Научная статья на тему 'Axborot texnologiyalari zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omilidir'

Axborot texnologiyalari zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omilidir Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
373
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
axborot texnologiyalari / raqamli iqtisodiyot / ma’lumot

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Dilsaboxon Djurayevna Rustamova, Nilufar Sherzod Qizi Umarova

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili to’g’risida batafsil ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Axborot texnologiyalari zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omilidir»

Axborot texnologiyalari zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omilidir

Dilsaboxon Djurayevna Rustamova Nilufar Sherzod qizi Umarova TMI Andijon fakulteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot texnologiyalari zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili to'g'risida batafsil ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: axborot texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, ma'lumot

Information technologies as an important factor in the development of the modern digital economy

Dilsabakhon Djurayevna Rustamova Nilufar Sherzod kizi Umarova Andijan Faculty of TFI

Abstract: This article provides detailed information about information technology as an important factor in the development of the modern digital economy.

Keywords: information technology, digital economy, information

Axborot texnologiyalari deganda ma'lumotlar va ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun kompyuterlar, dasturiy ta'minot, tarmoqlar va boshqa qurilmalardan foydalanish tushuniladi. Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga tayanadigan barcha iqtisodiy faoliyatni qamrab oladi. Bularga elektron tijorat, onlayn-banking, raqamli to'lovlar, raqamli marketing va boshqa ko'plab sohalar kiradi. Raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda va butun dunyo mamlakatlari YaIMga sezilarli hissa qo'shishi kutilmoqda. Axborot texnologiyalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Ular korxonalarga real vaqt rejimida katta hajmdagi ma'lumotlarni to'plash, saqlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish imkonini beradi, bu esa qaror qabul qilish uchun juda muhimdir. Ma'lumotlarni tahlil qilish orqali korxonalar mijozlarning xatti-harakati, afzalliklari va ehtiyojlari haqida tushunchaga ega bo'lib, ularning marketing strategiyalari, mahsulot ishlab chiqishlari va narx qarorlari haqida ma'lumot berishi mumkin. Bundan tashqari, axborot texnologiyalari yangi sanoat tarmoqlari va ish o'rinlarini yaratdi. Raqamli iqtisodiyot dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilardan tortib ma'lumotlar bo'yicha mutaxassislargacha, kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassislargacha, avval mavjud

bo'lmagan bandlik imkoniyatlarini ochib berdi. Raqamli texnologiyalarning ta'siri global miqyosda ham, mahalliy darajada ham seziladi. Raqamli iqtisodiyot yangi ishlab chiqarishlaming kombinatsiyasi sifatida global iqtisodiyotning tez o'sib borayotgan qismidir. Yangi texnologiyalar yaxshi tashkil etilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ba'zi jihatlariga o'zgartiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu asosan ishlaydigan mexanizmlarni - aloqa vositalarini yoki sanoat mashinalarini raqamli yoki raqamli mexanizmlarga almashtirish, shuningdek ulami yanada modemizatsiya qilishdan iborat. Raqamli iqtisodiyotning o'sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan bir qator bozorlarning o'sishi bilan bog'liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi bosqichida va bozorlarning hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko'rib chiqish kerak. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellarini taklif qiladi va boshqaruv mexanizmlarini o'zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o'zgartirish zarurligini ta'kidlaydi. Yaqin yillarda O'zbekiston iqtisodiyoti tub o'zgarishlarga uchradi. Iqtisodiyot ochiq, jadal, innovatsion rivojlanishga aylandi. Biroq, tan olish kerakki, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik taraqqiyot sharoitida O'zbekistonning keyingi iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan tasavvur qilish qiyin.

Raqamli iqtisodiyotning bir qismi bo'lgan electron tijoratning O'zbekistonda rivojlanishini shartli ravishda ikki davrga akratish mumkin: 2015-yilgacha bo'lgan va undan keying davr. 2015-yilgacha bizning mamlakatda normativ-huquqiy baza ishlab chiqish va tayyorlash bo'yicha faol ishlar olib borilgan edi. 2015-yilda esa O'zbekiston Respublikasida 2015-2018-yillarda mo'ljallangan electron tijoratni rejalashtirish Konseptsiya qabul qilindi va u o'rta muddatli istiqbolda elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, raqobatli muhitni kengaytirishni,zamonaviy infratuzilmani tashkil qilishni va qo'shimcha ish o'rinlari yaratishni, shuningdek, electron tijorat haqidagi qonunchilik yanada takomillashtirish shakllarini va yo'llarini belgilab berdi. Biroq, bugungi kunga kelib, konsepsiyada aks ettirilgan chora-tadbirlar to'liq amalga oshirilmagani haqida gapirish mumkin. Masalan, normative-huquqiy bazada electron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilingan. Xususan,electron tijoratda electron xabarlar yoki electron hujjatlar ommaviy jo'natmalar, reklamani joylashtirish tartibi tastiqlanmagan. Shu bilan bir paytda, 2018-yil 14-mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorni imzoladi. Ushbu hujjjatda O'zbekiston ushbu yo'nalishda, tez rivojlanadigan tarmoqda yo'l qo'yish mumkin bo'lmagan darajada sekin va cho'zib harakatlanmoqda. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun Telegram botlariadan faol foydalanmoqdalar. O'zbekistonlik is'temolchilar, shuningdek internet tarmog'I yoki telefoniya xizmatlari uchun mobil ilovalar

vasitasida faol pul to'lashmoqda. Bu esa O'zbekiston aholisi electron bitimlam amalga oshirishga ishonishidan daloalt beradi, faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar kata xarajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlar amalga oshirgan holda o'ratcha xarid hajmini talab hajmini amalaga oshiirsh uchun tayyor emaslar. O'zbekistonda electron bitimlar foydalanuvchisining o'rtacha hajmi 50mingdan 200ming so'mgachani tashkil qiladi. Jahon ko'rsatgichlari bilan bir qatorda o'zbek iste'molchisi electron bitim amalaga oshirish uchun telefonidan foydalanadi, chunki u qulayroq bo'lib, bir qator qulay ilovalarga ega. Mahsulot tanlashga keladigan bo'lsak, ko'pchilik respodentlar Internet orqani kiyim-bosh, shuningdek, maishiy texnika va elektronika xarid qilishni afzal ko'rishgan. Bundan tashqari foydalanuvchilar UzCard,VISA,Master Card kabi to'lov tizimlaridan faol foydalanadilar. Union Pay, WebMoney va kriptovalyutalar ommaviylik darajasi bo'yicha eng past tizimlar hisoblanadi. Mahsulotlarni onlayn xarid qilishdagi muammolarga keladigan bo'lsak, deyarli barcha respondentlar to'lov vaqtidagi qiyinchliklar, tovar-xizmat sifatining pastligi, yetkazib berish vaqti uzoqligi, shuningdek, narx qimmatligini aytib o'tishgan.

O'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijasiga ko'ra O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishini to'xtatib turgan bir qator muammolar va kamchiliklar quyidagilar bo'lishini mumkin:

1. Aholining elektron bitimlar tuzishga unchalik ishonmasligini;

2. Yetkazish berish qiymatining yuqoriligini;

3. Tovar-xizmatlar sifatining pastligini;

4. Firibagrliklardan qo'rqishni;

5. Kompyuter savodxonligi darajasining pastligini.

Aholi o'rtasida o'tkazilgan ijtimoiy so'rovlar natijasiga ko'ra, O'zbekiston aholisi elektron bitimlarni amalga oshirishga nisbatan tayyor, lekin ularni amalga oshirish jarayonida foydalanuvchi o'rtacha iste'molchilarni sonini kamaytiradigan va O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishini sekinlashtiradigan qator muammolarga duch keladi. Axborot texnologiyalari asri iqtisodiyotni rivojlanishi uchun bir qator yangi g'oyalar va qoidalarni yuzaga keltirdi. Hozircha kam sonli nazariyachi-olimlar uchun qiziqarli bo'lgan raqamli iqtisodiyot sohasi mamlakatimizda ulkan salohiyatga ega bozor modeli hisoblanadi, chunki:

- axborot ustuvor tovar hisoblanib uni umuman chegarasi belgilanmagan;

- tarmoq bozori ulkan va demokratik;

- loyiha yoki kompaniya muvaffaqiyatlari endi moliyaviy aktivlar hajmiga va xodimlar soniga bog'liq emas;

- apparatli quvvatlar universal va sifatini yo'qotmaydigan vositaga aylanadi;

- raqobat kurashi sharoitlari o'zgaradi.

Mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlari information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi

sohasida bir qancha yangi samarali yo'nalishlarni yuzaga kelishiga olib keladi. Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham tubdan o'zgaradi. Shuni ta'kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta'sirida biznes-modellar ham o'zgarib ketadi. Oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste'molchilarga yaqinlashtirb berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Natijada an'anaviy off-layn kompaniyalar o'z bizneslarini transformatsiya qilishga, masalan tadbirkorlarga internetda o'z bizneslarini tashkil qilishga majbur bo'ladilar. Hozirgi davrda elektron tijorat kanallarining qandayligiga bog'liq ravishda AMAZON yoki OZON singari to'la on-layn kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, eBay, AVITOlar yohud an'anaviy of-line biznesga o'z elektron tijorat kanallarini joylashtirgan savdo tarmoqlari, internet magazinlar va logistik kompaniyalar mavjud. Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes tahlili asosida biznes uchun keng-ko'lamli g'oyalarni qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Bu esa potentsial mijozlarning innovatsion kutishlariga nisbatan reaktiv ravishda ta'sir qilish imkonini yaratdi. Bunday ishlar natijasida Google Analitics va Яндекс. Meiprnakabi bepul servislar hosil bo'ldi. Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy tsikli ancha kamayishi bilan ham tavsiflanadi. Bu esa ko'plab yangi smartfonlar modellarining, kompyuterlarning, mobil ilovalarning, komp'yuter o'yinlarining yangi versiyalarining tezkorlik bilan paydo bo'lishiga turtki bo'ladi. Bir qancha olimlar va mutahassislarning fikrlaricha, transportda ham yangi innovatsion transport tizimlari paydo bo'lishi kutilmoqda. Masalan, magnit-levitatsion vositalar, vakuumli transport vositalari, Hyperloop tizimlar va boshqalar bularga yaqqol misol bo'lishi mumkin. Kollektiv bilimlardan foydalangan holda innovatsion g'oyalarni generatsiya qilish (mass collaboration, kraudsorsing), mahsulot va hizmatlar ishlab chiqarish, yangi innvovatsion loyihalarni moliyalashtirsh (kraudfunding). Internet tizimi tufayli va biznes uchun yangi imkoniyatlar hosil bo'lishi rivojlangan mamlakatlar YIM da hizmatlar ulushining ancha oshib ketishiga olib keladi. Komp'yuterlar paydo bo'lishi bilan informatsion inqilob boshlandi va insonlar information texnologiyalarga asoslangan ko'plab hizmatlarni faol ravishda iste'mol qila boshladilar.

Shunday qilib raqamli iqtisodiyot iqtisodiyotning tez rivijlanishda katta ahamiyat kasb etadi va dunyo miqisosida rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S. S. Gulyamov «Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari»

2. F Mulaydinov, A Kadirova, G Melibaeva, O. Akhmadjonov. Advantages Of the Transition to A Digital Economy in The Innovative Development of Uzbekistan. Jour of Advanced Research in Dynamical & Control Systems

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.