Научная статья на тему 'Axborot xurujiga qarshi kurashish-bugungi kunning ustuvor vazifasi'

Axborot xurujiga qarshi kurashish-bugungi kunning ustuvor vazifasi Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1208
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / kiberterrorizm / axborot / axborot xuruji / tahdid / globalization / cyberterrorism / information / information attack / threat

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mahfuza Rajabova

Ushbu maqolada axborot xurujlarining yoshlarning ongini zaharlashga qaratilganligi, xalqimizning ma’naviy boyligi bo’lgan odob-axloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko’p ming yillik milliy qadriyatlarimizga putur yetkazayotganligi ko’rastib o’tilgan. Shuningdek, yuqoridagi illatlarning kelib chiqish sabablari va yechimlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FIGHT AGAINST INFORMATION ATTACKS IS TODAY’S PRIOR MISSION

The purpose of this article is to poison the minds of young people, undermining our national values, such as the moral values of our people, such as morality, demeanor, will, shame, dignity. delivery. It also explains the causes and solutions for the above.

Текст научной работы на тему «Axborot xurujiga qarshi kurashish-bugungi kunning ustuvor vazifasi»

AXBOROT XURUJIGA QARSHI KURASHISH-BUGUNGI KUNNING

USTUVOR VAZIFASI

Mahfuza Rajabova Denov tumani 42-umumiy o'rta ta'lim maktabi

Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot xurujlarining yoshlarning ongini zaharlashga qaratilganligi, xalqimizning ma 'naviy boyligi bo 'lgan odob-axloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko 'p ming yillik milliy qadriyatlarimizga putur yetkazayotganligi ko'rastib o'tilgan. Shuningdek, yuqoridagi illatlarning kelib chiqish sabablari va yechimlari ochib berilgan.

Kalit so zlar: globallashuv, kiberterrorizm, axborot, axborot xuruji, tahdid.

THE FIGHT AGAINST INFORMATION ATTACKS IS TODAY'S PRIOR

MISSION

Mahfuza Rajabova Denau district 42 general secondary school

Abstract: The purpose of this article is to poison the minds of young people, undermining our national values, such as the moral values of our people, such as morality, demeanor, will, shame, dignity. delivery. It also explains the causes and solutions for the above.

Keywords: globalization, cyberterrorism, information, information attack, threat

Bugungi globallashuv jarayonida kimki axborotga egalik qilsa, o'sha dunyoga hukmron bo'ladi, degan ibora bejiz paydo bo'lgani yo'q. Ma'naviy tahdidga, yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari avj olsa olyaptiki, aslo pasaymayapti. Bazi g'arazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanilmoqda. Jumladan, yolg'on axborot tarqatish, ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga yot bo'lgan qadriyatlarni targ'ib etish, xalqning tarixiy xotirasini buzish va o'zgartirish, kiberterrorizm kabi turlari keng tarqalmoqda. Eng achinarlisi, yoshlar asosiy axborot manbai sifatida «o'rgimchak to'ri» deb nom olgan internet tarmog'iga murojaat qilmoqda. Albatta, bu tarmoqning qulay axborot manbai ekani, istagan narsangizni undan bir zumda topa olishingiz mumkinligi, zarur bo'lsa dunyoning narigi chekkasi bilan bog'lanish imkoniyati mavjudligi muhim. Shu bilan birga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaríníng cheksiz in'omidan g'arazli manfaatlarda foydalanuvchilar soni ortib borayotganidan ham ko'z yuma olmaymiz.

Aytib o'tish kerakki, «Axborot» tushunchasi bugungi kunda global mohiyat kasb etmoqda. U inson tafakkuriga turli yo'nalishlarda tasir otkazuvchi, yaxlit insoniyat hayotini va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylandi.

Aslini olganda axborot tushunchasi dunyoqarashni ifodalaydigan barcha bilimlar sohasida qadimdan mavjud bolgan.

Axborot sohasining tez suratlar bilan o'sishi, uni avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilik hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa oz navbatida bugungi kunda g'oyatda tezkorlik bilan o'sib borayotgan «Axborotli jamiyat» nazariyasini maydonga keltirdi.

Kompyuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir-biriga boglab qo'ydi. Axborot olish, uni ishlash, saqlash va tarqatish texnologiyasining tasavvur qilib bolmaydigan darajadagi taraqqiyoti bugun jiddiy tashvishlar tugMirmoqda. Chunki hozirgi zamon kompyuterlarining eng so'nggi avlodi har birining protsessorida 80-100 million tranzistor bolib, har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara oladi. Axborot texnologiyasining ana shunday mo'jizasi tufayli xohlagan kishi Yer yuzining xohlagan nuqtasidagi odam bilan soniyalarda aloqa o'rnatishi, muammoni lahzalarda hal etishi mumkin. Ana shu holatning o'zi inson faoliyatini, tafakkur tarzini, axloqiy me'yorlarini, olamga munosabatlarini, yaxlit olganda esa yangi yuz yillikdagi insoniyat hayoti va taqdirini ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, XXI asr sivilizatsiyasi axborot xuruji , informatsion-psixologik urush qiyofasida o'zini namoyon etmoqda.

Insoniyatning kelajakdagi taqdiri va istiqboli xususida o'ylar ekanmiz, axborot texnologiyasi mohiyati, uning taraqqiyoti, inson va insoniyat hayotiga tasir o'tkazishi omillarini chuqur o'rganishni taqozo etadi. Bular quyidagilarda ko'rinadi:

Birinchidan, inson faoliyatini maqsadga muvofiq holda yo'lga quyish, yo'naltirish. Umummanfaat atrofida birlashtirish, jamoa va jamiyat ishiga daxldorlik tuyg'usini shakllantirish, insoniyat hayotini saqlashda mas'ullik, uning taqdiriga taqdirdoshlik hissini shakllantirish.

Ikkinchidan, turli fel-atvorga, tabiatga ega bolgan, oz manfaati ustuvorligiga intilayotgan siyosiy sub'ektlar o'rtasidagi o'zaro muvofiqlikni taminlash. Urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga o'tish, davlatlararo va mintaqalararo munosabatlarda bir-biridan qochish emas, bir-biriga intilish kayfiyatini yaratish, jahon muammolarini hal etishda soglom g'oyalarga tan berish ruhiyatini shakllantirish.

Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti cheksiz darajada rivojlanayotgan bir paytda uning keng imkoniyatlarini umumiy taraqqiyot yo'liga safarbar etish kayfiyatining ustuvorligini taminlash. Aks xolda g'ayriaxloqiy va g'ayriinsoniy kayfiyatdagi fuqaro qudratli texnologiyalarni jamiyat taraqqiyotiga zid bolgan g'oyat xatarli maqsadni amalga oshirishga ishlatishi mumkin. Bu, ayniqsa, xalqaro terrorizm, narkobiznes, diniy eksterimizm singari global fojealarni boshqarishda, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni chalkashtirishda, bank, moliya-irodit tizimini izdan chiqarishda qol keladi.

To'rtinchidan, axborot texnologiyasining beqiyos imkoniyatlarini, ulkan qudratini tola-to'kis inson hayotiga tatbiq etish, inson taqdiriga xizmat qildirishni taminlaydigan eng zamonaviy va samarali boshqaruv mexanizmini iqtisodiy, ijtimoiy, manaviy, ruhiy va siyosiy sohalarda yuksak madaniyat bilan unumli foydalanish asosida tashkil etish.

Shuningdek, yoshlarga oid milliy qonunchiligimizga ma'naviy tahdidlar, axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan zarur o'zgartish hamda qo'shimchalar kiritish darkor. Bu borada ba'zi tajribalarni o'rganish foydadan holi bo'lmaydi. Masalan, Angliyada «O'zini tutish kodeksi» va «Xavfsiz tarmoq» mustaqil jamg'armasi zararli, noqonuniy axborotlar oqimini nazorat qiladi. Ayrim Yevropa davlatlarida qonun asosida nomaqbul saytlarni yopib qo'yish (blokirovka qilish) belgilab qo'yilgan. Hususan, Germaniyada bu masala sud qaroriga ko'ra amalga oshiriladi. Rossiyada esa turli axborot xurujlariga qarshi kurashish maqsadida «Xavfsiz internet markazi» tashkil etilgan. Umuman, Yevropa Ittifoqi tomonidan bu borada bir nechta qonun hujjatlari qabul qilingan va «Xavfsiz internet» dasturi ishlab chiqilgan.

Yurtimizda internet xalqaro axborot tarmog'ini milliy ma'lumotlar bilan tuldirish ham bugungi kunning eng dolzarb zaruriyatidir. Ta'kidlash joizki, bu borada bir qator yutuqlarga erishilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yuksak ishonch bildiralayotgan ekan, yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan xar qanday xatti-xarakatlarga, milliy manfaatlarimizga rahna solishga, ma'naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo'lgan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g'arazli kuchlarga qarshi qalbimizda ogohlik qo'ng'irog'i doimo bong urib turishi darkor. Ana shundagina xech kim, xech narsa o'z tanlagan yo'limizdan ortga qaytara olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

l.Islom Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: «Ma'naviyat», (2011. B. - 115.)

2. Islom Karimov. Asosiy vazifamiz - jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtrish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi

bosqichga ko'tarishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutq. Milliy tiklanish gazetasi, 2015-yil 6-dekabr. 48(369)-son. B. - 2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.