagi, sovet qo'shinlarining Afg'onistondagi, AQSH bilan Iroq o'rtasidagi, Suriyadagi va boshqa jangovar harakatlar tahlillari askar va ofitserlarni ruhiy jihatdan chiniqtirish uchun tayyorgarlikni jangovar vaziyatga maksimal darajada yaqinlashtirish zarurligini ko'rsatdi. Bugun ular quyidagi konsepsiyalardan iborat: jangovar o'quv mashg'ulotlarini muvaffaqiyatli o'zlashtirgan askar haqiqiy jang sharoitiga bemalol chidashi mumkin; psixologik sifatlardan birinchi navbatda ishonch

March, 2023

104

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

tuyg'usini shakllantirish lozim; psixoterapiya va psixostimullashtirishning yo'llari va usullari turli xil ko'rinishda bo'lishi lozim [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Undan tashqari, asosan, axloqiy-ruhiy sifatlar harbiy xizmatchilarning jismoniy bardoshliligi va chidamliligi bilan belgilanadi. Shuning uchun, askar va ofitserlarni tayyorlashda sportga alohida e'tibor qaratiladi. Sportning harbiy-amaliy ahamiyati nafaqat jismoniy kuch, balki, jasorat, sabr-bardoshlilik, o'ziga va o'z kuchiga ishonchdir. Shularni inobatga olgan holda, harbiy xizmatchilarni axloqiy ruhiy xususiyatlarini yaxshilash uchun NATO qo'shinlari psixologlari uzoq masofaga (6090 km.) marsh yurish, noqulay ob-havo sharoitlarida bo'linma va askarlarning harakatlarini taklif qilishadi. Alyans mamlakatlarida Arktika (Kanada, Novegiya), cho'llar (AQSH, Misr), tog'lar (AQSH, Turkiya) va tropiklardagi maxsus o'quv markazlar va lagerlar mavjud. Shuningdek, G'arb armiyalarida maxsus sharoitlar yaratilgan bo'lib, unda askarlar tashqi dunyodan uzoq vaqt izolyatsilanish davrida ochlikni bartaraf etish, aql idrokni saqlab qolish, qiyin iqlim sharoitida harakat qilish, asrlikda bo'lish, so'roq qilish va shu kabilarni o'rganishadi [1].

Ushbu o'quv markazlarida harbiy xizmatchilar jangovar vaziyatda hal qiluvchi va ishonchli harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus dasturlar asosida shug'ullanishadi. Masalan, quyidagi ikkita misolni keltirish mumkin:

1. Instruktor buyrug'i bilan askar qorong'i honaga kirib, yorug'lik chizig'idan keyin ichkariga yanada chuqurroq harakatlanadi. Har tomondan hujum qilgan dushmanni ko'rsatadigan mexanik tulum (chuchela)lar uni qichqiriq bilan otib tashlashadi va o'rgatuvchi ularni hanjar va qafas zarbalari bilan urishi kerak. "Hujum" atamalari, nayranglari, chet tillarida buyruqlar bilan sodir bo'ladi.

2. O'q otish mashqlarida transheyadagi askarlardan 50-70 metr masofada ular yakson qilishi kerak bo'lgan nishon ko'rsatiladi. Atrofida pirotexnik patronlar va shashkalar portlaydi. Bosh ustida 1 metrdan ortiq bo'lmagan balandlikda haqiqiy o'q yoki snaryadlarning halokatli elementlari ovozlari eshitiladi.

Bunday mashg'ulotlar haqiqiy jangda yuzaga kelgan vaziyatga yaqinroqdir va ushbu kechinmalar mashqlarda bosqichma-bosqich kengayib boradi. Unga qayta jihozlangan jang maydoni ko'mak beradi va buning uchun o'quv joylari va poligonlar jihozlanadi. Harbiy psixologlarning fikricha, zamonaviy o'quv maydonlari mudhish ko'rinishda, askar va ofitserlar orasida agressiyani yuzaga keltirishi va hamma joyda vayronagarchiliklar bo'lishi kerak. Axloqiy-ruhiy tayyorgarlik o'q otishlar, portlashlar, jarohatlangan insonlar bilan birga o'tishi

kerak. O'quv maydonidagi bunday vaziyatlar harbiy

March, 2023

xizmatchilarning bevosita sodir bo'layotgan voqealarni befarq qabul qilishini, ularni ruhiy jihatdan chidamliligini shakillantiradi [2].

AQSH armiyasida axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni tashkil etishdagi mashhur usullaridan biri, bo'lajak jangovar harakatlar maydonining modelini yaratish va unda harbiylarni shug'ullantirishdir.

Misol uchun, Amerika Qurolli Kuchlari Iroqqa nisbatan jangovar harakatlarni amalga oshirishdan avval, Iroqdagi hujum qilinishi kerak bo'lgan hududlarning va ulardagi obyektlarning maketlarini o'z poligonlarida yaratib, oldindan jangovar harakatlar olib borish, zarba berish va hokazolarning har xil usullarini qo'llash tartibini hamda jangovar harakatlar mobaynida qo'shinlar duch kelishi mumkin bo'lgan ruhiy va boshqa holatlarni o'rganishgan, amalda sinab ko'rib, ularning oldini olish chora-tadbirlarini avvaldan yaratishgan [3].

Shuningdek, AQSH qurolli kuchlarida axloqiy-ruhiy holatni zarur darajada shakllantirish va ushlab turish uchun radio- va televizion stansiya tarmoqlari, shuningdek, zamonaviy aloqa kanallari keng qo'llaniladi. Masalan, amerika qo'shinlarining radio va teleaxborot yetkazish tizimi Yevropada o'nta radiostansiya va to'rtta telestudiyani o'z ichiga oladi. Radio- va televizion xizmatlari, harbiy nashrlar va OAV imkoniyatlaridan foydalanib, qo'shilmalar va harbiy qismlarning shaxsiy tarkibini, ularning oila-a'zolarini axborot bilan ta'minlash bo'yicha tadbirlar rejalarini ishlab chiqish hududdagi AQSH Qurolli Kuchlarining birlashgan qo'mondonlik qo'mondonlariga yuklatilgan. Pentagon nashrlarga katta e'tibor beradi va uni uzluksiz amalga oshiradi, chunki u shaxsiy tarkibning ongiga uzoq va muntazam ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi, uz o'rnida harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy sifatlarini rivojlantiradi. Qurolli Kuchlarning ushbu sohaga javob beruvchi apparati materiallarni nashr etishga javob beradi, mamlakatda 2,5 mingdan ortiq nushada gazeta nashr qilinadi, ularning umumiy soni 102 milliontaga yetadi (2000 yildagi ma'lumotlar). AQSH Mudofaa vazirligi bevosita 20 dan ortiq, Qurolli Kuchlar turlari qo'mondonliklari taxminan 80 ta nomdagi jurnallarni chop etishadi.

Pentagon asosiy e'tiborini kapellanlar xizmatiga qaratadi, ular amerika harbiy xizmatchilarini ruhiy mustahkamligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Ular shaxsiy tarkibning diniy savollari va axloqiy-ruhiy holati bo'yicha komandirning maslahatchisi va konsultanti vazifasini o'taydi hamda askar, serjant va ofitserlarni axloqiy-estetik tamoyillar asosida tarbiyalashda katta yordam beradi [4].

Germaniya Qurolli Kuchlarini oladigan bo'lsak, ular ham jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlar bilan doimiy aloqani ushlagan holda, ro'y berayotgan ekstremal va boshqa

March, 2023

106

holatlarni tezkorlik bilan o'rganishgan, ularning maketlarini o'z poligonlarida yaratib, ma'lum sharoitda jang olib borish ko'nikmalarini takomillashtirish amaliyotini yo'lga qo'yishgan [1].

Xususan, hozirda qurolli kuchlarining umumiy soni 190 ming kishini tashkil etadi. Ulardan taxminan 10 mingga yaqini KFOR (Kosova), EUFOR (Bosniya va Gersegavina), UNLFIL (Livan), ATLANTA (Somali), UNMIS (Sudan) va RSM (Afg'oniston) dagi tinchlikparvar operatsiyalarda ishtirok etadi.

Shuningdek, Bundesver o'quv markazlarida harbiy xizmatchilarni axloqiy-ruhiy jihatdan mustahkamlash uchun jangchilarning yuksak axloqiy jangovar sifatlarini rivojlantirishga asosiy e'tibor berishmoqda.

Odatda, ular ruhiy bosimga yo'naltirilgan qo'rquv, charchoq, salbiy his tuyg'ularni keltirib chiqarish bo'yicha psixologiyaning keng tarqalgan usullarini qo'llashadi.

Dastlabki bosqicha, harbiy xizmatchilarda salbiy ruhiy holatlarni keltirib chiqaradigan sharoitlar yaratiladi. Bunda, askar befarq bo'lib yoki tushkunlikka tushib qoladi, u o'zida ishonchsizlik yoki qo'rquvni his qiladi. Ushbu holatning belgilari, bosh aylanish, ko'ngil aynish, zaiflik, uyqusizlik, ishtahani yo'qotishi va boshqalar. Ushbu bosqich shaxsiy tarkibni "tormozlanish"ga olib keladigan jismoniy va psixologik stressni o'z ichiga oladi va natijada jangchilar biror narsani qilish qobiliyatini yo'qotadi. Keyingi bosqichda, o'rgatuvchi (komandir, boshliq) ularni normal holatga keltirish uchun "psixo stimul" usullarini qo'llaydi. Bunday rag'batlantirishlar harbiy xizmatchilarni komandirlarning buyruqlarini yaxshi anglash va qat'iy bajarishini o'rgatish uchun mo'ljallangandir [5].

Bugungi kunda, yuqoridagi usullar bilan birga texnika va texnologiyaning rivojlanishi natijasida axloqiy-ruhiy tayyorgarlik vositalarining imkoniyatlari oshib bormoqda, ulardan samarali foydalanish esa harbiy xizmatchilarning jangovar ruhini ko'tarishga

va boshqa zarur sifatlarini shakllantirishga yordam beradi.

Bular quyidagilar:

Peyntbol (ing. Paintball-bo'yoq to'p) - jamoaviy o'yin bo'lib, bo'yoqli to'plar quroldan havo bosimi natijasida otilib chiqishi orqali amalga oshiriladi. Bo'yoqli to'plar jelatin qobiq bilan qoplangan bo'ladi. Uni tashkil etishda zamonaviy jangovar harakatlar maydonining modeli yaratiladi va unda harbiy xizmatchilar ushbu qurollar bilan jangovar harakatlarni amalga oshiradi. Bundan taktik darajada axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni tashkillashtirishda foydalanish mumkin.

Shuningdek, ushbu o'yinning Xardbol, Streykbol kabi turlari mavjud bo'lib, ular bir-biriga mazmunan o'xshashdir.

March, 2023

107

ISSN: 2181-1З85 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,З j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Undan tashqari, harbiy xizmatchilarni kompyuter texnikasining 3D kabi vositalaridan foydalangan holda har xil dasturlar yordamida jang maydonidagi mudhish holatlar ko'rsatilishi mumkin. U axloqiy-ruhiy holatga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan shaxsiy tarkibda immunitetni hosil qilishga qaratilgan bo'ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni hulosa qilish mumkinki, AQSH, GFR va boshqa NATO davlatlari jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlar bilan bevosita aloqani ushlagan holda, tajribalardan kelib chiqib axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni zamonaviy usulllarini qo'llashmoqda. Xususan, Arktika (Kanada, Norvegiya), cho'llar (AQSH, Misr), tog'lar (AQSH, Turkiya) va tropiklardagi maxsus o'quv markazlar va lagerlarda bo'lajak jangovar harakatlar maydonining modelini yaratish, ularda ruhiy bosimga yo'naltirilgan qo'rquv, charchoq, salbiy his-tuyg'ularni keltirib chiqarish bo'yicha psixologiyaning keng tarqalgan usullarini qo'llash, shuningdek, armiyada sportni kuchaytirish hamda OAV, kapellanlar imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, texnika va texnologiyaning rivojlanishi natijasida axloqiy-ruhiy tayyorgarlik vositalarining imkoniyatlari oshib bormoqda. Peyntbol, Xardbol, Streykbol kabi o'yinlar va kompyuter texnikasining 3D kabi vositalari shular jumlasidandir.

REFERENCES

1. С.Завьялoв. О мерах вoеннo-пoлитическoгo рукoвoдства США no швышению мoральнo-психoлoгическoгo ^стояния американских вoеннoслужащих. Зарубежше BoeHHoe oöo3peH^. 2015. №4. С. 42-45.

2. Мoральнo-психoлoгичeская пoдгoтoвка вoeннoслужащих пo-разнoму армиях мира. http://factmil .com/load/zhurnaly/armij a/45.

3. А.Эргашев. Б.Хасанбoeв. Шахсий таркибни жанг шарoитига психoлoгик тайёрлаш. http://mvvatanparvar.uz/uz/news?id=7881.

4. П.Шитов. Мoральнo-психoлoгичeскиe прoблeмы вoeннoслужащих США. Зарубeжнoe вoeннoe oбoзрeниe. 2013. №9. С. 34-38

5. П.Шитов. Мoральнo-психoлoгичeская шдготовка вoйск в зарубежных армиях. Зарубежше вoeннoe oбoзрeниe. 2013. №8. С. 29-32.

XULOSA

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.